toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2822-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 4-maydagi PF-5033-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24, 121-son qarori (roʻyxat raqami 2822, 2016-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
164-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
2017-64-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
152-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-son qaroriga
ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandning birinchi xatboshisidagi “ishlab chiqarishga” degan soʻzlar “ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga koʻra ushbu mahsulot ishlab chiqarishdan (ushbu xizmatlar koʻrsatishdan) tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam boʻlmagan korxonalar kiradi.”.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organini yozma ravishda soliq imtiyozlarini qoʻllash sanasi boshlanishi haqida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xabardor qiladi.”.
4. 1-ilova ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 1-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
5. 2-ilova quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“4-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSh dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2015-yilning 16-yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 600 ming AQSh dollarigacha oshirdi, yaʼni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi. Biroq ustav kapitali 3 million AQSh dollaridan kam boʻlganligi, uch yillik imtiyoz davri tugaganligi uchun bu unga soliq imtiyozlarini qoʻllash muddatini yana uzaytirishga imkoniyat bermaydi. Shunday qilib, mazkur korxona uchun soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy muddati 3 yilni 2012-yilning 16-yanvaridan boshlab 2015-yilning 15-fevraligacha tashkil etadi.
5-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSh dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2010-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega. Biroq, korxona 2010-2015-yillarda boshqa soliq imtiyozlarni qoʻllagan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlarini qoʻllamagan. Bunday holatda korxona yuqorida koʻrsatilgan Farmon asosida imtiyozni qoʻllamaganligiga qaramasdan, unga ularni qoʻllash huquqi berilmaydi. Shunday qilib, korxona tomonidan yuqorida koʻrsatilgan Farmon asosida soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun korxonaning ustav kapitalini (fondini) 3 million AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorga oshirish lozim.”.
6. 3-ilova ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
‎‎‎‎“4. IFUT ”;‎
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma (ikki nusxada), shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi. Xabarnoma yozma shaklda taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.”.
8. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A. AXMEDXADJAYEV
2017-yil 27-noyabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2017-yil 27-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 27-noyabr
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
“Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
ROʻYXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
26.11.0 — elektron qismlar ishlab chiqarish;
26.12.0 — elektron yuklash panellari ishlab chiqarish;
26.20.0 — kompyuterlar va periferik uskunalar ishlab chiqarish;
26.30.0 — kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish;
26.40.0 — maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish;
26.51.0 — oʻlchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob- uskunalar ishlab chiqarish (radioelektron uskuna va asboblar qismida);
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish.
2. Yengil sanoat.
tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish:
13.20.1 — ip gazlama ishlab chiqarish;
13.20.2 — jun gazlama ishlab chiqarish;
13.20.9 — boshqa gazlamalar ishlab chiqarish;
13.91.0 — toʻqilgan va trikotaj polotno ishlab chiqarish;
tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish:
13.92.0 — kiyimdan tashqari tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
13.96.0 — boshqa texnik va sanoat toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
13.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
14.31.0 — toʻqilgan va trikotaj paypoq- noski mahsulotlari ishlab chiqarish;
14.39.0 — boshqa toʻqilgan va trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish;
14.12.0 — korjomalar ishlab chiqarish;
14.13.0 — boshqa ustki kiyimlar ishlab chiqarish;
14.14.0 — ichki kiyimlar ishlab chiqarish;
14.19.0 — boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish;
