Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/2-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2536-son, 2013-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 51-son, 670-modda) Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan rezidentlar tomonidan chet eldagi oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish;”.
2.
2-banddagi “Vakolatli banklar” degan soʻzlar “Tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
3-banddagi “vakolatli banklar” degan soʻzlar “tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Quyidagi operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi:
10 000 AQSh dollari ekvivalentidan yuqori boʻlgan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish — rezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish), chet eldagi oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish uchun chet elga mablagʻlar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan norezidentlarga kreditlar va pul, tovarlar (xizmatlar) koʻrinishidagi qarzlar hamda lizing obyektlarini berish;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvaraqlardan mablagʻlarni chet eldagi hisobvaraqlarga (omonatlarga) joylashtirish hamda koʻchmas mulkni sotib olish uchun oʻtkazish.”.
5. 7-bandning
birinchi va
toʻrtinchi xatboshilaridagi “vakolatli bankka” va “vakolatli bank” degan soʻzlar tegishlicha “tijorat bankiga” va “tijorat banki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
8-banddagi “vakolatli banklarga” degan soʻzlar “tijorat banklariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 9-bandning
ikkinchi va
uchinchi xatboshilaridagi “vakolatli bank” va “vakolatli bankni” degan soʻzlar tegishlicha “tijorat banki” va “tijorat bankini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 10-bandning
birinchi va
ikkinchi xatboshilaridagi “vakolatli bank” va “vakolatli bankning” degan soʻzlar tegishlicha “tijorat banki” va “tijorat bankining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10.
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Rezidentning asosiy depozit hisobvaragʻi boshqa tijorat bankiga oʻtkazilgan taqdirda, keyingi valyuta operatsiyalarining hisobi rezidentning asosiy depozit hisobvaragʻi oʻtkazilgan tijorat banki tomonidan yuritiladi.
Rezidentning valyuta operatsiyalari boʻyicha hujjatlari tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida oʻtkaziladi.
Dalolatnomaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rezidentning yakunlangan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi hamda boshqa tijorat banklaridan olingan maʼlumotlar ilova qilinadi.”.
11. Nizomning
1 va
2-ilovalaridagi “vakolatli bankning” degan soʻzlar “tijorat bankining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.