Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
1. Quyidagi mazmundagi 712-band bilan toʻldirilsin:
“712. Energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni koʻllash masalalari bilan bogʻliq shaharsozlik normalari va qoidalarining loyihalari “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilishi shart.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ushbu hujjatlarning elektron shakli elektron axborot tashuvchi jismlarda ham taqdim etiladi yoxud ular vazirlikka elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 1251-band bilan toʻldirilsin:
“1251. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.”.
“Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi shart.”.