1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I bob. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida oʻn yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi OʻRQ-306-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabatiga, mashgʻulot turi va xususiyatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish prinsiplari
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash boʻyicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha ovoz berish yashirin boʻlib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.
4-modda. Saylovning saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari taʼminlaydi.
Markaziy saylov komissiyasi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.
Okrug saylov komissiyalarining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishdagi oshkoralik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususidagi maʼlumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar.
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Manfaatdor tashkilotlar oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn besh kun oldin maʼlum qiladilar.
Okrug saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida kuzatuvchi uchun beradi. Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
(5-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
saylov uchastkasida hozir boʻlish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tuzishda hozir boʻlish;
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini soʻrash va ularni olish;
agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asos boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida yuqori komissiyaga maʼlum qilish.
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda ovoz berish kabinasida boʻlish;
saylovchilarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining moliyaviy taʼminoti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni boshqa mablagʻlar hisobidan moliyaviy taʼminlash va oʻzga tarzda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari oʻz mablagʻlarini saylov oʻtkazish uchun ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablagʻlarni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Saylovni oʻtkazishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan qoidalari hamda tartibini buzuvchi shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash va Prezidentlikka saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini erkin ravishda amalga oshirishiga zoʻravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yoʻl bilan qarshilik koʻrsatuvchi shaxslar, shuningdek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin notoʻgʻri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yoʻl qoʻygan saylov komissiyalarining aʼzolari, davlat va jamoat organlarining mansabdor shaxslari qonunda belgilangan yoʻsinda javobgar boʻladilar. Nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan soxta maʼlumotlarni eʼlon qilgan yoki boshqa yoʻsinda tarqatgan, saylov komissiyalari aʼzolariga nisbatan haqoratomuz munosabatga yoʻl qoʻygan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
Ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoat fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (eʼlon qilish), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet tarmogʻiga) joylashtirish taqiqlanadi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
II bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish va saylov komissiyalarini tuzish
(II-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
8-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
9-modda. Saylov okruglarini tuzish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov okruglarini Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzadi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari roʻyxatlarini saylovchilar sonini hamda okrug saylov komissiyalari qayerda joylashganligini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kamida yetmish besh kun qolganida eʼlon qiladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
10-modda. Saylov uchastkalari tuzish
Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi turar joylarida, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari oʻzlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Oʻzbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini saylov okrugiga biriktirish toʻgʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
11-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi. Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va koʻpi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini koʻrsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov komissiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni oʻtkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish tartibi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasining majlislari, agar ularda komissiyaning majlis boʻladigan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida yoʻriqnomalar chiqaradi hamda tushuntirishlar berib boradi;
2) saylov komissiyalari faoliyatini yoʻnaltirib boradi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar ushbu Qonunga zid boʻlsa, bekor qiladi; saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
3) saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
4) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
41) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;
(14-modda ikkinchi qismining 41 bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
6) ommaviy axborot vositalarining saylov kampaniyasida ishtirok etishi va ulardan ushbu Qonunga muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi;
7) pul mablagʻlarini saylov komissiyalariga taqsimlaydi; saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenlarining va varaqalarining, saylovchilar roʻyxatining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;
9) davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
(14-modda ikkinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, saylovning respublika boʻyicha umumiy yakunlarini chiqaradi, saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axborotlarni matbuotda eʼlon qiladi;
101) saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan guvohnoma topshiradi;
11) saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan uzil-kesil qarorlar chiqaradi;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligi haqidagi materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
13) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish
Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va kamida 6-8 nafar aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining vakolatlari
Okrug saylov komissiyasi:
1) butun okrug hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi;
2) saylov uchastkalarini tuzadi, ularning okrug boʻyicha tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
4) siyosiy partiyalar vakillarining, saylov okrugi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
(16-moddaning toʻrtinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
5) saylovchilarning roʻyxatlari tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
6) pul mablagʻlarini uchastka saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;
7) okrug boʻyicha saylov yakunlarini chiqaradi va maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
8) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
17-modda. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5-19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyasi raisi vazifasini vakolatxonalarning rahbarlari amalga oshiradi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
18-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Uchastka saylov komissiyasi:
1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
2) saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda tegishli oʻzgartishlar kiritish masalasini hal qiladi;
3) saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati boʻlmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qiladi;
4) saylov oʻtkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini xabardor qiladi;
5) ovoz beriladigan binolar va saylov qutilari tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berilishini tashkil etadi;
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
9) ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
181-modda. Okrug va uchastka saylov komissiyalariga aʼzolik
Okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari jamoatchilikning obroʻli vakillari orasidan tasdiqlanadi.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni asosida kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
19-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish
Saylov komissiyasining majlislarida komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda ular qonuniy hisoblanadi. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul etiladi. Komissiya qaroriga qoʻshilmagan komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini aytishga haqlidirlar, bu fikrlar yozma tarzda majlis bayoniga ilova qilinadi.
Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul etgan qarorlari barcha davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir.
Saylov komissiyasining qarori va ishidan norozi boʻlib yuqori saylov komissiyasiga, ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollarda esa sudga ariza berish mumkin.
Saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga muvofiq saylov oʻtkazishga ajratilgan mablagʻ hisobidan oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
Saylov komissiyasining aʼzosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Saylov komissiyasining aʼzosini vakolatlaridan mahrum etish huquqiga komissiyani tuzgan organ ega boʻlib, komissiya aʼzosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki oʻz vazifasini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda oʻz vakolatlaridan mahrum etiladi.
Zarurat boʻlganda saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Saylov komissiyalarining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylov komissiyalariga aʼzo boʻlishi mumkin emas.
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Okrug va uchastka saylov komissiyalari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakunlari chiqarilganidan soʻng toʻxtatadi.
20-modda. Saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishlarida koʻmaklashish
Davlat va jamoat idoralari, siyosiy partiyalar idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishlariga koʻmaklashishga, ularning ishi uchun zarur maʼlumot va materiallarni taqdim etishga majburdirlar.
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat va jamoat idoralariga, siyosiy partiyalarning idoralariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat etish huquqiga egadir, ular esa oʻrtaga qoʻyilgan masalani koʻrib chiqib, uch kunlik muddatdan kechiktirmay saylov komissiyasiga javob qaytarishga majburdirlar.
21-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatiga kiritish tartibi
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladilar.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Saylovchi boshqa saylov uchastkalarida saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin emas.
22-modda. Saylovchilarning roʻyxati va uni tuzish tartibi
Saylovchilar roʻyxatini har bir saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi tuzadi hamda uning raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi jamoatchilik vakillarini roʻyxat tuzish ishida qatnashishga jalb etishi mumkin.
Tuman va shahar hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini taʼminlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda yashaydigan saylovchilar toʻgʻrisida saylovchilarning roʻyxatini tuzish uchun zarur maʼlumotlarni beradilar.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan nohiyalarda yashovchi oila aʼzolari va boshqa saylovchilarning roʻyxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar istiqomat joyidagi saylovchilarning roʻyxatiga umumiy asoslarda kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxati mazkur muassasalarning rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida tuziladi.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Saylovchilar roʻyxatida saylovchilarning familiyalari ovoz berishni uyushtirish uchun qulay tartibda koʻrsatiladi.
23-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlari bilan tanishtirish va saylovchilar roʻyxatidagi noaniqliklar xususida shikoyat qilish huquqi
Saylovchilarning roʻyxatlari saylovdan oʻn besh kun oldin, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovdan ikki kun oldin hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan qayerda va qachon tanishish mumkinligi haqida saylovchilarga xabar beradi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar roʻyxati bilan tanishish va uning toʻgʻri tuzilganligini tekshirish imkoni taʼminlanadi.
Har bir fuqaroga roʻyxatga kiritilmaganlik, notoʻgʻri kiritilganlik yoki roʻyxatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek roʻyxatda saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilganlik xususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan yigirma toʻrt soat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol koʻrib chiqib, roʻyxatga zarur tuzatishlar kiritishi yoki arizachiga uning talabi inobatga olinmaganligi toʻgʻrisidagi dalil-isbotli qarorning bir nusxasini berishi shart. Komissiya qarori ustidan tuman (shahar) sudiga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi mumkin, tuman (shahar) sudi shikoyatni yigirma toʻrt soat ichida koʻrib chiqishga majbur. Tuman (shahar) sudining qarori qatʼiydir. Uchastka saylov komissiyasi sudning qaroriga muvofiq saylovchilarning roʻyxatiga darhol tuzatish kiritadi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
III bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR KOʻRSATISh, ULARNI ROʻYXATGA OLISh VA SAYLOV BYuLLETENLARI
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida olti oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
241-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim: saylovda ishtirok etish toʻgʻrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza; Adliya vazirligining siyosiy partiya roʻyxatga olinganligi koʻrsatilgan maʼlumotnomasi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan maʼlumotnomani beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga roʻyxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda eʼlon qilinadi.
