toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELISH VA SOTISH MASALALARI BOʻYICHA AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH, QOʻSHIMCHALAR KIRITISH VA ULARNING AYRIMLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Qonun hujjatlarini isteʼmol tovarlarini olib kelish va sotish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilgari qabul qilingan farmonlariga va Hukumatning qarorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bir martalik xususiyatga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan berilgan bojxona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-oktabr,
446-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 16-oktabrdagi
446-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidan va 3-bandidan “ulgurji” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaga isteʼmol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 19-iyuldagi 19-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 42-modda) 2-bandi uchinchi xatboshida “koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni belgilangan tartibda musodara qilishga” soʻzlari “koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni qonun hujjatlaridan belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish uchun olib qoʻyishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 19-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan oʻtgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yoʻl qoʻyilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qilsinlar.
Chakana savdo korxonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, oʻquv va maʼrifat yurtlari)ga sotishga ruxsat beriladi”.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 16-oktabrdagi
446-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamgʻarmasi tovarlarini mayda ulgurji savdo boʻyicha sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-iyuldagi 314-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamgʻarmasi tovarlarini mayda ulgurji savdo boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 25-fevraldagi 96-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini sotishni tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 29-iyuldagi 373-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni chakana savdo shoxobchalaridan, mulkchilik shakllaridan qati nazar, korxona va tashkilotlarga mayda ulgurji sotish Tartibini hamda Tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish Tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 28-apreldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 21-modda; 2000-y., 10-son, 69-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining chakana bozorlari hududida jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 2-avgustdagi 373-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 45-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import isteʼmol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarorining 1-bandi va 3-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 31-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-avgustdagi 315-son qaroriga 1-ilovaning 29, 30 va 31-bandlari hamda 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 50-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda isteʼmol tovarlarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarorining 5, 6 va 11-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 47-modda, 12-son 75-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qaroriga 4-ilovaning 2 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 75-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)