toggle_night_mode
Hujjat 09.04.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini ochiq va oshkora oʻtkazish hamda bilimli yoshlarni oʻqishga qabul qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali oʻqishga qabul qilish boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-aprel,
261-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom harbiy taʼlim muassasalariga va Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim muassasalariga (filiallariga) oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abituriyent — oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga hujjat topshirgan, Davlat test markazining ruxsatnomasiga ega boʻlgan, test sinovi qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyent ruxsatnomasi — pasport (u boʻlmagan holda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beradigan hujjat;
bino rahbari — Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
Keyingi tahrirga qarang.
guruh nazoratchisi — Davlat test markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat boʻyicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib boʻyicha oʻtishini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʻlgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq seminarda ishtirok etgan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga moʻljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) — oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan, belgilangan vazifalar boʻyicha taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlar hujjatlarini qabul qiluvchi, ularga test sinovlari jarayoni boʻyicha maslahatlar, koʻrsatmalar beruvchi, test sinovlarini oʻtkazishning tashkiliy masalalarida ishtirok etuvchi organ;
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha test topshiriqlarini oʻz ichiga olgan savollar toʻplami;
titul varaqasi — abituriyent haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan test sinovi natijalari qayd etiladigan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakili (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi vakili deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, test sinovlari oʻtkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Test sinovlarini adolatli va xolisona oʻtkazish mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etgan holda oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari, guruh nazoratchilari tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari va oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan taʼminlanadi.
5. Test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlmagan shaxslarning test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) taʼlim shakli uchun har yili 1-avgustdan 15-avgustgacha boʻlgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Abituriyent test sinovlari boshlanganidan soʻng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.
Abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
8. Test topshiriqlari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
9. Abituriyentlar tanlagan taʼlim yoʻnalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi boʻyicha test sinovini topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirigʻini oʻz ichiga oladi.
11. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) 30 ta test topshirigʻiga 1 soat, 60 ta test topshirigʻiga 2 soat, 90 ta test topshirigʻiga 3 soat vaqt belgilanadi.
12. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani toʻgʻrisida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
1-§. Test sinovlari oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan umumiy talablar
14. Test sinovlari Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasi pavilyonlarida va uning hududida oʻrnatiladigan qoʻshimcha yigʻma pavilyonlarda, shuningdek, katta sigʻimdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa — olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sigʻimdagi binolarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻtkazilgan test sinovlari jarayoni boʻyicha video yozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Hudud boʻyicha bosh shtabda, test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yigʻib olish uchun moʻljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Binoda test sinovlari jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi oʻrnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.
Binoda bir nafar abituriyentga qoida tariqasida, 2 m2 dan kam boʻlmagan joy tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Hududlar boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan boʻlishi lozim.
20. Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan taʼminlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanishi lozim.
Guruh nazoratchisi uchun test materiallarini tarqatish va qabul qilishga alohida stol va stul ajratilib, stol uzluksiz videokuzatuv bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
21. Test oʻtkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorugʻlik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
22. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan koʻrsatkichlar ilib qoʻyilgan boʻlishi shart.
23. Test sinovlari oʻtkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.
2-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda qabul komissiyalarining vazifalari
24. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi vazifalarni bajaradi:
qabul komissiyasining eʼlonlar taxtasiga qabul jarayoni boshlanadigan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, mazkur Nizom, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli va oʻqitish tili boʻyicha qabul kvotalari, ularga muvofiq test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi hamda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini joylashtirish;
qabul jarayonini uyushqoqlik bilan, tartibli tashkil etish, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni boʻyicha maslahatlar, koʻrsatmalar berish;
