toggle_night_mode
Hujjat 09.01.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-yanvar,
10-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari metodistlari va inspektor-metodistlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining, davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari (keyingi oʻrinlarda davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari deb ataladi) mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmasining boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori asosida belgilanadi.
2. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar.
2-bob. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari (tarif stavkalari)
3. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari:
davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
qonun hujjatlarida belgilangan lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda, 9 ta va undan ortiq guruhlari mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassasalari I guruh, 8 tagacha guruhlari mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassasalari II guruh hisoblanadi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari xodimning lavozimiga, malaka toifasiga va davlat maktabgacha taʼlim muassasasining turiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari uchun quyidagi malaka toifalari belgilanadi:
oʻrta maxsus, kasb-hunar (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq boʻlgan) maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis;
bakalavr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan birinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan oliy toifali mutaxassis.
7. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlariga malaka toifalari berish Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan joylardagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ishlovchi xodimlarga qoʻshimcha toʻlovlar, shuningdek, faxriy unvon, ilmiy darajalar uchun ustamalar toʻlash shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yillik ish rejasi tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqti sarfi koʻrsatilgan holda ularning roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
12. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlari belgilanadi:
til boʻyicha oʻqituvchi — 18 soat;
oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog — 24 soat;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat;
tarbiyachi, tarbiyachi-metodist — 36 soat;
aqliy rivojlanishda kamchiligi boʻlgan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar hamda markaziy asab tizimi ruhiyati buzilgan holda shikastlangan bolalar uchun maktabgacha taʼlim muassasasi yordamchi tarbiyachisi — 36 soat.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida pedagog xodimlarning haftalik ish yuklamasi ishning ushbu turi boʻyicha ish vaqti normal davom etishining 1,5 baravaridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisida pedagogik kengashda yarim yilda kamida bir marta hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakunlovchi qoida
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari
MIQDORLARI

I. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi pedagog xodimlari:

T/r

Lavozim nomi

Bazaviy tarif stavkasi miqdori (soʻm)

oliy malaka toifali

birinchi malaka toifali

ikkinchi malaka toifali

oliy maʼlumotli

oʻrta maxsus (kasb-hunar) maʼlumotli

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari metodistlari, inspektor-metodistlari

1 375 370

1 296 461

1 214 056

1 133 700

X

2.

Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining metodistlari

1 266 199

1 148 291

1 075 487

1 004 547

X

3.

Til boʻyicha oʻqituvchi, oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog

899 890

838 649

779 554

722 815

668 356

4.

Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi, psixolog

838 649

779 554

722 815

668 356

617 151

5.

Musiqa rahbari

737 998

678 915

622 185

568 049

516 567

II. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari xodimlari

T/r

Lavozim nomi

Bazaviy tarif stavkalari miqdorlari (soʻm)

shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri va qishloq tumanlari

shahar tumanlari

Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar

I guruh

II guruh

I guruh

II guruh

1.

Mudir

1 680 096

1 579 856

1 579 856

1 481 162

1 579 856

2.

Mudir oʻrinbosari, shuʼba mudiri

1 291 014

1 198 776

1 291 014

1 198 776

1 198 776

3.

Kadrlar boʻyicha mutaxassis, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis

799 186

737 873

799 186

737 873

737 873

III. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri:

T/r

Lavozim nomi

Bazaviy tarif stavkalari miqdorlari (soʻm)

I guruh

II guruh

1.

Mudir

899 890

838 649

Izoh. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilganda, maktabgacha taʼlim xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan buyrugʻi asosida tegishli miqdorlarda oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovada:
“g” kichik banddan “maktabgacha muassasalari” va “maktabgacha muassasalarda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
izohlarning ikkinchi xatboshidan birinchi jumla chiqarib tashlansin;
b) III bandga izohlarda:
1-kichik bandning ikkinchi xatboshidan “maktabgacha tarbiya muassasalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, koʻr va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni boʻlganlar uchun moʻljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi”;
3-kichik banddan “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
7-pozitsiya chiqarib tashlansin;
8-pozitsiyaning “oliy malaka toifali” ustunidan izoh belgisi chiqarib tashlansin;
izohning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovadan 1.5-pozitsiya chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning 3-bandi sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xalq taʼlimi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:

Xalq taʼlimi muassasasining tipi

Kontingent soni (kishi)

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

Umumtaʼlim maktablari*

1601 nafar va undan ortiq

881 — 1600

401 — 880

400 nafargacha

“Mehribonlik” uylari

201 nafar va undan ortiq

200 nafargacha

Musiqa maktablari va sanʼat maktablari

401 nafar va undan ortiq

400 nafargacha

Maktabdan tashqari muassasalar

1601 nafar va undan ortiq

881 — 1600

880 nafargacha

Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari

Muassasalarni tegishli guruhga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

.

3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Xalq taʼlimi vazirligi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi) hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi oʻrinlarda — malaka tavsiflari) talablar asosida oʻrganiladi”;
b) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat inspeksiyasi) Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga taqdim etadi.
Attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvali taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi”;
v) 15-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi tizimi” soʻzlari “maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimi tizimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini tasdiqlovchi maktabgacha taʼlim boshqarmalari va xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar), muassasalar va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya komissiyalari) tomonidan amalga oshiriladi”;
e) quyidagi mazmundagi 201 — 206-bandlar qoʻshilsin:
“201. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarida, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda — maktabgacha taʼlim boshqarmalari) oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining taʼlim sohasiga masʼul xodimi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — kasaba uyushmasi) vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
202. Quyidagilar maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
203. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmalarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri (komissiya raisi), tuman (shahar) hokimligining taʼlim sohasiga masʼul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
204. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun maktabgacha taʼlim boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.
205. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va ota-onalar qoʻmitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
206. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish”;
j) 21-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda kasaba uyushmasi deb ataladi)” soʻzlari “kasaba uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 36-bandga “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
i) 37-bandga “Davlat inspeksiyasi tomonidan” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
k) 51-banddagi “xalq taʼlimi boshqarmalari va hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari” soʻzlari “maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari va hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 56-bandga “Davlat inspeksiyasi” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
m) 59-bandning birinchi xatboshiga “tegishliligiga koʻra” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
n) Nizomga 1-ilovada:
“Tadbirlar nomi” ustunidagi “Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunidagi “Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son; 06.03.2018-y., 09/18/180/0863-son; 10.03.2020-y., 09/20/135/0273-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son; 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)