

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3420239">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7462"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-3420239">[<b>TSZ:</b><div id="LS3791"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-3420708">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3420709">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-3420710">Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida xatlarni joʻnatish harajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3420712"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3420713">Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning xatlarini harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida joʻnatish xarajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish, shuningdek, pochta aloqasi sohasining ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421301">1. Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/mact/-78717">Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida</a>”gi va “<a href="/mact/-33419">Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida</a>”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son <a href="/mact/-1145279">qaroriga</a> muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan xatlarini bepul yuborish huquqiga ega ekanliklari maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421302">2. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom <a href="javascript:scrollText(-3421314)">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421303">3. Belgilab qoʻyilsinki, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davridagi oddiy xatlari harbiy qismlar tomonidan pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda muomalaga kiritilgan belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlarida joʻnatiladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3985265"><a href="/mact/-3420239?ONDATE=01.06.2018 01#-3770709">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3985265"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3985266">4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil 1-yanvardan boshlab, har yili kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi harbiy qismlarining muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida joʻnatiladigan oddiy xatlarini maxsus markalangan pochta konvertlarida joʻnatish xarajatlarini qoplashni nazarda tutsin. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3985267">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli <a href="/mact/-3969572?ONDATE=21.09.2018 00#-3971590">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3424321">5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3424359">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-3421307">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3421309">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3421310">2017-yil 20-noyabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-3421312">923-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3421314"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3421315">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 923-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga</a> <br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3421316">Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarni harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3421317"><strong>NIZOM</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3421319"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3421321">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421322">1. Mazkur Nizom muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni va rezervchilarni harbiy yigʻinlarda qatnashishga chaqirilgan davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash, shuningdek ularni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421323">2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421324"><strong>maxsus markalangan pochta konverti</strong> (keyingi oʻrinlarda maxsus konvert deb ataladi) — bosmaxona usulida maxsus farqlovchi belgi va pochta toʻlovining davlat belgisi tasviri tushirilgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan oddiy xatlarini yuborish uchun moʻljallangan standart pochta konverti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421325"><strong>harbiy qismlar</strong> — harbiy xizmatchilar muddatli harbiy xizmatni oʻtaydigan, rezervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashadigan harbiy boshqaruv idoralari, harbiy qismlar, qoʻshilmalar, tashkilotlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3985268"><a href="/mact/-3420239?ONDATE=01.06.2018 01#-3770716">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3985268"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3985269">3. Ushbu Nizom muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga, rezervchilarning (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy qismlarida harbiy yigʻinlarda qatnashayotgan davrida amal qiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3985271">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli <a href="/mact/-3969572?ONDATE=21.09.2018 00#-3971590">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421327">4. Harbiy xizmatchilarning xatlari harbiy qismlar tomonidan belgilangan namunadagi maxsus konvertlarda joʻnatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421328">5. Maxsus konvertlar 0ʻz DSt 1020:2002 “Pochta konvertlari. Texnik shartlar” davlat standarti talablariga muvofiq qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan matbaa tashkiloti tomonidan tayyorlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421329">6. Harbiy qismlarni maxsus konvertlar bilan taʼminlash “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ga har yili 1-apreldan kechiktirmay taqdim etiladigan buyurtmanomalarga muvofiq “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan, toʻlov asosida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421331">7. Maxsus konvertlar harbiy qismlar tomonidan ularning xarajatlar smetalarida ushbu maqsadda foydalanish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga sotib olinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421332">8. Harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar tomonidan yuboriladigan oddiy xatlari “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ning pochta aloqasi obyektlari tomonidan joʻnatiladi va yetkazib beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421334">Maxsus konvertlarda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ning pochta aloqasi obyektlariga harbiy qismlar tomonidan topshiriladigan ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan oddiy xatlar joʻnatiladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3421335">2-bob. Maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421336">9. Harbiy qism tomonidan maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berish uchun masʼul shaxs tayinlanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6004401"><a href="/mact/-3420239?ONDATE=23.11.2017 00#-3421337">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6004401"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6004404">10. Maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berishni tashkil qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6004405">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939234">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421340">11. Harbiy xizmatchilarga maxsus konvertlarni berish muddatlari va davriyligi, shuningdek, bir nafar harbiy xizmatchiga (bir oy/yilda) beriladigan konvertlar soni harbiy qismlar tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421341">12. Berilgan maxsus konvertlar maxsus konvertlarning mavjudligi va ishlatilganligi toʻgʻrisidagi hisobotga asosan hisobdan chiqariladi, ularning qoldigʻi esa hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvardagi holatiga koʻra chiqariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421343">13. Maxsus konvertlarning mavjudligi va ishlatilganligi toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotlar harbiy qismlar tomonidan har yili hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvariga qadar tuziladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3421344">3-bob. Maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3985272"><a href="/mact/-3420239?ONDATE=01.06.2018 01#-3770727">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3985272"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3985276">14. Navbatdagi moliyaviy yilga xarajatlar smetasini tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har yili 1-iyuldan kechiktirmasdan harbiy qismlardan olingan budjet buyurtmanomalari asosida maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlarini hisobga olgan holda, yigʻma budjet buyurtmanomasini tuzadilar.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3985278">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli <a href="/mact/-3969572?ONDATE=21.09.2018 00#-3971590">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421346">15. Maxsus konvertlarni sotib olish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash rejalashtirilayotgan harbiy xizmatchilar soniga, shuningdek, maxsus konvert qiymatiga koʻra amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3421348">16. Maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlari harbiy qismlarning tegishli moliyaviy yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3421350">4-bob. Yakunlovchi qoida</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6004406"><a href="/mact/-3420239?ONDATE=23.11.2017 00#-3421351">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6004406"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6004407">17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6004408">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939234">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-3420711">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/923/0297-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
