1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son, “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-son hamda “2018-yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3480-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurishda ishtirok etuvchi potensial uy quruvchilarni tanlab olish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 24-noyabrdagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 106-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-fevral,
103-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qaroriga ILOVA
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida tegishli tuman hokimligi huzurida tashkil etiladigan talabgorlarni tanlash komissiyasi tomonidan aniqlanadigan potensial uy quruvchilarning qishloq joylarda arzon uy-joylarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlaridan va Dastur doirasida potensial uy quruvchilarning ijtimoiy ustuvorligidan kelib chiqib, qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarni tanlab olish va ularning ishtirok etishi tartibini belgilaydi.
2. Agar Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oila — boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila; ko‘p bolali oilalar; to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar); daromadi yuqori bo‘lmagan oila; tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lgan yoxud surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo‘lgan oila, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan oilalar;
daromadi yuqori bo‘lmagan oila — bir oydagi jami daromadi har bir oila a’zosiga belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,06 baravari miqdorigacha to‘g‘ri keladigan oila;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Komissiya — tegishli tuman hokimligi huzurida tashkil etiladigan va kamida to‘qqizta a’zoni o‘z ichiga olgan, jumladan, tuman hokimi, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi rahbari, Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali rahbari, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Xotin-qizlar qo‘mitasi tuman bo‘linmasi raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman kengashi raisi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi vakilidan iborat talabgorlarni tanlash bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiya. Komissiya ishiga kuzatuvchilar sifatida ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali boshqaruvchisi, injiniring kompaniyasi filialining direktori, tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxslar jalb qilinishi mumkin;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
ariza beruvchi — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya olish uchun Komissiyaga ariza bergan uy-joyga muhtoj bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi — keyingi yilda Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan barcha ariza beruvchilarning ro‘yxatini shakllantirishi uchun har yillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan Dasturda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilishining oxirgi sanasi;
ijtimoiy mezonlar — Komissiya tomonidan ariza beruvchilarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ariza beruvchilarning ijtimoiy va uy-joy sharoitlarining asosiy ko‘rsatkichlari;
ballar — Komissiya tomonidan ariza beruvchilarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar baholanishi;
talabgor — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun Komissiyaning yozma tavsiyasini olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
uy-joy quruvchi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda buyurtmani rasmiylashtirgan, unga nisbatan ishtirok etuvchi tijorat bankining Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qarori qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
(3-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
injiniring kompaniyasi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
er massivi — tegishli aholi punkti uchun ishlab chiqilgan bosh reja asosida Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar hamda ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurish uchun injiniring kompaniyasiga beriladigan yer uchastkalari;
Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar — Dastur doirasida barcha namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilishi mo‘ljallangan uy-joylar;
yozma tavsiya — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga Komissiya tomonidan beriladigan yozma tavsiya.
4. Komissiyaning tavsiyalari asosida uy-joy quruvchilarning Dasturdagi ishtiroki ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
2-bob. Talabgorlarni tanlab olish va ijtimoiy ustuvorlik asosida ularga yozma tavsiyalar berish tartibi
5. Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishda talabgorlarni tanlab olish Komissiya tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni dastlabki tanlash bo‘yicha tizimning shaffofligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
6. Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha Komissiyaga ariza beruvchining ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq hujjatlar ilova qilingan 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha anketa-arizani (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi) Komissiya raisining nomiga taqdim etadi.
7. Ariza beruvchi Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
8. Hujjatlar Komissiyaning vakolatli shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda tilxat bilan ariza beruvchiga topshiriladi. Vakolatli shaxs tuman hokimi qarori bilan tayinlanadi.
9. Arizalar hisobi alohida ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida (keyingi o‘rinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va Komissiyaning vakolatli shaxsi tomonidan muhrlangan bo‘lishi kerak (jurnalning namunaviy shakli ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan).
Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ular olinishiga qarab kiritilishi kerak.
Arizani jurnalda dastlab ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ko‘rib chiqish taqiqlanadi. Komissiya arizalarni ularning jurnalda qayd etilishi navbatliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishi shart.
