1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻmir sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va uning korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 26-iyuldagi PQ-3147-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda koʻmir sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish maqsadida:
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:
“Oʻzbekenergo” AJga tegishli “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJning aksiyalari paketlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida belgilangan tartibda balans qiymati boʻyicha topshirish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan jamiyatlarning aksiyalarini boshqa aksiyadorlardan qonunchilikda belgilangan tartibda bozor qiymati boʻyicha xarid qilgan holda “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni unitar korxonalar etib qayta tashkil etish;
“Oʻzbekkoʻmir” AJga qarashli hududiy distribyutorlik markazlarining 13 ta unitar korxonalarini tugatish, keyinchalik koʻmir omborlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasiga topshirish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining birlashgan yoqilgʻi-omborxona xoʻjaliklari negizida aholini, budjet tashkilotlarini, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarini koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash uchun koʻmir omborxonalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “Oʻzbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gʻulomov) bilan birgalikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga berilayotgan “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJning “Oʻzbekenergo” AJga tegishli aksiyalari paketlarining balans qiymati summasi miqdorida “Oʻzbekenergo” AJning ustav kapitali kamaytirilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
9. Belgilansinki, “Oʻzbekkoʻmir” UK investitsiya loyihalarni amalga oshirishda tuzgan, amaldagi bitimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarni soʻndirishni “Oʻzbekkoʻmir” UK oʻz mablagʻlari hisobidan, 2-ilovaga muvofiq amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3563-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3563/0812-son)
10. Belgilansinki:
“Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK energiya manbalarining narxlari (tariflari) qayta koʻrib chiqilgunga qadar koʻmir tarmogʻi tashkilotlari tomonidan olinayotgan elektr energiya uchun haq toʻlashni X tarif guruhi boʻyicha qonunchilikka muvofiq xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilanadigan energiya tizimi tariflari asosida amalga oshiradi;
3-ilovaga muvofiq, “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan jalb etilgan kreditlar boʻyicha berilgan “Oʻzbekenergo” AJning topshiriqnomalari belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qaytadan rasmiylashtiriladi.
11. 2017-2018-yillar kuz-qish davrida koʻmir qazib chiqarish va respublika boʻyicha yetkazib berishning reja-jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchi raisi A.J. Ramatov, “Oʻzbekkoʻmir” UK, “Shargʻunkoʻmir” UK rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga:
kuz-qish davrida aholiga hamda budjet tashkilotlariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan hajmlarda koʻmir mahsuloti oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini;
koʻmir mahsulotini yetkazib berishning barcha bosqichlarida uning saqlanishini;
budjet tashkilotlari uchun koʻmir mahsulotiga narx belgilanishi darajasi, aholiga sotiladigan koʻmirning chakana narxiga rioya etilishi, shuningdek, ularning asossiz ravishda qimmatlashib ketishining oldini olish va chek qoʻyish choralari koʻrilishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
qonun hujjatlariga muvofiq, unitar korxonalar etib qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ, ular topshirilgunga va qayta tashkil etilgunga qadar amalda boʻlgan barcha huquqlar, majburiyatlar, imtiyozlar va afzalliklar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadilar;
“Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK obyektlarini qoʻriqlash “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi kuchlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
13. Oʻzbekiston Respublika Prezidentining ““Shargʻunkoʻmir” AJning loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-sonli qaroriga5-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻmir sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va uning korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 26-iyuldagi PQ-3147-sonli qarorining 3-bandi, shuningdek, uning 1- va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A.S. Shukurov), “Oʻzbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekkoʻmir” UK investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tuzilgan, amaldagi bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarini “Oʻzbekkoʻmir” UK oʻz mablagʻlari hisobidan soʻndirishni amalga oshiradigan “Oʻzbekkoʻmir” UK kreditlari
ROʻYXATI
T/r
Kredit beruvchining nomi
Kredit
valyutasi
Kredit miqdori
Soʻndirish muddatlari
01.07.2017-yil uchun kredit boʻyicha qoldiq
Kredit maqsadi
Kredit boʻyicha taʼminot
Jami
shu jumladan:
asosiy qarz
foizlar
1.
XXRning Eksimbanki “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali
mln doll.
113,84
2010 — 2030-yillar
115,54
98,65
16,89
“Angren IES” AJ 11” 1 — 5-son energobloklarini “Angren” razrezini modernizatsiya qilish orqali 1-bosqich koʻmirni tunu-kun yoqishga oʻtish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati
2.
OʻTTJ “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali”
mln doll.
21,83
2010 — 2020-yillar
6,70
5,90
0,80
“Oʻzbekenergo” AJning xorijiy valyutadagi jami kreditlari
mln doll.
135,67
122,24
104,55
17,69
3.
“Ipoteka-bank”ATIB
mln soʻm
21 656,8
2013 — 2020-yillar
21 130,33
18 047,33
3 083,00
Koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash va uni mutanosib rivojlantirish
“Oʻzbekkoʻmir” AJ mulki
4.
“Xalq banki” ATB
mln soʻm
29 120,0
2013 — 2021-yillar
27 970,06
22 451,74
5 518,32
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi
“Oʻzbekkoʻmir” AJning distribyutorlik markazlarini qurish va jihozlash
5.
