Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2941]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ishlar vazirining 2021-yil 3-noyabrdagi 415-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3342, 14.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
207-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 23-sentabrdagi 207-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (bundan buyon matnda Fakultet deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Fakultetga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga javob beradigan, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional (bundan buyon matnda boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus professional deb yuritiladi) va oliy maʼlumotga ega boʻlgan, harbiy xizmatni oʻtagan (erkaklar uchun), sogʻligʻining holatiga koʻra va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organlarida xizmat qilishga yaroqli deb topilgan, dastlabki va maxsus-professional tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxslar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
2. Fakultetda oʻqish muddati ichki ishlar organlarining ofitserlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishida 6 oy, ichki ishlar organlarining serjantlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishida 5 oyni tashkil qiladi.
3. Fakultetning “Profilaktika faoliyati” taʼlim mutaxassisligida faqat ichki ishlar organlarining ofitserlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha oʻqitiladi.
4. Fakultetga oʻqishga qabul qilish ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlangan qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Fakultetdagi taʼlim mutaxassisliklari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
5. Fakultetning ichki ishlar organlarining ofitserlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishida oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tanlovda ishtirok etadi.
6. Fakultetning ichki ishlar organlarining serjantlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishida oʻrta maxsus, boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tanlovda ishtirok etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
7. Ofitserlar tarkibi lavozimlari uchun qabul eʼlon qilingan taʼlim mutaxassisliklariga taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi mos kelmagan oliy maʼlumotli shaxslar serjantlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
8. Fakultetda oʻqishga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlari olib boriladi, taʼlim muassasalarida, harbiy qismlar, aholi turar joylarida, tashkilot va muassasalarda uchrashuvlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalarida ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi.
9. Fakultetga oʻqishga qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tanlov eʼlon qilinadi. Tanlovlarni oʻtkazish muddatlari va qabul qilish shartlari ommaviy axborot vositalari, shuningdek Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali keng yoritiladi.
10. Tanlov shartlarida Fakultetga qabul eʼlon qilingan taʼlim mutaxassisliklariga muvofiq keladigan taʼlim yoʻnalishlari yoki mutaxassisliklari boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
11. Fakultetga tinglovchilarni qabul qilish bosqichma-bosqich dastlabki tanlov hamda maxsus-professional tanlov asosida amalga oshiriladi:
12. Dastlabki tanlovda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
dastlabki yakka tartibdagi suhbat;
umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari dastlabki tanlovning hujjatlarni toʻplash va oʻrganish hamda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarida ishtirok etadi.
13. Maxsus-professional tanlov Akademiyada oʻtkaziladi, tanlov davomida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
hujjatlarni oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatini baholash;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bosh boshqarma, boshqarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (bundan buyon matnda IIV-IIBB-IIB deb yuritiladi) boshliqlarining buyrugʻi bilan Fakultetga qabul qilish boʻyicha targʻibot va dastlabki tanlov tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish uchun ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh oʻz faoliyatini qabul yilining yanvar oyi birinchi ish kunidan oktyabr oyi birinchi ish kuniga qadar olib boradi.
15. Fakultetga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi hamda uning tarkibidagi kichik komissiyalar tarkibi tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi Qabul komissiyasining raisi, Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari va Akademiya boshligʻi Qabul komissiyasi raisining oʻrinbosarlari etib tayinlanadi.
16. Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 15-aprel kunidan 15-oktabr kuniga qadar Akademiyada olib boradi. Bunda Akademiya boshligʻi — Qabul komissiyasi raisining oʻrinbosari Qabul komissiyasining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va kichik komissiyalar ishini tashkillashtiradi hamda vazifalarini belgilaydi.
17. Qabul komissiyasi tarkibiga Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining va Akademiyaning xodimlari kiritiladi.
Qabul komissiyasi tarkibiga respublikaning turdosh oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
18. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatni baholash boʻyicha kichik komissiya.