10. Ariza va taqdim qilingan hujjatlar ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlash maqsadida Komissiya tomonidan mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy ustuvorlik mezonlari asosida tanlov natijalari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim qilingan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va keyingi yilda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
11. Arizani ko‘rib chiqish va ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlashda Komissiya tomonidan quyidagi ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi:
a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yo‘qligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
b) boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;
v) ko‘p bolali;
g) ariza beruvchi oilasining daromadi;
d) bir yoki undan ko‘p bola ota-onalardan biri (to‘liq bo‘lmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;
e) ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
j) ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;
z) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.
12. Komissiya ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan muddat ichida ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganadi va ushbu Nizomga 5-ilovada nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlardan kelib chiqib ariza beruvchining ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi.
Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini o‘rganish va ijtimoiy ustuvorligini belgilash yakunlari bo‘yicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida ijtimoiy ustuvorlikni belgilash yakunlari bo‘yicha olingan ballarni ko‘rsatgan holda tekshirish dalolatnomasi tuziladi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq).
13. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi imzo qo‘ydirilgan holda ariza beruvchiga beriladi.
14. Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha Komissiya bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yozma tavsiya beradi yoki ariza beruvchini rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda yozma tavsiya berilishi rad etilishidan yozma shaklda xabardor qiladi.
15. Yozma tavsiya Komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi.
Bir nusxasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi bo‘yicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga beriladigan ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadi.
16. Komissiya yozma tavsiyaning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida berilishi, shuningdek, uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi.
17. Quyidagi hollarda yozma tavsiya berish ariza beruvchiga rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
b) hujjatlar Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;
v) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi;
g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan, uning ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yo‘qligi holatining asosli ko‘rsatilishi;
d) Dastur va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturlari doirasida ilgari qishloq joylarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan uy quruvchining va/yoki uning oila a’zolari (eri, xotini, ota-onasi, farzandlari)ning takroriy murojaati.
e) ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilangan tartibda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya taqdim etish uchun xabarnoma olgan taqdirda.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
18. Ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida yozma bildirishnoma yuboradi (topshiradi).
Ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
20. Yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.
21. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 20-bandi asosida ko‘rib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish to‘g‘risidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.
3-bob. Talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqish tartibi
22. Tanlab olingan yer massivlari, potensial uy quruvchilarni tanlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash jarayonida ko‘rib chiqiladigan ijtimoiy mezonlar, ariza va hujjatlarni taqdim qilish jarayonlari va muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar injiniring kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi e’tiboriga yetkaziladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
23. Injiniring kompaniyasining filiali Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish xohishini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablar va muddatlar asosida ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
24. Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladilar.
25. Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizada talabgor qurilish uchun ipoteka krediti olishni mo‘ljallayotgan Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylarning turi ko‘rsatilishi kerak. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) yozma tavsiya;
b) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
(25-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
e) dastlabki badal jamg‘arma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
j) injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.
26. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga va muddatlarga muvofiq talabgorlarning ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqadi.
27. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali Komissiya tomonidan belgilangan ijtimoiy ustuvorlikni va yozma tavsiyani e’tiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi.
Bunda talabgorlarning ipoteka krediti olishi to‘g‘risidagi buyurtmanomasining birinchi navbatdagi huquqi va navbat tartibi (ketma-ketligi) Komissiyaning yozma tavsiyasida ko‘rsatilgan balldan kelib chiqib belgilanadi. Eng yuqori ball olgan talabgorning arizasi kreditga layoqatini baholanayotganda birinchi darajali navbatga ega bo‘ladi.
28. Talabgorlarning kreditga layoqatini baholash natijalari asosida ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali bankning unga ipoteka krediti berishni ma’qullashi yoki rad etishi to‘g‘risidagi qarori haqida talabgorga yozma ravishda xabar qiladi.
29. Talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning kreditga layoqati yetarli bo‘lmaganda ipoteka kreditini olish huquqiga keyingi talabgor uning ijtimoiy ustuvorligi baholanishidan kelib chiqib va kreditga layoqatini baholash talablariga javob beraoladigan talabgor ega bo‘ladi.
30. Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda belgilangan tartibda ipoteka krediti berish to‘g‘risida takroran ariza berishga haqlidir.
4-bob. Yakunlovchi qoida
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyaning tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida uy quruvchilarning ishtirok etishi
SXEMASI
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
ANKETA-ARIZA
Ariza № ------------------- Qabul qilish sanasi ------------- Arizani qabul qilgan shaxs ---------
1. ________________________
________________________
________________________
Familiya
Ism
Otasining ismi
2. Manzil: _____________________________
________________________
________________________
aholi punkti
tuman
viloyat
3. Tug‘ilgan sanasi ___ / _____ / ________
4. Jinsi ____ ayol _____ erkak
5. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)
_________________
6. Oilaviy ahvoli ____ bo‘ydoq / turmushga chiqmagan ____uylangan / turmushga chiqqan ____ ajrashgan ____ beva
7. Asosiy faoliyat turi (bandlik): ___________________
8. Har oylik daromad miqdori: _________________
9. Sizning oila a’zolaringizni ularning yoshini ko‘rsatgan holda sanab o‘ting: 1. ____________, yosh: ____ 2. ____________, yosh: ____ 3. ____________, yosh: ____ 4. ____________, yosh: ____ 5. ____________, yosh: ____ 6. ____________, yosh: ____
10. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini ko‘rsating: 1. Birinchi guruh nogironi ___ kishi 2.Surunkali kasalliklarning og‘ir turlaridan azob chekuvchilar ___ kishi
11. Hozirgi vaqtda oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan turar joy miqdori: __________ kv.m.
12. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi: ____ mulk ____ ijara ____ mulkdor ruxsati bilan bepul yashash
13. Qaysi turdagi arzon uy-joydan olmoqchisiz? ___________
14. Sizning aloqa qilish uchun ma’lumotlaringiz? el.pochta ___________ uy tel: ___________ ish tel: ___________ uyali tel: ___________
Men 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joy olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni haqiqiyligini tasdiqlayman. Pasport va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilinadi .
______________
______ ______ _______
imzo
kun
oy
yil
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning _______-son(arizaning ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatiladi) ro‘yxati
T/r
Hujjat turi
Ijtimoiy mezonlar uchun
Bor
Yo‘q
1.
Ariza
Barcha mezonlar
□
□
2.
Pasport nusxasi
Barcha mezonlar
□
□
3.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami nusxasi (STIR)
Barcha mezonlar
□
□
4.
Oila a’zolari pasportlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan ta�dirda) va/yoki farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) nusxalari
Barcha mezonlar
□
□
6.
Nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh bekor qilinganligi yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDY) arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda)
Doimiy ish joylaridan berilgan ariza beruvchi va u bilan birga yashayotgan oila a’zolarining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki ariza beruvchi va uning oila a’zolarining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar nusxalari
Barcha mezonlar
□
□
8.
Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr hujjati nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa)
Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa)
Barcha mezonlar
□
□
10.
Ijara yoki turar joydan tekinga foydalanish to‘g‘risida shartnoma yoki yer resurslari va davlat kadastri tuman bo‘linmasi ma’lumotnoma nusxasi (ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan holatda)
Nogironlik guruhi ko‘rsatilgan holda pensiya guvohnomasi, ushbu hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasidagi tumanlararo (tuman) tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) ma’lumotnoma nusxasi (oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjud bo‘lgan holatda)
Turar joyi bo‘yicha tuman davolash-profilaktika muassasaning vrachlik-maslahat komissiyasi (VMK) ma’lumotnomasi yoki ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxsning mavjudligi holatida — tumanlararo (tuman) TMEK ma’lumotnomasi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etish uchun fuqarolardan arizalarni ro‘yxatga olish JURNALI Boshlanishi: 2018-yil ________
ARIZALARNI RO‘YXATGA OLISh JURNALI
Ro‘y-xatga olish raqami
Ariza qabul qilingan sana
Ariza beruvchining
F.I.O
Ariza beruvchining manzili
Aloqa qilish uchun ma’lumotlar
Ijtimoiy mezonlar
Haqiqatda to‘plangan ballar
Tavsiya / Rad etish tartib raqami
Tavsiya / Rad etish sanasi
Vakolatli shaxsning imzosi
Ariza beruvchining imzosi (yoki pochta xabarnomasining raqami va sanasi)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Ariza beruvchi oilasining bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan jami har oylik daromad (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlarida hisoblangan — MHTEKM)
Ish joyidan ma’lumotnoma
yoki soliq deklaratsiyasi
MHTEKMning 52,7 foizidan 87,9 foizigacha
10
MHTEKMning 87,9 foizidan 1,06 baravarigacha
5
MHTEKMning 52,7 foizidan kam
3
MHTEKMning 1,06 baravaridan ko‘p
0
2.
