

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;26.06.2019
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-34139" id="onLBC-34139">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6029"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-34139" id="onLS-34139">[<b>TSZ:</b><div id="LS3677"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-34149" id="-34149">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-34157" id="-34157">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-34203" id="-34203"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-4389965" id="-4389965">Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4386819?ONDATE=26.06.2019 00#-4386956">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34206" id="-34206">1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-272615" id="edi-272615"><a href="/mact/-34139?ONDATE=04.08.1998 00#-34210">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272615" id="-272615">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun tuziladi hamda u oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-272616" id="-272616">(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263344">Qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2462385" id="edi-2462385"><a href="/mact/-34139?ONDATE=04.08.1998 00#-34217">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462385" id="-2462385">(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457132">Qonuniga </a>asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34220" id="-34220">2-modda. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462387" id="-2462387"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462388" id="-2462388">Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilikdan iborat.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462389" id="-2462389">(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457133">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34234" id="-34234">Markaziy saylov komissiyasi oʻzining butun faoliyati bilan saylov tizimining demokratik prinsiplarini amalga oshirishga koʻmaklashishga, saylovchilarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish imkoniyatini taʼminlashga daʼvat etilgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462391" id="-2462391"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2462392" id="-2462392">2<sup>1</sup>-modda. Mustaqillik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462393" id="-2462393">Markaziy saylov komissiyasi va uning aʼzolari oʻz faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462394" id="-2462394">Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari qaror qabul qilishda siyosiy moyillar va boshqa yot taʼsirlardan holi boʻlgan oʻz nuqtai nazarini bildiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462395" id="-2462395">Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2462396" id="-2462396">2<sup>2</sup>-modda. Qonuniylik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462397" id="-2462397">Markaziy saylov komissiyasi va uning aʼzolari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a>, saylov, referendum toʻgʻrisidagi qonunlarga hamda boshqa qonunlarga amal qiladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2462398" id="-2462398">2<sup>3</sup>-modda. Kollegiallik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462399" id="-2462399">Masalalarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2462400" id="-2462400">2<sup>4</sup>-modda. Oshkoralik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462401" id="-2462401">Markaziy saylov komissiyasi oʻz faoliyatini oshkora amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasining majlislari ochiq oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462402" id="-2462402">Markaziy saylov komissiyasi majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan va harakatlardan kuzatuvchilar hozir boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462403" id="-2462403">Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2462404" id="-2462404">2<sup>5</sup>-modda. Adolatlilik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462405" id="-2462405">Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarni, siyosiy partiyalarni saylov kampaniyasini oʻtkazish uchun teng shart-sharoitlar bilan taʼminlash, saylovga, referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov, referendum yakunlarini chiqarishning halol boʻlishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462406" id="-2462406">(2<sup>1</sup> — 2<sup>5</sup>-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457135">Qonuniga </a>asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-272617" id="-272617"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-272618" id="-272618">3-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272619" id="-272619">Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kamida oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272620" id="-272620">Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272621" id="-272621">Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi boʻyicha komissiya majlisida saylanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272622" id="-272622">Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2462407" id="edi-2462407"><a href="/mact/-34139?ONDATE=29.09.2004 00#-272623">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462407" id="-2462407">(3-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457150">Qonuniga </a>asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-272624" id="-272624">(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263345">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34321" id="-34321">4-modda. Markaziy saylov komissiyasiga aʼzolik</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462410" id="-2462410"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462414" id="-2462414">Yigirma besh yoshga toʻlgan, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovni, referendumni tashkil etish va oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462416" id="-2462416"></div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462423" id="-2462423">(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457152">Qonuniga </a>asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34324" id="-34324">Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1424862" id="-1424862"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1424870" id="-1424870">Qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzoligiga nomzod etib, ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1424886" id="-1424886">(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli <a href="/mact/-1421428?ONDATE=01.07.2009 00#-1421944">qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-272651" id="-272651"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272655" id="-272655">Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bevosita yoki uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasi boʻyicha toʻxtatilishi mumkin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272656" id="-272656">u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272658" id="-272658">u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-272660" id="-272660">Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href="/mact/-111189#-151145">30-moddasiga</a> muvofiq, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272661" id="-272661">unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272663" id="-272663">u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-272664" id="-272664">(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263352">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34388" id="-34388">Markaziy saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan <a href="/mact/-34139#-272620">tartibda</a> tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34391" id="-34391">Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga binoan unda doimiy asosda ishlashi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462426" id="-2462426"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462428" id="-2462428">Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462430" id="-2462430">(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457156">Qonuniga </a>asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462435" id="-2462435"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2462437" id="-2462437">4<sup>1</sup>-modda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining guvohnomasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462439" id="-2462439">Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi tegishli guvohnomaga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462440" id="-2462440">Markaziy saylov komissiyasi Raisi va uning oʻrinbosarining guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa aʼzolarining guvohnomasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462442" id="-2462442">(4<sup>1</sup>-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457158">Qonuniga </a>asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-272716" id="-272716"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-272717" id="-272717">5-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272718" id="-272718">Markaziy saylov komissiyasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272719" id="-272719">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni oʻtkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish uchun tuziladigan referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov va Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisidagi qonunlarning ijrosini nazorat qiladi, ularning bir xil qoʻllanilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1424970" id="edi-1424970"><a href="/mact/-34139?ONDATE=29.09.2004 00#-272720">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1424970" id="-1424970">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan saylov kompaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1424972" id="-1424972">(5-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli <a href="/mact/-1421428?ONDATE=01.07.2009 00#-1421948">qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272721" id="-272721">saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlaydi, saylov va referendumni tashkil etishga oid masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar berib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272722" id="-272722">saylov okruglarini, referendum okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar sonini koʻrsatgan holda okruglar roʻyxatini eʼlon qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272723" id="-272723">Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari va referendum uchastkalarini qaysi okruglarga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272724" id="-272724">okrug saylov komissiyalarini va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi hamda ularning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272725" id="-272725">saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272726" id="-272726">okrug saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272727" id="-272727">chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilariga saylov va referendumga mandatlar beradi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2858097" id="-2858097"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2858098" id="-2858098">saylovga va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini saylov komissiyalariga hamda referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga, shu jumladan siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun taqsimlaydi, saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylov hamda referendumni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2858104" id="-2858104">(5-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli <a href="/mact/-2851499?ONDATE=30.12.2015 00#-2851941">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1424979" id="edi-1424979"><a href="/mact/-34139?ONDATE=29.09.2004 00#-272729">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1424979" id="-1424979">siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, matbuot, televideniye, radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlarning kuzatuvchilariga moʻljallangan mandat namunasini belgilaydi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1424982" id="-1424982">(5-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli <a href="/mact/-1421428?ONDATE=01.07.2009 00#-1421951">qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272730" id="-272730">taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishiga ijozat berish yuzasidan qaror qabul qiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1424995" id="edi-1424995"><a href="/mact/-34139?ONDATE=29.09.2004 00#-272731">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1424995" id="-1424995">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1424997" id="-1424997">(5-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli <a href="/mact/-1421428?ONDATE=01.07.2009 00#-1421952">qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462453" id="-2462453"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462454" id="-2462454">Oʻzbekiston Ekologik harakatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha konferensiyasini oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462459" id="-2462459">(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457164">Qonuniga </a>asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272732" id="-272732">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, roʻyxatga olingan nomzodlarning roʻyxatlari va ular haqidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilinishini uyushtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272733" id="-272733">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462465" id="-2462465"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462466" id="-2462466">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari sayloviga doir saylov byulletenlarining va saylov varaqalarining, referendumda ovoz berish byulletenining, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar roʻyxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, ovoz berish qutilarining hamda saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462469" id="-2462469">(5-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457167">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272735" id="-272735">saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining saylovga, referendumga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1424998" id="edi-1424998"><a href="/mact/-34139?ONDATE=29.09.2004 00#-272736">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1424998" id="-1424998">saylovning va referendumning yakunini chiqaradi, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ovoz berishning umumiy natijalarini aniqlaydi hamda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yoki referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar soni toʻgʻrisidagi, har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi, referendumga qoʻyilgan masalani yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi axborotni matbuotda eʼlon qiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1425002" id="-1425002">(5-moddaning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli <a href="/mact/-1421428?ONDATE=01.07.2009 00#-1421956">qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272737" id="-272737">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda takroriy ovoz berish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining yoki Senati aʼzolarining takroriy saylovi va boʻshab qolgan oʻrinlarga saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-276031" id="-276031">Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/mact/-111838#-407766">36</a>, <a href="/mact/-111838#-407773">37-moddalariga</a>, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahrirda<a href="/mact/-70937#-406881"> 45—47</a>,<a href="/mact/-70937#-73766"> 57</a>, <a href="/mact/-70937#-73780">60</a>, <a href="/mact/-70937#-73792">61-moddalariga</a> qarang . </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272738" id="-272738">saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlarini, Senatining aʼzolarini roʻyxatga oladi, shuningdek ularning roʻyxatini matbuotda eʼlon qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272739" id="-272739">saylovdan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining birinchi majlisini qonunda belgilangan tartibda chaqiradi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-276040" id="-276040">Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/mact/-51799#-59781">10-moddasiga</a> muvofiq Senatning birinchi majlisi Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/mact/-51961#-58660">10-moddasiga</a> muvofiq Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi saylovdan soʻng ikki oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272740" id="-272740">saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma topshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272741" id="-272741">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatiga va Senatining aʼzosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishonini beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272742" id="-272742">saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlari hamda xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272743" id="-272743">Oʻzbekiston Respublikasining saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlari jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-276042" id="-276042">Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href="/mact/-111453#-262375">146</a> va <a href="/mact/-111453#-262379">147-moddalariga</a> qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462494" id="-2462494"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462496" id="-2462496">boshqa mamlakatlarning saylov organlari, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etadi, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, memorandumlar tuzadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462498" id="-2462498">xorijiy mamlakatlardagi saylovlarni kuzatishda, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida kuzatishda ishtirok etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462501" id="-2462501">xalqaro tashkilotlarni, xorijiy mamlakatlarning saylov organlarini mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatish uchun taklif etadi, oʻz vakillarini kuzatuvchilarning