har yili 15-iyundan 15-iyulgacha abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qilish va abituriyentlarga hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tilxat hamda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq eslatmani berish;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyentga test sinovlari qoidalari bilan toʻliq tanishgani toʻgʻrisida tegishli roʻyxatga imzo qoʻydirish;
hujjat topshirgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni hujjat topshirilgan kunning oʻzida qayd daftarlariga va Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan maxsus dastur orqali bazaga kiritish va abituriyentlarning elektron shakldagi fotosuratlari bilan birga Davlat test markaziga taqdim etib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus dastur orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, taʼlim turi, taʼlim muassasasining nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tugʻilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, taʼlim olgan taʼlim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) raqami, diplom (shahodatnoma)dagi oʻrtacha bali, muddatli harbiy xizmatni oʻtaganlar uchun harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasi hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalari gʻolibi ekanligi, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (V1 va undan yuqori boʻlgan) toʻgʻrisidagi sertifikat haqida maʼlumot (agar mazkur hujjatlar mavjud boʻlsa) va boshqa imtiyozga ega boʻlganlar hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot, oʻqitish tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usulini kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish tili va taʼlim shakli boʻyicha oliy taʼlim muassasasiga topshirilgan hujjatlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari gʻoliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega boʻlgan hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar tomonidan topshirilgan hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni abituriyentlar va ota-onalar eʼtibori uchun har kuni eʼlon qilib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat test markazidan har yili 17-iyul kuni mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq titul varaqasi va 4-ilovaga muvofiq abituriyent ruxsatnomasi blankalarini, 24-iyul kuni abituriyentlarga taalluqli maʼlumotlarni qabul qilib olish;
Keyingi tahrirga qarang.
maʼlumotlar asosida abituriyentlarning ruxsatnomalari va titul varaqalarini chop etish hamda tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
har yili 22-iyulga qadar kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalarini maxsus dastur orqali bazaga kiritish va rasmiylashtirilgan hujjatlarni Davlat test markaziga taqdim etish hamda ushbu maʼlumotlarning oʻzgarmasligini taʼminlash va abituriyentlarga maʼlumot sifatida eʼlon qilish. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilish haqidagi qarori chiqquniga qadar eʼlonlar taxtasidan roʻyxat olinmasligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyentlarga ruxsatnomalarning har yili 29 — 31-iyul kunlari test sinovlari oʻtkaziladigan binolarning chizma nusxasi va abituriyentlarga eslatmani ilova qilgan holda, qaydnoma asosida mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan 1-shakl boʻyicha tarqatilishini taʼminlash va abituriyentlar uchun test sinovlari jarayoni haqida maslahatlar, koʻrsatmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
har yili 31-iyul kuni guruhlar kesimida abituriyentlarning titul varaqalarini paketlarga solingan holda Davlat test markazi vakiliga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat test markazidan har yili 16-avgustdan boshlab titul varaqalarini qabul qilib olish.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Qabul komissiyasi har yili 16-iyul kuni abituriyentlardan tushgan arizalar, xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari, chet el fuqarosi boʻlgan abituriyentlar, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar, toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar toifasidagi abituriyentlar, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (V1 va undan yuqori boʻlgan) toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar haqida qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan imzolangan maʼlumotlarni mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan 1 — 6-shakllar boʻyicha Davlat test markaziga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Abituriyent toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarga 16-iyuldan soʻng oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
26. Qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida, unda belgilangan kun, test sinovlari oʻtkaziladigan bino shtabida test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi.
27. Qabul komissiyasi tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik shaxsan qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda Davlat test markazining vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
28. Davlat test markazi test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi vazifalarni bajaradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini taʼminlash;
test materiallarining 1-avgustgacha va undan keyin belgilangan kunlarda Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan Davlat test markazi vakiliga yetkazilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq seminarda ishtirok etgan malakali shaxslar tarkibidan, qoida tariqasida, har 30 nafar abituriyentga 2 nafar guruh nazoratchisini shartnoma asosida test sinovlari jarayoniga jalb etish;
