1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Geologiya-qidiruv ishlarini prognozlash, uglevodorodlarni izlash, razvedka qilish, qazib chiqarishdan tortib ularni qayta ishlash va mahsulot sotishgacha boʻlgan ishlab chiqarish-texnologik siklining barcha bosqichlarida korxonalarning oʻzaro bogʻliq hamda maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarini taʼminlovchi neftgaz kompleksini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, shuningdek yagona texnikaviy siyosatni olib borish va tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK hamda neftgaz tarmogʻi kompaniyalari va korxonalari aksiyadorlarining:
“Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil etish hamda uning negizida “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” va “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etishni;
“Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etishni;
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksini “Oʻzneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʻtkazishni;
“Avtogaz” aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻztransgaz” AKga qoʻshish yoʻli bilan uni “Avtogazsotish” shuʼba korxonasiga aylantirishni;
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruvchilar kengashini tashkil etish va xolding kompaniyasi Boshqaruvining funksiyalari oʻzgartirilishini nazarda tutgan “Oʻzbekneftgaz” MXKni tarkibiy qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Quyidagilar belgilansin:
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz” AK va “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK “Oʻzgeoburgʻuneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tegishli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning huquqiy vorislari hisoblanadilar;
taʼsis etilayotgan “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning loyiha ishlarini oʻtkazish va kapital qurilish qismi boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi, energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari boʻyicha kompleksi rahbari E.R. Shoismatov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan birgalikda bir oy muddatda:
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilish-invest” aksiyadorlik kompaniyalarini taʼsis etish, ularning ustav jamgʻarmalari miqdorini belgilash, kompaniyalarning nizomlarini roʻyxatdan oʻtkazish borasidagi barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
xolding kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari ijroiya apparatlarining tuzilmalari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini va ular yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish]
7. “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzgeoburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻztransgaz” va “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyalari, “Oʻzbekgeofizika” OAJ va “Andijonneft” OAJ emissiya prospektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
8. Ijroiya apparatlari quyidagi manzillarga joylashtirilsin:
“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK — Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi 66-uy;
“Oʻzgeoburgʻuneftgaz” AK — Qarshi shahri, Mustaqillik koʻchasi 35-uy;
“Oʻzneftgazqurilishinvest” AK — Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi 98-uy.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-avgust,
PQ-446-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 341-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)