Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PK-3356-sonli
qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari
2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli Farmoni 2-bandining
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EIZ faoliyatini muvofiqlashtirish Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy kengash deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-sonli
Farmoni:
1-bandi
uchinchi xatboshidagi “Toshkent viloyati hokimligi” degan soʻzlar Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy kengash deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF-4516-sonli
Farmoni:
“Jizzax” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashining bevosita tasarrufida boʻladi;
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Jizzax” EIZ filiali tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Sirdaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashining bevosita tasarrufida boʻladi”;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli
Farmoni:
5-bandining
birinchi xatboshidagi “Erkin iqtisodiy zonalar” degan soʻzdan keyin “Navoiy” degan soʻz qoʻshilsin;
6- va
7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli
Farmoni:
5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
7-bandning
ikkinchi xatboshida “erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi” degan soʻzlar “erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining tegishli maʼmuriy kengashlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3175-sonli
qarori:
3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
7-bandning
ikkinchi xatboshidagi “Maxsus komissiyaga” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonlik-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PF-5032-sonli Farmoni
5 — 7-bandlari, shuningdek ushbu Farmonning 1, 2 va 2a-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-sonli
qarorining 3 va 4-bandlari, shuningdek, 2 va 3-ilovalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati tuzilmasi va faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3409-sonli
qarori 4-ilovasining 2 va 3-bandlari.