Qabul komissiyasiga yuklatilgan barcha vazifalarning sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha javobgarlik qabul komissiyasining raisi, uning oʻrinbosarlari, kichik komissiya raislari va qabul komissiyasining masʼul kotibi zimmasiga yuklatiladi.
19. Ishchi guruhlari va qabul komissiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasida ishchi guruh tuziladi.
2-bob. Fakultetga qabul qilish boʻyicha targʻibot
20. Fakultetga qabul qilish boʻyicha targʻibotning asosiy maqsadi yoshlarga ichki ishlar organlarida xizmat qilishning mohiyatini va unga qoʻyiladigan talablarni ochib berish hisoblanadi. Fakultetga qabul qilish boʻyicha targʻibot doirasida yoshlarga kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ichki ishlar organlarida muayyan yoʻnalishlar boʻyicha xizmat qilishni tanlashda bevosita yordam koʻrsatiladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan targʻibot boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishi, Internet tarmogʻida Akademiyaning veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishini nazorat qilib boriladi.
22. Fakultetga qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlarini oʻtkazishda Akademiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Fakultetdagi hayot va oʻqishning oʻziga xosligi toʻgʻrisidagi plakatlar, bukletlar, videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini IIV-IIBB-IIBlarga tarqatish;
umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kunlari oʻtkazish.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
23. Fakultetga qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlarini oʻtkazishda IIV-IIBB-IIBlar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
ichki ishlar organlarining faoliyati, Fakultetdagi oʻquv-tarbiyaviy jarayon toʻgʻrisidagi videoroliklar namoyish qilish, shuningdek faxriylar va Akademiyaning vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish;
yoshlar bilan ichki ishlar organlaridagi xizmat toʻgʻrisida davra suhbatlari tashkil etish hamda yakka tartibda tushuntirish ishlarini olib borish;
Akademiya bilan mustahkam aloqalar tashkil etish va bogʻlash.
3-bob. Dastlabki tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
24. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Fakultetga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi uchun sogʻligʻi va ruhiy mosligi, barqaror ichki eʼtiqodi, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash hisoblanadi.
25. Fakultetga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 15-fevralidan 15-apreliga qadar qabul qilinadi.
26. Fakultetga oʻqishga kirishni xohlagan fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi ichki ishlar organiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari xizmat oʻtash joyi boʻyicha rahbar nomiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
27. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
pasport nusxasi;
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi. Tugʻilganlik haqida guvohnoma almashtirilgan yoxud familiya, ismi, ota ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi;
yaqin qarindoshlarining pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnomasi nusxalari;
3 x 4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 x 12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
oʻqish yoki ish joyidan (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) va oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan tavsifnoma;
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (oʻrta maxsus, boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus professional, oliy) hujjatlar nusxasi hamda baholar koʻrsatilgan ilovasi nusxasi;
(27-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
harbiy guvohnomasi nusxasi;
mehnat daftarchasi nusxasi yoki mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma (agar mavjud boʻlsa).
(27-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi xodimi mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi.
28. Ichki ishlar organi xodimlarining bildirgisiga quyidagilar ilova qilinadi:
yaqin qarindoshlarining pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnoma nusxalari;
3 x 4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 x 12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).
29. Fakultetga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganishda quyidagilar birlamchi vazifa hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish;
nomzodning ijtimoiy faolligi va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash.
30. Dastlabki yakka tartibdagi suhbat fuqarolar IIV-IIBB-IIB kadrlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan yakka tartibda oʻtkaziladi. Dastlabki yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
31. Dastlabki yakka tartibdagi suhbatda nomzodga quyidagilar tushuntiriladi:
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyati, nomzodning davlatni himoya qilish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlari;
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkuraga va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz turishning ahamiyati;
burchni his etish, qatʼiyatlilik, ishchanlilik va mehnatsevarlik xislatlariga ega boʻlish;
ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi va moddiy taʼminoti.
32. Dastlabki yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgandan keyin 15 kun ichida IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi baholanadi. Umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan oʻtolmagan nomzodlar dastlabki tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻxtatiladi.
33. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha nomzodning sogʻligʻiga koʻra ichki ishlar organlarida xizmat qilishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Sogʻligʻining holatiga koʻra ichki ishlar organlarida xizmat qilishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar maxsus-professional tanlov tadbirlariga qoʻyilmaydi.
34. Nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida ichki ishlar organlarida xizmat qilishga toʻsqinlik qiluvchi salbiy maʼlumotlar aniqlanganda yoki sogʻligʻining holati boʻyicha xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda hujjatlarini rasmiylashtirilishi toʻxtatilib, ularni ichki ishlar organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va bu haqida nomzodga yozma xabar qilinadi.
35. Dastlabki tanlov tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi oʻrnatilgan tartibda toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlarni maxsus-professional tanlov tadbirlarida ishtirok etishga yuborish toʻgʻrisida IIV-IIBB-IIB tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi.
36. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari IIV-IIBB-IIBlar tomonidan qabul yilining 15-avgust kuniga qadar Akademiyaga yuboriladi.
4-bob. Maxsus-professional tanlov
37. Nomzodlarning intellektual salohiyati, maʼnaviy-axloqiy saviyasini, umumiy dunyoqarashini, oʻz nuqtai nazarini asoslab berish qobiliyatini hamda ichki ishlar organlarining oʻziga xos kasbiy faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini aniqlash maxsus-professional tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar Bosh boshqarmasida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan har yili 5-sentabrga qadar qabul komissiyasi bilan kelishilgan holda maxsus-professional tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, IIV-IIBB-IIBga yuboriladi.
IIV-IIBB-IIB ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni maxsus-professional tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan toʻliq holda yetib kelishlarini taʼminlaydi.
39. Maxsus-professional tanlov tadbirlarini oʻtkazish davomida nomzodlar turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanmaydi.
40. Qabul komissiya tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini roʻyxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.
41. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻiga koʻra nomzodning ichki ishlar organlarida xizmat qilishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Sogʻligʻining holatiga koʻra ishlar organlarida xizmat qilishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maxsus-professional tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
42. Nomzodlarning ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatini baholash mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi kichik komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
43. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan metodika asosida qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining bitiruvchilari boʻlgan nomzodlarga ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbatda toʻplagan umumiy ballarining 20 foizi miqdorida imtiyoz balli qoʻshib beriladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻining tavsiyasiga asosan Fakultetga kvota asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
5-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
45. Maxsus-professional tanlov tadbirlari yakunida Qabul komissiyasi nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi hamda oʻtkazilgan ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarining umumiy yigʻindisiga koʻra hududiy qabul kvotalari (oʻrinlar) boʻyicha nomzodni Fakultetga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Fakultetga oʻqishga qabul qilingan nomzodlar roʻyxati Akademiyaning qabul yigʻini oʻtkaziladigan joyga osib qoʻyiladi.
46. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomning 8-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur bayonnoma nomzodlarni Fakultetga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
47. Fakultetga oʻqishga qabul qilingan ichki ishlar organlari harbiy xizmatchilari va xodimlariga oʻz xizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun ularning oʻqishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruqdan koʻchirma beriladi.
48. Maxsus-professional tanlovga belgilangan muddatda yetib kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha ravishda tadbirlar oʻtkazilmaydi.
49. Ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatni baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra ikki yoki undan ortiq nomzodlarning toʻplagan umumiy ballari teng boʻlib qolgan taqdirda ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadi.
50. Maxsus professional tanlov boshlanishidan oldin ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatni baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
51. Apellatsiya komissiyasiga nomzodlar tomonidan ariza va shikoyatlar qabul komissiyasi yigʻilishining oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi bayonnomasi eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida berilishi mumkin.
Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi. Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
6-bob. Yakuniy qoidalar
52. Nomzodlar belgilangan qoidalarga va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda Qabul komissiyasi qarori asosida tanlovning istalgan bosqichida undan chetlatilishi mumkin.