qabul komissiyalaridan abituriyentlar haqida kelib tushgan maʼlumotlar asosida taʼlim yoʻnalishlari kesimida guruhlarni shakllantirish hamda ularning binolar boʻyicha oʻtirish oʻrinlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim yoʻnalishlari kesimida abituriyentlarning guruhlar boʻyicha taqsimlangan roʻyxatini mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan 2-shaklga muvofiq ikki nusxada, bino rahbari va guruh nazoratchilari roʻyxatini ikki nusxada tayyorlash hamda tasdiqlangan holda Davlat test markazi vakiliga yetkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
kunlik test sinovlari tugagandan soʻng test materiallarining Davlat feldyegerlik xizmatiga topshirilishini nazorat qilish;
Davlat test markaziga olib kelingan javoblar varaqalari boʻyicha test sinovlari natijalarini hisoblash va eʼlon qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat test markazi mazkur Nizom va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
29. Quyidagilar test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
har yili 16-iyulga qadar test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni mazkur bobning 1-paragrafida belgilangan talablar boʻyicha test sinovlariga tayyor holatga keltirish hamda bu haqda Davlat test markaziga maʼlumot berish;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan hududga shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli kiritilishini taʼminlash;
test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda ota-onalarga koʻrsatish, bosh shtab va har bir binoda tezkor axborotlarni toʻplash uchun ularning zarur moddiy-texnika vositalari bilan toʻliq jihozlanishini taʼminlash;
abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishini taʼminlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida oʻtirish joylarini belgilash hamda kutish joylarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinovlarini oʻtkazish uchun transport vositalari bilan taʼminlashga amaliy yordam berish, har bir hudud xavfsizligini va test sinovlarining tartibli oʻtishini taʼminlash, nazorat xizmati postlarini tashkil etish;
har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan hamda test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, qabul komissiyalari bino hududiga yoki binoga guruh nazoratchilari, abituriyentlar va boshqa shaxslar tomonidan mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni olib kirishlariga ruxsat bersa yoki oʻzlari tashkillashtirsa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga tegishli hududga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyentda mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi aniqlangan taqdirda, shu joyga biriktirilgan Davlat test markazi vakili xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-§. Test sinovlarini oʻtkazishda Davlat test markazi vakili, bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
32. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qilish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish;
test sinovlarining boshlanishi va tugashini qatʼiy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Davlat test markaziga yuborish, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Davlat test markazi vakili oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va qabul komissiyalariga koʻrsatma berish, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Davlat test markazi rahbariyati bilan kelishilgan holda chetlashtirilganlar oʻrniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining majburiyatlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga biriktirilgan binoda test oʻtkazish tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
bino rahbarlari va guruh nazoratchilari roʻyxatini xizmat postlariga yetkazishni taʼminlash;
test materiallari solingan zaxira qutilarni seyfga joylashtirib, muhrlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyent test sinovlari qoidalarini buzgan holda, uni test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida guruh nazoratchilariga javoblar varaqasining 4-boʻlimini rasmiylashtirish uchun koʻrsatma berish;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinovlari tugagandan soʻng abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketlarni, test materiallari qutilarini mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan test materiallari qutisi reyestri asosida Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Davlat test markazi vakili abituriyentlarga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida koʻrsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan almashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Mazkur Nizom talablari asosida oʻziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilari faoliyatini va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbarining vazifasi hisoblanadi.
38. Bino rahbari oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Davlat test markazi vakilidan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan guruh nazoratchisini, abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Davlat test markazi vakili bilan kelishilgan holda guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq ularning ruxsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini (ikki nusxada) va titul varaqalarini, mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan 1-shakl boʻyicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
test materiallari solingan zaxira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlash;
oʻziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilaridan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining bir nusxasini test sinovlari jarayoni boshlangandan soʻng 30 daqiqa ichida yigʻib olish, undagi axborotning 30 daqiqa ichida Davlat test markaziga elektron shaklda yuborilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyent test materialida tipografik xatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan 2-shakl boʻyicha zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
