1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BOZORLAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Bozorlarda savdoni tashkil etishni takomillashtirish, xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish va sotuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, bozorlarning moddiy negizini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
savdo joyi berilganligi va bozorlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun patta toʻlovi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyalarni hisobga olish va ularni berishning yangi tizimini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin, belgilangan tartibda tasdiqlasin va 2000-yilning 1-oktabrigacha amalga kiritsin, bunda ularni bir xillashtirish, raqamlash va qatʼiy hisobda turadigan blankalar sifatida hisobini yuritishni nazarda tutsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
bozor boshqaruvi raisi (direktori) patta toʻlovlari toʻliq undirilishi va belgilanadigan prognoz koʻrsatkichlariga muvofiq tegishli mablagʻlarning tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga oʻtkazilishi uchun shaxsan javob beradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
tumanlar va shaharlar budjetlariga daromadlar tushumi prognozi ikki oy davomida ketma-ket bajarilmagan taqdirda bozor boshqaruvi raisi (direktori) qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilgan holda egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
bir oy muddatda bozorlarda Davlat soliq xizmati organlarining tayanch punktlarini tashkil etsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
bir hafta muddatda tayanch punktlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda inspektorlar soni normativi, ularni har 3 oyda almashtirish, yigʻimlar tushumi toʻliqligi uchun javobgarlik darajasini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
Belgilansinki, Davlat soliq xizmatining koʻrsatib oʻtilgan tayanch punktlari shtatiga kirmaydigan mansabdor shaxslarining bozorlar faoliyati ustidan nazorat qilishi taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda toʻsatdan oʻtkaziladigan nazorat tekshirishlari bundan mustasno.
5. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
bozorlardan tumanlar va shaharlar budjetlariga tushadigan daromadlarning toʻliqligi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
bozorlar hududida yuridik va jismoniy shaxslarga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun va Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nazorat funsiyalarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun javob beradilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2001-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda bozorlarning taʼsis hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 5-martdagi 82-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z.Usmonov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)