(241-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
242-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga bittadan nomzod koʻrsatishi mumkin.
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat oʻz partiyasi aʼzolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Siyosiy partiyaning rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
siyosiy partiya yuqori organining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
siyosiy partiya yuqori organi majlisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi koʻrsatiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning oʻz nomzodi ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta maʼmuriy-hududiy tuzilma namoyandasi boʻlgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan boʻlishi kerak. Maʼmuriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin.
(242-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Siyosiy partiya oʻzining vakolatli vakiliga roʻyxatga olinganlik guvohnomasi berilganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini toʻplashga haqli. Bu sanaga qadar toʻplangan imzolar hisobga olinmaydi.
Saylovchilar faqat bitta nomzodni qoʻllab-quvvatlab, bir martagina imzo qoʻyishga haqli. Bunda saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻygan sanani koʻrsatadi.
Imzo varaqasini imzo toʻplagan shaxs oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini koʻrsatgan holda, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tasdiqlaydi.
Saylovchilar imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va ularni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, har bir viloyat va Toshkent shahri boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyadan roʻyxatga olish uchun hujjatlar qabul qilishni rad etadi.
Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga vakolatli vakiliga belgilangan tartibda maʼlum qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida toʻxtatadi.
(242-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxati ushbu Qonunning 242-moddasida belgilangan hujjatlar asosida roʻyxatga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olingan shaxsga ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida tugallanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyani koʻrsatgan holda eʼlon qiladi.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Quyidagilar:
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
oʻzlariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi munosabati bilan qonun tomonidan taʼqib etilayotgan fuqarolar;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlikdan voz kechish
Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan yetti kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida taklif kiritishi mumkin.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli Qonuni tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya faoliyatini tugatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻz maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovga kechi bilan yetti kun qolganida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
27-modda. Saylov byulleteni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar saylov byulleteniga familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi) va ish joyi koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish boʻlishi kerak.
Markaziy saylov komissiyasining farmoyishiga binoan saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganida davlat tilida nashr etiladi. Okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylov okrugining koʻpchilik aholisi soʻzlashadigan tillarda ham nashr etilishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini saylovga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladilar. Berilgan va olingan saylov byulletenlarining sonini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Saylov byulletenining oʻng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
IV BOB. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLARNING IShONChLI VAKILLARI
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
28-modda. Saylovoldi tashviqoti
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Saylovoldi tashviqoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
281-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari
Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻgʻrisidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga daʼvat etgan holda tarqatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod toʻgʻrisidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga daʼvat etgan holda tarqatish.
Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, soʻzga chiqishlar, saylovchilarning yigʻilishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod toʻgʻrisidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti:
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi) orqali;
bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.
282-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga hajmiga koʻra bir xil boʻlgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yoʻli bilan teng sharoitlar taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq toʻlash shartlari hamda boshqa talablar barcha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun teng va bir xil boʻlishi kerak.
Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos boʻlishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
283-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa maʼlumotlar;
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi toʻgʻrisidagi axborot.
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qoʻyiladi.
284-modda. Saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali olib borish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Ularni oʻtkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi,mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod yoki uning ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
(281 — 284-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
285-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar huquqlarining kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinganlarning hammasi teng huquqlarga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, saylovoldi yigʻilishlarida soʻzga chiqish, televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida saylovni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod roʻyxatga olinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yoʻlovchilar transportining barcha turlarida (shahar yoʻlovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bunga rozilik bergan taqdirda Markaziy saylov komissiyasini darhol xabardor etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni majburiy keltirish, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joy va xizmat binolarini koʻrikdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(281-moddaning raqami Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan 285 raqamiga almashtirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega boʻlishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini oʻtkazishda yordam beradilar, uni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targʻibot olib boradilar. Davlat va jamoat tashkilotlari saylov komissiyalari bilan boʻladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning taqdimnomasiga koʻra ishonchli vakillarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga oladi. Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni asosida chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
V bob. OVOZ BERISh VA SAYLOV YAKUNLARINI ChIQARISh TARTIBI
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida oʻn kun oldin xabardor qiladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, fuqarolarning olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi turar joylarida, shuningdek sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar hamda boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, basharti roʻyxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
31-modda. Ovoz berish tartibi
(31-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda oʻtkaziladi, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlari berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari oʻrnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ular yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali oʻtib keladigan qilib joylashtiriladi.
Ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar oʻz xohish-istaklarini yashirin bildirishlarini taʼminlash, binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish uchun uchastka saylov komissiyasi javobgardir.
Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan oldin uchastka saylov komissiyasining raisi komissiyaning barcha aʼzolari ishtirokida saylov qutilarini tekshiradi, plombalaydi yoki muhrlaydi.
Har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Saylov byulletenlarini tegishli saylov komissiyasi saylov uchastkasi saylovchilarining roʻyxati asosida pasport yoki boshqa guvohnoma koʻrsatilgach beradi. Har bir saylovchi saylov byulleteni olgani haqida saylovchilar roʻyxatidagi oʻz familiyasi roʻparasiga imzo chekadi.
Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining eʼtiboriga yetkaziladi.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligi sabablari (taʼtil, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida oʻz yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi.
Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan toʻldiriladi.
Saylovchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga binoan komissiya aʼzolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
(31-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan beshinchi — oʻn birinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Biron-bir sabab bilan saylovchilar roʻyxatiga kiritilmay qolgan saylovchilar shaxsini va yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladilar.
32-modda. Ovoz berishni oʻtkazish
Ovoz beruvchilar saylov byulletenlarini yashirin ovoz berish uchun ajratilgan kabina yoki xonada toʻldiradilar. Byulletenlarni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining hozir boʻlishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra, saylov komissiyasining aʼzolaridan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.
Saylovchi saylov byulleteniga, oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik (plyus) qoʻyadi.
Toʻldirilgan byulletenni ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
33-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka komissiyasining barcha aʼzolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi.
Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasi tomonidan komissiya raisi ovoz berish tugaganligini eʼlon qilganidan keyin komissiyaning barcha aʼzolari hozirligida ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning asosiy roʻyxati va mazkur roʻyxat ilovasi boʻyicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, shuningdek byulleten olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi. Saylov qutilarida boʻlgan byulletenlar va saylov varaqalari asosida komissiya ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar, varaqalar sonini aniqlaydi. Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va varaqalarga qoʻshimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga belgi-krestik (plyus) qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan byulletenlar va varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligiga shubha tugʻilgan taqdirda masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida koʻrib chiqiladi va bayonnomada aks ettiriladi.
Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
34-modda. Okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida okrug boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari hamda varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar va varaqalar sonini aniqlaydi.
Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiya majlisida aniqlanadi va bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini aniqlash
Markaziy saylov komissiyasi oʻziga kelib tushgan okrug saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida respublika boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; har bir nomzod uchun berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy koʻpchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini ololmagan boʻlsa, saylovchilarning ovozini eng koʻp olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning oʻlimi, nomzodning sogʻligʻi holati saylovda ishtirok etishni istisno etadigan darajada yomonlashganligi yoki Qonunda belgilangan boshqa sabablarga koʻra uning nomzodi olinganligi va shunga oʻxshash sabablar) natijasida bittagina nomzod ishtirok etgan taqdirda, bu nomzod, agar u ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini olgan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
Saylov, agar unda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning 33 (oʻttiz uch) foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, oʻtmagan deb topiladi.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalarini belgilash toʻgʻrisida
Saylov vaqtida yoxud ovozlarni sanab chiqish chogʻida yoʻl qoʻyilgan hamda ovoz berish yakunlariga taʼsir etgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim okruglar yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan ovoz berish yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga tegishlidir.
Ayrim okruglar yoki uchastkalarda saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ana shu okruglar, uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari, basharti bu natijalarsiz ham saylov umuman boʻlib oʻtgan deb topilishi mumkin boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi axborot saylovdan keyin oʻn kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda eʼlon qilinadi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
37-modda. Takroriy ovoz berish
Takroriy ovoz berish kunini Markaziy saylov komissiyasi saylov oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida, lekin saylov oʻtkazilgan kundan kamida oʻn besh kun keyin oʻtkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi.
Takroriy ovoz berishda unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
38-modda. Takroriy saylov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan boʻlsa va u zarur miqdorda ovoz toʻplay olmagan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga takroriy saylov ushbu Qonunda asosiy saylovni oʻtkazish uchun belgilangan tartibda hamda undagi shartlarga rioya etilgan holda oʻtkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Takroriy saylov asosiy saylov oʻtkazilganidan keyin qirq kun ichida oʻtkaziladi.
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis yigʻilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishadi.
Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishgunga qadar bajaradi.
(38 va 39-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 18-noyabr,
414-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 645-modda)