guruhlarda test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan abituriyentlarning testdan chetlashtirilishini va bu haqda javoblar varaqasining 4-boʻlimi rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinovining tugash vaqtiga qatʼiy amal qilish;
birinchi smenada uchta fandan test topshiriqlarini bajaruvchi abituriyentlar uchun soat 11:00 dan 11:20 gacha, ikkita fandan test topshiriqlarini bajaruvchi abituriyentlar uchun 10:00 dan 10:20 gacha, bitta fandan test topshiriqlarini bajaruvchi abituriyentlar uchun 09:00 dan 09:20 gacha; ikkinchi smenada uchta fandan test topshiriqlarini bajaruvchi abituriyentlar uchun soat 18:00 dan 18:20 gacha, ikkita fandan test topshiriqlarini bajaruvchi abituriyentlar uchun 17:00 dan 17:20 gacha, bitta fandan test topshiriqlarini bajaruvchi abituriyentlar uchun 16:00 dan 16:20 gacha mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan 1 — 3-shakllar boʻyicha javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi paketi, titul varaqalari paketini guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan test materiallari qutilarini muhrlangan holda qabul qilib olish;
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketni hamda test materiallari qutilarini reyestr asosida Davlat test markazi vakiliga topshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Bino rahbari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatda koʻrib turib test sinovlaridan chetlashtirish uchun koʻrsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
41. Test sinovi oʻtkazilayotgan guruhda mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.
42. Guruh nazoratchisi oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish huquqiga ega.
43. Quyidagilar guruh nazoratchilarining majburiyatlari hisoblanadi:
test sinovlari oʻtkaziladigan kuni oʻzi biriktirilgan binoga soat 05:30 dan kechikmasdan ortiqcha buyumlarsiz (uyali telefon, mikrokalkulyator va shu kabilar) pasporti bilan yetib kelish va soat 06:00 dan 06:30 gacha bino shtabida oʻzlariga tegishli ruxsatnomalarni olish va oʻziga biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
guruhdagi stollarning ketma-ketlikda raqamlanganligini tekshirish;
belgilangan vaqtlarda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini, titul varaqalarini hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish;
Keyingi tahrirga qarang.
abituriyentning ruxsatnomasi, titul varaqasidagi rasmi va pasporti asosida tekshirib (rasmlar shu abituriyentga tegishliligiga ishonch hosil qilib), ularni guruh roʻyxati boʻyicha belgilangan joyiga oʻtirishini taʼminlash hamda test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning oʻrnini boʻsh qoldirish;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinovlariga kelgan abituriyentga tegishli titul varaqasini berish;
Keyingi tahrirga qarang.
test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasi va titul varaqalari uchun boʻsh paketlar mavjudligini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan javoblar varaqasini va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli test topshiriqlari kitoblarini abituriyentlarga tarqatish;
test topshiriqlari kitobining raqami bilan javoblar varaqasi raqamining mosligini hamda test materiallari nuqsonsizligini tekshirib chiqish, javoblar varaqasi va test topshiriqlari kitobi muqovasida koʻrsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyish uchun abituriyentlarga koʻrsatma berish;
Keyingi tahrirga qarang.
test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” deb yozish, almashtirilgan vaqtini koʻrsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish;
test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini test sinovlari boshlanganidan soʻng 15 daqiqa oʻtgach ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketiga solib muhrlash, abituriyentlarning guruh boʻyicha roʻyxatiga test sinovlariga kelmagan abituriyent ismi-sharifining toʻgʻrisiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasi va titul varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi smenada soat 08:00 dan 08:20 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 dan 15:20 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini rasmiylashtirish;
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining toʻldirilgan bir nusxasini bino rahbariga topshirish;
abituriyentlar bilan test topshiriqlari boʻyicha savol-javob qilmaslik;
test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qilish, abituriyentlarni oʻrinlaridan turishlarini talab qilish;
abituriyentlarga test materiallarini topshirish boʻyicha koʻrsatma berish;
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;
barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solish;
test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;
ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, titul varaqasi paketlari ustidagi maʼlumotlarni xatosiz toʻliq rasmiylashtirish hamda test materiallari qutisiga solib muhrlash;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinovlari tugagandan soʻng guruhda abituriyentlar boʻlsa, ularni tashqariga chiqarish;
test materiallari qutisini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 08:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini javoblar varaqasi bilan birga murojaat qilgan abituriyentga beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi boʻlmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos boʻlgan test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasini berishni soʻraydi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Test sinovlarini oʻtkazishda guruh nazoratchilari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatlarda test sinovlaridan chetlashtirmasa va ushbu holat uchun javoblar varaqasining 4-boʻlimini rasmiylashtirmasa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
46. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan soʻng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari oʻtkaziladigan hududdan chiqib ketish.
