1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun tuziladi hamda u oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Markaziy saylov komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi hamda referendum toʻgʻrisidagi qonunlariga va boshqa qonunlariga amal qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilikdan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Markaziy saylov komissiyasi oʻzining butun faoliyati bilan saylov tizimining demokratik prinsiplarini amalga oshirishga koʻmaklashishga, saylovchilarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish imkoniyatini taʼminlashga daʼvat etilgan.
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kamida oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi boʻyicha komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadilar.
Markaziy komissiyaning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tugatilishi mumkin.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzoligiga nomzod etib, ishonchli vakil yoki saylovchilar tashabbuskor guruhining aʼzosi etib roʻyxatga olingan Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bevosita yoki uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasi boʻyicha toʻxtatilishi mumkin:
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga muvofiq, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin.
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Markaziy saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga binoan unda doimiy asosda ishlashi mumkin.
5-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni oʻtkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish uchun tuziladigan referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov va Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisidagi qonunlarning ijrosini nazorat qiladi, ularning bir xil qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi;
saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlaydi, saylov va referendumni tashkil etishga oid masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar berib boradi;
saylov okruglarini, referendum okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar sonini koʻrsatgan holda okruglar roʻyxatini eʼlon qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari va referendum uchastkalarini qaysi okruglarga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
okrug saylov komissiyalarini va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi hamda ularning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
okrug saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilariga saylov va referendumga mandatlar beradi;
saylovga va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini saylov komissiyalariga hamda referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga taqsimlaydi, bu mablagʻlardan foydalanish tartibini belgilaydi, saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylov hamda referendumni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
siyosiy partiyalarning, saylovchilar tashabbuskor guruhlarining kuzatuvchilari, matbuot, televideniye, radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlarning kuzatuvchilariga moʻljallangan mandat namunasini belgilaydi;
taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishiga ijozat berish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar va davlat hokimiyati vakillik organlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, roʻyxatga olingan nomzodlarning roʻyxatlari va ular haqidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilinishini uyushtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari sayloviga doir saylov byulletenlarining, referendumda ovoz berish byulletenining, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar roʻyxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, ovoz berish qutilarining hamda saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;
saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining saylovga, referendumga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
saylovning va referendumning yakunini chiqaradi, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ovoz berishning umumiy natijalarini aniqlaydi hamda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yoki referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar soni toʻgʻrisidagi, har bir nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi, referendumga qoʻyilgan masalani yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi axborotni matbuotda eʼlon qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda takroriy ovoz berish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining yoki Senati aʼzolarining takroriy saylovi va boʻshab qolgan oʻrinlarga saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining 36, 37-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahrirda 45—47, 57, 60, 61-moddalariga qarang .
saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlarini, Senatining aʼzolarini roʻyxatga oladi, shuningdek ularning roʻyxatini matbuotda eʼlon qiladi;
saylovdan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining birinchi majlisini qonunda belgilangan tartibda chaqiradi;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Senatning birinchi majlisi Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi saylovdan soʻng ikki oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma topshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatiga va Senatining aʼzosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishonini beradi;
saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlari hamda xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlari jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146 va 147-moddalariga qarang.
saylovni va referendumni tashkil etish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar arxivga topshirilishini taʼminlaydi;
Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi;
qonunlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
6-modda. Markaziy saylov komissiyasi Raisining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasining Raisi:
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiyaning aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va boshqa mansabdor shaxslarni taklif etadi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov, shuningdek referendum yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga axborot beradi;
tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi;
ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuniga muvofiq oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Markaziy saylov komissiyasining Raisi oʻz vakolatlarini bajarishining imkoni boʻlmagan taqdirda, shuningdek Rais boʻlmaganida, Raisning vazifalari Rais oʻrinbosariga yoki Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan komissiya aʼzolaridan biriga yuklanadi.
7-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari
Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy koʻrinishi uning majlislari hisoblanib, ular zaruratga qarab oʻtkaziladi. Agar majlisda komissiya aʼzolari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari umumiy miqdorining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlinib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari alohida fikr bildirishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
9-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari
Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar Rais tomonidan imzolanadi va matbuotda eʼlon qilinishi lozim.
Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendumni oʻtkazish komissiyalari uchun, davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
11-modda. Markaziy saylov komissiyasining murojaatlarini koʻrib chiqish
Markaziy saylov komissiyasi saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, boshqa mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli boʻlib, ular masalani koʻrib chiqishlari va uch kun ichida javob berishlari shart.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
12-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan shikoyat berish
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berish mumkin. Shikoyat tushgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida, agar saylov yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa — darhol koʻrib chiqilishi lozim.
13-modda. Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun uning Kotibiyati tuziladi.
Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasining kotibi rahbarlik qiladi.
Kotibiyatning tuzilishi, shtatlari va uning ish tartibini Markaziy saylov komissiyasining Raisi tasdiqlaydi.
14-modda. Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti
Markaziy saylov komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi uning Reglamentida belgilanadi.
15-modda. Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash
Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini tasdiqlash paytida nazarda tutiladi.