

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-5624713" id="-5624713">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1311508" id="-1311508">ADABIY VA BADIIY ASARLARNI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1311509" id="-1311509">BERN KONVENSIYASI </div></div><div class="EXPLANATION"><label id="s527"></label><div name="-1347515" id="-1347515">(1971-yil 24-iyulda qabul qilingan, 1979-yil 28-sentabrda oʻzgartish kiritilgan, Parij hujjati).</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1326902" id="-1326902">Mazkur Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustdagi 681-II-sonli “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern Konvensiyasiga qoʻshilish haqida”gi <a href="/mact/-350139">Qaroriga</a> asosan qoʻshilgan. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1311516" id="-1311516"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1311512" id="-1311512">Ittifoqqa kiruvchi mamlakatlar mualliflarning oʻz adabiy va badiiy asarlariga boʻlgan huquqlarining muhofazasini eng samarali va bir xil usullar vositasida taʼminlash yoʻlida umumiy maqsaddan ruhlanib va 1967-yili Stokgolmda boʻlib oʻtgan Konvensiyani qayta koʻrib chiqish boʻyicha Konferensiya ishining ahamiyatini eʼtirof etgan holda, Stokgolmda qabul qilingan Aktni, uning 1 dan 20 gacha va 22 dan 26 gacha boʻlgan moddalarini oʻzgarishsiz qoldirgan holda, qayta koʻrib chiqishga qaror qildilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1311518" id="-1311518">Shunga muvofiq quyida oʻz imzolarini qoʻygan muxtor vakillar, oʻzlarining tegishli tartibda va talabdagi shaklda topshirildi deb topilgan vakolatlarini taqdim etgan holda, quyidagilar haqida kelishdilar:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624668" id="-5624668">1-modda<br /> Ittifoqning vujudga kelishi<sup>1</sup> </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624675" id="-5624675">Ushbu Konvensiya tatbiq qilinadigan mamlakatlar mualliflarning oʻz adabiy va badiiy asarlariga boʻlgan huquqlarini muhofaza qilish boʻyicha Ittifoq tashkil qiladilar.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-5624684" id="-5624684">1. Har bir moddaga va Qoʻshimcha boʻlimga, matndan foydalanish qulay boʻlsin uchun, sarlavhalar berildi. Imzolangan matnda sarlavhalar yoʻq.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624691" id="-5624691">2-modda <br />Muhofaza qilinadigan asarlar: 1. “Adabiy va badiiy asarlar”; 2. Fiksatsiyani talab qilish mumkinligi; 3. Hosila asarlar; 4. Rasmiy matnlar; 5. Toʻplamlar; 6. Muhofaza toʻgʻrisida majburiyat; Muhofazadan foydalanadigan shaxslar; 7. Amaliy sanʼat asarlari va sanoat namunalari; 8. Yangiliklar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624695" id="-5624695">(1) “Adabiy va badiiy asarlar” atamasi adabiyot, fan va sanʼat sohasidagi har qanday mahsulotni, uning qanday usul va shaklda ifodalanganidan qatʼi nazar, oʻzida qamraydi, shu jumladan: kitoblar, broshyuralar va boshqa yozma asarlar; maʼruzalar, murojaatlar, vaʼzlar va boshqa shu kabi asarlar; dramatik va musiqali dramatik asarlar; xoreografik asarlar va pantomimalar; musiqa asarlari, mtanli yoki matnsiz; kinematografik asarlar, ularga kinemotografiyaga aynan oʻxshash usulda ifodalangan asarlar tenglashtiriladi; rasmlar, shuningdek rassomlik, arxitektura, skulptura, oʻymakorlik va litografiya asarlari; fotografiya asarlari, ularga fotografiyaga aynan oʻxshash usulda ifodalangan asarlar tenglashtiriladi; amaliy sanʼat asarlari; illyustratsiyalar, kartlar, planlar, eskizlar hamda geografiya, topografiya, arxitektura yoki fanlarga tegishli plastik asarlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624698" id="-5624698">(2) Biroq Ittifoqqa kiradigan mamlakatlar qonunchiligida adabiy va badiiy asarlar yoki ularning biron bir muayyan kategoriyalari, agar ular u yoki bu moddiy shaklda biriktirilmagan boʻlsa, muhofaza qilinmaydi, deb koʻrsatib qoʻyilgan boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624701" id="-5624701">(3) Tarjimalar, adaptatsiyalar, musiqaviy oranjirovkalar hamda qayta ishlangan boshqa adabiy va badiiiy asar original asarlar qatorida, original asar muallifining huquqlariga ziyon yetkazmagan holda, muhofaza qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624703" id="-5624703">(4) Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar qonunchiligida qonunchilik, maʼmuriy va yuridik xarakterdagi rasmiy matnlarga hamda bunday matnlarning rasmiy tarjimalariga taqdim etiladigan muhofaza belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624705" id="-5624705">(5) Adabiy va badiiy asarlar toʻplamlari, masalan, materialning tanlanishi va joylashtirilishi boʻyicha intellektual ijod namunasi boʻlgan ensiklopediyalar va antologiyalar, xuddi shunday asarlar sifatida, bunday toʻplamlarning bir qismini tashkil qilgan har bir asar muallifi huquqlariga zarar yetkazmagan holda, muhofaza qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624707" id="-5624707">(6) Mazkur moddada koʻrsatilgan asarlar Ittifoqqa aʼzo hamma mamlakatlarda muhofazadan foydalanadilar. Bu muhofaza mualliflar va ularning huquqiy vorislari foydasiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624718" id="-5624718">(7) Mazkur Konvensiyaning 7 (4)-modasini hisobga olgan holda, Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar qonunchiligida oʻz qonunlarining amaliy sanʼat asarlari va sanoat namunalari hamda foydali modellarga nisbatan qoʻllanish darajasi, shuningdek bunday asarlar, namunalar va modellarni muhofaza qilish shartlari belgilanadi. Kelib chiqish mamlakatida faqat namunalar va modellar sifatida muhofaza qilinadigan asarlarga nisbatan Ittifoqqa aʼzo boshqa mamlakatlarda ushbu mamlakatda namunalar va modellarga taqdim etiladigan maxsus muhofaza talab qilinishi mumkin, biroq, agar mazkur mamlakatda bunday maxsus muhofaza taqdim etilmasa, bu asarlar badiiy asarlar sifatida muhofaza qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624720" id="-5624720">(8) Mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan muhofaza kun yangiliklariga yoki oddiy matbuot axboroti xarakteriga ega boʻlgan turli voqea-hodisalarga daxldor boʻlmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624729" id="-5624729">2<sup>bis</sup>-modda <br />Muayyan asarlar muhofazasiga qoʻyilishi mumkin boʻlgan cheklov: 1.Muayyan nutqlar; 2. Maʼruzalar va murojaatlardan muayyan maqsadda foydalanish; 3. Bunday asarlar toʻplamlarini tayyorlash uchun huquq </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624733" id="-5624733">(1) Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar qonunchiligida avvalgi moddada nazarda tutilgan siyosiy nutqlar va sud jarayonlarining borishida aytilgan nutqlar muhofazadan toʻliq yoki qisman chiqarib yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624736" id="-5624736">(2) Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar qonunchiligida mazkur Konvensiyaning 11<sup>bis</sup> (1)-moddasida nazarda tutilgan yana shunday shartlar belgilanishi mumkinki, ularga koʻra maʼruzalar, chiqishlar va ommaviy eʼlon qilingan shu turdagi boshqa asarlar matbuotda takrorlanishi, efirga uzatilishi, elektr simlari boʻyicha hammaga bildirish uchun xabar qilinishi va ommaviy xabarlar predmetini tashkil qilishi mumkin, agar axborot maqsadlari bunday foydalanishni oqlasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624739" id="-5624739">(3) Biroq muallif avvalgi bandlarda aytib oʻtilgan oʻz asarlarining toʻplamlarini tayyorlashda favqulotlla huquqdan foydalanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624745" id="-5624745">3-modda <br />Muhofaza taqdim etish uchun mezonlar: 1. Muallifning fuqaroligi; asar bosib chiqarilgan joy; 2. Muallifning yashash joyi; 3. “Bosib chiqarilgan” asarlar; 4. “Bir paytda bosib chiqarilgan” asarlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624748" id="-5624748">(1) Mazkur Konvensiyada nazarda tutilgn muhofaza:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624751" id="-5624751">(a) Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari boʻlgan mualliflarning asarlariga nisbatan, ular bosib chiqarilgan yoki bosib chifarilmaganligidan qatʼi nazar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624753" id="-5624753">(b) Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari boʻlmagan mualliflarning ushbu mamlakatlardan birida yoki Ittifoqqa kirmagan va Ittifoq aʼzosi boʻlgan mamlakatda birinchi marta bosib chiqarilgan asarlariga nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624755" id="-5624755">(2) Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari boʻlmagan, ammo shunday mamlakatlardan birida oʻzlarining odatiy turar joylariga ega boʻlgan mualliflar mazkur Konvensiya maqsadlarida ushbu mamlakat fuqarolariga tenglashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624757" id="-5624757">(3) “Bosib chiqarilgan asarlar” deganda, ularning ekzemplyarlari qanday usulda bosib chiqarilganidan qatʼi nazar, mualliflarning roziligi bilan bosib chiqarilgan, muomalada boʻlgan ekzemplyarlar soni, asar xarakterini eʼtiborga olgan holda, oʻquvchilarning oqilona talablarini qoniqtira oladigan asarlarni tushunmoq kerak. Dramatik, musiqaviy dramatik yoki kinematografik asar namoyishi, musiqa asarining ijrosi, adabiy asarning ommaviy oʻqilishi, adabiy yoki badiiy asarlarning sim orqali xabar qilinishi yoki efirga uzatilishi, sanʼat asarining namoyishi va arxitektura asari inshooti bosib chiqarish hisoblanmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624758" id="-5624758">(4) Asar, agar u birinchi nashrdan keyin oʻttiz kun davomida ikkita yoki undan ortiq mamlakatlarda bosib chiqarilgan boʻlsa, bir paytning oʻzida bir necha mamlakatlarda bosib chiqarilgan hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624764" id="-5624764">4-modda <br />Kinematografik asarlar, arxitektura asarlari va muayyan badiiy asarlarga muhofaza taqdim etish uchun mezonlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624767" id="-5624767">(1) Mazkur Konvensiyada nazarda tutilgan muhofaza, xatto agar 3-moddada nazarda tutilgan shartlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624771" id="-5624771">(a) yaratuvchisi Ittifoq mamlakatlaridan birida oʻzining asosiy ish joyiga va odatiy turar joyga ega boʻlgan kinematografik asarlar mualliflariga,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624775" id="-5624775">(b) Ittifoq mamlakatlaridan birida qurilgan arxitektura asarlarining yoki Ittifoq mamlakatlaridan birida joylashgan binoning yoki boshqa inshootning bir qismi boʻlgan boshqa biron-bir badiiy asarlarning mualliflariga nisbatan bajarilmagan taqdirda ham qoʻllanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624789" id="-5624789">5-modda<br /> Kafolatlangan huquqlar: 1 va 2. Kelib chiqqan mamlakatdan tashqarida; 3. Kelib chiqqan mamlakatda; 4. “Kelib chiqqan mamlakat” </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624791" id="-5624791">(1) Mazkur Konvensiya boʻyicha mualliflarga muhofaza taqdim etiladigan asarlarga nisbatan Ittifoq mamlakatlarida mualliflar, asar kelib chiqqan mamlakatdan tashqari, ushbu mamlakatlarning tegishli qonunlarida oʻz fuqarolariga hozirgi vaqtda taqdim etiladigan yoki keyinchalik taqdim etilishi mumkin boʻlgan huquqlardan, shuningdek mazkur Konvensiyada maxsus taqdim etiladigan huquqlardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624793" id="-5624793">(2) Ushbu huquqlardan foydalanishlik va ularning amalga oshirilishi biron-bir rasmiyatchiliklarning bajarilishi bilan bogʻliq emas; bunday foydalanishlik va amalga oshirilish asar kelib chiqqan mamlakatda muhofazaning mavjudligiga bogʻliq emas. Dyemak, mazkur Konvensiyada belgilangan qoidalardan tashqari, muallifga oʻz huquqlarini muhofaza qilish uchun taqdim etiladigan muhofaza hajmi, shu jumladan muhofaza vositalari ham, faqatgina muhofaza soʻralayotgan mamlakat qonunchiligi bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624795" id="-5624795">(3) Asar kelib chiqqan mamlakatda muhofaza ichki qonunchilik bilan tartibga solinadi. Biroq, agar muallif mazkur Konvensiyaga muvofiq muhofaza soʻralayotgan asarga nisbatan asar kelib chiqqan mamlakat fuqarosi boʻlmasa, u ushbu mamlakatda uning fuqarolari boʻlgan mualliflar qatorida xuddi shunday huquqlardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624811" id="-5624811">(4) (a) Ittifoq mamlakatlaridan birontasida birinchi marta bosib chiqarilgan asarlar uchun — mana shu mamlakat; har xil muhofaza muddatlarini taqdim etadigan Ittifoq mamlakatlarining bir nechtasida bir paytning oʻzida bosib chiqarilgan asarlar uchun — qonunchiligida eng qisqa muhofaza muddati belgilangan mamlakat,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624812" id="-5624812">(b) Ittifoqqa kirmagan bironta mamlakatda va Ittifoq mamlakatlaridan birida bir paytning oʻzida bosib chiqarilgan asarlar uchun — ushbu oxirgi mamlakat,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624813" id="-5624813">(s) bosib chiqarilmagan asarlar uchun yoki, Ittifoq mamlakatlaridan birontasida bir vaqtning oʻzida bosib chiqarilmay turib, Ittifoqqa kirmagan mamlakatda birinchi marta bosib chiqarilgan asarlar uchun — muallifi fuqarosi boʻlgan Ittifoq mamlakati asar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadi, bunda (s)-band uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624814" id="-5624814">(i) ishlab chiqaruvchisi Ittifoq mamlakatlaridan birontasida oʻz shtab-kvartirasiga yoki oddiy turar joyga ega boʻlgan kinematografik asarlarga nisbatan shu mamlakat asar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadi, va </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624815" id="-5624815">(ii) Ittifoq mamlakatlaridan birontasida qurilgan arxitektura asarlari yoki Ittifoq mamlakatlaridan birontasida joylashgan bino yoki biron inshootning bir qismi boʻlgan boshqa badiiy asarlarga nisbatan shu mamlakat asar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624816" id="-5624816">6-modda<br /> Ittifoqqa kirmaydigan muayyan mamlakatlar fuqarolariga tegishli muayyan asarlarning muhofazasiga nisbatan yoʻl qoʻyiladigan cheklash: 1. Birinchi marta bosib chiqarilgan mamlakatda va boshqa mamlakatlarda; 2. Qaytuvchi kuchning mavjud emasligi; 3. Bildirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624817" id="-5624817">(1) Agar Ittifoqqa kirmagan har qanday mamlakat Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari boʻlgan mualliflar asarlariga yetarli muhofazani taʼminlamayotgan boʻlsa, bu holda ana shu ikkinchi mamlakat ushbu asarlarning birinchi bosib chiqarish sanasiga boshqa mamlakat fuqarolari boʻlgan va Ittifoq mamlakatlaridan birida oʻzlarining odatiy turar joylariga ega boʻlmagan mualliflar asarlariga taqdim etiladigan muhofazani cheklashi mumkin. Agar asarni birinchi marta bosib chiqargan mamlakat bu huquqdan foydalansa, boshqa Ittifoq mamlakatlari bunday alohida tartibga boʻysungan asarlarga nisbatan birinchi bosib chiqarilgan mamlakatda ularga taqdim etilagidan kengroq muhofazani taqdim etishga majbur emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624818" id="-5624818">(2) Avvalgi band asosida belgilangan hech qanday cheklovlar Ittifoq tarkibidagi biron-bir mamlakatda bunday cheklov amalga kiritilganidan oldin bosib chiqarilgan asarga muallif ega boʻlgan huquqlarga dahldor boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624819" id="-5624819">(3) Ushbu moddaga muvofiq mualliflik huquqining taqdim etilishini cheklayotgan Ittifoq mamlakatlari Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktorini (bundan buyon “Bosh direktor” deb ataladi) muhofaza cheklanayotgan mamlakatlar, shuningdek ushbu mamlakatlarning fuqarolari boʻlgan mualliflar huquqlari duch kelaayogan cheklashlarni belgilab beradigan ariza orqali bu haqda xabardor qiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624820" id="-5624820">6<sup>bis</sup>-modda <br />Shaxsiy mulkiy boʻlmagan huquqlar: 1. Mualliflikning eʼtirof etilishini talab qilish; huquqlarni buzadigan muayyan oʻzgarishlarga va boshqa xatti-harakatlarga eʼtiroz bildirish; 2. Muallif vafotidan keyin; 3. Himoya vositalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624821" id="-5624821">(1) Muallifning mulkiy huquqlaridan qatʼi nazar va u xatto bu huquqlardan voz kechgan taqdirda ham muallif oʻz muallifligining eʼtirof etilishini talab qilish hamda ushbu asarni sohtalashtirish, buzib koʻrsatish yoki boshqa oʻzgartirishlarga qarshi chiqish, shuningdek muallifning izzat-nafsi yoki obroʻsiga ziyon yetkaza oladigan har qanday boshqa tajovuzlarga qarshilik koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624822" id="-5624822">(2) Avvalgi band asosida muallifniki deb eʼtirof etilgan huquqlar uning vafotidan keyin aqalli mulkiy huquqlarining amal qilish muddati toʻxtatilgunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi va ushbu asarga nisbatan muhofaza talab qilib olingan mamlakat qonunchiligi huquqlarga vorislik qilish vakolatini bergan shaxslar yoki idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq qonunchiligida mazkur Aktni ratifikatsiya qilish yoki unga qoʻshilish paytida avvalgi bandda sanab oʻtilgan hamma huquqlarning muhofazasini muallifning vafotidan keyin taʼminlaydigan qoidalarga ega boʻlmagan davlatlar bunday huquqlardan ayrimlari muallif vafotidan keyin oʻz kuchini saqlab qolmasligini oldindan koʻzda tutib qoʻyishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624823" id="-5624823">(3) Mazkur modda bilan taqdim etiladigan huquqlarning taʼminlanishi uchun himoya vositalari muhofaza soʻraladigan mamlakat qonunchiligiga asosan tartibga solinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624825" id="-5624825">7-modda <br />Muhofaza muddati: 1. Umumiy qoida; 2. Kinematografik asarlar uchun; 3. Anonim yoki taxallus ostida chiqarilgan asarlar uchun; 4. Fotografik asarlar va amaliy sanʼat asarlari uchun; 5. Sanoq boshining sanasi; 6. Yanada davomli muddatlar; 7. Qisqaroq muddatlar; 8. Qoʻllanadigan qonunchilik; muddatlarni “solishtirish” </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624826" id="-5624826">(1) Mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan muhofaza muddati muallifning butun hayotini va uning vafotidan keyin ellik yilni tashkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624827" id="-5624827">(2) Biroq kinemotografik asarlar uchun Ittifoq mamlakatlari muallif roziligi bilan asar barchaning eʼtiboriga yetkazilganidan keyin ellik yil oʻtib muhofaza muddati tugashini, yoki, agar bunday asarning yaratilgan vaqtidan eʼtiboran ellik yil mobaynida bu voqea sodir boʻlmasa, asar yaratilganidan keyin ellik yil oʻtib muhofaza muddati tugashini nazarda tutishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624828" id="-5624828">(3) Anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asarlar uchun mazkur Konvensiya boʻyicha taqdim etiladigan muhofaza muddati asar barchaning eʼtiboriga haqli ravishda yetkazilganidan keyin ellik yil oʻtib tugaydi. Biroq, agar muallif qabul qilgan taxallus uning shaxsiga nisbatan shubha qoldirmasa, (1)-bandda nazarda tutilgan muddat muhofaza muddati boʻladi. Agar anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asar muallifi yuqorida koʻrsatilgan muddat davomida oʻz shaxsini fosh etsa, bu holda (1)-bandda nazarda tutilgan muhofaza muddati qabul qilinadi. Ittifoq mamlakatlari anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asarlarni, ushbu asarlar mualliflarining vafotidan keyin ellik yil oʻtdi dyeyishga hamma asoslar boʻlsa, muhofaza qilishga majbur emaslar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624829" id="-5624829">(4) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida badiiy asarlar sifatida muhofaza qilinadigan fotografik asarlar va amaliy sanʼat asarlarining muhofaza muddati belgilanishi mumkin; biroq bu muddat bunday asar yaratilgan vaqtdan eʼtiboran yigirma besh yildan qisqaroq boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624830" id="-5624830">(5) Muallif vafotidan keyin taqdim etiladigan muhofaza muddati, hamda (2)-, (3)- va (4)-bandlarda nazarda tutilgan muddatlar muallif vafot etgan kundan eʼtiboran yoki ushbu bandlarda koʻrsatilgan voqealar sodir boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi, biroq muddatlarni hisoblash muallif vafot etgan yildan yoki bunday voqea sodir boʻlgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624831" id="-5624831">(6) Ittifoq mamlakatlari avvalgi bandlarda nazarda tutilgan muddatdan ortiqroq muhofaza muddatini belgilashlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624832" id="-5624832">(7) Mazkur Konvensiyaning Rim akti bilan bogʻlangan hamda mazkur Aktni imzolash paytida amalda boʻlgan oʻzlarining milliy qonunchiliklarida avvalgi bandlarda nazarda tutilganidan qisqaroq muhofaza muddatlarini belgilagan Ittifoq mamlakatlari mazkur Aktga qoʻshilishda yoki uni ratifikatsiya qilishda bu muddatlarni saqlab qolishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624833" id="-5624833">(8) Har qanday holatda ham muddat muhofaza soʻralgan mamlakat qonuni bilan belgilanadi; agar ushbu mamlakat qonunchiligida boshqasi nazarda tutilmagan boʻlsa, bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan muddatdan osha olmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624834" id="-5624834">7<sup>bis</sup>-modda <br />Hammualliflikda yaratilgan asarlarning muhofaza muddati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5624835" id="-5624835">Avvalgi moddaning qoidalari hammualliflikda yaratilgan asarlar uchun ham qoʻllanadi, bunda muallifning vafot etgan vaqtidan eʼtiboran belgilanadigan muddatlar boshqa hammualliflardan ortiq yashagan oxirgi muallifning vafot etgan vaqtidan eʼtiboran hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5624844" id="-5624844">8-modda<br /> Tarjima qilish huquqi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625165" id="-5625165">Mazkur Konvensiya bilan muhofaza qilinadigan adabiy va badiiy asarlarning mualliflari original asarga nisbatan oʻz huquqlarining amal qilish muddati davomida oʻz asarlarini tarjima qilish va tarjima qilishga ruxsat berish favqulotda huquqidan foydalanadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625166" id="-5625166">9-modda <br />Takrorlashga beriladigan huquq: 1. Umumiy qoida; 2. Yoʻl qoʻyiladigan istisnolar; 3. Ovozli va vizual yozuvlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625167" id="-5625167">1) Mazkur Konvensiya bilan muhofaza qilinadigan adabiy va badiiy asarlarning mualliflari bu asarlarni har qanday holatda va har fanday shaklda takrorlashga ruxsat berishdek favqulotda huquqdan foydalanadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625168" id="-5625168">(2) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida bunday asarlarni muayyan maxsus vaziyatlarda takrorlashga ruxsat beriladi, qachonki bunday takrorlash asardan normal foydalanishga ziyon yetkazmasa va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz cheklab qoʻymasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625169" id="-5625169">(3) Har qanday ovozli yoki vizual yozuv mazkur Konvensiya maqsadlari uchun takrorlash sifatida eʼtirof etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625170" id="-5625170">10-modda <br />Asarlardan erkin foydalanishning muayyan holatlari; 1. Iqtiboslar; 2. Oʻqitish uchun illyustratsiyalar; manba va muallifni koʻrsatish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625171" id="-5625171">(1) Barchaning eʼtiboriga havola qilib boʻlingan asardan, shu jumladan, gazeta va jurnallardan matbuot obzori koʻrinishida iqtibos olishga yoʻl qoʻyiladi, qachonki bu vijdonan va qoʻyilgan maqsad oqlagan hajmda amalga oshirilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625172" id="-5625172">(2) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligiga va ushbu mamlakatlar oʻrtasida tuzilgan yoki tuzilajak maxsus bitimlarga binoan alabiy yoki badiiy asarlardan nashrlarda illyustratsiya sifatida, radio va televizion eshittirishlarda va oʻquv xarakteridagi ovoz yoki tasvirni yozishda, qoʻyilgan maqsad oqlaydigan hajmda va bu ish vijdonan amalga oshirilishi sharti bilan, foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625173" id="-5625173">(3) Asarlardan mazkur moddaning avvalgi bandlariga muvofiq foydalanishda manba va, ushbu manbada belgilangan boʻlsa, muallif familiyasi koʻrsatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625174" id="-5625174">10<sup>bis</sup>-modda <br />Asarlardan erkin foydalanish mumkin boʻlgan qoʻshimcha holatlar: 1. Muayyan maqolalar va efirga uzatilgan asarlardan; 2. Kundalik hodisalar bilan bogʻliq namoyish qilingan yoki oʻqib eshittirilgan asarlardan </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625175" id="-5625175">(1) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida kundalik iqtisodiy, siyosiy va diniy masalalar boʻyicha gazeta yoki jurnallarda chop etilgan maqolalarni matbuotda takrorlash, sim orqali efirga uzatish yoki hammaning eʼtiboriga xabar qilishga yoxud xuddi shunday xarakterdagi asarlarni bu kabi takrorlash, efirga uzatish yoki xabar qilish oldindan maxsus kelishib olinmay turib, efirga uzatishga ruxsat berilishi mumkin. Biroq manba hamma vaqt aniq koʻrsatilishi shart; ushbu majburiyatni bajarmaslikning huquqiy oqibatlari muhofaza soʻralgan mamlakat qonunchiligi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625176" id="-5625176">(2) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida shunday shartlar belgilanadiki, ularga binoan kundalik voqealar davomida koʻrsatilgan yoki eʼlon qilingan adabiy va badiiy asarlar kundalik voqealar obzorida fotografiya yoki kinemotografiya vositalari bilan, yoxud axboriy vazifalar oqlaydigan hajmda efirga uzatish yoki hammaning eʼtibori uchun sim orqali xabar qilish yoʻli bilan takrorlanishi yoki hammaning eʼtiboriga yetkazilishi mumkin</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625177" id="-5625177">11-modda<br /> Dramatik va musiqa asarlariga boʻlgan muayyan huquqlar: 1. Koʻrsatuv yoki ijroni ommaviy koʻrsatish yoki ijro qilish va hammaning eʼtibori uchun xabar qilish huquqi; 2 Tarjimalarga nisbatan </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625178" id="-5625178">(1) Dramatik, musiqali dramatik va musiqa asarlarining mualliflari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625179" id="-5625179">(i) oʻz asarlarining omma oldida namoyish qilinishi va ijro etilishiga, shu jumladan har qanday vositalar yoki usullar bilan amalga oshiriladigan omma oldida namoyish qilinishi va ijro etilishiga,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625180" id="-5625180">(ii) oʻz asarlarining koʻrsatuvlari va ijrolarini har qanday vositalar bilan hammaning eʼtibori uchun xabar qilinishiga ruxsat berishdek favqulotda huquqdan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625181" id="-5625181">(2) Dramatik yoki musiqali dramatik asarlar mualliflariga oʻz asarlarining tarjimalariga nisbatan ham original asarlarga boʻlgan huquqlarining amal qilish muddati dvomida xuddi shunday huquqlar beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625182" id="-5625182">11<sup>bis</sup>-modda <br />Efirga uzatish va shunga aloqador huquqlar: 1. Efirga uzatish va eshittirishni simsiz maʼlum qilishning boshqa usullari, efirga uzatilgan asarni simlar orqali yoki efirga takroran uzatish yoʻli bilan ommaga maʼlum qilish, efirga uzatilgan asarni radiokarnay yoki oʻxshash moslamalar yordamida ommaga maʼlum qilish; 2. Majburiy litsenziyalar; 3. Yozuvlar; qisqa muddat foydalaniladigan yozuvlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625183" id="-5625183">(1) Adabiy va badiiy asarlarning mualliflari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625184" id="-5625184">(i) oʻz asarlarini efirga uzatishga yoki ushbu asarlarni belgilar, tovushlar yoki tasvirlarni simsiz uzatishning boshqa har qanday usullari bilan barchaning eʼtiboriga maʼlum qilishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625185" id="-5625185">(ii) efirga uzatilgan asarni sim orqali yoki simsiz aloqa vositalari bilan barchaning eʼtiboriga maʼlum qilishga, agar bunday xabar, dastlabki tashkilotga koʻra, boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625186" id="-5625186">(iii) efirga uzatilgan asarni radiokarnay yoki belgilar, tovushlar va tasvirlarni uzatadigan har qanday shunga oʻxshash boshqa qurilma yordamida maʼlum qilishga ruxsat berishdek alohida huquqdan foydalanadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625187" id="-5625187">(2) Ittifoq mamlakatlarining qonunchiligida avvalgi bandda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirish shartlari belgilanadi; biroq ushbu shartlar ularni belgilagan mamlakatlardagina qoʻllanadi. Ushbu shartlar hech qanday holatda ham muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini yoki, kelishuv boʻlmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan belgilanadigan haqli mukofot olishga boʻlgan muallifga tegishli huquqni cheklab qoʻyishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625188" id="-5625188">(3) Mazkur moddaning (1)-bandiga muvofiq taqdim etiladigan ruxsat, agar boshqa shart belgilanmagan boʻlsa, tovushlar yoki tasvirlarni yozib oluvchi qurilmalar yordamida efirga uzatilgan asarni yozib olish uchun ruxsatni oʻz ichiga olmaydi. Biroq Ittiifoq mamlakatlarining qonunchiligida eshittiruvchi tashkilot tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga va oʻz eshittirishlari uchun amalga oshiriladigan qisqa muddatli yozuvlardan foydalanish tartibi belgilanishi mumkin. Ushbu qonunchilikda bunday yozuvlarning, ular alohida hujjatli xaraktyerga ega boʻlganligi uchun, rasmiy arxivlarda saqlanishiga ruxsat berilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625189" id="-5625189">11<sup>ter</sup>-modda<br /> Adabiy asarlarga nisbatan muayyan huquqlar: 1. Ommaviy oʻqishga va ommaga maʼlum qilish uchun oʻqishga nisbatan huquq; 2. Tarjimalar xususida </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625190" id="-5625190">(1) Adabiy asarlarning mualliflari quyidagilarga ruxsat berish huquqiga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625191" id="-5625191">(i) oʻz asarlarining omma oldida oʻqilishiga, shu jumladan har qanday vositalar yoki usullar bilan amalga oshiriladigan omma oldida oʻqilishiga,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625192" id="-5625192">(ii) oʻz asarlarining oʻqilishini har qanday vositalar bilan ommaning eʼtiboriga maʼlum qilishga ruxsat berishdek alohida huquqdan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625193" id="-5625193">(2) Adabiy asarlarning mualliflari oʻzlarining original asarlariga boʻlgan huquqlarining amal qilish