missiyalari tarkibiga yuboradi; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3694633" id="-3694633"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3694634" id="-3694634">saylov va referendumni tashkil etish, oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning idoraviy arxivlarga topshirilishini taʼminlaydi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3694637" id="-3694637">(5-moddasining oʻttiz birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli <a href="/mact/-3689258?ONDATE=19.04.2018 00#-3692648">Qonuni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462505" id="-2462505">Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462506" id="-2462506">jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462507" id="-2462507">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462518" id="-2462518">(5-moddaning yigirma sakkizinchi — oʻttizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457168">Qonuniga </a>asosan yigirma sakkizinchi — oʻttiz toʻrtinchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-272747" id="-272747">(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263355">Qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34487" id="-34487">6-modda. Markaziy saylov komissiyasi Raisining vakolatlari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-272748" id="-272748"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34489" id="-34489">Markaziy saylov komissiyasining Raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34490" id="-34490">Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34493" id="-34493">Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiyaning aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34495" id="-34495">Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va boshqa mansabdor shaxslarni taklif etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34497" id="-34497">davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish koʻradi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1279661" id="-1279661"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1279663" id="-1279663">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov, shuningdek referendum yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga axborot beradi; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462528" id="-2462528"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462529" id="-2462529">Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462530" id="-2462530">Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462531" id="-2462531">(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457177">Qonuniga </a>asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1279665" id="-1279665">tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1279666" id="-1279666">ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1279678" id="-1279678">(6-modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263396">Qonuniga </a>muvofiq oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34503" id="-34503">Markaziy saylov komissiyasining Raisi oʻz vakolatlarini bajarishining imkoni boʻlmagan taqdirda, shuningdek Rais boʻlmaganida, Raisning vazifalari Rais oʻrinbosariga yoki Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan komissiya aʼzolaridan biriga yuklanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34507" id="-34507">7-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34510" id="-34510">Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy koʻrinishi uning majlislari hisoblanib, ular zaruratga qarab oʻtkaziladi. Agar majlisda komissiya aʼzolari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34512" id="-34512">Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari umumiy miqdorining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlinib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-272760" id="-272760"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-272761" id="-272761">8-modda. Markaziy saylov komissiyasi majlisining bayonnomasi </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462532" id="-2462532"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462533" id="-2462533">Markaziy saylov komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritilib, u raislik qiluvchi va Markaziy saylov komissiyasining kotibi tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462534" id="-2462534">(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457181">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272763" id="-272763">Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari alohida fikr bildirishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-272764" id="-272764">(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263400">Qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34519" id="-34519">9-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2858109" id="-2858109"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2858111" id="-2858111">Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, qarorlar Markaziy saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2858113" id="-2858113">Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida oʻsha kunning oʻzida, shuningdek, zarur boʻlgan hollarda, boshqa manbalarda eʼlon qilinishi lozim. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2858117" id="-2858117">(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli <a href="/mact/-2851499?ONDATE=30.12.2015 00#-2851943">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34523" id="-34523">10-modda. Markaziy saylov komissiyasi qarorlarining majburiyligi</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-272765" id="edi-272765"><a href="/mact/-34139?ONDATE=04.08.1998 00#-34524">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272765" id="-272765">Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendumni oʻtkazish komissiyalari uchun, davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-272766" id="-272766">(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263403">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34525" id="-34525">11-modda. Markaziy saylov komissiyasining murojaatlarini koʻrib chiqish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-272767" id="edi-272767"><a href="/mact/-34139?ONDATE=04.08.1998 00#-34527">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-272767" id="-272767">Markaziy saylov komissiyasi saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, boshqa mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli boʻlib, ular masalani koʻrib chiqishlari va uch kun ichida javob berishlari shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-272768" id="-272768">(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son <a href="/mact/-262943?ONDATE=29.09.2004 00#-263403">Qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34528" id="-34528">12-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan shikoyat berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34530" id="-34530">Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berish mumkin. Shikoyat tushgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida, agar saylov yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa — darhol koʻrib chiqilishi lozim.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34532" id="-34532">13-modda. Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34576" id="-34576">Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun uning Kotibiyati tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34578" id="-34578">Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasining kotibi rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34580" id="-34580">Kotibiyatning tuzilishi, shtatlari va uning ish tartibini Markaziy saylov komissiyasining Raisi tasdiqlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34583" id="-34583">14-modda. Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34585" id="-34585">Markaziy saylov komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi uning Reglamentida belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34588" id="-34588">15-modda. Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2462535" id="-2462535"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2462536" id="-2462536">Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida alohida satrda nazarda tutiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2462537" id="-2462537">(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli <a href="/mact/-2456411?ONDATE=05.09.2014 00#-2457182">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-34592" id="-34592">16-modda. Markaziy saylov komissiyasining muhri</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34594" id="-34594">Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-34596" id="-34596">Markaziy saylov komissiyasi yuridik shaxs hisoblanadi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-34598" id="-34598">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-34600" id="-34600">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-34601" id="-34601">1998-yil 30-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-34603" id="-34603">613-I-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-34158" id="-34158">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 95-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
