Konvensiyaning 18-moddasiga taalluqli izoh: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bayon etadiki, yuqorida zikr etilgan Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan sanada uning hududida jamoat mulki boʻlib qolgan adabiy va badiiy asarlarga nisbatan mazkur Konvensiya qoʻllanilmaydi”.
Konvensiyaning Qoʻshimcha boʻlimiga taaluqli izoh: “Oʻzbekiston Respublikasi yuqorida zikr etilgan Konvensiya qoʻshimcha boʻlimining 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish niyatida”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
681-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 181-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 543-modda)