53. Fakultetga oʻqishga kira olmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari maxsus-professional tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli IIV-IIBB-IIBga qaytarib yuboriladi.
54. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Akademiyada saqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
____________________________________ga (ichki ishlar organi boshligʻining F.I.O.)
____________________________________da (nomzodning yashash joyi)
yashovchi____________________________ dan (nomzodning F.I.O.)
ARIZA
Menga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakultetining_____________
_____________________________________________________________________________________ yoʻnalishining (maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishi nomi)
Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlaridagi xizmatga munosabati:___________________ _________________________________________________________________________________________________
Nomzodning ichki ishlar organlaridagi xizmat�i tanlashining sabablari va asoslari:____________________________ _________________________________________________________________________________________________.
Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar: ________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________
Nomzodga ichki ishlar organlarining faoliyati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy
tayyorgarlik fakultetiga oʻqishga qabul qilish tartibi va undagi oʻquv-tarbiyaviy jarayoni toʻgʻrisida batafsil
tushuntirildi.
______________________________________(yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxsning unvoni, lavozimi va F.I.O.)
_________(imzo)
20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-§. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida kelishi lozim.
4. Nomzod yigitlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
toʻsinda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Nomzod qizlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
6. Qish mavsumida nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) oʻtkaziladi, qish mavsumida ob-havo qulay boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda barcha nomzodlar 100 metrga yugurish mashqi oʻrniga 10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqini, nomzod yigitlar 3000 metrga yugurish mashqi oʻrniga 1000 metrga yugurish mashqini, nomzod qizlar 1000 metrga yugurish mashqi oʻrniga 400 metrga yugurish mashqini bajaradi.
7. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
8. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
9. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2-§. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
10. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
11. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
100 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 15,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
12. 10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqi start va 10 metrdan keyin qaytish chiziqlari bilan belgilangan tekis va qattiq joylarda oʻtkaziladi.
10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqini nomzod yigitlar 33,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 55,0 soniya ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
13. 3000 (1000, 400) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
3000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
1000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 4,30 daqiqada ichida, nomzod qizlar esa 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
400 metrga yugurish mashqini nomzod qizlar 2,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
14. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
15. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
16. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilingandan soʻng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
17. Ikkinchi mashqni bajarishda:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
18. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarining kamida ikkitasini bajargan taqdirda umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
19. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
20. Qaydnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bosh boshqarma, boshqarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash QAYDNOMASI
____________________________(unvoni va F.I.O.)
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
______________________________________ (ichki ishlar organi boshligʻining unvoni, F.I.O. va imzosi)
20 ___ yil “___” ___________
Nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakultetiga maxsus-professional tanlov tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida XULOSA
______________________________________________________________________________________________ ni (nomzodning F.I.O., harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun — maxsus yoki harbiy unvoni, lavozimi)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakultetiga maxsus-professional
tanlov tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida.
______________________________________(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________________________(F.I.O.)
______________________________________(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________________________(F.I.O.)
______________________________________(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________________________(F.I.O.)
20___ yil “___” ______________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatni baholash
METODIKASI
1-§. Umumiy qoidalar
1. Nomzodning ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatini baholash uning aqliy salohiyatining rivojlanganlik darajasi, mantiqan fikrlashi, tahlil qila olish qobiliyati va kuzatuvchanlik kabi xususiyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi hamda unga test topshiriqlari (bundan buyon matnda test sinovi deb yuritiladi) berish orqali aniqlanadi.
2. Test sinovi quyidagi test topshiriqlaridan iborat:
“Shaxs intellektual xususiyatlarining saviyasi”ga oid alohida aqliy salohiyatning rivojlanganlik darajasini, mantiqan fikrlashi, tahlil qila olishi, toʻgʻri qaror qabul qila olishi, boʻlgʻusi kasbiy faoliyati va samarali kasbiy tayyorgarligini belgilovchi fikrlashining boshqa shakllarini aniqlash imkonini beradigan 30 ta topshiriq;
“Kuzatuvchanlik va eʼtiborligiga xos xususiyatlar”ga oid nomzodning ruhiy va kasbiy kuzatuvchanlik, eʼtiborliligi kabi kasb uchun ahamiyatli xislatlarning rivojlanganlik darajasini aniqlash imkonini beradigan 20 ta topshiriq.