47. Abituriyent test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini taʼminlash;
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyish.
Keyingi tahrirga qarang.
javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga toʻgʻri koʻchirib imzo qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
titul varaqasida koʻrsatilgan maxsus kod va taʼlim muassasasi kodini javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joyga toʻgʻri koʻchirib yozish va tegishli doirachalarni boʻyash.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Abituriyent mazkur Nizomning 47-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;
javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirish;
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Har bir test topshirigʻiga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.
50. Abituriyent tomonidan har bir test topshirigʻiga faqat bitta javob belgilanishi shart boʻlib, test topshiriqlari kitobida toʻgʻri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini boʻyaydi (javoblar varaqasida boʻyalgan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirigʻiga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu test topshirigʻiga ball berilmaydi.
51. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
52. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi:
test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
Keyingi tahrirga qarang.
test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varagʻini yirtsa;
Keyingi tahrirga qarang.
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
3-bob. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
53. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 20-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz oʻn bir kalendar kuni ichida) boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 13-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Abituriyentga apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻgʻrisida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi.
Apellyatsiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlarida qabul qilinadi.
Apellyatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida qabul komissiyasi aʼzolarini, Davlat test markazi vakillarini hamda guruh nazoratchilarini ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
56. Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notoʻgʻri bajarilgan javoblar roʻyxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining har bir notoʻgʻri deb hisoblangan test topshirigʻiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
57. Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan boʻlsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Apellyatsiya jarayonida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
apellyatsiya oʻtkazilayotgan xonaga uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lugʻat, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilish yoki olib kirish;
apellyatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, ularga yordam berish yoki yordam olish;
test topshiriqlari kitobining varagʻini yirtish.
60. Apellyatsiya komissiyasining qarori boʻyicha maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga apellyatsiya jarayoni toʻliq tugaganidan soʻng besh ish kuni ichida taqdim etiladi.
61. Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoida
62. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Abituriyentlarga eslatma
Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos maʼlumotlar abituriyentlar bazasiga toʻgʻri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan soʻng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.
Abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish;
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan soʻng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari oʻtkaziladigan hududdan chiqib ketish.
Abituriyent test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini oʻtkazish qoidalariga qatʼiy amal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini taʼminlash;
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyish;
javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga toʻgʻri koʻchirib imzo qoʻyish;
titul varaqasida koʻrsatilgan maxsus kod va taʼlim muassasasi kodini javoblar varaqasida koʻrsatilgan joyga toʻgʻri koʻchirib yozish va tegishli doirachalarni boʻyash.
Abituriyent yuqorida koʻrsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;
javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirish;
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Test topshiriqlari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Abituriyentlar tanlagan taʼlim yoʻnalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi boʻyicha test sinovini topshiradi.
Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirigʻini oʻz ichiga oladi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) 30 ta test topshirigʻiga 1 soat, 60 ta test topshirigʻiga 2 soat, 90 ta test topshirigʻiga 3 soat vaqt belgilanadi.
Har bir test topshirigʻiga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.
Abituriyent tomonidan har bir test topshirigʻiga faqat bitta javob belgilanishi shart boʻlib, test topshiriqlari kitobida toʻgʻri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini boʻyaydi (javoblar varaqasida boʻyalgan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirigʻiga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu test topshirigʻiga ball berilmaydi.
Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi. Sogʻligʻiga salbiy taʼsir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi:
test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varagʻini yirtsa,
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
OʻzbekistonRespublikasioliytaʼlimmuassasalariningbakalavriatigaoʻqishgaqabulqilishuchunkirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎1-shakl