muddati davomida bu asarlarning tarjimalariga nisbatan ham xuddi shunday huquqlardan foydalanadilar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625194" id="-5625194">12-modda <br />Qaytadan ishlash, aranjirovkalar va boshqa turdagi qayta ishlashlarga boʻlgan huquq </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625195" id="-5625195">Adabiy va badiiy asarlarning mualliflari oʻz asarlarini qaytadan ishlash, aranjirovkalar va boshqa turdagi qayta ishlashlarga ruxsat berishdek favqulotda huquqdan foydalanadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625196" id="-5625196">13-modda <br />Musiqa asarlarini va ularga taalluqli har qanday matnlarni yozish huquqiga nisbatan yoʻl qoʻyilgan cheklashlar: 1. Majburiy litsenziyalar; 2. Oʻtish choralari; 3. Muallafdan beruxsat tayyorlangan ekzemplyarlarni olib kirishda xatlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625197" id="-5625197">(1) Ittifoq mamlakatlaridan har qaysisi musiqa asarining muallifiga va har qanday matn muallifiga, agar matn muallifi uning musiqa asari bilan birgalikda yozilishiga ruxsat berib boʻlgan boʻlsa, taqdim etiladigan mutlaq huquqqa nisbatan oʻzi uchun izohlar va shartlar belgilashi, musiqa asarining shunday matn bilan birga, agarda shunday matn mavjud boʻlsa, ovozli yozib olinuviga ruxsat berishi mumkin; biroq bu hamma izohlar va shartlar ularni belgilagan mamlakatlardagina qoʻllanadi, va ushbu mualliflarning, tegishli bitim boʻlmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan belgilanadigan adolatli mukofot olishga boʻlgan huquqlarini hech bir cheklay olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625198" id="-5625198">(2) 1928-yil 2-iyunda Rimda va 1948-yil 26-iyunda Bryusselda imzolangan Konvensiyalarning 13 (3)-moddasiga muvofiq biron bir Ittifoq mamlakatida amalga oshirilgan musiqa asarlarining yozuvlari ushbu mamlakatning oʻzida muallifning roziligisiz mazkur Akt bu yerda amalga kiritilgan kundan eʼtiboran ikki yil oʻtganidan soʻng takrorlanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625199" id="-5625199">(3) mazkur moddaning (1) va (2)-moddalariga muvofiq amalga oshirilgan hamda manfaatdor tomonlardan beruxsat mamlakatga olib kirilgan va ushbu mamlakatda qonunga xilof deb hisoblangan yozuvlar xatga olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625200" id="-5625200">14-modda <br />Kinematografik asarlar va ularga tegishli huquqlar: 1. Kinematografik qayta yaratish va takrorlash; tarqatish; takrorlangan yoki shu tarzda qayta yaratilgan asarlarni elektr simi orqali omma oldida namoyish qilish va ommaga maʼlum qilish; 2. Kinematografik asarlarni qayta yaratish; 3. Majburiy litsenziyalarning qoʻllanmasligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625201" id="-5625201">(1) Adabiy va badiiy asarlarning mualliflari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625202" id="-5625202">(i) oʻz asarlarining kinematografik qayta yaratilishiga va shu tarzda qayta yaratilgan va takrorlangan asarlarining tarqatilishiga, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625203" id="-5625203">(ii) qayta yaratilgan yoki shu tarzda takrorlangan asarlarini sim orqali hammaning eʼtiboriga ommaviy taqdim etish, ijro qilish va maʼlum qilishga ruxsat berish mutlaq huquqiga egalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625204" id="-5625204">(2) Adabiy yoki badiiy asarlar asosida yaratilgan kinematografik asarlarni har qanday boshqa badiiy shaklda qayta yaratish, kinematografik asarlar mualliflarining ruxsati bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, original asarlar mualliflarining ruxsatini talab qiladi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625205" id="-5625205">(3) 13 (1)-moddaning qoidalari qabul qilinmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625206" id="-5625206">14<sup>bis</sup>-modda<br /> Kinematografik asarlarga tegishli maxsus qoidalar: 1. “Original” asarlarga tenglashtirish; 2. Huquq egalari; asar yaratilishiga hissa qoʻshgan muayyan mualliflarning ayrim huquqlarini cheklash; 3. Asar yaratilishiga hissa qoʻshgan ayrim boshqa mualliflar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625207" id="-5625207">(1) Kinematografik asar, qayta yaratilishi yoki takrorlanishi mumkin boʻlgan har qanday asarga nisbatan mualliflik huquqlariga zarar yetmagan holda, original asar sifatida muhofaza qilinishi lozim. Kinematografik asarga nisbatan mualliflik huquqining egasi original asar muallifi ega boʻlgan huquqlardan, shu jumladan, avvalgi moddada nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625208" id="-5625208">(2) (a) Kinematografik asarga nisbatan mualliflik huquqining egalari boʻlgan shaxslarni aniqlash muhofaza soʻralgan mamlakat qonunchiligi ixtiyorida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625209" id="-5625209">(b) Biroq qonunchiligida kinematografik asarlarga nisbatan mualliflik huquqining egalari qatoriga uning yaratilishiga hissa qoʻshgan mualliflar ham kiritilgan Ittifoq mamlakatlarida, ushbu mualliflar, agar ular bunday hissani qoʻshish majburiyatini olgan boʻlsalar, biron-bir qarshi yoki maxsus shart boʻlmagan taqdirda, barchaning eʼtibori uchun asarning takrorlanishi, tarqatilishi, omma oldida namoyish va ijro etilishi, barchaning eʼtibori uchun simlar orqali maʼlum qilinishi, efirga uzatilishi yoki barchaning eʼtiboriga asarni boshqa har qanday yoʻl bilan maʼlum qilinishi, shuningdek asar matnining subtitrlanishi va dublyaj qilinishiga qarshilik koʻrsatish huquqiga ega boʻlmaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625210" id="-5625210">(s) Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan majburiyat avvalgi (b)-bandni qoʻllash uchun yozma bitim yoki bir xil qimmatga ega boʻlgan yozma akt bilan rasmiylashtirilishi sharmi, degan savol kinematografik asar tayyorlovchisi oʻzining asosiy ish joyiga yoki odatiy turar joyga ega boʻlgan mamlakat qonunchiligida belgilanadi. Biroq muhofaza soʻralayotgan Ittifoq mamlakatining qonunchiligida bunday holat yozma bitim yoki bir xil qimmatga ega boʻlgan yozma akt bilan rasmiylashtirilishi nazarda tutilishi mumkin. Qonunchiligida shular nazarda tutilgan mamlakatlar Bosh direktorni yozma bayonot yuborish yoʻli bilan xabardor qiladilar, Bosh direktor bu haqda zudlik bilan hamma boshqa Ittifoq mamlakatlariga xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625211" id="-5625211">(d) “Qarshi yoki maxsus shart” deganda, yuqorida aytib oʻtilgan majburiyatga tegishli har qanday cheklovchi shart tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625212" id="-5625212">(3) Agar milliy qonunchilikda boshqa narsa belgilanmagan boʻlsa, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan (2)(b)-bandning qoidalari kinematografik asarni qoʻyish uchun yaratilgan ssenariylar, dialoglar va musiqali asarlar mualliflariga yoki uning sahnalashtiruvchi rejissoriga nisbatan qoʻllanmaydi. Biroq qonunchiligida aytib oʻtilgan (2)(b)-bandning sahnalashtiruvchi rejissorga nisbatan qoʻllanishini nazarda tutuvchi qoidalar boʻlmagan Ittifoq mamlakatlari bu haqda Bosh direktorni yozma bayonot yuborish yoʻli bilan xabardor qiladilar, Bosh direktor bu haqda zudlik bilan hamma boshqa Ittifoq mamlakatlariga xabar qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625213" id="-5625213">14<sup>ter</sup>-modda <br />Sanʼat asarlari va qoʻlyozmalarga “oʻz ulushi bilan qatnashish huquqi”: 1. Qayta sotishdan tushgan ulushga boʻlgan huquq; 2. Qoʻllanadigan qonunchilik; 3. Protsedura </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625214" id="-5625214">(1) Sanʼat asarlarining asl nushalari va yozuvchi va kompozitorlar asarlarining asl qoʻlyozmalariga nisbatan muallif, uning vafotidan keyin esa milliy qonunchilik tomonidan huquqiy vakolat berilgan shaxslar yoki muassasalar, asar muallifi tomonidan amalga oshirilgan birinchi voz kechishdan keyin asarning har bir sotuvida oʻzlarining musodara qilinmaydigan hissasi bilan qatnashish huquqidan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625215" id="-5625215">(2) Avvalgi bandda nazarda tutilgan muhofaza, agar muallif mamlakatining qonunchiligi bunday muhofazani nazarda tutgan boʻlib, u ushbu muhofaza soʻralayotgan mamlakat qonunchiligida yoʻl qoʻyilgan hajmda boʻlsa, har qanday Ittifoq mamlakatida soʻralishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625216" id="-5625216">(3) Summalarni toʻplash tartibi va miqdori milliy qonunchilikda belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625217" id="-5625217">15-modda <br />Muhofaza qilinayotgan huquqlarga rioya qilinishini taʼminlash huquqi: 1. Muallif ismi koʻrsatilganida yoki taxallus muallif shaxsiga nisbatan hech qanday shubha qoldirmaganida; 2. Kinematografik asarlarga tegishli hollarda; 3. Anonim holda yoki taxallus ostida eʼlon qilingan asarlarga tegishli holatda; 4. Muallifi nomaʼlum boʻlgan nashr qilinmagan muayyan asarlarga tegishli xollarda </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625218" id="-5625218">(1) Mazkur Konvensiya tomonidan muhofaza qilinayotgan adabiy va badiiy asarlarning muallifi, qarshi isbotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, muallif deb qaralishi va shunga muvofiq holda oʻz huquqlarining buzilganligi sababli Ittifoq mamlakatlarida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlishi uchun, muallifning ismi asarda odatiy holda koʻrsatilgan boʻlishi kifoya. Mazkur band ushbu ism xatto taxallus boʻlgan taqdirda ham qoʻllanadi, agar muallif tomonidan qabul qilingan taxallus uning shaxsiga nisbatan hech qanday shubha tugʻdirmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625219" id="-5625219">(2) Kinematografik asarda ismi yoki nomi oddiy holatda koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs, qarshi isbot mavjud boʻlmasa, ushbu asarning tayyorlovchisi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625220" id="-5625220">(3) Anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asarlarga nisbatan, yuqorida (1)-moddada koʻrsatilganlardan tashqari, asarda ismi koʻrsatilgan noshir, qarshi isbotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, muallifning vakili deb eʼtirof etiladi, bu sifatda u muallif huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilinishini taʼminlashga haqlidir. Muallif oʻz shaxsini oshkor qilib, asarga oʻz muallifligi toʻgʻrisida eʼlon qilsa, mazkur band qoidalarining amal qilishi toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625221" id="-5625221">(4) (a) Muallifi nomaʼlum boʻlgan, ammo u Ittifoq mamlakatining fuqarosi ekanligini tahmin qilishga hamma asoslar mavjud boʻlgan nashr qilinmagan asarlarga nisbatan mazkur mamlakat qonunchiligida ushbu muallifning vakili boʻlgan va uning huquqlarini himoya qilish va ularning Ittifoq mamlakatlarida rioya qilinishini taʼminlaydigan vakolatli organ belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625223" id="-5625223">(b) Ushbu qoidaga muvofiq, bunday tayinlovni amalga oshirgan ittifoq mamlakatlari, Bosh direktorni yozma deklaratsiyasi bilan shu tarzda tayinlangan organning toʻliq maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi Bosh direktor bu deklaratsiyani ittifoqning boshqa barcha mamlakatlariga zudlik bilan yetkazadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625224" id="-5625224">16-modda<br /> Kontrafakt nushalar: 1. Xatlash; 2. Olib kirishda xatlash; 3. Qoʻllanadigan qonunchilik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625225" id="-5625225">(1) Asarning kontrafakt ekzemplyarlari ushbu asar huquqiy muhofazadan foydalanadigan har qanday Ittifoq mamlakatida xatlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625226" id="-5625226">(2) Avvalgi bandning qoidalari asar muhofaza qilinmaydigan yoki muhofazadan foydalanishi toʻxtatilgan mamlakatlardan olib chiqilgan takrorlashlarga nisbatan ham qoʻllanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625227" id="-5625227">(3) Xatlash har bir davlat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625228" id="-5625228">17-maodda<br /> Asarlarni tarqatish, taqdim etish va koʻrsatish ustidan nazorat qilish mumkinligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625229" id="-5625229">Mazkur Konvensiya qoidalari vakolatli organ ushbu huquqni ularga nisbatan amalga oshirish zarur deb eʼtirof etgan har qanday asar yoki sahna asarining tarqatilishi, taqdim etilishi, koʻrsatilishini qonunchilik asosida yoki maʼmuriy tartibda ruxsat etish, nazorat qilish yoki taqiqlashga boʻlgan har bir Ittifoq mamlakati hukumatining huquqiga hech bir dahl qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625230" id="-5625230">18-modda<br /> Konvensiya kuchga kirish momentida mavjud boʻlgan asarlar: 1. Kelib chiqqan mamlakatda muhofaza muddati hali tugamagan boʻlsa, muhofaza qilinadigan asarlar; 2. Muhofaza soʻralayotgan mamlakatda uning muddati tugagan boʻlsa, muhofaza qilinmaydigan asarlar; 3. Ushbu tamoyillarning qoʻllanishi; 4. Maxsus vaziyatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625231" id="-5625231">(1) Mazkur Konvensiya muhofaza muddati tugaganligi sababli Konvensiya kuchga kirgan vaqtda kelib chiqqan mamlakatda ijtimoiy mulk boʻlib ulgurmagan hamma asarlarga nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625232" id="-5625232">2) Biroq, agar asar ilgari berilgan muhofaza muddati tugaganligi sababli, muhofaza soʻralayotgan mamlakatda ijtimoiy mulkka aylanib boʻlgan boʻlsa, bu holda ushbu asarning muhofazasi yangidan tiklanmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625233" id="-5625233">(3) Koʻrsatilgan tamoyilning qoʻllanishi Ittifoq mamlakatlari oʻrtasida tuzilgan yoki ushbu maqsadda tuziladigan maxsus konvensiyalarning qoidalarida belgilanadi. Bunday qoidalar mavjud boʻlmagan taqdirda, tegishli mamlakatlar har birlari oʻzlari uchun ushbu tamoyilni qoʻllash shartlarini belgilab oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625234" id="-5625234">(4) Ilgarigi qoidalar shuningdek Ittifoqqa yangi qoʻshilishlar holatida va muhofaza 7-moddani qoʻllashda yoki izohlarning rad etilishi sababli muhofaza kengaytirilgan holatda qoʻllanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625235" id="-5625235">19-modda<br /> Konvensiyada nazarda tutilganidan ham kengroq muhofaza </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625236" id="-5625236">Mazkur Konvensiyaning qoidalari Ittifoq mamlakatining qonunchiligi taqdim etishi mumkin boʻlgan yanada kengroq muhofazani soʻrashga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625237" id="-5625237">20-modda <br />Ittifoq mamlakatlari oʻrtasida maxsus bitimlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625238" id="-5625238">Ittifoq mamlakatlarining hukumatlari mualliflarga mazkur Konvetsiyaga nisbatan kengroq huquqlar taqdim etadigan yoki mazkur Konvensiyaga zid boʻlmagan boshqa qoidalarni oʻz ichiga olgan oʻzaro maxsus bitimlar tuzish huquqini oʻz zimmalarida qoliradilar. Ushbu talablarni qoniqtiradigan amaldagi bitimlarning qoidalarini qoʻllash davom etaveradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625239" id="-5625239">21-modda <br />Rivojlanayotgan davlatlarga tegishli maxsus qoidalar: 1. Qoʻshimcha boʻlimga havolalar; 2. Qoʻshimcha boʻlim Aktning bir qismi sifatida </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625240" id="-5625240">1) Rivojlanayotgan davlatlarga tegishli maxsus qoidalar Qoʻshimcha boʻlim