“Aloqa bank” ATB
mln soʻm
4 224,7
2014 — 2021-yillar
5 138,32
3 953,92
1 184,40
Texnologik aloqa va aloqa uzatish hamda maʼlumotlar yetkazish korporotiv tarmogʻi
(MEKT)
“Oʻzbekenergo” AJning milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha jami
mln soʻm
55 001,5
54 238,71
44 452,99
9 785,72
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekenergo” AJning kafolatnomalari belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qaytadan rasmiylashtiriladigan “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan jalb etilgan kreditlar
ROʻYXATI
T/r
Kredit beruvchining nomi
Kredit
valyutasi
Kredit miqdori
Soʻndirish muddatlari
01.07.2017-yil uchun kredit boʻyicha qoldiq
Kredit maqsadi
Kredit boʻyicha taʼminot
Jami
shu jumladan:
asosiy qarz
foizlar
1.
“Aloqa bank” ATB
mln soʻm
39 790,0
2014 — 2023 yy.
52 103,8
39 790,0
12313,8
Markazlashtirilgan dispetcherlik nazorati va ishlab chiqarishni boshqarish avtomatlashtirilgan axborot tizimi
“Oʻzbekenergo” AJ kafilligi
2.
“Xalq banki” ATB
mln soʻm
57 420,4
2015 — 2023 yy.
76 084,2
57 420,4
18 663,8
Temir yoʻl xoʻjaligi va temir yoʻl parkini modernizatsiya qilish
“Oʻzbekenergo” AJning “Energosotish”
filialini kafilligi
3.
“Ipoteka-bank”ATIB
mln soʻm
88 340,0
2014 — 2022 yy.
117 342,5
88 340,0
29 002,5
Maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash (oʻzgartirish)
“Oʻzbekenergo” AJ
kafilligi
4.
“Asaka bank” ATB
mln soʻm
133 266,2
2014 — 2023 yy.
185 752,9
133 266,2
52 486,7
Maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash (oʻzgartirish)
“Oʻzbekenergo” AJ
kafilligi
5.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
mln soʻm
6 622,3
2016 — 2023 yy.
9 008,0
6 622,3
2 385,7
Kompyuterlashtirish boʻyicha kompleks integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish
“Oʻzbekenergo” AJ
kafilligi va “Oʻzbekkoʻmir” AJ mulki
“Oʻzbekenergo” AJning milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha jami
mln soʻm
325 438,9
440 291,4
325 438,9
114 852,5
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 4-ILOVA
2017-2018-yillar kuz-qish davrida koʻmir qazib chiqarish va respublika boʻyicha yetkazib berishning
* Koʻmirni ortib joʻnatish ombordagi koʻmir qoldiqlari sotilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi (2017-yil 1-yanvar holatiga koʻra ombordagi koʻmir qoldigʻi 2 317, 1 ming tonnani tashkil qildi).
** 2017-2018-yilgi kuz-qish davrining beziyon oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhlarining sayyor yigʻilishlari protokollariga koʻmir mahsulotlariga qoʻshimcha ehtiyoj taklif etilgan boʻlib, unga tuzatishlar kiritilishi lozim.
LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2727-son qaroriga kiritiladigan
“XXR Eksimbankining jalb etiladigan zayomi boʻyicha “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ qarz oluvchi, “Shargʻunkoʻmir” UK birgalikda esa qarz oluvchi va zayomdan maqsadli hamda”;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJning” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UKning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ” soʻzlari “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 5-banddagi “Oʻzbekenergo” hamda “Shargʻunkoʻmir” AJ soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ hamda “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo” va “Shargʻunkoʻmir” AJning” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ va “Shargʻunkoʻmir” UKning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJga” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UKga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK, konsorsium va ularning subpudratchi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxatlar boʻyicha olib kiradigan hamda respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, texnologik jihozlar, avtotransport vositalari, priborlar, dasturiy taʼminot, texnik hujjatlar, shuningdek yoqilgʻi moylash materiallari, portlovchi moddalar hamda metall prokati bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etiladi”;
mazmuni quyidagicha boʻlgan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tuzilgan kontraktlarning shartlariga muvofiq konsorsium, xorijiy subpudrat va konsalting tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan maxsus transport va avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlar, uskunalar va asboblar, butlovchi buyumlar, uzellar va jihozlar davriy boj toʻlovlari toʻlanmasdan vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladi”;
1-banddagi “AJni” soʻzi “UKni” deb oʻzgartirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin;
mazmuni quyidagicha beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasalari yagona ijtimoiy toʻlovdan, xorijiy fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi daromad soligʻi toʻlashdan”;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari konsorsium hamda u jalb qiladigan loyiha, injiniring va subpudrat tashkilotlariga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, tegishli yigʻimlar, toʻlovlar va bojlarni undirmagan holda loyihalashtirish, qurish, burgʻulash-portlatish va geologiya-qidiruv ishlari, xizmatlar koʻrsatish uchun tegishli litsenziyalar hamda ruxsatnomalar, shuningdek, olib kiriladigan va majburiy sertifikatlashtiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar, materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar hamda asbob-uskuna, maxsus transport vositalariga muvofiqlik sertifikatlari berilishini taʼminlasin.”.
9. 13-bandning birinchi xatboshida “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. 15-bandning birinchi-ikkinchi satrlari quyidagi tahrirda yozilsin: “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK” talabnomalariga koʻra, mazkur” ;
12. 16-banddagi, 17-bandning birinchi xatboshidagi Oʻzbekenergo, Oʻzbekkoʻmir va Shargʻunkoʻmir AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. 18-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov” soʻzlari bilan almashtirilsin.