‎‎Abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish qaydnomasi

‎‎____________________ (taʼlim muassasasi nomi)

‎‎_____________________
‎ (bino)

‎‎__________________________
‎ (yil va sana)

T/r ‎

Maxsus kod‎‎

Abituriyent F.I.O ‎‎

Ruxsatnomani qabul qilib oldim, (imzo) ‎‎

‎‎ ‎‎
Qabul komissiyasi masʼul kotibi

______________________(F.I.O.) ‎‎

‎‎________________
‎(imzo)

‎‎2-shakl

“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori


‎M.Oʻ. ‎

‎‎_______________
‎(imzo)

__________________________(F.I.O.)‎‎

“___” _____________ 20___ y

‎‎Abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati

___________________________‎(taʼlim muassasasi nomi)

__________________
‎(bino)

____________________
‎(yil va sana)

__________________
‎(guruh)

‎‎Oʻtirish oʻrni

‎‎Maxsus kod

F.I.O.

‎‎Javoblar varagʻi raqami

‎‎Test materiallarini qabul qilib olganligi haqida (imzo)

‎‎ ‎‎ ‎‎
Izoh. Mazkur roʻyxat rasmiylashtirilgan holda bino rahbariga birinchi smenada 08:20 gacha, ikkinchi smenada 15:20 gacha boʻlgan vaqtda topshirilishi lozim.
Guruh nazoratchisi

_____________________________(F.I.O.)

____________________(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎1-shakl

‎‎Abituriyentlardan tushgan arizalar haqida
‎MAʼLUMOT

‎‎__________________________(taʼlim muassasasi nomi)

___________________(yil va sana)

T/r‎

‎‎Tanlov kodi

Taʼlim shakli

‎‎Taʼlim tili

‎‎Test kodi

‎‎Yozuv shakli

Jami arizalar soni

Shu jumladan, test sinovlarida ishtirok etadiganlar soni

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Jami‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎Qabul komissiyasi raisi

________________________(F.I.O.)‎‎

‎‎______________(imzo)


‎‎‎M.Oʻ.

‎‎2-shakl

‎‎Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari
‎ROʻYXATI

__________________________‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎_____________________
‎(yil va sana)

T/r‎

Maxsus kod‎‎

‎‎Taʼlim shakli

‎‎Tanlov kodi

‎‎Taʼlim tili

AbituriyentningF.I.O.‎‎

‎‎Qabul komissiyasi raisi

‎‎________________(F.I.O.)

‎‎_______________(imzo)

M.Oʻ.‎

3-shakl

Chet el fuqarosi boʻlgan abituriyentlar
ROʻYXATI

__________________________‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎_____________________
‎(yil va sana)

T/r‎

Maxsus kod‎‎

‎‎Taʼlim shakli

‎‎Tanlov kodi

‎‎Taʼlim tili

AbituriyentningF.I.O.‎‎

‎‎Qabul komissiyasi raisi

‎‎________________(F.I.O.)

‎‎_______________(imzo)

M.Oʻ.‎

‎‎4-shakl

‎Harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar
‎ROʻYXATI

_____________________‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

_______________
‎(yil va sana)

T/r

Maxsus kod

‎‎Taʼlim turi

‎‎Tanlov kodi

‎‎Taʼlim shakli

‎‎Abituriyentning F.I.O

‎‎Harbiy qism raqami

Tavsiyanoma‎‎

‎‎seriyasi va raqami

‎‎berilgan vaqti

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎Qabul komissiyasi raisi

__________________________(F.I.O.)

_____________‎‎(imzo)

M.Oʻ.‎

5-shakl

Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar boʻlgan abituriyentlar
ROʻYXATI

__________________________‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎_____________________
‎(yil va sana)

T/r‎

Maxsus kod‎‎

‎‎Taʼlim shakli

‎‎Tanlov kodi

‎‎Taʼlim tili

Abituriyentning F.I.O.‎‎

‎‎Qabul komissiyasi raisi

‎‎________________(F.I.O.)

‎‎_______________(imzo)

M.Oʻ.‎

‎6-shakl

Chet tilini bilish darajasi (V1 va undan yuqori boʻlgan) toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar
ROʻYXATI

_____________________‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

_______________
‎(yil va sana)

T/r

Maxsus kod

‎‎Taʼlim turi

‎‎Tanlov kodi

‎‎Taʼlim shakli

‎‎Abituriyentning F.I.O

‎‎Harbiy qism raqami

Sertifikat

‎‎seriyasi va raqami

‎‎berilgan vaqti

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎Qabul komissiyasi raisi

__________________________(F.I.O.)

_____________‎‎(imzo)

M.Oʻ.‎
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎Test materiallari qutisi
‎REYESTRI

