Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/11-son qarori (roʻyxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 460-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
131-banddan “yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2.
134-banddagi “guvohnomani yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini olib qoladi” degan soʻzlar “guvohnomaning nusxasi olinib, asli qaytariladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
154-banddagi “yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini” degan soʻzlar “(nusxasi olinib, asli qaytariladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.