tarkibiga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625241" id="-5625241">(2) 28(1)(b)-modda qoidalarini hisobga olgan holda, Qoʻshimcha boʻlim nmazkur Aktning ajralmas qismini tashkil qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625242" id="-5625242">22-modda <br />Assambleya: 1. Taʼsis etilishi va tarkibi; 2. Vazifalari; 3. Kvorum, ovoz berish, kuzatuvchilar; 4. Chaqirish; 5. Protsedura qoidalari Assambleya: 1. Uchrejdeniye i sostav; 2. Zadachi; 3. Kvorum, golosovaniye, nablyudateli; 4. Soziv; 5. Pravila protseduri </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625243" id="-5625243">(1) (a) Ittifoq 22- dan 26- gacha moddalar bilan bogʻlangan Itifoq mamlakatlaridan iborat Asssambleyaga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625244" id="-5625244">(b) Har bitta mamlakatning hukumati nomidan oʻrinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega boʻlishi mumkin boʻlgan bitta delegat qatnashadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625245" id="-5625245">(s) Har bitta delegatsiyaning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625246" id="-5625246">(2) (a) Assambleya:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625247" id="-5625247">(i) Ittifoqning ishlashini taʼminlash va uni rivojlantirishga hamda mazkur Konvensiyaning qoʻllanishiga oid hamma masalalarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625248" id="-5625248">(ii) Butunjahon intellektual mulk tashkilotini (bundan buyon “Tashkilot” deb ataladi) taʼsis etuvchi Konvensiyada nazarda tutilgan Xalqaro intellektual mulk byurosiga (bundan buyon “Xalqaro byuro” deb ataladi), 22- dan 26-gacha moddalar bilan bogʻlanmagan Ittifoq mamlakatlarining mulohazalariga kerakli eʼtibor qaratgan holda, qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlashga doir koʻrsatmalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625249" id="-5625249">(iii) Ittifoqqa tegishli hisobotlarni va tashkilot Bosh direktorining faoliyatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda unga Ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur yoʻl-yoʻriqlar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625250" id="-5625250">(iv) Assambleya Ijroiya qumitasi aʼzolarini saylaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625251" id="-5625251">(v) oʻz Ijroiya qumitasining hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uning faoliyatini maʼqullaydi, shuningdek unga yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625252" id="-5625252">(vi) dasturlarni belgilaydi, Ittifoqning ikki yillik budjetini qabul qiladi va uning natijaviy moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625253" id="-5625253">(vii) Ittifoqning moliya reglamentini qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625254" id="-5625254">(viii) Ittifoq faoliyati uchun kerak boʻlgan ekspertlar qumitalari va ishchi guruhlarni tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625255" id="-5625255">(ix) Ittifoq aʼzolari boʻlmagan qanday mamlakalar hamda qanday hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlar uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qoʻyilishi mumkinligini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625256" id="-5625256">(x) 22- dan 26- gacha moddalarga kiritiladigan tuzatishlarni qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625257" id="-5625257">(xi) Ittifoq maqsadlariga erishishga yoʻnaltirilgan kerakli har qanday boshqa xatti-gʻarakatlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625258" id="-5625258">(xii) mazkur Konvensiyadan chiqib keladigan hamma boshqa funksiyalarni bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625259" id="-5625259">(xiii) uning roziligi sharti bilan Tashkilotni taʼsis etadigan Konvensiya oʻziga qanday huquqlarni taqdim etsa, shularni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625260" id="-5625260">(b) Maʼmuriy funksiyalarini Tashkilot bajaradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqarli boʻlgan masalalar boʻyicha Assambleya, Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qumitasi fikrini eshitib, qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625261" id="-5625261">(3) (a) Assambleya aʼzosi boʻlgan har bir mamlakat bitta ovozga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625262" id="-5625262">(b) Assambleya aʼzolari boʻlgan mamlakatlarning yarmi kvorum tashkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625263" id="-5625263">(s) (b)-ostbandning qoidasiga qaramay, agar biron bir sessiyada vakil qilingan mamlakatlar miqdori umumiy miqdorning yarmidan kamini tashkil qilsa-yu ammo Assambleya aʼzolari boʻlgan mamlakatlarning uchdan biriga teng yoki undan ortiq boʻlsa, u qarorlar qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning, oʻz protsedura qoidalariga tegishli qarorlaridan tashqari, hamma qarorlari quyidagi shartlarga rioya qilingan holdagina kuchga kiradi. Xalqaro byuro tilga olingan qarorlarni Assambleyada vakillik qilmagan aʼzo-mamlakatlarga yuboradi hamda ularga qarorlar yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida ular ushbu qarorlarga ovoz beradilarmi, qarshimilar yoki betaraf qoldilarmi yozma ravishda xabar qilishni soʻraydi. Agar bu muddat tugaganidan keyin, oʻzlarining betaraf ekanliklarini shu tarzda ovoz berib yoki xabar qilib bildirgan mamlakatlar soni kvorumga yetishi uchun sessiyaning oʻzida yetishmagan songa yetsa, bunday qarorlar bir paytning oʻzida kerakli koʻpchilik ovoz saqlanishi sharti bilan kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625264" id="-5625264">(d) 26 (2)-modda qoidalariga rioya qilinganlik sharti bilan, Assambleya oʻz qarorlarini berilgan ovozlarning uchdan ikkiga teng koʻpchiligi bilan qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625265" id="-5625265">(e) Betaraf qolganlarning ovozi hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625266" id="-5625266">(f) Delegat faqat bitta mamlakat vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625267" id="-5625267">(g) Assambleya aʼzolari boʻlmagan Ittifoq mamlakatlari uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625268" id="-5625268">(4) (a) Assambleya oʻzining navbatdagi sissiyasiga ikki yilda bir marta Bosh direktor chaqirigʻi boʻyicha toʻplanadi va, favqulotda holatlardan tashqari, Tashkilotning Bosh Assambleyasi oʻtkazilgan vaqtda va joyda oʻtaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625276" id="-5625276">(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan oʻzining favqulotda sessiyasiga Ijroiya qumitasining talabi bilan yoki Assambleyaga aʼzo mamlakatlarning toʻrtdan bir qismining talabi bilan toʻplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625277" id="-5625277">(5) Assambleya oʻzining protsedura qoidalarini qabul qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625278" id="-5625278">23-modda <br />Ijroiya qumitasi: 1. Taʼsis etilishi; 2. Tarkibi; 3. Aʼzolar soni; 4. Geografik taqsimlanishi; maxsus bitimlar; 5. Qayta saylov muddati, chegaralari, saylov qoidalari; 6. Vazifalari; 7. Chaqirilishi; 8. Kvorum, ovoz berish; 9. Kuzatuvchilar; 10. Protsedura qoidalari. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625279" id="-5625279">(1) Assambleya Ijroiya qumitasiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625280" id="-5625280">(2) (a) Ijroiya qumitasi Assambleya aʼzolari boʻlgan mamlakatlar sonidan Assambleya tomonidan saylab olingan mamlakatlardan tarkib topadi. Bundan tashqari, hududida Tashkilotning oʻz shtab-kvartirasi boʻlgan mamlakat, 25 (7) (b)-modda qoidalariga rioya qilinishi sharti bilan, Qumitada bitta ex officio joyga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625281" id="-5625281">(b) Ijroiya qumitasining aʼzosi boʻlgan har bir mamlakat hukumatining oʻz oʻrinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlariga ega boʻlishi mumkin boʻlgan bitta delegatdan iborat vakili boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625282" id="-5625282">(s) Har bir delegatsiyaning xarajatlarini ushbu delegatsiyani belgilagan hukumat qoplaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625283" id="-5625283">(3) Ijroiya qumitasiga aʼzo mamlakatlarning soni Assambleyaga aʼzo mamlakatlar sonining toʻrtdan bir qismini tashkil qiladi. Toʻldirilishi kerak boʻlgan joylarning sonini aniqlashda, toʻrtga boʻlgandan keyin qoldag qoldiq hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625284" id="-5625284">(4) Ijroiya qumitasi aʼzolarini saylashda Assambleya keraklicha eʼtiborni adolatli geografik taqsimotga, shuningdek qatnashchi mamlakatlar uchun, Ittifoq bilan bogʻliq holda tuzilishi mumkin boʻlgan, Ijroiya qumitasini tashkil qilgan mamlakatlar qatorida boʻlish boʻyicha maxus bitimlar zarurligiga qaratadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625285" id="-5625285">(5) (a) Ijroiya qumitasining aʼzolari oʻz funksiyalarini Assambleyaning oʻzlari saylangan sessiyasi yopilganidan to Assambleyaning keyingi navbatdagi sessiyasi yopilgunga qalar amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625286" id="-5625286">(b) Ijroiya qumitasining aʼzolari qayta saylanishlari mumkin, biroq bunda ularning soni qumita tarkibining uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625287" id="-5625287">(s) Assambleya Ijroiya qumitasi aʼzolarining saylovi va ehtimoldagi qayta saylovining batafsil qoidalarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625288" id="-5625288">(6) (a) Ijroiya qumitasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625289" id="-5625289">(i) Assambleya kun tartibining loyihasini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625290" id="-5625290">(ii) Assambleyaga Bosh direktor tomonidan tayyorlangan Ittifoq dasturi va ikki yillik budjet loyihalariga tegishli takliflarni taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625291" id="-5625291">(iii) [chiqarib tashlangan]</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625292" id="-5625292">(iv) Assambleyaga Bosh direktorning davriy hisobotlari va moliyaviy taftishlarning har yillik aktlarini tegishli mulohazalar bilan taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625293" id="-5625293">(v) Assambleya qarorlariga muvofiq va Assambleyaning ikkita navbatdagi sessiyasi oʻrtasida yuzaga kelgan vaziyatlarni hisobga olgan holda, Bosh direktor tomonidan Ittifoq dasturining bajarilishini taʼminlash uchun hamma zarur choralarni koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625294" id="-5625294">(vi) mazkur Konvetsiyaga muvofiq oʻz zimmasiga yuklatilgan boshqa hamma fnksiyalarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625295" id="-5625295">(b) Maʼmuriy funksiyalari Tashkilot tomonidan bajariladigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqarli boʻlgan masalalar boʻyicha Ijroiya qumitasi, Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qumitasi fikrini eshitgach, qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625296" id="-5625296">(7) (a) Ijroiya qumitasi oʻzining navbatdagi sessiyasiga yilda bir marta Bosh direktor chaqirigʻi bilan imkon darajada Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qumitasi toʻplanadigan vaqtda va joyda toʻplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625298" id="-5625298">(b) Ijroiya qumitasi oʻzining favqulotda sessiyasiga Bosh direktor tomonidan uning oʻz tashabbusi bilan, yoki Rais yo Ijroiya qumitasi aʼzolarining toʻrtdan birining talabiga binoan toʻplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625299" id="-5625299">(8) (a) Ijroiya qumitasiga aʼzo har bir mamlakat bitta ovozga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625300" id="-5625300">(b) Ijroiya qumitasiga aʼzo mamlakatlarning yarmi kvorum taoʻkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625301" id="-5625301">(s) Qarorlar berilgan ovozlarning koʻpchiligi bilan qabul qlinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625302" id="-5625302">(d) Betaraflarning ovozlari hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625303" id="-5625303">(e) Delegat faqat bitta mamlakat vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625304" id="-5625304">(9) Ijroiya qumitasining aʼzolari boʻlmagan Ittifoq mamlakatlari uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625305" id="-5625305">(10) Ijroiya qumitasi oʻz protsedura qoidalarini qabul qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625306" id="-5625306">24-modda <br />Xalqaro byuro: 1. Umumiy vazifalar, Bosh direktor; 2. Umumiy axborot; 3. Jurnal; 4. Mamlakatlarga taqdim etiladigan axborot; 5. Tadqiqotlar va xizmatlar; 6. Majlislarda qatnashish; 7. Qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalar; 8. Boshqa vazifalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625307" id="-5625307">(1) (a) Ittifoqning maʼmuriy masalalari Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro Konvensiya tomonidan taʼsis etilgan Ittifoq byurosi bilan birlashgan Ittifoq byurosining vorisi boʻlgan Xalqaro byuro tomonidan bajariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625308" id="-5625308">(b) Xalqaro byuro, jumladan, Ittifoqning turli organlarining rayosati funksiyalarini bajaradi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625309" id="-5625309">(s) Tashkilotning Bosh direktori Ittifoqning bosh mansabdor shaxsi va Ittifoq vakili hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625310" id="-5625310">(2) Xalqaro byuro malliflik huquqlarining muhofazasiga tegishli axborotni toʻplaydi va bosib chiqaradi. Har bitta Ittifoq mamlakati har bir yangi qonunning matni va mualliflik huquqining muhofazasiga tegishli hamma rasmiy matnlarni zudlik bilan Xalqaro byuroga topshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625743" id="-5625743">(3) Xalqaro byuro jurnal chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625311" id="-5625311">(4) Xalqaro byuro har qanday Ittifoq mamlakatining soʻroviga binoan mualliflik huquqining muhofazasiga tegishli masalalar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625312" id="-5625312">(5) Xalqaro byuro mualliflik huquqlarining muhofazasini osonlashtirishga moʻljallangan tadqiqotlar olib boradi va xizmatlar koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625313" id="-5625313">(6) Bosh direktor va u belgilagan har qanday xodim Assambleya, Ijroiya qumitasi va har qanday ekspertlar qumitasi va ishchi guruhining majlislarida ovoz berish huquqisiz qatnashadilar. Bosh direktor yoki u belgilagan xodim lavozimi boʻyicha ushbu organlarning kotibi boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625314" id="-5625314">(7) (a) Xalqaro byuro, Assambleyaning koʻrsatmalariga muvofiq va Ijroiya qumita bilan hakorlikda, Konvensiya qoidalarini, 22- dan 26-gacha boʻlgan moddalar bundan mustasno, qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625315" id="-5625315">(b) Xalqaro byuro hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlash masalalari boʻyicha maslahalashishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625316" id="-5625316">(s) Bosh direktor va u belgilagan shaxslar ushbu konferensiyalarning ishida ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625317" id="-5625317">(8) Xalqaro byuro oʻz zimmasiga yuklatilgan har qanday boshqa vazifalarni bajaradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625318" id="-5625318">25-modda <br />Mablagʻlar: 