toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Neft-gaz tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda neft-gaz tarmog‘ida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining va aholisining neft mahsulotlariga, tabiiy va suyultirilgan gazga, polimerlarga bo‘lgan ehtiyojlarini uzluksiz qondirishni ta’minlashga doir bir qator chora-tadbirlar ko‘rilganligi qayd etilsin.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida respublikaning istiqbolli investitsiya bloklarida geologik tadqiqot ishlarini olib borish, suyuq uglevodorodlar qazib olish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, yangi neft va gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi, uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, tarmoqni uzoq muddatli va barqaror rivojlantirish, uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlashni davom ettirish, ishlab chiqarish va yuqori qo‘shimcha qiymat solig‘iga ega mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmlarini oshirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar butun tarmoqning amaldagi tashkiliy tuzilmasini tubdan qayta ko‘rib chiqishni hamda ilg‘or xalqaro tajriba asosida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni talab etmoqda.
Barcha neft va gaz kompleksini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, ular tomonidan ishlab chiqarish va moliya resurslaridan foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy oshirib borish va ularning tannarxini kamaytirish, raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
5. “O‘zbekneftgaz” AJ va uning aksiyadorlik jamiyatlari tarkibiga kiradigan tashkilotlarni qayta tashkil etish yakunlari bo‘yicha 12 ming shtat birligini qisqartirish nazarda tutilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bo‘shayotgan xodimlarini ishga joylashtirishga ko‘maklashsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekneftgaz” AJ tashkilotlari qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi natijasida ushbu qarorga muvofiq, o‘tkazib berilayotgan mol-mulk qiymati “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiga kiradigan qayta tashkil etiladigan yoki yangi tashkil etiladigan tashkilotlarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqni, qo‘shimcha qiymat solig‘ini, yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi;
“O‘zbekneftgaz” AJ mulkiga soliqni hisoblab chiqishda jamiyatning soliq solish bazasi gaz taqsimlash tarmoqlari va ular inshootlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati miqdoriga kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-8-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
 LexUZ sharhi
Norasmiy tarjima. 9-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga tahririda. Rus tilidagi asosiy matnga qarang.
ikki oy muddatda yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori” asosida neft va gaz tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari, kasblari va mutaxassisliklari ro‘yxatini, ularni tayyorlovchi muayyan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini belgilasin, ular bo‘yicha ta’lim standartlarini, o‘kuv rejalarini va dasturlarini ularga tarmoq tashkilotlarida albatta o‘qitishni, amaliyot va stajirovka o‘tkazishni kiritgan holda zamon talablari va xalqaro tajribani inobatga olib tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
har yili ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul kvotalarini tuzishda neft va gaz tarmog‘ining malakali kadrlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini hisobga olsin;
oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassislik bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalarida va tashkilotlarida ishga joylashtirilishi uchun, eng avvalo, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlarining javobgarligini nazorat qilish va kuchaytirishning ta’sirchan mexanizmini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 1-iyuldagi PQ-906-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 17-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
11. “O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-iyun,
PQ-3107-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 16-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son qaroriga
17-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-son qarorining 3-bandi va qarorning 1, 1a, 2, 3 va 4-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-son qarori:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
b) 4-bandi va 1, 3 — 12-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.