tabiiy terilar ishlab chiqarish, koʻn-galantereya sanoati, poyabzal sanoati:
14.11.0 — charmdan kiyimlar ishlab chiqarish;
14.19.0 — boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish (moʻynali kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);
14.20.0 — moʻynali mahsulotlar ishlab chiqarish;
15.11.0 — terini oshlash va ishlov berish; moʻynaga ishlov berish va boʻyash (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);
15.12.0 — chemodanlar, ayollar sumkalari va teridan boshqa buyumlar ishlab chiqarish;
15.20.0 — poyabzal ishlab chiqarish;
32.30.0 — sport tovarlari ishlab chiqarish (charmdan yasalgan sport tovarlari qismida);
32.50.0 — meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish (ortopedik poyabzallar qismida);
3. Ipakchilik sanoati.
shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish:
13.20.3 — ipak gazlama ishlab chiqarish.
Ushbu guruhga 13.92.0, 13.99.0, 14.31.0, 14.13.0, 14.14.0, 14.19.0 kodlari ipakdan tayyor buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish:
16.21.0 — shpon, faner, yogʻochdan plita va panellar ishlab chiqarish;
16.22.0 — yigʻma parket qoplamalar ishlab chiqarish;
16.23.0 — boshqa yogʻoch qurilish konstruksiyalari va duradgorlik buyumlari ishlab chiqarish;
20.30.0 — boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaxona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;
22.21.0 — plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;
23.20.0 — oʻtga chidamli buyumlar ishlab chiqarish;
23.31.0 — keramik qoplama va plitalar ishlab chiqarish;
23.32.0 — gʻisht, cherepitsa va pishirilgan loydan boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish;
23.52.0 — ohak va qurilish uchun gips ishlab chiqarish;
23.61.0 — betondan qurilish uchun buyumlar ishlab chiqarish (penobeton qismida);
23.62.0 — qurilish maqsadlariga moʻljallangan gips buyumlar ishlab chiqarish;
23.63.0 — tayyor beton ishlab chiqarish;
23.64.0 — quruq beton qorishmalari ishlab chiqarish;
23.65.0 — tolali sement ishlab chiqarish;
23.70.0 — toshni kesish, ishlov berish va pardozlash;
23.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish.
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
01.47.0 — parrandachilik.
6. Oziq-ovqat sanoati.
mahalliy xomashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno):
10.32.0 — meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish;
10.61.0 — tegirmon- yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.62.0 — kraxmal va kraxmalli mahsulotlar ishlab chiqarish;
10.71.0 — non, xamirdan yangi tayyorlangan qandolat mahsulotlari, tort va pirojnoye ishlab chiqarish;
10.72.0 — suxari va pechenye, xamirdan tayyorlangan uzoq saqlanadigan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.73.0 — makaron mahsulotlari va shunga oʻxshash unli mahsulotlar ishlab chiqarish;
10.81.0 — shakar ishlab chiqarish;
10.82.0 — kakao, shokolad va sershakar qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.83.0 — choy va qahva ishlab chiqarish;
10.84.0 — ziravor va dorivorlar ishlab chiqarish;
10.86.0 — bolalar ovqati va parhez oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.31.0 — kartoshkani qayta ishlash va konservalash;
10.39.0 — mevalar va sabzavotlarni qayta ishlash va konservalashning boshqa turlari;
10.41.0 — oʻsimlik va hayvonlar yogʻlari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yogʻlaridan tashqari);
10.42.0 — margarin va ovqatga ishlatiladigan aralash yogʻlar ishlab chiqarish;
10.52.0 — muzqaymoq ishlab chiqarish.
7. Goʻsht-sut sanoati.
goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyogʻ, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish:
10.13.1 — tuzlangan, quritilgan yoki dudlangan goʻsht, parranda goʻshti va ozuqaviy submahsulotlar ishlab chiqarish;
10.13.2 — kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.13.9 — boshqa toifalarga kiritilmagan goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.51.0 — sutni qayta ishlash va pishloq ishlab chiqarish;
10.41.0 — oʻsimlik va hayvonlar yogʻlari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yogʻlari qismida).
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
10.20.0 — baliq, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarni qayta ishlash va konservalash.
9. Kimyo sanoati.
08.91.0 — kimyo sanoati va oʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun mineral xomashyolar qazib olish;
20.11.0 — sanoat gazlari ishlab chiqarish;
20.12.0 — boʻyoq moddalar va pigmentlar ishlab chiqarish;
20.13.0 — boshqa asosiy noorganik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.14.0 — boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.15.1 — oʻgʻitlar ishlab chiqarish;
20.15.2 — azotli birikmalar ishlab chiqarish;
20.16.0 — birlamchi formalarda plastmassa ishlab chiqarish;