1. Budjet; 2. Boshqa Ittifoqlar bilan muvofiqlashuv; 3. Moliyalash manbalari; 4. Badallar; avvalgi budjetni uzaytirish imkoniyati; 5. Tushimlar va toʻlovlar; 6. Aylanma mablagʻlar fondi; 7. Turish joyi boʻlgan mamlakat hukumatining avanslari; 8. Moliyaviy taftish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625319" id="-5625319">(1) (a) Ittifoq oʻz budjetiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625320" id="-5625320">(b) Ittifoq budjeti Ittifoqning oʻz tushumlari va xarajatlarini, uning Ittifoqlar uchun umumiy boʻlgan xarajatlar budjetiga toʻlovini, shuningdek tegishli vaziyatlarda Tashkilot Konferensiyasi budjetiga chegirmalarni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625321" id="-5625321">(s) Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar deb faqat ushbu Ittifoqqa tegishli boʻlmagan, biroq maʼmuriy funksiyalari Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan bitta yoki bir nechta boshqa Ittifoqlarga bir paytning oʻzida tegishli boʻlgan xarajatlar hisoblanadi. Ushbu umumiy xarajatlardagi Ittifoq ulushi uning bu xarajatlarga ehtiyojmandligiga mos keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625322" id="-5625322">(2) Ittifoq budjeti maʼmuriy funksiyalari Tashkilot tomonidan bajariladigan boshqa Ittifoqlar budjetlari bilan moslashish talablari keraklicha hisobga olingan holda qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625323" id="-5625323">(3) Ittifoq budjeti quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625324" id="-5625324">(i) Ittifoq mamlakatlari badallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625325" id="-5625325">(ii) Xalqaro byuro tomonidan taqdim etilayotgan Ittifoqqa tegishli xizmatlardan keladigan tushumlar va toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625326" id="-5625326">(iii) Xalqaro byuro tomonidan Ittifoqqa tegishli nashrlarni sotishdan va bunday nashrlarga huquqlarni berishdan keladigan tushumlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625327" id="-5625327">(iv) sovgʻalar, vasiyat qilingan mablagʻlar va subsidiyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625328" id="-5625328">(v) rentalar, foizlar va boshqa daromadlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625329" id="-5625329">(4) (a) Oʻzining budjetga toʻlanadigan badalini belgilash uchun har bitta Ittifoq mamlakati muayyan sinfga mansub boʻladi va oʻzining yillik badalini quyidagicha belgilangan birliklar soni asosida toʻlaydi:</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5625330" id="-5625330">I sinf.................................25</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5625331" id="-5625331">II sinf................................20</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5625332" id="-5625332">III sinf................................15</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5625333" id="-5625333">IV sinf................................10</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5625334" id="-5625334">V sinf ................................5</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5625335" id="-5625335">VI sinf................................3</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-5625336" id="-5625336">VII sinf................................1</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625337" id="-5625337">(b) Har bitta mamlakat, agar u avval shu ishni qilmagan boʻlsa, ratifikatsion yorliq yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktni saqlash uchun topshirish bilan bir paytda oʻzi mansub boʻlishni xohlagan sinfni ham koʻrsatadi. Har qanday mamlakat oʻz sinfini oʻzgartirishi mumkin. Agar mamlakat pastroq sinfni tanlasa, u Assambleyaning navbatdagi sessiyasida bu haqda xabar qilishi kerak. Bunday oʻzgarish koʻrsatib oʻtilgan sessiyadan keyingi kalendar yilning boshidan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625338" id="-5625338">(s) Har bir mamlakatning yillik badali shunday summaga tengki, bu summa ushbu mamlakat birliklarining soni badal toʻlaydigan mamlakatlar birliklarining umumiy soniga qanday nisbatda boʻlsa, Ittifoq budjetiga hamma mamlakatlar toʻlashi lozim boʻlgan umumiy badallar summasi shunday nisbatga teng boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625339" id="-5625339">(d) Badallar har yilning birinchi yanvarida toʻlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625340" id="-5625340">(e) Badallarni toʻlash boʻyicha qarzdorligi boʻlgan mamlakat, agar uning qarzdorlik summasi avvalgi ikkita toʻliq yil uchun toʻlanishi lozim boʻlgan badallar summasiga teng yoki undan ortiq boʻlsa, oʻzi aʼzo boʻlgan Ittifoqning hamma organlarida ovoz berish huquqidan mahrum boʻladi. Biroq ushbu organlarning istalgan har qaysisi bunday mamlakatga ovoz berish huquqidan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin, agar va shu paytga qadarki, bu organ toʻlov muddati favqulotda va muqarrar vaziyatlar natijasida sodir boʻlgan deb hisoblasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625341" id="-5625341">(f) Yangi moliyaviy davrgacha budjet qabul qilinmagan hollarda, moliyaviy reglament tomonidan nazarda tutilgan tartibga muvofiq, oʻtgan yil darajasidagi budjet amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625342" id="-5625342">(5) Ittifoq nomidan Xalqaro byuro tomonidan taqdim etilayottgan xizmatlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlar va toʻlovlar miqdori Bosh direktor tomonidan belgilanadi, u bu haqda Assambleya va Ijroiya qumitasiga maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625343" id="-5625343">(6) (a) Ittifoq aylanma mablagʻlar fondiga ega boʻlib, u Ittifoqning har bir mamlakati tomonidan kiritiladigan bir martalik toʻlovlardan tarkib topadi. Agar aylanma mablagʻlar fondi yetarli boʻlmay qolsa, Assambleya uni koʻpaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625344" id="-5625344">(b) Har bir mamlakatning aytib oʻtilgan fondga dastlabki toʻlovining miqdori yoki uning ushbu fondni koʻpaytirishdagi ulushi fond tashkil qilingan yoki uni koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan yildagi ushbu mamlakat toʻloviga proporsionaldir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625345" id="-5625345">(s) Ushbu proporsiya va toʻlov shartlari Assambleya tomonidan Bosh direktor taklifiga binoan, Assambleya Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi kengashining fikrini eshitgach, belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625346" id="-5625346">(7) (a) Tashkilot, qaysi mamlakat hududida oʻz shtab-kvartirasiga ega boʻlsa, shu mamlakat bilan shtab-kvartira toʻgʻrisida tuziladigan bitimda, agar aylanma mablagʻlar fondi yetarli boʻlmay qolgan taqdirda, bu mamlakat avanslar taqdim etishi nazarda tutiladi. Ushbu avanslar miqdori va ular taqdim etiladigan shartlar har bir holatda oʻsha mamlakat va Tashkilot oʻrtasida alohida bitim predmeti boʻladi. Shunday mamlakat avanslar taqdim etish majburiyati bilan bogʻliq boʻlgan vaqtga qadar. u oʻz holati boʻyicha Ijroiya qumitada bitta joyga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625348" id="-5625348">(b) (a)-ostbandda aytib oʻtilgan mamlakat ham, Tashkilot ham yozma bildirish orqali avanslar taqdim etish toʻgʻrisidagi majburiyatni denonsatsiya qilish huquqiga ega boʻladi. Denonsatsiya bildirish berilgan yil tugaganidan keyin, uch yil oʻtib amalga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625349" id="-5625349">(8) Moliyaviy taftish moliyaviy reglament qoidalariga muvofiq bir yoki bir nechta Ittifoq mamlakatlari tomonidan yoki ularning roziligi bilan Assambleya tomonidan tayinlangan tashqi revizorlar tomonidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625350" id="-5625350">26-modda<br /> Oʻzgartirishlar: 1. Assambleya tomonidan oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan qoidalar; 2. Qabul qilinishi; 3. Kuchga kirishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625351" id="-5625351">(1) 22-, 23-, 24-, 25-bandlar va mazkur bandga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar Assambleya aʼzosi boʻlgan har qanday mamlakat, Ijroiya qumitasi yoki Bosh direktor tomonidan kiritilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Assambleya aʼzosi boʻlgan mamlakatlarga ularni Assambleya koʻrib chiqishidan kamida olti oy oldin yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625352" id="-5625352">(2) (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga kiritiladigan har qanday tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilish uchun berilgan ovozlarning koʻpchilik toʻrtdan uch qismi kerak boʻladi, biroq 22-moddaga va ushbu bandga har qanday tuzatish berilgan ovozlarning koʻpchilik beshdan toʻrt qismi bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625353" id="-5625353">(3) (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga kiritiladigan har qanday tuzatish har bir mamlakatning konstitutsion protsedurasiga muvofiq bu tuzatish amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma Bosh direktor tomonidan Assambleya bu tuzatishni qabul qilgan vaqtda Assambleya aʼzolari boʻlgan mamlakatlarning toʻrtdan uch qismidan olinganidan bir oy oʻtib kuchga kiradi. Koʻrsatib oʻtilgan moddalarga shu tarzda qabul qilingan har qanday tuzatish u kuchga kirgan vaqtda Assambleya aʼzolari boʻlgan yoki ushbu sanadan keyin uning aʼzolari boʻlgan mamlakatlarning hammasi uchun majburiydir; biroq Ittifoq mamlakatlarining moliyaviy majburiyatlarini oshirayotgan har qanday tuzatish shunday tuzatishni qabul qilganliklari toʻgʻrisida maʼlum qilgan mamlakatlar uchungina majburiy boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625354" id="-5625354">27-modda<br /> Qayta koʻrib chiqish: 1. Maqsad; 2. Konferensiyalar; 3. Qabul qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625355" id="-5625355">(1) Mazkur Konvensiya unga Ittifoq tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlarni kiritish maqsadida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625356" id="-5625356">(2) Ushbu maqsadlarda Ittifoq mamlakatlarida navbatma-navbat koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar vakillarining konferensiyalari oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625357" id="-5625357">(3) 22- dan 26-gacha moddalarga tuzatishlar kiritishda qoʻllanadigan 26-modda qoidalarini hisobga olgan holda, mazkur Aktning, shu jumladan Qoʻshimcha boʻlimning, koʻrib chiqilishi berilgan ovozlarning birligini talab qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625358" id="-5625358">28-modda<br /> Ittifoq mamlakatlari uchun Aktning qabul qilinishi va kuchga kirishi: 1. Ratifikatsiya, qoʻshilish; muayyan qoidalarni istisno qilish mumkinligi; istisnoni chiqarib tashlash; 2. 1 dan 21 gacha boʻlgan moddalarning va Qoʻshimcha boʻlimning kuchga kirishi; 3. 22 dan 38 gacha boʻlgan moddlarning kuchga kirishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625359" id="-5625359">(1) (a) Mazkur Aktni imzolagan Ittifoq mamlakatining har bittasi uni ratifikatsiya qilishi, yoki, agar u Aktni imzolamagan boʻlsa, unga qoʻshilishi mumkin. Ratifikatsion yorliqlar va qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlar Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625360" id="-5625360">(b) Ittifoq mamlakatining har bittasi oʻzining ratifikatsion yorligʻi va qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktida ratifikatsiya yoki qoʻshilish 1- dan 21-gacha moddalarga va Qoʻshimcha boʻlimga tatbiq etilmasligini eʼlon qilishi mumkin; biroq, agar bunday mamlakat, VI (1)-moddaga va Qoʻshimcha boʻlimga muvofiq, bayonot berib boʻlgan boʻlsa, bunday holatda mazkur yorliq yoki aktda u oʻzining ratifikatsiyasi yoki qoʻshilgani 1 dan 20 gacha moddaga nisbatan qoʻllanmasligi toʻgʻrisidagina eʼlon qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625361" id="-5625361">(s) (b)-ostbandga muvofiq aytib oʻtilgan tegishli qoidalarni oʻz ratifikatsiyasi yoki qoʻshilishining amal qilish doirasidan chiqarib tashlagan Ittifoq mamlakatining har qaysisi keyinroq istalgan vaqtda oʻz ratifikatsiyasi yoki qoʻshilishining amal qilishini ushbu qoidalarga tatbiq etilishini maʼlum qilishi mumkin. Bunday bayonot Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625362" id="-5625362">(2) (a) 1 dan 21 gacha boʻlgan moddalar va Qoʻshimcha boʻlim quyidagi ikkita shart bajarilgandan keyin uch oy oʻtib kuchga kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625363" id="-5625363">(i) kamida beshta Ittifoq davlati (1) (b)-bandda nazarda tutilgan bayonotni qilmay turib, mazkur Aktni ratifikatsiya qiladi yoki unga qoʻshiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625364" id="-5625364">(ii) Ispaniya, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya 1971-yil 24-iyulda Parijda qayta koʻrib chiqilgan Mualliflik huquqi boʻyicha Butunjahon konvensiyasi bilan bogʻlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625365" id="-5625365">(b) (a)-bandda aytib oʻtilgan kuchga kirish oʻzlarining ratifikatsion yorliqlari yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlarini aytib oʻtilgan kuchga kirishdan kamida uch oy avval, (1 (b)-bandda nazarda tutilgan bayonot qilinmasdan turib, saqlash uchun topshirgan Ittifoq mamlakatlariga tegishli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625366" id="-5625366">(s) (b)-ostband oʻziga nisbatan qoʻllanmaydigan va mazkur Aktni ratifikatsiya qilgan yoki (1)(b)-bandda nazarda tutilgan bayonotni qilmay turib, aktga qoʻshilgan Ittifoq mamlakatining har qaysisiga nisbatan 1 dan 21 gacha boʻlgan moddalar va Qoʻshimcha boʻlim tegishli ratifikatsion yorliq yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi akt saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida Bosh direktor tomonidan xabar qilingan sanadan keyin uch oy oʻtib kuchga kiradi, agar topshirilgan yorliq yoki aktda kechroq sana koʻrsatilmagan boʻlsa. Soʻnggi holatda 1 dan 21 gacha boʻlgan moddalar va Qoʻshimcha boʻlim mazkur mamlakatga nisbatan shu tarzda koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625367" id="-5625367">(d) (a)- va (s)-bandlarning qoidalari Qoʻshimcha boʻlim VI moddasining qoʻllanishiga taʼsir koʻrastmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625368" id="-5625368">(3) (1)(b)-bandda nazarda tutilgan bayonotni qilib yoki qilmay turib, mazkur Aktni ratifikatsiya qiladigan yoki unga qoʻshiladigan Ittifoq mamlakatining har qaysisiga nisbatan 22 dan 38 gacha boʻlgan moddalar tegishli ratifikatsion yorliq yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi akt saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida Bosh direktor tomonidan xabar qilingan sanadan keyin uch oy oʻtib kuchga kiradi, faqat agar topshirilgan yorliq yoki aktda ancha kechki sana koʻrsatilmagan boʻlsa. Soʻnggi holatda 22 dan 38 gacha boʻlgan moddalar ushbu mamlakatga nisbatan shu tarzda koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625369" id="-5625369">29-modda<br /> Ittifoq aʼzolari boʻlmagan mamlakatlar uchun qabul qilinishi va kuchga kirishi: 1. Qoʻshilish; 2. Kuchga kirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625370" id="-5625370">(1) Ittifoq aʼzosi boʻlmagan har qanday mamlakat mazkur Aktga qoʻshilishi va bu bilan Mazkur Konvensiya tarafi va Ittifoq aʼzosi boʻlishi mumkin. