1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
1034-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1034-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomning 21-bandi beshinchi xatboshidan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) “shaharsozlik” soʻzi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish Qoidalarining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) 5.8-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar tabiiy gaz uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar boʻyicha toʻlaydilar”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda):
b) Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
3-bandga “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar boʻyicha” soʻzlari bilan qoʻshilsin.
quyidagi mazmundagi 41 va 42-bandlar qoʻshilsin:
“41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar elektr energiyasi (750 kVAgacha quvvatga ulangan) uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar boʻyicha toʻlaydilar.
750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan (budjet tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) isteʼmolchilar elektr energiyasi haqini ikkinchi guruh tariflar boʻyicha toʻlovlar toʻlaydigan yuridik shaxslar uchun tarif miqdorida belgilanadigan sutka vaqtlari zonalari boʻyicha tabaqalashtirilgan tarifga asosan hisob-kitob qiladi.
42. Yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar (tigʻiz vaqt — ertalabki va kechki tigʻiz vaqt) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllash orqali, eng kam yuklamali soatlarda esa (tungi davr — sutkaning qorongʻi vaqti) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllash orqali va yarim tigʻiz vaqtda (sutkaning yorugʻ vaqti) — oʻrnatilgan tarif boʻyicha toʻlanadi.
Tabaqalashtirilgan tarif sutka vaqtining quyidagi zonalari boʻyicha qoʻllaniladi:
tigʻiz vaqt — soat 6-00 dan 09-00 gacha va 17-00 dan 22-00 gacha;
tungi vaqt — soat 22-00 dan 24-00 gacha va 00-00 dan 06-00 gacha;
yarim tigʻiz vaqt — soat 9-00 dan 17-00 gacha.
Sutka vaqti zonalari respublikaning barcha hududlari uchun bir xil”;
6-bandning ikkinchi xatboshidan “(quvvat)” va “va quvvatlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“20__ yil _____________ oyidagi elektr energiyasi (aktiv, reaktiv) sarfi toʻgʻrisida HISOBOT Koʻrsatkich yozib olingan sana — 20__ yil “__” _____________
Hisoblagich turi (aktiv, reaktiv), hisoblagichning zavodda qoʻyilgan raqami
Hisoblash koeffitsiyenti
Hisoblagich koʻrsatkichi
Hisob-lagich koʻrsatki-chidagi tafovut
Sarfi kVt.s, kVar.s
Tabaqalashtirilgan hisob uchun sarf, kVt.s (kVar.s)
nomlanishidan “(quvvati)” soʻzi chiqarib tashlansin;
“Koʻrsatilgan quvvat”, “Amaldagi quvvat”, “Reaktiv quvvat” va “shu jumladan quvvatni belgilanganidan ortiqcha olish boʻyicha” ustunlar chiqarib tashlansin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandiga (Oʻzbekiston respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 28-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq roʻyxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar tabiiy gaz uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar boʻyicha toʻlaydilar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1034/0502-son)