1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.03.00 Sogʻliqni saqlash xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2649-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-fevraldagi 5-sonli ““Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-9, 22.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil18-dekabrdagi 21-son “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649, 2015-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 32-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-oktabr,
115-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-son buyrugʻiga ILOVA
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini belgilaydi.”;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ish stajini” degan soʻzlar “Mutaxassislik boʻyicha ish stajini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
v) 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “uchinchi hamda ikkinchi” degan soʻzlar “uchinchi, ikkinchi hamda birinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Attestatsiyaning birinchi yoki ikkinchi bosqichida” degan soʻzlar “Attestatsiyada” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “attestatsiyaning bir yoki ikki bosqichida” degan soʻzlar “attestatsiyada” degan soʻz bilan almashtirilsin.
o) 40-bandning birinchi xatboshisi “yozma ravishda apellatsiya shikoyati berish” degan soʻzlardan keyin “yoki sudga murojaat qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
p) 2-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 20-oktabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
2017-yil 20-oktabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIQOV
2017-yil 20-oktabr
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)