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlar Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625371" id="-5625371">(2) (a) (b)-ostbandni hisobga olgan holda, mazkur Konvensiya Ittifoq aʼzosi boʻlmagan har qanday mamlakatga nisbatan uning qoʻshilish toʻgʻrisidagi akti saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida Bosh direktor tomonidan xabar qilingan sanadan keyin uch oy oʻtib kuchga kiradi, faqat agar qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktda ancha kechki sana koʻrsatilmagan boʻlsa. Soʻnggi holatda mazkur Konvensiya ushbu mamlakatga nisbatan shu tarzda koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625372" id="-5625372">(b) ) Agar(a)-ostbandga muvofiq kuchga kirish 1 dan 21 gacha boʻlgan moddalarning kuchga kirishidan oldin sodir boʻlgan boʻlsa, 28(2)(a)-moddaga muvofiq aytib oʻtilgan mamlakat, shu vaqtning oʻzida, 1 dan 21 gacha moddalari va Qoʻshimcha boʻlim oʻrniga, mazkur Konvensiya Bryussel aktining 1 dan 20 gacha moddalari bilan bogʻlangan boʻladi</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625373" id="-5625373">29<sup>bis</sup>-modda <br />BIMT Konvensiyasi 14(2)-moddasining maqsadlari uchun Aktni qabul qilish oqibatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625374" id="-5625374">Mazkur Konvensiyaning Stokgolm aktining 22 dan 38 gacha boʻlgan moddalari bilan bogʻlanmagan har qanday mamlakat uchun mazkur Aktning ratifikatsiyasi yoki unga qoʻshilish, faqat Tashkilot tomonidan taʼsis etiladigan Konvensiya 14(2)-moddasining maqsadlari uchungina, aytib oʻtilgan Stokgolm aktining ratifikatsiyasiga yoki ushbu aktga, uning 28(1)(b)(i)-moddasida nazarda tutilgan cheklovlar bilan, qoʻshilish bilan teng.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625375" id="-5625375">30-modda <br />Eslatmalar: 1. Eslatmalar qilish imkoniyatining cheklanganligi; 2. Avvalgi eslatmalar; tarjimaga berilgan huquqqa nisbatan eslatma; eslatmaning chiqarib olinishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625376" id="-5625376">(1) Mazkur moddaning (2)-bandi, 28(1)(b)-modda, 33(2)-modda va Qoʻshimcha boʻlim boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan chiqarib olishlardan tashqari, ratifikatsiya yoki qoʻshilish avtomatik tarzda mazkur Konvensiya tomonidan belgilanadigan hamma qoidalarning eʼtirof etilishini talab qiladi va hamma imtiyozlardan foydalanishga yoʻl qoʻyadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625377" id="-5625377">(2) (a) Mazkur Aktni ratifikatsiya qiladigan yoki unga qoʻshiladigan har qanday Ittifoq mamlakati, Qoʻshimcha boʻlimning V(2)-moddasini hisobga olgan holda, oʻzi tomonidan avvalroq ifodalangan eslatmalar imtiyozlarini, agar u ratifikatsion yorliq yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktni saqlash uchun toprishishda bu haqda bayonot bergan boʻlsa, saqlab qolishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625378" id="-5625378">(b) Ittifoq aʼzosi boʻlmagan har qanday mamlakat mazkur Konvensiyaga qoʻshilishda hamda Qoʻshimcha boʻlimning V(2)-moddasini hisobga olgan holda, mazkur Aktning tarjima huquqiga tegishli 8-moddasini, kamida vaqtincha, 1896 yili Parijda toʻldirilgan 1886 yildagi Ittifoq konvensiyasining 5-moddasidagi qoidalar bilan almashtirish niyati borligi toʻgʻrisida, bu qoidalar ushbu mamlakatning keng isteʼmoldagi tiliga amalga oshiriladigan tarjimalargagina qoʻllanishini aniq anglagan holda, bildirishi mumkin. Qoʻshimcha boʻlimning I(6)(b)-moddasini hisobga olgan holda, Ittifoq mamlakati kelib chiqish mamlakati shunday eslatmadan foydlangan mamlakat boʻlgan asarlarning tarjimasiga huquqqa nisbatan ushbu oxirgi mamlakat taqdim etgan muhofazaga teng muhofazani qoʻllash huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625379" id="-5625379">(s) Har qanday mamlakat istalgan vaqtda Bosh direktorga xabarnoma yuborish yoʻli bilan bunday eslatmalarni chiqarib tashlashi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625380" id="-5625380">31-modda<br /> Ayrim hududlarga nisbatan qoʻllanishi: 1. Bayonot; bayonotning chiqarib olinishi; 3. Kuchga kirish sanasi; 4. Haqiqiy vaziyatning qabul qilinishi nazarda tutilmaydi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625381" id="-5625381">(1) Har qanday mamlakat oʻzining ratifikatsion yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktida yoki keyingi har qanday vaqtda mazkur Konvensiya shu mamlakat bayonotda yoki bildirishnomada koʻrsatilgan va xalqaro munosabatlari uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan hududlarning hammasi yoki ayrimlariga nisbatan qoʻllanishi toʻgʻrisida Bosh direktor nomiga yozma bildirish yuborishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625382" id="-5625382">(2) Shunday bayonot bilan chiqqan yoki shunday bildirish yuborgan har qanday mamlakat Bosh direktorni har qanday vaqtda shunday hududlarning hammasida yoki ayrimlarida mazkur Konvensiyaning toʻxtatilishi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625383" id="-5625383">(3) (a) (1)-bandga muvofiq amalga oshirilgan har qanday bayonot shunday bayonotni oʻz ichiga olgan ratifikatsiya yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar kuchga kirgan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi, aytib oʻtilgan bandga muvofiq yuborilgan har qanday bildirishnoma esa Bosh direktor tomonidan uning toʻgʻrisida berilgan bildirishdan keyin uch oy oʻtib kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625384" id="-5625384">(b) (2)-bandga muvofiq yuborilgan har fanday bildirishnoma Bosh direktor uni olganidan keyin oʻn ikki oy oʻtib kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625385" id="-5625385">(4) Mazkur modda, (1)-bandga muvofiq qilingan bayonot tufayli, mazkur Konvensiya boshqa Ittifoq mamlakati tomonidan qoʻllanadigan hududga nisbatan yuzaga kelgan haqiqiy holatning har qanday Ittifoq mamlakati tomonidan indamay eʼtirof etilishi yoki qabul qilinishini bildiradi deb hech bir holatda sharhlab boʻlmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625386" id="-5625386">32-modda <br />Mazkur Aktning va ilgariroq aktlarning qoʻllanishi: 1. Ittifoq aʼzollari boʻlib boʻlgan mamlakatlar oʻrtasida; 2. Ittifoq aʼzosi boʻlayotgan har qanday mamlakat va Ittifoq aʼzosi boʻlgan boshqa mamlakatlar oʻrtasida; 3. Qoʻshimcha boʻlimning ayrim munosabatlarda qoʻllanishi mumkinligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625387" id="-5625387">(1) Mazkur Akt Ittifoq mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarda va xuddi oʻzi qoʻllanadigan darajada 1886 yil 9-sentabrdagi Bern konvensiyasining va uni qayta koʻrib chiqish boʻyicha hamma keyingi aktlarning oʻrnini bosadi. Avvalroq kuchga kirgan aktlar toʻliq holda yoki mazkur Aktni ratifikatsiya qilmaydigan yoki unga qoʻshilmaydigan Ittifoq mamlakatlari oʻrtasidigi munosabatlarda ilgarigi taklif tufayli mazkur Akt ularning oʻrnini qay darajada bosmasa, shu darajada, qoʻllanishda davom etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625388" id="-5625388">(2) Ittifoq aʼzolari boʻlmagan, mazkur Aktning tarafdorlari boʻlgan mamlakatlar, (3)-bandni hisobga olgan holda, mazkur Akt bilan bogʻlanmagan har qaysi Ittifoq mamlakatiga nisbatan, yoki, oʻzini mazkur Akt bilan bogʻlagan boʻlsa-da, biroq 28(1)(b)-moddada nazarda tutilgan bayonotni qilgan mamlakatga nisbatan mazkur Aktni qabul qiladi. Bunday mamlakatlar aytib oʻtilgan Ittifoq mamlakati ular bilan oʻz munosabatlarida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625389" id="-5625389">(i) oʻzi bogʻliq boʻlgan oxirgi ilgarigi akt qoidalarini qoʻllashi mumkinligini, va </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625390" id="-5625390">(ii) Qoʻshimcha boʻlimning 1(6)-moddasini hisobga olgan holda, muhofaza darajasini mazkur Aktda nazarda tutilgan darajaga muvofiq oʻzgartirish huquqiga ega ekanini eʼtirof etadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625391" id="-5625391">(3) Qoʻshimcha boʻlimda nazarda tutilgan imkoniyatlarning istalganidan foydalangan har bitta mamlakat mazkur Akt bilan bogʻlanmagan Ittifoq mamlakatining istalgani bilan oʻz munosabatlarida foydalangan imkoniyatlarga tegishli Qoʻshimcha boʻlim qoidalarini, ushbu soʻnggi davlat aytib oʻtilgan qoidalarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻygan taqdirda, qoʻllashi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625392" id="-5625392">33-modda<br /> Baxslar: 1. Xalqaro sud yurisdiksiyasi; 2. Shunday yurisdiksiyaga nisbatan eslatma; 3. Eslatmaning chiqarib olinishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625393" id="-5625393">(1) Ikkita yoki bir nechta Ittifoq mamlakatlari oʻrtasida mazkur Konvensiyani sharhlash yoki qoʻllashga doir yuzaga kelgan, muzokaralar yoʻli bilan hal qilinmagan har qanday baxs koʻrsatib oʻtilgan har qanday mamlakat tomonidan, faqat agar koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar baxsni hal qilishning boshqa usuli toʻgʻrisida kelisha olmasalar, Xalqaro sudga Sud Statutiga muvofiq ariza topshirish yoʻli bilan uzatilishi mumkin. Ariza topshiruvchi mamlakat Sud muhokamasiga topshirilgan baxs toʻgʻrisida Xalqaro byuroni xabardor qilishi kerak; Xalqaro byuro bu toʻgʻrida qolgan Ittifoq mamlakatlariga maʼlum qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625394" id="-5625394">(2) Mazkur Aktni imzolash yoki ratifikatsion yorliq yoxud qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktni saqlashga topshirish paytida istalgan mamlakat oʻzining (1)-band qoidalari bilan bogʻlangan deb hisoblamasligini bildirishi mumkin. Bunday mamlakat va boshqa har qanday Ittifoq mamlakati oʻrtasidagi baxsga kelinadigan boʻlsa, (1)-band qoidalari ularga dahldor boʻlmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625395" id="-5625395">(3) (2)-band qoidalariga muvofiq bayonot bergan har qanday mamlakat uni istalgan vaqtda Bosh direktorga bildirishnoma joʻnatish yoʻli bilan chaqirib olishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625396" id="-5625396">34-modda<br /> Ayrim ertangi qoidalarning yopilishi: 1. Avvalgi aktlarning; 2. Stokgolm akti protokolining </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625398" id="-5625398">(1) 29<sup>bis</sup>-moddani hisobga olgan holda, bironta mamlakat, 1 dan 21 gacha moddalar va Qoʻshimcha boʻlim kuchga kirganidan keyin, mazkur Konvensiyaning avvalgi aktlarini ratifikatsiya qila olmaydi yoki ularga qoʻshila olmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625399" id="-5625399">(2) 1 dan 21 gacha moddalar va Qoʻshimcha boʻlim kuchga kirganidan keyin, bironta mamlakat rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan Stokgolm aktiga ilova qilingan Protokolning 5-moddasida nazarda tutilgan bayonotni bera olmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625400" id="-5625400">35-modda <br />Konvensiyaning amal qilish muddati; denonsatsiya: 1. Cheklanmagan muddat; 2. Denonsatsiya qilish mumkinligi; 3. Denonsatsiyaning kuchga kirish sanasi; 4. Denonsatsiyaning kechiktirilishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625401" id="-5625401">(1) Mazkur Konvensiya muddati cheklanmagan holda amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625402" id="-5625402">(2) Har qanday mamlakat mazkur Aktni Bosh direktor nomiga yuborilgan bildirishnoma orqali denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya shuningdek hamma avvalgi aktlarning denonsatsiyasini bildiradi va uni amalga oshirgan mamlakatga nisbatangina qoʻllanadi, shu vaqtning oʻzida boshqa Ittifoq mamlakatlariga nisbatan Konvensiya oʻz kuchida qoladi va bajarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625403" id="-5625403">(3) Denonsatsiya, Bosh direktor xabarnoma olgan kundan boshlab, bir yil oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625404" id="-5625404">(4) Mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan bironta mamlakat, ushbu mamlakat Ittifoqqa aʼzo boʻlgan sanadan eʼtiboran besh yil oʻtmasdan turib, foydalana olmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625405" id="-5625405">36-modda<br /> Konvensiyaning qoʻllanishi: 1. Zarur choralarni qabul qilish majburiyati; 2. Majburiyat mavjud boʻla boshlagan moment Primeneniye Konvensii: 1. Obyazatelstvo prinimat neobxodimie meri; 2. Moment, s kotorogo suщestvuyet obyazatelstvo </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625406" id="-5625406">(1) Mazkur Konvensiyaning qatnashchisi boʻlgan mamlakat oʻz Konstitutsiyasiga muvofiq mazkur Konvensiyaning qoʻllanishini taʼminlash uchun hamma zarur choralarni qabul qilish majburiyatini oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625407" id="-5625407">(2) Har qanday mamlakat mazkur Konvensiya bilan bogʻlangan momentdan eʼtiboran oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirishga qodir boʻlishi kerakligi nazarda tutiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625408" id="-5625408">37-modda<br /> Yakuniy qoidalar: 1. Akt tillari; 2. Imzo qoʻyish; 3. Tasdiqlangan nushalar; 4. Roʻyxatga olish; 5. Bildirishnomalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625409" id="-5625409">(1) (a) Mazkur Akt bir nushadan ingliz va fransuz tillarida imzolanadi va, (2)-bandni hisobga olgan holda, Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625410" id="-5625410">(b) Rasmiy matnlar Bosh direktor tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan keyin, arab, ispan, italyan, olmon va portugal tillarida, shuningdek Assambleya tomonidan belgilanadigan boshqa tillarda ishlab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625411" id="-5625411">(s) turli matnlarni sharhlashda ziddiyatlar kelib chiqqan hollarda, fransuz tilidagi matn afzallika ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625412" id="-5625412">(2) Mazkur Akt 1972-yilning 31-yanvarigacha imzolash uchun ochiq boʻladi. Bu sanadan oldin 1(a)-bandda koʻrsatilgan nusha Fransiya hukumatiga saqlash uchun topshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625413" id="-5625413">(3) Bosh direktor mazkur Aktning imzolangan matnidan ikkitadan nushasini tasdiqlaydi hamda hamma Ittifoq mamlakatlarining huqumatalariga va, soʻrov boʻyicha, boshqa har qanday mamlakat hukumatiga yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625414" id="-5625414">(4) Bosh direktor mazkur Aktni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rayosatida roʻyxatdan oʻtkazadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625415" id="-5625415">(5) Bosh direktor hamma Ittifoq mamlakatlarining hukumatlarini ratifikatsion yorliqlar va qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlarning imzolangani va saqlash uchun topshirilgani toʻgʻrisida, hamda ushbu hujjatlar tarkibida boʻlgan yoki 28(1)(s)-, 30(2)(a)- va (b)- va 33(2)-moddalarga muvofiq amalga oshirilgan bayonotlar toʻgʻrisida, mazkur Aktning har qanday qoidasining kuchga kirganligi toʻgʻrisida, denonsatsiya toʻgʻrisidagi bildirishnomalar va 30(2)(s)-, 31(1)- va (2), 33(3)- va 38(1)-moddalarga muvofiq yuborilgan bildirishnomalar toʻgʻrisida, shuningdek Qoʻshimcha boʻlimda nazarda tutilgan bildirishnomalar toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625416" id="-5625416">38-modda<br />Oʻtish qoidalari: 1. “Besh yillik imtiyoz”ning qoʻllanishi; 2. Ittifoq byurosi, Byuro Direktori; 3. Ittifoq Byurosining vorisiyligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625417" id="-5625417">(1) Mazkur Aktni ratifikatsiya qilmagan yoki unga qoʻshilmagan, yoxud mazkur Konvensiyaning