1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mamlakatimizda paxtachilik tarmogʻini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xom ashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning haqiqiy ahvoli ishlab chiqarish jarayonlarini tezkor yangilash va modernizatsiya qilish, ilgʻor texnologiyalar va korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish, umuman tarmoqning jadal rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yetarlicha joriy qilinmaganligi oqibatida xom ashyoni qabul qilish, tashish va qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish jarayonlari ustidan lozim darajada hisobot va nazorat tizimi mavjud emas.
Paxta tozalash korxonalarining resurs salohiyati va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari oʻrtasidagi nomutanosiblikning koʻpayishi, shuningdek, ularning ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalash boʻyicha choralarning oʻz vaqtida koʻrilmaganligi ishlab chiqarish quvvatlarining ancha qismi bekor turishiga va iqtisodiy yoʻqotishlarga olib kelmoqda.
Paxtachilik tarmogʻi korxonalarini boshqarish tizimini, shu jumladan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tuzilmasini optimallashtirish orqali takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobatni hamda ularning samarali faoliyati uchun qulay huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish talab etilmoqda.
Paxta xom ashyosi sifat koʻrsatkichlarini aniqlashga nisbatan eskirgan yondashuvlarning qoʻllanilishi mahsulot tayyorlash va ishlab chiqarish hajmi haqidagi aniq maʼlumotlarning buzib koʻrsatilishiga, buning oqibatida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining noroziligiga, tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligi yomonlashishiga olib kelmoqda.
Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh va sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chiqish, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni bilan tashkil etilgan “Oʻzpaxtasanoateksport” XKni tugatish bilan bogʻliq kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi):
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
“Oʻzpaxtasanoateksport” XKning “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ va “Oʻzpaxtaeksport” AJlari ustav kapitalidagi ulushlarini nominal qiymat boʻyicha davlat mulkiga oʻtkazish;
“Oʻzpaxtasanoateksport” XKning ustav kapitaliga kiritilgan aktivlarni davlat ulushi sifatida “Oʻzpaxtasanoat” AJning ustav kapitaliga balans qiymati boʻyicha oʻtkazish, ushbu bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq davlatga oʻtkaziladigan aksiyalar paketi bundan mustasno;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
mol-mulkning qolgan qismini balans qiymati boʻyicha begʻaraz berish, shuningdek, “Oʻzpaxtasanoateksport” XKni keyinchalik tugatish yoʻli bilan uning huquq va majburiyatlarini “Oʻzpaxtasanoat” AJga oʻtkazish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
“Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiallarining mol-mulkini balans qiymati boʻyicha oʻtkazgan holda ularni “Oʻzpaxtasanoat” AJga qoʻshib olish, shuningdek, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini (keyingi oʻrinlarda “Paxtasanoat” HAB deb yuritiladi) qoʻshib olish jarayonini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniga yetkazish orqali qayta tashkil etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasiga uning tuzilmasida 20 birlikdan iborat tegishli boshqarma tashkil etgan holda paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish funksiyasini yuklash;
2018-yil 1-yanvardan boshlab “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufidan “Oʻzstandart” agentligi tuzilmasiga oʻtkazish haqidagi takliflari maʼqullansin.
“Oʻzstandart” agentligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Sifat” markazi faoliyatini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi talablariga muvofiq tashkil etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. Quyidagilar “Oʻzpaxtasanoat” AJning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash, tashish va qayta ishlash, ekiladigan urugʻlik chigitni tayyorlash boʻyicha ishlarning butun kompleksini tashkil etish va amalga oshirish, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan yuqori sifatli paxta mahsulotini tayyorlash boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida yagona siyosat olib borilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilinadigan paxta xom ashyosining miqdori, sifati va navlari, paxta tolasi va urugʻlik chigitning chiqishiga oid koʻrsatkichlar, paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan paxta tolasining miqdori va sifati boʻyicha maʼlumotlarning haqqoniyligini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali hisobga olish hamda nazorat qilish ishlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
tuzilgan shartnoma (kontrakt)larga muvofiq sotib olinadigan paxta xom ashyosi va isteʼmolchilarga joʻnatiladigan paxta mahsuloti uchun oʻz vaqtida va toʻliq hajmda hisob-kitoblarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
modernizatsiyani amalga oshirish, zamonaviy yuqori unumli uskunalar va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish, tarmoqqa investitsiyalar, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etishda yagona texnika siyosatini olib borish hamda paxta tozalash korxonalari, paxta terminallariga koʻmaklashish;
xom ashyoni qayta ishlashga beruvchi sifatida paxta tozalash korxonalariga ular tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari tizimida faoliyatni amalga oshirishda koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
ilmiy-texnik va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni rivojlantirish, paxtachilik tarmogʻiga innovatsion gʻoya, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish;
paxtachilik tarmogʻi korxonalarining kadrlarini, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalarini jalb etgan holda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tizimli asosda tashkil qilish, shuningdek, paxtachilik tarmogʻini rivojlantirish sohasida chet davlatlarning yetakchi tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni amalga oshirish.