_____________________(taʼlim muassasasi nomi)

______________________‎‎(yil va sana)

______________________‎‎
‎(bino raqami)

___________________________‎(bino manzili)

T/r‎

‎‎Quti raqami va nomi

‎‎Feldyegerlik xizmati xodimi Davlat test markazidan qabul qildi

‎‎Davlat test markazining vakili feldyegerlik xizmati xodimidan qabul qildi

‎‎Feldyegerlik xizmati xodimi Davlat test markazining vakilidan qabul qildi

Davlat test markazi feldyegerlik xizmati xodimidan qabul qildi‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎1. Feldyegerlik xizmati xodimi

______________________‎‎(F.I.O.)

_________________‎‎(imzo)

2. Davlat test markazining vakili

______________________‎‎(F.I.O.)

‎‎_________________‎‎(imzo)

‎‎3. Feldyegerlik xizmati xodimi

‎‎______________________‎‎(F.I.O.)

‎_________________‎‎(imzo)

Eslatma: Test materiallari qutisida shikastlanishlar va shu kabi holatlar sodir boʻlganda, bu haqda tegishli shaxs tomonidan mos kataklarda qayd etiladi, aks holda “+” belgisi qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

‎‎
‎‎
‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori

M.Oʻ.‎

‎‎_________________(imzo)

___________________________________(F.I.O.)

“___” _____________ 20___ y.

‎‎Guruh nazoratchilarining
‎TAQSIMOTI

‎‎________________________(taʼlim muassasasi nomi)

_______________________(bino)‎‎

_________________(yil va sana)

T/r‎

‎‎Maxsus kod

‎‎F.I.O.

‎‎Guruh raqami

‎‎Izoh

‎‎Imzo

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Davlat test markazining vakili

‎‎_____________________________(F.I.O.)

_________________(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

‎‎1-shakl

Bino boʻyicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish
BAYONNOMASI

_________________________________(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎___________________________(bino raqami)

______________________‎‎(yil va sana)

T/r‎

‎‎Guruh raqami

Guruh nazoratchisi F.I.O.

Guruh nazoratchisiga tarqatiladi

‎‎Guruh nazoratchisidan qabul qilinadi

‎‎test materiallari qutisi va muhri holati

vaqti‎

imzo‎

‎‎test materiallari qutisi va muhri holati

vaqti‎

imzo‎

1.

‎...

Bino boʻyicha jami‎

‎‎Bino rahbari

______________________(F.I.O.)‎‎

______________________(imzo)‎

‎‎2-shakl

Zaxira test materiallarini tarqatish
‎BAYONNOMASI

__________________________(taʼlim muassasasi nomi)

__________________________(bino raqami)

__________________________
‎(yil va sana)

T/r‎

Test materiali berilgan guruh raqami

Murojaat qilgan bino rahbari va guruh nazoratchisining F.I.O.

‎‎Savollar kitobi, javoblar varagʻi raqami

Zaxira test materiali berish sababi

‎‎Zaxira test materiali berilgan vaqti

‎‎
‎‎Bino rahbari va guruh nazoratchisining imzosi

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Davlat test markazining vakili

‎‎___________________________(F.I.O.)

______________________(imzo)

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktoriga ___________________________________ (abituriyentning F.I.O. va yashash manzili)

‎‎TEST NATIJALARI BOʻYICHA
‎APELLYATSIYA SHIKOYATI

‎‎Taʼlim muassasasining kodi va nomi

Guruh‎‎

Maxsus kod‎

‎‎Javoblar varaqasi raqami

‎‎ ‎‎ ‎‎

Mening quyidagi eʼtirozlarimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:

1. _______________________________________________________________________________________________
‎2. _______________________________________________________________________________________________
‎3. _______________________________________________________________________________________________
‎4. _______________________________________________________________________________________________
‎5. _______________________________________________________________________________________________ ‎‎

____________________________________(abituriyent F.I.O.)

‎‎_________________(imzo)

____________________(sana)

‎‎Ariza 20____ yil “_____” ______________ soat __________ da koʻrib chiqiladi.

____________________________________(ariza qabul qiluvchi F.I.O.)

‎‎_________________(imzo) ‎

____________________(sana)

‎‎M.Oʻ.

‎‎(qirqish chizigʻi)

------------------------------------------------------------------------------------------‎‎

‎‎XABARNOMA ______-son

‎‎Hurmatli _________________________________________________________________________________________

‎‎(abituriyent F.I.O.)