Ariza beruvchi yashayotgan uy xo‘jaligida bir kishiga to‘g‘ri keladigan turar joyning umumiy maydoni
Kadastr ishining nusxasi va tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo‘yicha
komissiyaning haqiqiy o‘lchovi
16 kv.metrdan kam
10
16 — 20 kv.m
6
20 kv.metrdan ko‘p
2
3.
Oilada quyidagi shaxslar mavjudligi:
Pasport va qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya baholashi
birinchi guruh nogironi
5
surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob
chekuvchi
10
4.
Gender mezonlari
Ariza beruvchi yolg‘iz boquvchiga ega oila vakili, oila boshi — ayol yoki asosiy ariza beruvchi — ayol
10
Yagona/yolg‘iz boquvchiga ega bo‘lgan oila
7
Boshqalar
0
5.
Ariza beruvchining asosiy faoliyat turi
Ish beruvchi yoki tuman Davlat soliq inspeksiyasidan ma’lumotnoma
Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, fermer yoki fermer va dehqon xo‘jaligi ishchisi
10
Iqtisodiyotning real sektori va xizmatlar sohasi
8
Boshqalar
5
6.
Hozirgi turar joy maqomi
Qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya baholashi
Ijara
10
Egasining ruxsati bilan tekin turar joy
6
To‘liq o‘z mulkida (er-xotin birga)
2
Eng yuqori ball
60
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
________________________________________________ tumani huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya quyidagi tarkibda__________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
kvartirada yashayotgan fuqaro__________________________________________________________________________
(F.I.O.)
turar joy sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazdi va quyidagilarni aniqladi:
1.__________________________________________________________________uyda egallab turilgan turar joyning ______umumiy maydoni _______kv.m. yashash maydoni ________kv.m. _________________________xonalardan iborat.
(turar joyni ijaraga oluvchi, uy egasi (keraklisining tagi chizilsin))
4. Ushbu turar joy maydonida yashovchilar:
T/r
F.I.O.
Tug‘ilgan sanasi
Qarindoshlik munosabatlari
Bandligi (faoliyat turi)
Nogironlik guruhi / Surunkali kasalligining darajasi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
5. Oila moddiy holatining darajasi (past, o‘rta, yuqori) va bunday baholanishning sabablari: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
6. Turar joyning yashash uchun yaroqsizligi sabablari: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi to‘g‘risida ________________ tumani hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyaning YoZMA TAVSIYASI
№ _________
Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ filiali bilan dastlabki shartnomani tuzish va ishtirok etuvchi tijorat bankining filialida ipoteka krediti olish uchun
manzilida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (talabgor)
______________________________________________________________________________________________ ga (F.I.O.)
berildi.
Ushbu tavsiya ______________ tumani hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya tomonidan tuzilgan 20___ yil “___”__________ dagi _____-son Ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida uy-joy sharoitlarini tekshirish dalolatnomasiga muvofiq berildi.
(Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlar ko‘rsatiladi)
Ushbu yozma tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga va Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq berildi.
Komissiya raisi
___________________________ (imzo / muhr)
___________________________ (F.I.O)
Komissiya kotibi
___________________________ (imzo / muhr)
___________________________ (F.I.O)
20____ yil “_____” ___________
(berilgan sana)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 09/18/103/0786-son; 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)