3. “Oʻzpaxtasanoat” AJning tarkibiga kiruvchi korxonalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
6. “Oʻzpaxtasanoat” AJ ikki oy muddatda:
“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ faoliyatini uni moliyalashtirish manbasi sifatida, shu jumladan paxta tolasining preyskurant boʻyicha ulgurji narxiga belgilanadigan ustamani nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirish;
paxta tolasining namlik koʻrsatkichini paxta tolasini sertifikatlashda aniqlanadigan majburiy koʻrsatkichlar roʻyxatiga kiritish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
sifatni baholashning instrumental tizimlarida sinov natijalari asosida paxta tolasi toyining sifat koʻrsatkichlari boʻyicha paxta tolasini ketma-ketlikda raqamlash va ajratish tizimini joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda — paxta xom ashyosini qabul qilish, toʻldirish, saqlash va qayta ishlash uslublarini takomillashtirish, “Oʻzpaxtasanoat” AJning paxta tozalash korxonalarini zamonaviy oʻlchov vositalari, laboratoriya uskunalari, shu jumladan videouskunalar, nazorat va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga mos keladigan elektron tarozilar bilan jihozlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda — “Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarining boʻsh turgan binolarini, shu jumladan ularni potensial investorlarga sotish orqali bosqichma-bosqich optimallashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. “Oʻzstandart” agentligi “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, “Sifat” markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda paxta xom ashyosi va paxta tolasining sifat koʻrsatkichlariga (navi, turi, toifasi va boshqalar) boʻlgan amaldagi talablarni, ularni aniqlash uslublari va tartibini tanqidiy oʻrgansin, shuningdek, ularni yanada optimallashtirish va takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
“Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta tozalash korxonalarining tayyor paxta mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tashish, qayta ishlash va oʻz vaqtida yetkazib berish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish “Oʻzpaxtasanoat” AJning mintaqaviy paxta terminallari tomonidan amalga oshiriladi;
mazkur qarorga muvofiq oʻtkazilayotgan va qabul qilinayotgan mol-mulkning qiymati soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
paxta tolasi, paxta linti va texnik chigitni isteʼmolchilarga sotish paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalari orqali “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni realizatsiya qilishning oʻrnatilgan tartibiga rioya etgan holda birja savdolari orqali amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
“Oʻzpaxtaeksport” AJ va “Paxtasanoat” HAJ “Oʻzpaxtasanoat” AJga qoʻshilishida ularning aksiyalarini ayirboshlash nominal qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.
9. “Oʻzpaxtasanoat” AJning quyidagilar haqidagi takliflari qabul qilinsin:
zarur hollarda, “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalari va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur korxona va tashkilotlarning ehtiyoji uchun tovar (ish, xizmat)larni markazlashgan tartibda sotib olishni amalga oshirish;
paxta tozalash korxonalari tomonidan 2017-2018-yillar yakuni boʻyicha hisoblanadigan dividendlarni kapitallashtirish, shuningdek, 2017-2018-yillar yakuniga koʻra “Oʻzpaxtasanoat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha sof foydadan 10 foiz miqdorida dividend hisoblash.
10. “Oʻzpaxtasanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
“Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalari, paxta xom ashyosini qabul qilish shoxobchalari va boshqa tashkilotlarning bandligi, shtatlar soni, tashkiliy tuzilmasini tanqidiy oʻrgansin hamda xarajatlarni qisqartirish, mehnat unumdorligi hamda ishlab chiqarishning rentabelligini yaxshilash maqsadida ularni optimallashtirish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan oʻrganish doirasida urugʻlik chigitni tayyorlash hamda undan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha takliflarni kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda paxta mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tayyorlash va chiqarish jarayonlari, shuningdek, tayyorlangan paxta xom ashyosi hajmlarining statistik hisobotlar va mavjud maʼlumotlarga muvofiqligi ustidan tizimli xamda taʼsirchan nazorat oʻrnatsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
15. “Oʻzpaxtasanoat” AJ Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 8a-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
16. “Oʻzpaxtasanoat” AJ bir oy muddatda “Oʻzpaxtasanoat” AJ ijro apparati va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda tugatilayotgan “Oʻzpaxtasanoateksport” XK va qayta tashkil etilayotgan “Oʻzpaxtaeksport” AJning boʻshayotgan xodimlarini ish bilan taʼminlasin.
18. “Oʻzpaxtasanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev va N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qaroriga 3-ILOVA