‎‎Arizangizni koʻrib chiqish uchun 20___ yil “__” __________ soat _____da Davlat test markaziga pasport va ruxsatnomangiz bilan yetib kelishingiz soʻraladi.
‎‎20_____ yil “_____” ____________

‎‎___________________________________(ariza qabul qiluvchi F.I.O.)

______________________
‎‎‎(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga
2-ILOVA
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali oʻqishga qabul qilish boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari
ROʻYXATI

T/r

Bilim va taʼlim sohalari, taʼlim yoʻnalishlari

Nomi

Kod

GUMANITAR SOHA

Pedagogika

100 000

110 000

1.

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

5110800

2.

Musiqa taʼlimi

5111100

3.

Jismoniy madaniyat

5112000

Sanʼat

150 000

4.

Bastakorlik sanʼati

5150100

5.

Sanʼatshunoslik (turlari boʻyicha)

5150200

6.

Aktyorlik sanʼati (turlari boʻyicha)

5150300

7.

Rejissorlik (turlari boʻyicha)

5150400

8.

Dirijorlik (turlari boʻyicha)

5150500

9.

Vokal sanʼati (turlari boʻyicha)

5150600

10.

Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)

5150700

11.

Rangtasvir (turlari boʻyicha)

5150800

12.

Dizayn (turlari boʻyicha)

5150900

13.

Haykaltaroshlik (turlari boʻyicha)

5151100

14.

Amaliy sanʼat (turlari boʻyicha)

5151200

15.

Xoreografiya (turlari boʻyicha)

5151300

16.

Xalq ijodiyoti (turlari boʻyicha)

5151600

XIZMATLAR SOHASI

Xizmat koʻrsatish sohasi

600 000

610 000

17.

Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

5610500

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 11-iyuldagi 205-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 51-modda):
a) 2-band chiqarib tashlansin;
2-banddagi “2010-yil 18-iyundagi 118-son” soʻzlari “2017-yil 20-iyundagi 393-son” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyent test sinovi topshirgan taʼlim yoʻnalishiga kirish uchun yetarli ball toʻplamagan, biroq tanlagan ikkinchi oliy taʼlim muassasasi taʼlim yoʻnalishi, taʼlim shakli va tili boʻyicha qabul kvotasi doirasida belgilangan oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, ushbu taʼlim yoʻnalishiga toʻlov-kontrakt asosida Davlat komissiyasining qarori bilan belgilangan kvotadan tashqari oʻqishga tavsiya etiladi.
Ushbu abituriyentning test sinovi natijalari uning arizasida koʻrsatilgan birinchi va (yoki) ikkinchi oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan eʼlon qilinadi.
Bunda, talabalikka tavsiya etilgan harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga tegishli taʼlim yoʻnalishlari uchun amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari qoʻllaniladi”;
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 23-iyuldagi 206-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 47-modda):
19-banddagi “3 — 15” raqamlari “5 — 20” raqamlari bilan almashtirilsin;
30-bandning birinchi xatboshidagi “20” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 108-modda):
3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test sinovlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “25-iyulgacha” soʻzlari “20-iyulgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “26-iyulgacha” soʻzlari “21-iyulgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “30-iyulgacha” soʻzlari “22-iyulgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14, 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) taʼlim shakli uchun har yili 1-avgustdan 15-avgustgacha boʻlgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani toʻgʻrisida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
15. Oliy taʼlim muassasasida tanlangan taʼlim yoʻnalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda bir, ikki yoki uch fan majmualari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadilar.
Test topshiriqlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
“Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika” va “Nutq madaniyati va notiqlik sanʼati” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 63 ballgacha boʻlgan oraliqda baholanuvchi) kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
Fanlar majmuasi Ona tili va adabiyoti (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), Matematika (informatika bilan), Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix, Geografiya, Chet tili (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) fanlari boʻyicha shakllanadi.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yoʻnalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
16. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi”;
1-ilovaning 1-bandidagi “25” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son, 05.07.2018-y., 09/18/502/1457-son; 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son, 17.08.2019-y., 09/19/681/3587-son; 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)