1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakat mustaqilligiga erishilgandan keyin ipakchilik tarmogʻida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, yangi korxonalar qurish va mavjudlarini modernizatsiyalashga, jahon bozorida xaridorgir va raqobatdosh tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini koʻpaytirishga qaratilgan keng koʻlamli tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga ozuqa bazasi va pilla xomashyosi yetishmasligi tarmoqni yanada rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda, buning natijasida respublika pillakashlik va shoyi toʻqish korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini xomashyo bilan taʼminlash darajasi pastligicha qolmoqda.
Ipakchilik tarmogʻini yanada isloh qilishni taʼminlash, ipakchilik sanoatini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish, pillani chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorda barqaror talab qilinayotgan, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va tovarlar turini kengaytirish, shuningdek, tarmoqni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
1. Kuyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
2018 — 2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq:
2018 — 2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida quvvatlarni ishga tushirish jadvali 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 1-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalari, zarurat boʻlganda, “Asakabank” ATB, “Agrobank” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” A'GB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda boshqa tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bir oy muddatda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hududiy “Agropilla” MCHJlarini bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirish uchun zarur xonalar ajratilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi:
bir oy muddatda joylardagi mavjud tutzorlarni xatlovdan oʻtkazib, keyinchalik ularni hududiy “Agropilla” MCHJlarga topshirsin;
ikki oy muddatda hududiy “Agropilla” MCHJlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tut urugʻlari va koʻchatlarini tayyorlovchi xoʻjaliklarni tashkil egish uchun kamida 30 gektardan sugʻoriladigan yer maydonlari ajratib berilishini taʼminlasin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
hududiy “Agropilla” MCHJlarga topshirilgan tutzorlar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi pillani qayta ishlash va pilla kurti tayyorlash tashkilotlariga oʻzlarining ozuqa bazasini yaratish uchun shartnoma asosida bepul foydalanishga beriladi;
xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish boʻyicha yangi loyihalar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining xulosalari asosida aniqlanadigan ozuqa bazasi va pilla xomashyosining yetarli miqdordagi hajmlari mavjudligi bilan chambarchas bogʻlik xolda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
6. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usuliga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisidagi tashabbusi maʼqullansin, bu usul pillani qayta ishlovchi korxonalarning oʻzlariga karashli ozuqa bazasi yaratilishini, pilla xomashyosi yetishtirishning innovatsion texnologiyalari keng joriy etilishini xamda eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot xoliga keltirilgunga kadar chuqur qayta ishlanishini oʻz ichiga oladi.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) ikki oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mavjud pillani qayta ishlash tashkilotlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda tarmoqning ozuqa bazasini kengaytirish va pilla xomashyosi yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish negizida mazkur tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvatlari xomashyo bilan toʻliq yuklanishini taʼminlaydigan oʻzaro bogʻlik yagona tashkiliy-texnologik zanjir yaratilishi nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
7. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) 2018-yilning 1-oktabriga kadar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi huzurida Pilla va ipakchilik mahsulotlari innovatsion tadqiqotlari, standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazini tashkil qilsin, kuyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
pillachilikni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning gʻoyat muhim muammolari boʻyicha tadqiqot ishlarini yuqori darajada olib borish hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish;
xom ipakchilik va materiallardan ratsional foydalanish, tut daraxtlari unumdorligini oshirish, pilla kurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish boʻyicha ilmiy-metodik asoslar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;
tayyor mahsulot sifati, xaridorgir turlari va dizayni menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, uning xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirilishi va standartlashtirilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Markaz ilmiy-texnik xodimlarining kasb saviyasini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish hisobiga takomillashtirish, shuningdek, chet ellardagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mutaxassislarning stajirovkalarini tashkillashtirish.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Belgilansinki, tarmoqni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan pillachilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bajariladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
2018-2019 oʻquv yilidan boshlab ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari huzurida ipakchilik tarmogʻi uchun malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha maxsus sirtki boʻlimlar ochilishini nazarda tutsin;
har yili ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda ipakchilik tarmogʻi va sanoatining malakali kadrlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini hisobga olsin;
Toshkent davlat agrar universitetida hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida ularning oʻz mablagʻlari hisobiga interfaol taʼlim auditoriyalarini tashkil etsin, pilla tayyorlash va qayta ishlashning tashkiliy-texnologik jarayonlarini yaqqol namoyish etish imkoniyati yaratilsin;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan ipakchilik yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda tashkiliy koʻmak berilishini taʼminlasin.
9. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari zimmasiga — “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga yangi tutzorlar barpo etish uchun sugʻoriladigan yerlar ajratib berilishi;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari zimmasiga — pilla tayyorlash boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) zimmasiga — pillani qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirilgan ipak mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, tarmoq tashkilotlari oʻrtasida xomashyoning oqilona taqsimlanishi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari xamda Oʻzbekiston Fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi zimmasiga — respublikaning butun hududida fermer xoʻjaliklarining dalalari tevaragida tut koʻchatlarining qator ekilishi amaliyotini qayta tiklash ishlarining samarali tashkil etilishi va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (B.K. Sharipov) yuqorida zimmaga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib tursin.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari]
a) respublikada ishlab chiqarilmaydigan tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan (belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha):
(10-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinadigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, yordamchi va qurilish materiallari;
tutzorlarning qator oraligʻida agrotexnika tadbirlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi texnikasi, mexanizatsiya va irrigatsiya vositalari, ehtiyot qismlar va ularning butlovchi buyumlari;
tut koʻchatlari urugʻini tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo va materiallar, qurtxonalar uchun uskunalar;
tayyor ipak mahsuloti ishlab chiqarishda foydalaniladigan ximikatlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, furnitura va aksessuar buyumlari hamda boshqa yordamchi materiallar boj toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxonada rasmiylashtiruv yigʻimlari bundan mustasno);
(10-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
b) tashkilotlar tutzorlar bilan band boʻlgan yer maydonlari qismida yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlashdan;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.13.00 Mavsumiy ishlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ipakchilik tarmogʻiga taalluqli boʻlgan va fermer xoʻjaliklarida bajariladigan mavsumiy ishlar pensiya tayinlash uchun stajga bir yillik ish sifatida qoʻshilishi toʻgʻrisidagi;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ilgari Oʻzbekiston Fermerlar kengashi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berilgan Toshkent shahar, Ismoil ota koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binoni “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga bepul foydalanish uchun topshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Toshkent shahar hokimligi (R.J. Usmonov), Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi (B.T. Yusupov), Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gʻulomov) bir oy muddatda yuqorida koʻrsatilgan bino topshirilishini, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi esa (B.K. Sharipov) qabul qilib olinishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-sonli qarori bilan tuzilgan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhga (Z.T. Mirzayev), zarur hollarda, 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi PQ-4047-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ipakchilik tarmogʻida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, mohiyati va mazmuni aholi orasida muntazam suratda keng yoritilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.K. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-yanvar,
PQ-3472-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qaroriga 1-ILOVA
2018-2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
ekvivalenti mln. AQSH dollarida
T/r
Investitsiya loyihasi nomlanishi
Investitsiya loyihasi tashabbuskori (xorijiy hamkor)
Jizzax viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish.
“Silk expert processing” MCHJ (“Abnmb group” kompaniyasi (Buyuk Britaniya))
5,0
2,0
0,0
3,0
280
4.
Sirdaryo viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish.
“Agro global” MCHJ
5,0
2,5
2,5
-
175
5.
Xorazm viloyatida xom ipak, ipak paxta va ipak mato ishlab chiqarishni tashkil qilish.
“Khiva Silk Fabric” MCHJ
5,0
2,5
2,5
-
175
Jami:
26,0
8,5
9,0
8,5
1 096
* Loyihalar quvvatlarining parametrlariga loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanganidan keyin aniqliklar kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qaroriga 2-ILOVA
2018-2021-yillarda pilla tayyorlashni kengaytirish va chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida quvvatlarni ishga tushirish