1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.03.00 Banklar jamgʻarmalari va zaxiralari. Kapitallashtirish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2709-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-mart,
12/22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/22-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“bankning likvidliligi (bundan buyon matnda likvidlilik deb yuritiladi) — bank aktivlar oʻsishini moliyalashtirishi va koʻzda tutilmagan (nomaqbul) yoʻqotishlarsiz majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash imkoniyati;”;
“likvidli aktivlar — qiymati bozorda shakllanadigan, bozor qiymati boʻyicha qisqa muddat ichida ularni sotib olishga osonlik bilan xaridor topiladigan, doimiy ravishda koʻzda tutilmagan (nomaqbul) yoʻqotishlarsiz sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlar;”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yirik qarz (depozit, kredit va boshqa majburiyatlar) — hajmi bank I darajali kapitalining 5 foizidan yuqori boʻlgan bir shaxs yoki bir-biriga daxldor shaxslar guruhiga tegishli qarz;
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar — “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng boʻlgan reyting baholariga ega mamlakatlar.”.
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Mamlakat, bank yoki korxona “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings”, “Moody`s Investors Service” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan tan olingan reyting baholariga ega boʻlganda, ushbu nizom hisob-kitoblarida eng past reyting bahosi hisobga olinadi.”.
“tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga boshqa moliyaviy talablar;
“Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan kam boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarning ushbu baho darajalariga teng boʻlgan reyting baholariga ega, rivojlangan fond birjalari roʻyxatlariga kiritilgan, tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari qimmatli qogʻozlari.”.
“mazkur Nizomning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida keltirilgan likvidli aktivlar, bundan Markaziy bankning majburiy zaxira hisobvaragʻidagi mablagʻlar mustasno;
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlardagi “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasiga teng boʻlgan reyting baholariga ega banklarga joylashtirilgan likvidli aktivlar.”.
5. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“taʼminot sifatida qoʻyilmagan yoki xatlanmagan boʻlishi.”.
6. 20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Likvidlilikni boshqarish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan likvidlilik boʻyicha stress sharoitlarida (bir bankda yoki butun bank tizimida omonatlarni ommaviy chiqib ketishi, bank tizimidagi muammolar, bankning bankrot holatiga kelib qolishi va boshqa shu kabi holatlar) bank boshqaruviga likvidlilik holati yuzasidan hisobotlarni bir kunda kamida ikki marotaba taqdim etishi lozim.”.
7. 21-band “likvidlilik hisobotida” degan soʻzlardan keyin “kamida” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
8. 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “imkoniyatini yaratib berishi” degan soʻzlar “toʻgʻrisida ogohlantirishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“36. Taʼminotga ega boʻlmagan banklararo kredit bitimlarini tuzganda bir qarzdorga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilik meʼyorlariga amal qilish kerak. Overnayt operatsiyalari bundan mustasno boʻlib, ularning eng yuqori miqdori bank I darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.”.
11. 431-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Joriy likvidlilik koeffitsiyentini aniqlashda banklararo bozorda 30 kungacha joylashtirilgan yoki jalb qilingan depozitlar va kreditlar sof koʻrinishda, agar aktivlar majburiyatlardan koʻp boʻlsa, ortgan summa joriy aktivlar tarkibiga, agar majburiyatlar aktivlardan koʻp boʻlsa, ortgan summa joriy majburiyatlar tarkibiga qoʻshiladi. Bunda kamroq boʻlgan aktiv va majburiyatlar summasi joriy aktivlardan ham joriy majburiyatlardan ham chegirib tashlanadi.”.
“46. Likvidlilikni hisoblashda likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushini, likvidli aktivlarning doimiy boʻlmagan majburiyatlardagi ulushini hisoblash orqali qoʻshimcha likvidlilik koeffitsiyentlaridan ham foydalaniladi.”.
15. 47-banddagi “depozitlarning ajratilgan kreditlardagi” degan soʻzlar “ajratilgan kreditlarning depozitlardagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 54-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bank regulyativ kapitali” degan soʻzlar “jami kapital” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.