3. Test sinovi uchun test topshiriqlari serjantlar tarkibi va ofitserlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishlari uchun kasbga qoʻyiladigan talablardan kelib chiqib alohida ishlab chiqiladi.
4. Test sinovi oʻtkaziladigan kuni nomzodlarda fuqarolik pasporti yoki xizmat guvohnomasi boʻlishi shart, ularga asosan nomzodlarga qabul sinovlarida ishtirok etish huquqini beruvchi shifrli kartochka beriladi.
5. Test topshiriqlari, ularning javoblari qabul komissiyasi tarkibidagi tegishli kichik komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
6. Test topshiriqlari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
2-§. Test sinovini oʻtkazish va natijalarini aniqlash
7. Test sinovi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi test markazining (bundan buyon matnda Test markazi deb yuritiladi) kompyuter sinflarida oʻtkaziladi.
8. Nomzodlar Test markaziga belgilangan guruhlar tarkibida keladi, roʻyxat boʻyicha kiritiladi hamda qoʻyilgan raqamli kartochkalardan birini ixtiyoriy ravishda tanlaydi. Tanlangan kartochkada aks etgan raqam guruh roʻyxatida uni tanlagan nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisiga qayd etib qoʻyiladi. Soʻngra nomzod test sinovi oʻtkaziladigan kompyuter sinfiga kirib, kompyuterlardan birining qarshisiga oʻtiradi.
9. Test sinovi boshlanishidan oldin 10 daqiqa davomida nomzodlarga test topshiriqlarini kompyuterda maxsus test dasturi asosida yechish, test sinovini oʻtkazish va natijalarini aniqlash tartibi tushuntiriladi va tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi hamda nomzodlar oʻzi tanlagan raqamni ushbu kompyuterdagi maxsus test dasturiga kiritadi.
Bu vaqt test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqtga kirmaydi.
10. Test sinovini topshirish vaqtida nomzod 50 ta test topshirigʻini bajaradi. Har bir nomzod uchun kompyuter dasturiga asosan alohida topshiriqlar tanlab olinadi. Test sinovini topshirish vaqti 60 daqiqaga teng.
Nomzodlarning test sinovi natijalarini baholash kompyuter dasturiga kiritilgan algoritmga muvofiq toʻgʻri javoblar soni va topshiriqlarning murakkablik darajasiga koʻra amalga oshiriladi.
11. Test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt doirasida savollarga javob berishga ulgurmagan nomzodga qoʻshimcha vaqt va javoblari belgilanmagan savollar uchun ball berilmaydi. Test topshiriqlarini bajargan nomzodga kompyuter sinfidan chiqishga ruxsat beriladi.
12. Test sinovi uchun maksimal ball 100 ballni tashkil qilib, uning natijalari 0 dan 100 ballgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.
13. Test sinovi boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha nomzodlar bilan savol-javob qilinmaydi.
14. Test sinovi oʻtkaziladigan joyga kirishda nomzod kalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test jarayoni davomida boshqa nomzodga yordam bersa, nomzod test sinovini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi. Bu haqda test sinovini oʻtkazish boʻyicha kichik komissiyasi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
15. Test sinovi natijalari guruhlar tarkibida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
Ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatni baholash metodikasiga ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga kasbiy-psixologik layoqatni baholash QAYDNOMASI
“_____” guruh
20__yil “___” ________________
T. r
F.I.O
Shifrli kartochka raqami
Ball
Kichik komissiyasi raisi
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
Kichik komissiyasi aʼzolari:
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
______________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
METODIKASI
1-§. Umumiy qoidalar
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodlarning Oʻzbekiston tarixi, yuridik fanlar boʻyicha bilimlari va umumiy dunyoqarashini baholash maqsadida ogʻzaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.