Stokgolm aktining 22 dan 26 gacha boʻlagan moddalari bilan bogʻlanmagan Ittifoq mamlakatlari 1975-yil 26-aprelgacha, agar oʻzlari buni istasalar, koʻrsatib oʻtilgan moddalar tufayli taqdim etiladigan huquqlardan, xuddi ushbu qoidalar bilan bogʻlangandek, foydalanishlari mumkin. Shunday huquqlardan foydalanishni istagan har qanday mamlakat shu maqsadda Bosh direktor nomiga, olingan sanadan eʼtiboran amal qila boshlaydigan, yozma bildirish yuboradi. Bunday mamlakatlar koʻrsatib oʻtilgan muddatdan oldin Assambleya aʼzolari hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625418" id="-5625418">(2) Ittifoq mamlakatlarining hammasi Tashkilot aʼzolari boʻlmagunlariga qadar, Tashkilotning Xalqaro byurosi Ittifoq byurosi sifatida ham harakat qiladi, Bosh direktor esa ushbu Byuroning Direktori sifatida ham faoliyat koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625419" id="-5625419">(3) Hamma Ittifoq mamlakatlari Tashkilot aʼzolari boʻlishlari bilan, Ittifoq Byurosining huquqlari, majburiyatlari va mulki Tashkilotning Xalqaro byurosiga oʻtadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625420" id="-5625420">QOʻShIMChA BOʻLIM <br />RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLARGA TEGIShLI MAXSUS QOIDALAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625421" id="-5625421">I modda<br /> Rivojlanayotgan davlatlar foydalanishi mumkin boʻlgan imtiyozlar: 1. Muayyan imtiyozlarning mavjudligi; bayonot; 2. Bayonotning amal qilish muddati; 3. Rivojlanayotgan mamlakat maqomining toʻxtatilishi; 4. Nushalarning mavjud zapasi; 5. Muayyan hududlarga tegishli bayonot; 6. Oʻzaro hamjihatlik chegaralari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625422" id="-5625422">(1) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qaror topgan amaliyotiga muvofiq, rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanadigan, ushbu Qoʻshimcha boʻlimning ajralmas qismini tashkil qilgan mazkur Aktni ratifikatsiya qiladigan yoki unga qoʻshiladigan, hamda oʻzining iqtisodiy holatini va oʻzining ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, mazkur Aktda nazarda tutilgan hamma huquqlarning muhofazasini darhol taʼminlash imkonsiz deb hisoblagan har qanday mamlakat keyingi istalgan vaqtda ratifikatsion yorliq yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktni depozitlashda Bosh direktorga saqlash uchun topshirilayotgan xabar yoʻli bilan yoki V(1)(s)-moddani hisobga olgan holda, u II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanishini yoki III moddada nazarda tutilgan imtiyozdan yoki ularning ikkalasidan foydalanishini bildirishi mumkin. Bu mamlakat II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanish oʻrniga, V(1)(a)-moddaga muvofiq bayonot berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625423" id="-5625423">(2) (a) 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qoʻshimcha boʻlim kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran oʻn yillik muddat oʻtkunga qadar (1)-bandga muvofiq topshirilgan har qanday bayonot 28(2)-moddaga muvofiq aytib oʻtilgan muddat tugagunga qadar kuchga ega boʻladi. Har qanday shunday bayonot joriy oʻn yillik muddat tugamasdan turib, koʻpi bilan oʻn besh kami bilan uch oy oldin Bosh direktor nomiga saqlash uchun yuborilgan xabarnoma orqali butunicha yoki qisman har biri oʻn yil muddatga davom ettirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625424" id="-5625424">(b) 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qoʻshimcha boʻlim kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran oʻn yillik muddat oʻtgandan keyin (1)-bandga muvofiq topshirilgan har qanday bayonot 28(2)-moddaga muvofiq joriy oʻn yillik muddat tugagunga qadar oʻz kuchida qoladi. Har fanday shunday bayonot, (a)-ostbandning ikkinchi gapida nazarda tutilganidek, davom ettirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625425" id="-5625425">(3) (1)-bandga muvofiq rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolgan har qanday Ittifoq mamlakati (2)-bandda nazarda tutilganidek va oʻz bayonotini rasman chaqirib olishi yoki olmasligidan qatʼi nazar, joriy oʻn yillik muddat tugaganidan keyin yoki rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolganidan uch yil muddat oʻtib, (1)-bandda aytib oʻtilgan imtiyozlardan foydalana olmaydi; bunda kechikibroq tugaydigan muddat qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625426" id="-5625426">(4) (1)- va (2)-bandlarga muvofiq amalga oshirilgan bayonot oʻz taʼsirini toʻxtatgan vaqtga kelganda, mazkur Qoʻshimcha boʻlim tufayli taqdim etilgan litsenziya boʻyicha tayyorlangan zahiradagi nushalar mavjud boʻladi, ushbu nushalar ularning zahiralari butunlay tarqalib ketkunga qadar tarqatishda davom ettirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625427" id="-5625427">(5) Mazkur Aktning qoidalari bilan bogʻlangan hamda 31(1)-moddaga muvofiq holati (1)-bandda koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar holatiga aynan oʻxshash deb qaralishi mumkin boʻlgan biron-bir hududda mazkur Aktning qoʻllanishiga tegishli bayonot yoki bildirishni saqlash uchun topshirgan har qanday mamlakat bunday hududga nisbatan (1)-bandda aytib oʻtilgan bayonotni va (2)-bandda aytib oʻtilgan davom ettirish toʻgʻrisidagi bildirishni amalga oshirishi mumkin. Mazkur Qoʻshimcha boʻlimning qoidalari bunday hududga nisbatan ushbu bayonot yoki bildirishning butun amal qilish muddati davomida qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625428" id="-5625428">(6) (a) Biron-bir mamlakat (1)-bandda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanayotgani bilan bogʻliq holat, boshqa mamlakat uchun kelib chiqish mamlakati birinchi mamlakat boʻlgan asarlarga nisbatan 1 dan 20 gacha moddalarga muvofiq taqdim etilishi shart boʻlgan hajmdan kamroq xajmdagi muhofazani taqdim etishi mumkinligini bildirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625429" id="-5625429">(b) 30(2)(b)-moddada (ikkinchi gap) nazarda tutilgan ekvivalent muhofazani qoʻllash huquqidan kelib chiqish mamlakati V(1) (a)-moddaga muvofiq bayonot bergan mamlakat boʻlgan asarlarga nisbatan 1(2)-moddaga muvofiq qoʻllanadigan muddat tugaydigan sanadan ilgariroq foydalanishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625430" id="-5625430">II modda <br />Tarjimaga boʻlgan huquqlarning cheklanishi: 1. Vakolatli organlar tomonidan beriladigan litsenziyalar; 2-4. Bunday litsenziyalarni berish shartlari; 5. Bunday litsenziyalar berilishi mumkin boʻlgan maqsadlar; 6. Litsenziyalar amal qilishining tugatilishi; 7. Asosan illyustratsiyalardan tashkil topgan asarlar; 8. Muomaladan chiqarib olingan asarlar; 9. Efirga eshittirishlarni amalga oshiradigan tashkilotlar uchun litsenziyalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625431" id="-5625431">(1) Mazkur moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanishini eʼlon qilgan har qanday mamlakat bosma holda yoki takrorlashning boshqa aynan oʻxshash shaklida chiqarilgan asarlarga nisbatan 8-moddada nazarda tutilgan tarjimaga boʻlgan alohida huquqlarni, quyida koʻrsatib oʻtilgan shartlarda va IV moddani hisobga olgan holda, vakolatni organlar tomonidan beriladigan qayta voz kechish huquqisiz alohida litsenziyalar tizimiga almashtirishi mumkin </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625432" id="-5625432">(2) (a) (3)-bandni hisobga olgan holda, agar aytib oʻtilgan mamlakatning milliy qonunchiligida belgilangan va asar nashr qilingan birinchi sanadan eʼtiboran hisoblanadigan uch yilliy muddat yoki har qanday boshqa uzoqroq muddat tugaganidan keyin, bunday asarning tarjimasi tarjima huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan ushbu mamlakatda umumiy isteʼmolda boʻlgan tilda nashr qilinmagan boʻlsa, bunday mamlakatning har qanday fuqarosi asar tarjimasini aytib oʻtilgan tilga tarjima qilishga litsenziya olishi va bunday tarjimani bosma shaklda yoki aynan oʻxshash takrorlash shaklida bosib chiqarishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625433" id="-5625433">(b) Mazkur moddada nazarda tutilgan shartlar asosida, litsenziya ushbu tilda bosib chiqarilgan tarjimaning butun nashri batamom tarqab ketgan hollarda ham berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625434" id="-5625434">(3) (a) Ittifoq aʼzolari boʻlgan bitta yoki bir nechta rivojlangan mamlakatda umumiy isteʼmolda boʻlmagan tilga tarjima qilingan boʻlsa, (2)(a)-bandda nazarda tutilgan uch yillik muddat bir yilga almashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625435" id="-5625435">(b) (1)-bandda tilga olnigan har qanday mamlakat, Ittifoq aʼzolari boʻlgan hamda oʻsha tilning oʻzi ularning hammasida umumiy isteʼmolda boʻlgan rivojlangan davlatlar bilan kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, asar ushbu tilga tarjima qilingan taqdirda, (2)(a)-bandda nazarda tutilgan uch yillik muddatni qisqaroq muddatga almashtirishi mumkin, biroq bu muddat bunday shartlashuvda kelishilgan muddatga qaraganda bir yildan kam boʻlmasligi kerak. Biroq yuqoridagi gapning qoidalari inglis, fransuz va ispan tillariga dahldor emas. Bosh direktor har qanday shunday bitimga erishgan hukumatlar tomonidan bu haqda xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625436" id="-5625436">(4) (a) Mazkur modda qoidalariga muvofiq, uch yil oʻtgandan keyin olinadigan litsenziyalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625438" id="-5625438">(i) talabnoma beruvchi IV(1)-moddada sanab oʻtilgan talablarni bajargan sanadan eʼtiboran, qoʻshimcha olti oylik muddat oʻtmasdan turib, bir yildan keyin olinadigan litsenziyalar esa: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625440" id="-5625440">(ii) agar tarjima huquqiga ega boʻlgan shaxsning kimligi yoki manzili maʼlum boʻlmasa, litsenziyaga talabnoma beruvchi, IV(2)-moddada nazarda tutilganidek, litsenziya beradigan vakolatli organga topshirilgan oʻz arizasining nushasini joʻnatgan sanadan eʼtiboran, qoʻshimcha toʻqqiz oylik muddat oʻtmasdan turib, berila olmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625444" id="-5625444">(b) Agar qaysi tilga tarjima uchun ariza berilgan boʻlsa, shu tilga amalga oshirilgan tarjima tarjima huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning ruxsati bilan koʻrsatib oʻtilgan olti oylik yoki toʻqqiz oylik muddat davomida nashr qilingan boʻlsa, mazkur moddada nazarda tutilgan litsenziya berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625450" id="-5625450">(5) Har qanday litsenziya, mazkur moddaning qoidalariga muvofiq, faqat maktablar, universitetlar yoki ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish uchun beraladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625451" id="-5625451">(6) Agar asar tarjimasi tarjima huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan mamlakatda shunga oʻxshash asarlarga nisbatan odatda belgilanadigan narxlar boʻyicha bosib chiqarilayotgan boʻlsa, mazkur moddaga muvofiq beriladigan har qanday litsenziya, agar bunday tarjima litsenziya boʻyicha bosib chiqarilgan asar tilida bajarilgan va asosan bir xil mazmunga ega boʻlsa, oʻz faoliyatini toʻxtatadi. Litsenziya oʻz faoliyatini toʻxtatishidan oldin bosib chiqarib boʻlingan asarning hamma nushalari ular batamom tarqalib ketguniga qadar tarqatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625452" id="-5625452">(7) Asosan illyustratsiyalardan tarkib topgan asarlar uchun matnni tarjima qilish va bosib chiqarish hamda illyustratsiyalarni takrorlash va bosib chiqarish uchun litsenziya, III modda shartlari bajarilgandagina, taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625453" id="-5625453">(8) Agar muallif oʻz asarining hamma nushalarini muomaladan chiqarib olgan boʻlsa, litsenziya mazkur moddaga muvofiq berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625454" id="-5625454">(9) (a) Bosma yoki shunga oʻxshash takrorlash shaklida bosib chiqarilgan asar tarjimasiga litsenziya, (1)-bandda aytib oʻtilgan mamlakatda oʻz shtab-kvartirasiga ega boʻlgan har qanday efirga uzatuvchi tashkilot ham, koʻrsatib oʻtilgan tashkilot ushbu mamlakatning vakolatli organiga ariza topshirishi bilan, berilishi mumkin, agar bunda quyida keltirilgan hamma shartlar bajarilsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625455" id="-5625455">(i) tarjima asarning mazkur mamlakat qonunlariga muvofiq tayyorlangan va ega boʻlingan nushasidan amalga oshirilayotgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625456" id="-5625456">(ii) tarjima faqat taʼlim maqsadlari uchun moʻljallangan eshittirishlarda foydalanish uchun yoki maxsus texnik va ilmiy tadqiqotlar natijalarini konkret kasb mutaxassislari oʻrtasida tarqatish uchun moʻljallangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625457" id="-5625457">(iii) tarjima faqat (ii)-shartda sanab oʻtilgan maqsadlar uchun, mazkur mamlakat hududida tinglovchilar uchun moʻljallangan qonunan amalga oshirilgan eshittirishlarda, shu qatorda qonunan va faqat shunday eshittirishlarning maqsadlari uchun qilingan ovozli yoki vizual yozuvlar vositasida amalga oshirilgan eshittirishlarda qoʻllansa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625458" id="-5625458">(iv) tarjimaning har qanday qoʻllanishi tijoriy maqsadlarni koʻzlamasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625459" id="-5625459">(b) Mazkur banddan kelib chiqib berilgan litsenziya asosida efirga uzatuvchi tashkilot tomonidan qilingan tarjimaning ovozli yoki vizual yozuvlari, (a)-ostbandda sanab oʻtilgan maqsadlar uchun va shartlarni hisobga olgan holda va ushbu tashkilotning roziligi bilan, vakolatli organi ushbu litsenziyani bergan mamlakatda shtab-kvartirasi boʻlgan har qanday boshqa efirga uzatuvchi tashkilot tomonidan ham qoʻllanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625460" id="-5625460">(s) (a)-ostbandda bayon qilingan hamma kriteriylar va shartlar bajarilayapdi degan shart bilan, lichenziya shuningdek radioeshittish tashkilotiga, faqatgina muntazam taʼlim uchun foydalanish maqsadida tayyorlangan va bosib chiqarilgan audiovizual yozuvga kiritilgan har qanday matnni tarjima qilish uchun berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625461" id="-5625461">(d) (a)-(s)-ostbandlar hisobga olingan holda, ilgarigi bandlarning qoidalari mazkur bandga muvofiq berilgan litsenziyani berish va amalga oshirishda qoʻllanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625462" id="-5625462">III-modda<br /> Takrorlashga berilgan huquqlarning cheklanishi: 1. Vakolatli organ tomonidan beriladigan litsenziyalar; 2-5. Bunday litsenziyalarni berish shartlari; 6. Litsenziyalar amal qilishining toʻxtatilishi; 7. Ushbu modda qoʻllanadigan asarlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625463" id="-5625463">(1) Mazkur moddada nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanishini eʼlon qilgan har qanday mamlakat 9-moddada nazarda tutilgan takrorlashga nisbatan maxsus huquqni, IV moddani hisobga olgan holda va quyidagi shartlarda, vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan maxsus boʻlmagan va boshqaga berilmaydigan litsenziyalar tizimiga almashtirish huquqiga ega boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625464" id="-5625464">(2) (a) Agar mazkur modda, (7)-banddan kelib chiqib, qoʻllanadigan asarga nisbatan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625465" id="-5625465">(i) asarning