22.29.0 — boshqa plastmassa buyumlar ishlab chiqarish;
20.30.0 — boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaxona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;
20.41.0 — sovun va yuvish vositalari, tozalash va sayqallash preparatlari ishlab chiqarish;
20.51.0 — portlovchi moddalar ishlab chiqarish;
20.52.0 — yelim ishlab chiqarish;
20.59.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.60.0 — sunʼiy tolalar ishlab chiqarish;
22.21.0 — plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;
22.23.0 — qurilish uchun plastik buyumlar ishlab chiqarish;
23.14.0 — shisha tola ishlab chiqarish;
26.80.0 — axborot uzatishning magnit va optik vositalarini ishlab chiqarish.
10. Neft-kimyo sanoati.
20.17.0 — birlamchi formalarda sintetik kauchuk ishlab chiqarish;
22.11.1 — rezina shina, pokrishka va kameralar ishlab chiqarish;
22.19.0 — boshqa rezina buyumlar ishlab chiqarish;
11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
21.10.0 — asosiy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish;
21.20.0 — farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;
30.92.0 — velosipedlar va nogironlar aravachalari/kreslolari ishlab chiqarish;
32.50.0 — meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
17.21.0 — gofrirovka qilingan qogʻoz va karton, qogʻoz va karton tara (idish)lar ishlab chiqarish (qadoqlash materiallari qismida);
22.22.0 — tovarlar uchun plastik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish;
25.92.0 — yengil metallardan upakovka materiallari ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Koʻmir sanoati:
koʻmirni boyitish:
05.10.0 — toshkoʻmir qazib olish (koʻmirni boyitish qismida);
05.20.0 — lignit qazib olish (lignitni boyitish qismida);
koʻmir briketlarini ishlab chiqarish:
19.20.0 — neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish (koʻmir va lignitdan briketlar ishlab chiqarish qismida);
slanets sanoati:
08.11.0 — qurilish va pardozlash uchun tosh, ohaktosh, gips, boʻr va slanetslar qazib olish (yonuvchi slanets qismida).
15. Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
24.10.0 — choʻyan, poʻlat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;
24.31.0 — sovuq holda choʻzish;
24.32.0 — tasma va tor tasmalarni sovuq holda prokatka qilish (yoyish);
24.33.0 — sovuq holda qoliplash yoki falsovka qilish;
24.34.0 — sovuq holda choʻzib tortish yoʻli bilan sim ishlab chiqarish;
25.93.0 — simdan buyumlar, zanjirlar va prujinalar ishlab chiqarish;
25.94.0 — mahkamlash uchun va rezbali buyumlar ishlab chiqarish;
25.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.
mashinasozlik:
25.73.0 — asboblar ishlab chiqarish;
27.11.0 — elektr dvigatellar, generatorlar va transformatorlar ishlab chiqarish;
27.12.0 — elektr taqsimlovchi va boshqaruv apparaturalari ishlab chiqarish;
27.20.0 — batareya va akkumulyatorlar ishlab chiqarish;
27.33.0 — elektr asboblar ishlab chiqarish;
27.40.0 — elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish;
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.11.0 — aviatsiya uchun moʻljallanganidan tashqari dvigatellar va turbinalar, avtomobil va mototsikllar dvigatellari ishlab chiqarish;
28.12.0 — gidravlik va pnevmatik uskunalar ishlab chiqarish;
28.13.0 — boshqa nasos va kompressorlar ishlab chiqarish;
28.14.0 — boshqa joʻmrak va ventillar ishlab chiqarish;
28.22.0 — koʻtarma- transport uskunalari ishlab chiqarish;
28.25.0 — sanoat sovitish va ventilatsiya uskunalari ishlab chiqarish;
28.29.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga moʻljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;
28.41.0 — bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.91.0 — metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.92.0 — togʻ-kon sanoati va erosti konlari uchun texnika ishlab chiqarish;
28.95.0 — qogʻoz va karton tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.96.0 — plastmassa va rezinani qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
30.20.0 — temir yoʻl lokomotivlari va harakatdagi sostavlar ishlab chiqarish.
traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi:
28.30.0 — qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish;
28.93.0 — oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish (donni, urugʻlar va quruq dukkaklilarni tozalash, saralash yoki maydalash uchun uskunalar qismida);
28.22.0 — koʻtarma-transport uskunalari ishlab chiqarish (fermalarda foydalanish uchun konveyerlar ishlab chiqarish qismida);
qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik:
25.30.0 — markaziy isitish qozonlaridan tashqari bugʻ qozonlari ishlab chiqarish;
28.92.0 — togʻ-kon sanoati va erosti konlari uchun texnika ishlab chiqarish;
yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi:
27.51.0 — maishiy elektr asboblar ishlab chiqarish;
27.52.0 — maishiy noelektr asboblar ishlab chiqarish;
28.21.0 — plita, pechka va pechka goryelkalari ishlab chiqarish;
28.93.0 — oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.94.0 — toʻqimachilik, tikuvchilik, moʻynali va charm buyumlarni tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari va sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun irradiatsion uskunalar ishlab chiqarish qismida).
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
23.91.0 — abraziv buyumlar ishlab chiqarish;
24.10.0 — choʻyan, poʻlat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;
25.73.0 — asboblar ishlab chiqarish;
26.51.0 — oʻlchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob- uskunalar ishlab chiqarish;
26.52.0 — soatlar ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;
26.70.0 — optika asboblari va fotografiya uskunalari ishlab chiqarish;
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.15.0 — podshipniklar, tishli gʻildiraklar, tishli uzatma va yuritmalarning elementlarini ishlab chiqarish;
28.24.0 — qoʻl elektr asboblari ishlab chiqarish;
28.29.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga moʻljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;
28.41.0 — bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.49.0 — boshqa metallga ishlov beradigan dastgohlar ishlab chiqarish;
28.91.0 — metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
30.91.0 — mototsikllar ishlab chiqarish.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
23.11.0 — listlangan shisha ishlab chiqarish;
23.12.0 — listlangan shishani qoliplash va ishlov berish;
23.13.0 — kovak shisha buyumlar ishlab chiqarish;
23.19.0 — boshqa shisha buyumlarni, jumladan texnik buyumlarni, ishlab chiqarish va ishlov berish;
23.41.0 — maishiy va dekorativ keramik buyumlar ishlab chiqarish;
23.49.0 — boshqa keramik buyumlar ishlab chiqarish.
19. Mikrobiologiya sanoati.
10.91.0 — fermalarda boqiladigan hayvonlar uchun tayyor ozuqa ishlab chiqarish;
20.14.0 — boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.20.0 — pestitsidlar va boshqa agrokimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.30.0 — boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaxona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish.
20. Oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
32.40.0 — oʻyin va oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
21. Turizm.
mehmonxona xizmatlari:
55.10.0 — mehmonxonalar va shunga oʻxshash yashash joylari.
turistik xizmatlar:
79.11.0 — turistik agentliklar faoliyati;
79.12.0 — turoperatorlar faoliyati;
79.90.0 — joy bron qilish boʻyicha xizmatlarning boshqa turlari va ular bilan bogʻliq xizmatlar (turistik xizmatlar qismida).”.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
“Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan soliq imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisida
‎XABARNOMA

________________________________________________________________________________________ joylashgan
‎‎‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), koʻcha nomi va uy (kvartira) raqami)

___‎‎_____________________________________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ ‎(asosiy (soh�) faoliyat turi)‎

______________________________________________________________________________________ yuridik shaxs,

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

Sizni ________________________ dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son

‎‎‎‎‎‎(data)‎

“Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllashi haqida xabardor qiladi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________ AQSh dollarini tashkil etadi.

‎‎(summa yozuv bilan)

Ushbu bilan investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafilligisiz amalga oshirilayotganligi tasdiqlaymiz.

__________________________________________________________________________________ ga taqdim etiladi.
‎‎‎‎‎‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)‎
Izoh.
Mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma (ikki nusxada), shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi. Xabarnoma yozma shaklda taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi, investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tasdiqnomasi, shuningdek toʻliq shakllantirilgan ustav kapitali (fondi) va korxonaning ustav kapitalida (fondida) xorijiy investorning ulushi toʻgʻrisida tasdiqnoma tegishli organ va tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organining yozma murojaati boʻyicha taqdim etiladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)