toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarori tahririda)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ta’minlasinlar:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholash va hisobga olishning belgilangan tizimi mavjudligi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallari ma’lumotlar bazasini inventarizatsiyadan o‘tkazish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarini jalb etgan holda, soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining qiymati qayta hisoblanishini ta’minlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallarida ko‘chmas mulk qiymatini hisoblashning soddalashtirilgan usuli asosida dasturiy maxsulotni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk qiymatini hisoblashning soddalashtirilgan usuli bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining soliq solinadigan qiymati haqidagi axborotni interaktiv rejimda olish imkonini beradigan dasturiy mahsulotni ishlab chiqsin va joriy etsin hamda uni “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
yuqorida ko‘rsatilgan dasturiy ta’minotni davlat soliq xizmati organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurslari bazasiga integratsiyalashuvini ta’minlasin.
4. “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining qiymati ikki oy muddatda qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasin.
5. “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish va baholash bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatni milliy va xalqaro standartlar asosida uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-dekabr,
1043-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risida
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarori tahririda)
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan uy-joy fondi ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga muvofiq hisoblab chiqilgan ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymati (keyingi o‘rinlarda obyektning kadastr qiymati deb ataladi) faqat jismoniy shaxsning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun qo‘llaniladi.
3. Obyektning kadastr qiymatini hisoblash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari deb ataladi) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
4. Kadastr qiymati belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan turar joylar, kvartiralar, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari a’zolarining bog‘ uylari (dala-hovlilar) uchun hisoblab chiqiladi.
5. Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlari uchun kadastr qiymati hisoblab chiqilmaydi:
a) qurilayotgan;
b) belgilangan tartibda egasiz deb topilgan;
Oldingi tahrirga qarang.
v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan obyektning kadastr qiymati kadastr hujjatlari va inventarizatsiya materiallari asosida hisoblab chiqiladi.
7. Kadastr qiymati fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan va foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun hisoblangan taqdirda, ushbu obyektlar uchun jismoniy shaxslar mulki uchun soliq to‘lash mulkchilik bo‘yicha boshqa huquqiy kafolatlarni yuzaga keltirmaydi, soliqqa oid majburiyatlar bundan mustasno.
8. Mazkur Nizom asosida ko‘chmas mulkning hisoblab chiqilgan kadastr qiymati ushbu obyektlarning kadastr qiymatini keyingi hisoblashgacha (qayta hisoblashgacha) o‘zgarishsiz qoladi.
Ko‘chmas mulk obyektlarida o‘zgarishlar aniqlangan taqdirda (rekonstruksiya qilinishi, qo‘shimcha joylar qurilish, qo‘shimcha obyektlar qurilishi va boshqalar), “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan ushbu obyektlarning kadastr qiymati qayta hisoblanadi hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq organlariga tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.
9. Yakka tartibdagi uy-joylarda (dala-xovlilarda) asosiy binoni aniqlashda binoning eng katta umumiy maydoni hisobga olinadi.
10. Obyektlar qiymatini hisoblashda quyidagi funksional ko‘rsatkichlar belgilanadi:
ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati yoki yakka tartibdagi uy-joy asosiy binosining umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
hududiy tuzatish koeffitsiyentlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
eskirish koeffitsenti — devori temir-beton binolarga kadastr qiymatining 1 foizi miqdorida, devori pishgan g‘ishtli binolarga — 1,25 foizi va devori xom g‘ishtli, paxsali va sinchli binolarga — 1, 5 foizi, ammo 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda har yil uchun hisoblanadi.
2-bob. Ko‘p kvartirali uy-joydagi ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblab chiqish
11. Ko‘p kvartirali uy-joydagi ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
S=Pl*Sbaz*(K1*K2*K3),
bunda:
Pl — umumiy foydali maydon, kv.m.;
Sbaz — umumiy foydali maydonning bir kvadrat metrining kadastr qiymati;
K1 — eskirish koeffitsenti;
K2 — hududiy tuzatish koeffitsenti;
K3 — tuman tuzatish koeffitsenti (Toshkent shahrida qo‘llanilmaydi).
3-bob. Yakka tartibdagi uy-joy (dala-hovli) ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblab chiqish
12. Yakka tartibdagi uy-joy (dala-hovlida) ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
S=((Pl*Sbaz )+Pstroyen*(Sbaz/5)) *(K1*K2* K3)
bunda:
Pl — umumiy foydali maydon, kv.m.
Sbaz — umumiy foydali maydonning bir kvadrat metrining kadastr qiymati;
K1 — eskirish koeffitsenti;
K2 — hududiy tuzatish koeffitsenti;
K3 — tuman tuzatish koeffitsenti (Toshkent shahrida qo‘llanilmaydi).
Pstroyen — umumiy foydali maydon tarkibida hisobga olinmagan yordamchi-xo‘jalik imoratlarining maydoni, kv.m.;
Sbaz/5 — yordamchi-xo‘jalik imoratlari bir kvadrat metri kadastr qiymatining asosiy binoning bir kvadrat metri bo‘yicha hisoblab chiqilgan 20 foizi.
4-bob. Jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va taqdim etish tartibi
13. Ko‘chmas mulk obyektlari kadastr qiymatining hisoblab chiqilishini “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi nazorat qiladi.
14. “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi kadastr qiymatini hisoblash natijalari bo‘yicha bajarilgan ishlar haqidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda taqdim etadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining ko‘chmas mulk obyektlarini baholagan organlaridan ularga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati to‘g‘ri hisoblanganini asoslab berishini talab qilish xuquqiga ega.
16. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Ko‘p kvartirali uylardagi kvartira umumiy maydoniing bir kvadrat metrining kadastr qiymati

T/r.