2. Nomzodlar sonidan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qabul qilish uchun bir yoki bir nechta komissiyalar tuzilishi mumkin. Bunda, barcha komissiyalar aʼzolari soni teng etib belgilanadi.
3. Yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar komissiya aʼzolari, tarix, yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaxassislar hamda psixologlar tomonidan tuziladi va savollar boʻyicha bilet variantlari tayyorlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Savollar roʻyxati va bilet variantlari komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va komissiya masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollar roʻyxati va bilet variantlari oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
5. Yakuniy suhbat kuni nomzodlarda fuqarolik pasporti yoki xizmat guvohnomasi boʻlishi shart.
2-§. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzod 3 ta savoldan iborat biletga javob beradi.
Har bir biletda:
birinchi savolda — Oʻzbekiston tarixi boʻyicha;
ikkinchi savolda — yuridik fanlar boʻyicha;
uchinchi savolda — umumiy dunyoqarashini aniqlash boʻyicha masala beriladi.
7. Ichki ishlar organlarining serjantlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarga beriladigan savollar mazmuni taʼlim mutaxassisligi huquqshunos va tarix fanlariga ixtisoslashmagan umumiy, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim uchun moʻljallangan oʻquv dasturlariga muvofiqlashtirilgan holda tuziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2941-1, 25.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 10/20/2941-1/0359-son)
8. Ichki ishlar organlarining ofitserlar tarkibi xodimlarini maxsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun nomzodlarga beriladigan savollar mazmuni taʼlim mutaxassisligi huquqshunos va tarix fanlariga ixtisoslashmagan tayanch oliy taʼlim uchun moʻljallangan oʻquv dasturlariga muvofiqlashtirilgan holda tuziladi.
9. Nomzodlarning umumiy dunyoqarashini aniqlash boʻyicha tuziladigan savollar, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimi va dunyoqarashi, respublika va dunyoda boʻlayotgan voqealardan xabardorligi, dinlar haqidagi tushunchasi va munosabati, vatanparvarlik haqidagi tasavvurlari hamda ichki ishlar organlari faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa muhim jihatlarni aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻladi.
10. Nomzodlar suhbatga tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha ketma-ketlikda yakka tartibda kiritiladi va biletlardan birini tanlaydi.
11. Nomzodlar biletlardan birini tanlab olgach, savollarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Agarda nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishiga ruxsat etiladi.
3-§. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
12. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik balli aniqlanadi.
13. Nomzodning savollarga javoblari quyidagi 4 ta mezon boʻyicha alohida baholanadi:
1. Savolning mazmun va mohiyatini ochib berish.
2. Savolga javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalash.
3. Savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlash.
4. Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ hujjatlarga murojaat qilish.
14. Har bir mezon 9 ta baholash darajasiga ega:
maksimal;
juda yuqori;
yuqori;
oʻrtadan yuqori;
oʻrta;
oʻrtadan past;
past;
juda past;
qoniqarsiz.
T.r.
Baholash mezonlari
Mezonlarni baholash darajasi
(ballarda)
Maksimal
Juda yuqori
Yuqori
Oʻrtadan yuqori
Oʻrta
Oʻrtadan past
Past
Juda past
Qoniqarsiz
1.
Savolning mazmun va mohiyatini ochib berish.
20
18
16
14
12
10
6
2
0
2.
Savolga javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalash.
20
18
16
14
12
10
6
2
0
3.
Savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlash.
20
18
16
14
12
10
6
2
0
4.
Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ hujjatlarga murojaat qilish.
20
18
16
14
12
10
6
2
0
15. Nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi.
16. Guruhdagi barcha nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazilgandan soʻng nomzod unga tegishli qaydnomani imzolaydi. Mazkur qaydnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning masʼul kotibiga topshiriladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha QAYDNOMA