1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-yanvar,
10-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari metodistlari va inspektor-metodistlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktor va pedagog xodimlari (keyingi oʻrinlarda davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari deb ataladi) mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmasining boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori asosida belgilanadi.
2. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar.
2-bob. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari (tarif stavkalari)
3. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari:
davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
qonunchilikda belgilangan lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar asosida shakllantiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda 9 ta va undan ortiq guruhlari mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari I guruh, 8 tagacha guruhlari mavjud davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari II guruh hisoblanadi.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari xodimning lavozimiga, malaka toifasiga va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining turiga bogʻliq ravishda tabaqalashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
5. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tibbiyot xodimlariga ish haqi, ustama va qoʻshimcha toʻlovlar Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq toʻlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
6. Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari uchun quyidagi malaka toifalari belgilanadi:
oʻrta maxsus, kasb-hunar (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq boʻlgan) maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis;
bakalavr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan birinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan oliy toifali mutaxassis.
7. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlariga malaka toifalari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
71. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat yuritayotgan, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlar uchun, ularning pedagogik tajribasini hisobga olgan holda, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga pedagog sifatida tegishli lavozimlarga ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)
72. Oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)
73. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi hamda tibbiyot hamshirasi lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar vaqtincha ishda boʻlmagan davrda ularning vazifasini bajarish uchun ichki buyruqlarni oʻrindoshlik asosida rasmiylashtiradi hamda bajarilgan ish uchun 100 foiz miqdorda (boshqa lavozimlar uchun 50 foiz miqdorda) ish haqi toʻlanadi.
Bunda oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritgan xodimning jami ish yuklamasi 1,5 stavkadan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
3-bob. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
8. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etiladigan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
9. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagilarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi:
davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari;
qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;
reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari, hamda tarbiyachi yordamchilari.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
10. Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan joylardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi xodimlarga qoʻshimcha toʻlovlar, shuningdek, faxriy unvon, ilmiy darajalar uchun ustamalar toʻlash shartlari qonunchilikda belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
11. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Yillik ish rejasi tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur boʻlgan ish vaqti sarfi koʻrsatilgan holda ularning roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
12. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlari belgilanadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi — 36 soat;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
jismoniy tarbiya yoʻriqchisi — 30 soat;
musiqa xodimi, xoreograf — 24 soat.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/135/0273-son)
13. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
14. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida pedagog xodimlarning haftalik ish yuklamasi ishning ushbu turi boʻyicha ish vaqti normal davom etishining 1,5 baravaridan ortiq boʻlmasligi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
15. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisida pedagogik kengashda yarim yilda kamida bir marta hisobot beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovada:
“2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, koʻr va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni boʻlganlar uchun moʻljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi”;
3-kichik banddan “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
“Xalq taʼlimi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:
Muassasalarni tegishli guruhga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Xalq taʼlimi vazirligi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi) hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi oʻrinlarda — malaka tavsiflari) talablar asosida oʻrganiladi”;
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat inspeksiyasi) Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga taqdim etadi.
Attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvali taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi”;
v) 15-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi tizimi” soʻzlari “maktabgacha taʼlim va xalq taʼlimi tizimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“20. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini tasdiqlovchi maktabgacha taʼlim boshqarmalari va xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar), muassasalar va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya komissiyalari) tomonidan amalga oshiriladi”;
e) quyidagi mazmundagi 201 — 206-bandlar qoʻshilsin:
“201. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarida, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda — maktabgacha taʼlim boshqarmalari) oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining taʼlim sohasiga masʼul xodimi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — kasaba uyushmasi) vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
202. Quyidagilar maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
203. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmalarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri (komissiya raisi), tuman (shahar) hokimligining taʼlim sohasiga masʼul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
204. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun maktabgacha taʼlim boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.
205. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va ota-onalar qoʻmitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
206. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish”;
j) 21-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda kasaba uyushmasi deb ataladi)” soʻzlari “kasaba uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 36-bandga “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
i) 37-bandga “Davlat inspeksiyasi tomonidan” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
k) 51-banddagi “xalq taʼlimi boshqarmalari va hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari” soʻzlari “maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari va hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 56-bandga “Davlat inspeksiyasi” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
m) 59-bandning birinchi xatboshiga “tegishliligiga koʻra” soʻzlaridan keyin “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
“Tadbirlar nomi” ustunidagi “Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunidagi “Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport masalalari” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son; 06.03.2018-y., 09/18/180/0863-son; 10.03.2020-y., 09/20/135/0273-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son; 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)