Toifa

Bino turi

Kadastr qiymati
1 kv.m. (ming so‘m)

1.

I-a

2-3 — qavatli, devori pishgan g‘ishtli

1 989

2.

I-b

2-3 — qavatli, devori beton panelli

1 850

3.

II-a

4-5 — qavatli, devori pishgan g‘ishtli

1 920

4.

II-b

4-5 — qavatli, devori beton panelli

1 850

5.

III-a

6 — 8 — qavatli, devori pishgan g‘ishtli

1 720

6.

III-b

6 — 8 — qavatli, devori beton panelli

1 850

7.

IV-a

9 — 18 — qavatli, devori pishgan g‘ishtli

1 720

8.

IV-b

9 — 18 — qavatli, devori beton panelli

1 834


Yakka tartibdagi uy-joyning asosiy binosi umumiy maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati

T/r.

Toifa

Qavati

Bino turi

Kadastr qiymati
1 kv.m. (ming so‘m)

1.

I-a

1

Devori xom g‘isht, paxsa va sinchli.

847,9

2.

I-b

1

Devori pishgan g‘ishtli, betonli (shlakoblokli).

1284,8

3.

I-c

1

Devori pishgan g‘ishtli va xom g‘ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qo‘shimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan va boshqalar.

1349,1

4.

II-a

2

Devori pishgan g‘ishtli va xom g‘ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), faqat asosiy binoning bir qismi ikki qavatli.

1413,3

5.

II-b

2

Devori pishgan g‘ishtli va xom g‘ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), asosiy bino to‘liq ikki qavatli.

1477,5

6.

II-c

2

Devori pishgan g‘ishtli va xom g‘ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qo‘shimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan.

1541,8

7.

III-a

3 va yuqori

Devori pishgan g‘ishtli va xom g‘ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), faqat asosiy binoning bir qismi uch va yuqori qavatli.

1606,0

8.

III-b

3 va yuqori

Devori pishgan g‘ishtli va xom g‘ishtli, karkasli (kompleks), asosiy bino to‘liquch va yuqori qavatli.

1670,2

9.

III-c

3 va yuqori

Devori pishgan g‘ishtli va xom g‘ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qo‘shimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan.

1734,5

Izoh:
1. Asosiy binoning umumiy foydali maydonida hisobga olinmagan yordamchi-xo‘jalik qurilmalarining 1 kv.m. maydonining kadastr qiymati hisobga olingan asosiy binoning 1 kv.m. kadastr qiymatining 20% miqdorida hisoblanadi.
2. Eskirish koeffitsenti — har yil devori temir-beton binolarga kadastr qiymatining 1 %, devori pishgan g‘ishtli binolarga 1,25 % va devori xom g‘ishtli, paxsali va sinchli binolarga 1,5 %, ammo 50 % dan oshmaydigan miqdorlarda hisoblanadi va hisoblash uchun olingan asosiy binoning qurilgan yilidan kelib chiqqan holda barcha yordamchi xo‘jalik qurilmalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hududiy tuzatish koeffitsiyentlari

1. Hududiy tuzatish koeffitsiyentlari

T/r.

Hududlar

Koeffitsiyentlar

1.

Tashkent sh.

1 zona

1,20

2 zona

1,15

3 zona

1,10

4 zona

1,05

5 zona

1,00

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

0,50

3.

Andijon viloyati

0,80

4.

Buxoro viloyati

0,75

5.

Jizzax viloyati

0,75

6.

Qashqadaryo viloyati

0,75

7.

Navoiy viloyati

0,75

8.

Namangan viloyati

0,75

9.

Samarqand viloyati

0,90

10.

Surxondaryo viloyati

0,70

11.

Sirdaryo viloyati

0,80

12.

Farg‘ona viloyati

0,85

13.

Xorazm viloyati

0,50

14.

Toshkent viloyati

0,95


2. Tuman tuzatish koeffitsiyenti

T/r.

Aholi punktlari

Koeffitsiyentlar

1.

Nukus shahri, viloyat markazlari

1,00

2.

Shaharlar va shahar bo‘lmagan tuman markazlari

0,85

3.

Boshqa aholi punktlari

0,75

Izoh.
Toshkent shahri bo‘yicha zonalar Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 09/18/1043/0511-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)