toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2263-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2897-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-son “Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2263, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 384-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
3-son
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
01/29-10/02-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 3 va 01/29-10/02-son qaroriga
ILOVA
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimadan “, 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
a) muqaddimadan “, 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berilgan hollar bundan mustasno) aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarga (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik jamiyatlari deb yuritiladi) hamda davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etiladi.”;
v) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” degan soʻzlar “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 4-banddagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 7-bandning birinchi xatboshisida “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Markaz” degan soʻz “Davlat raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat raqobat qoʻmitasi kelib tushgan mablagʻlarni Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh boshqarmasining Toshkent shahridagi Hisob-kassa markazidagi subschyotiga oʻtkazadi.”;
ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moliya vazirligi tomonidan Davlat raqobat qoʻmitasiga davlat ulushlari boʻyicha budjetga toʻlangan dividendlarning qismi hisobidan oʻtkazilgan va Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Markazga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobidan Markaz subschyotiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan eʼtiboran 10 bank ish kuni ichida;”;
beshinchi va oʻn ikkinchi xatboshilardagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 21-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish faoliyati xizmat haqi toʻlovini belgilovchi
KOEFFITSIYENTLAR

T/r

Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushining nominal qiymatdagi miqdori (mln. soʻm)

Koeffitsiyent

1.

500 gacha

5,0

2.

700 gacha

5,5

3.

900 gacha

6,5

4.

1100 gacha

7,5

5.

1300 gacha

8,5

6.

1500 gacha

9,5

7.

1700 gacha

10,5

8.

1900 gacha

11,5

9.

2100 gacha

12,5

10.

2300 gacha

13,5

11.

2500 gacha

14,0

12.

2700 gacha

14,5

13.

2900 gacha

15,0

14.

3100 gacha

15,5

15.

3300 gacha

16,0

16.

3500 gacha

16,5

17.

3700 gacha

17,0

18.

3900 gacha

17,5

19.

4100 gacha

18,0

20.

4100 dan koʻp

18,5

.

“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish faoliyati xizmat haqi toʻlovini belgilovchi
KOEFFITSIYENTLAR

T/r

Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushining nominal qiymatdagi miqdori (mln. soʻm)

Koeffitsiyent

1.

500 gacha

4,5

2.

700 gacha

5,0

3.

900 gacha

5,5

4.

1100 gacha

6,0

5.

1300 gacha

6,5

6.

1500 gacha

7,0

7.

1700 gacha

7,5

8.

1900 gacha

8,0

9.

2100 gacha

8,5

10.

2300 gacha

9,0

11.

2500 gacha

9,5

12.

2700 gacha

10,0

13.

2900 gacha

10,5

14.

3100 gacha

11,0

15.

3300 gacha

11,5

16.

3500 gacha

12,0

17.

3700 gacha

12,5

18.

3900 gacha

13,0

19.

4100 gacha

13,5

20.

4100 dan koʻp

14,0

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 10/18/2263-2/0707-son)