1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.06.00 Koʻmir qazib olish va sotish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-avgustdagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 33-34-son, 393-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-yanvar,
52-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmirni ulgurji berish narxiga maxsus ustamalar miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 75-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 13-son, 156-modda) 2-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “2015-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maxsus ustamani qoʻllashdan olingan mablagʻlar faqat koʻmir sanoatini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va uni mutanosib tarzda rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, investitsiya kreditlarini qoplashga, koʻmir tarmogʻi tashkilotlari tomonidan qoʻshimcha kon ochish ishlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi”;
v) uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo” DAK” soʻzlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 1-son, 15-modda):
a) 4-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyuterlik markazlarini” soʻzlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining koʻmir omborlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati” va “hududiy distribyuterlik markazlari” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekkoʻmir” UK” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining koʻmir omborlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasi koʻmir mahsulotlari sifatli saqlanishini hamda faqat aholiga va budjet tashkilotlariga sotilishini taʼminlaydi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻzbekkoʻmir” UK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati” va “uning hududiy distribyuterlik markazlari” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekkoʻmir” UK” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining koʻmir omborlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-maydagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 20-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Huzurida tarmoq ilmiy-texnik kengashlari hamda ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlari faoliyat koʻrsatuvchi loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari roʻyxatining 23-bandidagi “Oʻzbekkoʻmir” AJ” soʻzlari “Oʻzbekkoʻmir” UK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 328-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/328/0633-son)