toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasiga qo‘shilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasiga quyidagi shart inobatga olingan holda qo‘shilinsin.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Konvensiyaning Qo‘shimcha bo‘limiga: “O‘zbekiston Respublikasi yuqorida zikr etilgan Konvensiya qo‘shimcha bo‘limining 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish niyatida”.
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-avgust,
681-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 181-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 41-son, 543-modda)