toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1932-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1050-son “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 10-martdagi 32, 69, EG-01/10-1559, 2009-16 va 01-02/8-5-son “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1932, 2009-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 167-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 2-iyundagi 41, 70, 19, 2014-22, 01-02/8-06-son “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1932-1, 2014-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 301-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
7-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
2-son
Tashqi savdo vaziri J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
2017/09-17-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
2018-03-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
01-02/8-2-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 10/18/1932-2/0573-son)