mazkur nashri dastlab bosib chiqarilgan sanadan eʼtiboran (3)-bandda belgilangan tegishli muddat, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625466" id="-5625466">(ii) xuddi oʻsha sanadan eʼtiboran (1)-bandda eslatib oʻtilgan mamlakatning milliy qonunchiligida belgilangan har qanday uzoqroq muddat tugaganidan keyin, bunday nashr nushalari takrorlash huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan shu kabi asarlar uchun mazkur davlatda odatda belgilanadigan narxlarga mos keladigan narxlarda ushbu mamlakatda omma orasida yoki muntazam taʼlim tufayli tarqatilmagan boʻlsa, bunday mamlakatning har qanday fuqarosi asarni takrorlashga va muntazam taʼlim bilan bogʻliq holda foydalanish uchun xuddi oʻsha yoki pastroq narxda tarqatishga litsenziya olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625467" id="-5625467">(b) (a)-ostbandda bayon qilinganidek tarqatilgan nashrning takrorlanishi va chop etilishi uchun litsenziya mazkur moddada nazarda tutilgan shartlarda ham berilishi mumkin, agar qabul qilingan muddat tugaganidan keyin, ushbu nashrning ruxsat etilgan bironta nushasi ushbu mamlakatda omma orasida yoki muntazam taʼlim bilan bogʻliq holda olti oylik davr mobaynida mazkur mamlakatda shunga oʻxshash asarlar uchun odatda oʻrnatiladigan narxlarga mos keladigan narxda sotilmagan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625468" id="-5625468">(3) (2)(a)(i)-bandda koʻrsatilgan muddat besh yilni tashkil qiladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625483" id="-5625483">(i) tabiiy va aniq fanlar uchun, shu hisobda matematika va texnikaga oid asarlar uchun, bu muddat besh yilni tashkil qiladi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625485" id="-5625485">(ii) badiiy, poetik, dramatik va musiqiy asarlar, shuningdek sanʼatga oid asarlar uchun bu muddat yetti yilni tashkil qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625488" id="-5625488">(4) (a) Uch yildan keyin hammabop boʻlgan biron bir litsenziya mazkur moddaga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625490" id="-5625490">(i) talabnoma beruvchi IV(1)-modada koʻrsatilgan talablarni bajargan sanadan eʼtiboran, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625491" id="-5625491">(ii) agar takrorlash huquqiga ega boʻlgan shaxsning kimligi yoki manzili nomaʼlum boʻlsa, IV(2)-moddada nazarda tutilganidek, talabnoma beruchi tomonidan litsenziya berish vakolatiga ega boʻlgan organga taqdim etilgan arizasining nushaslari joʻnatilgan sanadan eʼtiboran olti oylik davr tugamasdan turib berilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625492" id="-5625492">b) Agar litsenziyalar boshqa davrlardan keyin ham ommabop boʻlsa va IV(2)-modda qoʻllashga yaroqli boʻlsa, hech qanday litsenziya ariza nushalari joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oylik davr oʻtmaguncha berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625493" id="-5625493">(s) Agar (a)- va (b)-ostbandlarda koʻrsatilgan olti oylik yoki uch oylik davrlar mobaynida, (2)(a)-bandda bayon qilinganidek, tarqatish sodir boʻlgan boʻlsa, mazkur bandga muvofiq hech qanday litsenziya berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625494" id="-5625494">(d) Agar muallif takrorlash va nashr qilishga litsenziya soʻralayotgan asarining hamma nushalarini muomaladan chiqarib olgan boʻlsa, hech qanday litsenziya berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625495" id="-5625495">(5) Asar tarjimasini takrorlash va bosib chiqarishga litsenziya mazkur moddaga muvofiq quyidagi hollarda berilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625496" id="-5625496">(i) tarjima tarjima qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan bosib chiqarilgan boʻlmasa, yoki </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625497" id="-5625497">(ii) tarjima litsenziya soʻralgan mamlakatda umumiy isteʼmolda boʻlgan tilga qilingan boʻlmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625498" id="-5625498">(6) Takrorlash huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning ruxsati bilan kimdir shunday nashr nushalarini (1)-bandda eslatib oʻtilgan mamlakatda omma orasida yoki muntazam taʼlim bilan bogʻliq holda shunday asarlar uchun mazkur mamlakatda odatda belgilanadigan narxlarga mos keladigan narxlarda tarqatadigan boʻlsa, mazkur moddaga muvofiq beriladigan har qanday litsenziya oʻz kuchini yoʻqotadi, agar bunday nashr litsenziya boʻyicha bosib chiqarilgan tilda va asosan oʻsha mazmunda bosib chiarilgan boʻlsa. Litsenziya oʻz kuchini yoʻqotkunga qadar bosib chiqarib boʻlingan hamma nushalar batamom tarqalib ketmaguncha tarqatilishda davom ettirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625499" id="-5625499">(7) (a) (b)-bandni hisobga olgan holda, mazkur modda dahldor boʻlgan asarlar bosma yoki oʻxshash tarqatilish shaklida bosib chiqarilgan asarlar bilan cheklanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625500" id="-5625500">(b) Mazkur modda audio-vizual shakldagi takrorlashlarga, qonuniy amalga oshirilgan audio-vizual yozuvlarga, shu hisobda ularning tarkibidagi mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadigan har qanday asarlarga, hamda ularning tarkibiga kiritilgan matnning litsenziya soʻralgan mamlakatda umumiy isteʼmolda boʻlgan tilga tarjimasiga ham dahldordir, faqat ushbu holatlarning hammasida audio-vizual asarlar faqatgina muntazam taʼlim uchun qoʻllash maqsadida tayyorlangan va bosib chiqarilganligi sharti bilan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625501" id="-5625501">IV-modda <br />II va III moddalarga muvofiq beriladigan litsenziyalar uchun umumiy boʻlgan qoidalar: 1 va 2. Protsedura; 3. Asar muallifining va nomining koʻrsatilishi; 4. Nushalar eksporti; 5. Bildirishnoma; 6. Kompensatsiya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625502" id="-5625502">(1) II yoki III moddalarga muvofiq, agar talabnoma beruvchi ushbu mamlakatda joriy qilingan protseduraga muvofiq, tarjimani tayyorlash va bosib chiqarish yoki nashrni takrorlash yoki bosib chiqarish huquqiga ega boʻlgan shaxsga ruxsat uchun murojaat qilganini va undan rad javobi olganini, yoxud vijdonan amalga oshirilgan urinishlariga qaramay, ushbu huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlay olmaganini isbotlasa, litsenziyalar faqat shu shart bilan berilishi mumkin. Litsenziyani olish uchun murojaat qilganda, talabnoma beruvchi (2)-bandda eslatib oʻtilgan har qanday milliy yoki xalqaro axbrot markazini bu haqda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625503" id="-5625503">(2) Huquq egasini aniqlash imkoni boʻlmaganida, litsenziyaga talabnoma beruvchi litsenziya berish huquqiga ega boʻlgan organga topshirgan oʻz arizasining nushalarini buyurtma aviapochta orqali asarda familiyasi koʻrsatilgan noshirga, shuningdek chamasi noshirning asosiy muassasasi joylashgan mamlakat hukumatining Bosh direktorga yuborgan tegishli bildirishnomasida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan har qanday milliy va xalqaro markazga joʻnatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625504" id="-5625504">(3) Muallifning familiyasi II modda yoki III moddaga muvofiq berilgan litsenziya boʻyicha bosib chiqarilgan tarjima yoki takrorlashning hamma nushalarida koʻrsatiladi. Ushbu nushalarning hammasida asar nomi koʻrsatilishi shart. Tarjima qilishda asar asl nushasining sarlavhasi koʻrsatib oʻtilgan hamma nushalarda hamma vaqt bosiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625505" id="-5625505">(4) (a) II modda yoki III moddaga muvofiq berilgan litsenziyalar asar nushalarining eksportiga dahldor emas va faqatgina tarjimani va, mos ravishda, takrorlashni litsenziya soʻralgan mamlakat chegaralarida bosib chiqarish uchun amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625506" id="-5625506">(b) (a)-ostbandning maqsadlari uchun, eksport tushunchasi asar nushalarini har qanday hududdan I(5)-bandga muvofiq ushbu hududga nisbatan bayonot bergan mamlakatga joʻnatilishini anglatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625507" id="-5625507">(s) Agar II moddaga muvofiq ingliz, ispan yoki fransuz tillaridan boshqa har qanday tilga tarjima qilish uchun litsenziya bergan mamlakatning davlat yoki boshqa tashkiloti bunday litsenziya boʻyicha bosib chiqarilgan tarjima nushalarini boshqa mamlakatga yuborsa, bu holda nushalarning bunday yuborilishi (a)-ostband maqsadlari uchun eksport hisoblanmaydi, agar quyida keltirilgan hamma shartlar bajarilgan boʻlsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625508" id="-5625508">(i) oluvchilar qonuniy huquqqa ega organi litsenziya bergan mamlakat fuqarolari yoki shunday fuqarolarni birlashtirgan tashkilot boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625509" id="-5625509">(ii) nushalar faqatgina taʼlimiy va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida qoʻllanishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625510" id="-5625510">(iii) nushalarning yuborilishi va ularning oluvchilar oʻrtasida keyingi tarqatilishi tijoriy maqsadlarni koʻzlamasligi kerak; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625511" id="-5625511">(iv) asar nushalari yuborilayotgan mamlakat vakolatli organi litsenziya bergan mamlakatga ularning olinishi yoki tarqatilishiga, yoki unisiga ham, bunisiga ham, ruxsat berishi kerak, va Bosh direktor litsenziya berilgan mamlakatning hukumati tomonidan shunday kelishuv toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625513" id="-5625513">(5) II modda yoki III moddaga muvofiq berilgan litsenziya boʻyicha nashr qilingan hamma nushalar ushbu nushalar mazkur litsenziya dahldor boʻlgan mamlakatda yoki hududda tarqatilishi kerakligini koʻrsatuvchi tegishli tilda yozilgan bildirishnomaga egalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625515" id="-5625515">(6) (a) Milliy darajada quyidagilarni taʼminlash uchun hamma zarur choralar koʻrilmoqda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625518" id="-5625518">(i) litsenziya tarjima qilish, yoki, mos ravishda, takrorlash huquqiga ega boʻlgan shaxs foydasiga ikkita tegishli davlatda shaxslar oʻrtasidagi erkin muzokaralarda litsenziyalarga nisbatan odatda qoʻllanadigan gonorarlar normasiga mos keladigan adolatli kompensatsiya toʻlanishini nazarda tutishi uchun; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625520" id="-5625520">(ii) kompensatsiyani toʻlab berish va oʻtkazish uchun: agar alohida milliy valyuta qoidalari mavjud boʻlsa, vakolatli hokimiyat organlari xalqaro mexanizm yordamida kompensatsiyani konvertatsiya qilinadigan valyutada yoki uning ekvivalentida oʻtkazib berishni taʼminlashga bor kuchini sarflasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625522" id="-5625522">(b) Milliy qonunchilik tomonidan muayyan nashrning toʻgʻri tarjima qilinishini yoki, mos ravishda, takrorlanishini taʼminlash uchun zarur choralar koʻriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625525" id="-5625525">V modda<br /> Tarjima qilishga boʻlgan huquqni cheklash uchun muqobil imkoniyat: 1. 1886 va 1896 yillardagi aktlarda nazarda tutilgan protsedura; 2. Protsedurani II moddaga muvofiq oʻzgartirish imkoniyatining yoʻqligi; 3. Muqobil imkoniyatni tanlash muddati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625528" id="-5625528">(1) (a) II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanishi toʻgʻrisida bayonot berish huquqiga ega boʻlgan har qanday mamlakat, buning oʻrniga, mazkur Aktni ratifikatsiya qilish yoki unga qoʻshilish paytida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625529" id="-5625529">(i) agar u oʻziga nisbatan 30(2)(a)-modda qoʻllanadigan mamlakat boʻlsa, ushbu qoidaga muvofiq tarjima huqqiga nisbatan bayonot berishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625531" id="-5625531">(ii) agar u oʻziga nisbatan 30(2)(a)-modda qoʻllanmaydigan mamlakat boʻlsa, va xatto agar u Ittifoqqa kirmaydigan mamlakat boʻlsa, 30(2)(b)-moddadaning birinchi iborasida nazarda tutilganidek, bayonot berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625533" id="-5625533">(b) Agar mamlakat, I(1)-modada nazarda tutilganidek, rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolsa, mazkur bandga muvofiq berilgan bayonot I(3)-moddaga muvofiq qoʻllanadigan muddat tugagan sanagacha amal qilishda davom etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625535" id="-5625535">(s) Mazkur moddaga muvofiq bayonot bergan biron bir mamlakat, xatto agar u koʻrsatib oʻtilgan bayonotni chaqirib olgan taqdirda ham, II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan keyinchalik foydalana olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625537" id="-5625537">(2) (3)-bandni hisobga olgan holda, II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalangan har qanday mamlakat keyinchalik (1)-bandga muvofiq bayonot bera olmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625565" id="-5625565">(3) I(1)-moddada nazarda tutilganidek, rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolgan har qanday mamlakat I(3)-moddaga muvofiq qoʻllanadigan davr tugashidan ikki yildan kechikmay, u Ittifoqqa kirmaydigan mamlakat emasligiga qaramay, 30(2)(b)-moddaning birinchi iborasida nazarda tutilgan maqsadlarda bayonot berishi mumkin. Bunday bayonot I(3)-moddaga muvofiq qoʻllanadigan muddat tugagan sanada kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5625568" id="-5625568">VI modda <br />Mamlakatlar Qoʻshimcha boʻlim bilan bogʻlangan paytga qadar uning ayrim qoidalarini qoʻllash imkoniyatlari yoki qoʻllashga yoʻl qoʻyilishi: 1. Bayonot; 2. Bayonotning depozitlanishi va kuchga kirish sanasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625570" id="-5625570">(1) Har qanday Ittifoq mamlakati, mazkur Akt sanasidan eʼtiboran va 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qoʻshimcha boʻlim bilan bogʻlangan boʻlishidan oldin har qanday vaqtda quyidagilarni bayon qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625572" id="-5625572">(i) agar u 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qoʻshimcha boʻlim bilan bogʻlangan mamlakat boʻlganida edi, I(1)-moddada aytib oʻtilgan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega mamlakat boʻlsa, u II modda yoki III modda, yoki ushbu ikkala modda qoidalarining, kelib chiqish mamlakati boʻlib, quyida tilga olingan (ii)-ostbandga muvofiq, ushbu moddalarning shunday asarlarga nisbatan qoʻllanishiga yoʻl qoʻyadigan mamlakat boʻlgan, yoki 1 dan 21 gacha moddalar hamda mazkur Qoʻshimcha boʻlib bilan bogʻliq boʻlgan mamlakat boʻlgan asarlarga nisbatan qoʻllashini; bunday bayonot II moddaga havola oʻrniga V moddaga havola qilishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625574" id="-5625574">(ii) u mazkur Qoʻshimcha boʻlimning kelib chiqish mamlakati oʻzi boʻlgan asarlarga nisbatan (i)-ostbandga muvofiq bayonot bergan yoki I moddaga muvofiq bildirishnoma bergan mamlakatlar tomonidan qoʻllanashiga yoʻl qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5625581" id="-5625581">(2) (1)-bandga muvofiq berilgan har qanday bayonot yozma shaklda boʻlishi va Bosh direktorda depozitlanishi kerak. Bayonot u depozitlangan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi. </div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-5625589" id="-5625589">(imzolar)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
