1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.03.00 Banklar jamgʻarmalari va zaxiralari. Kapitallashtirish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2693-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
26/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/7-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“34. Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 12,5 foizdan kam boʻlmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
K1 = RK / TAUS.
2019-yil 1-yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda K1 ning eng kichik darajasini 0,13 (13,0 foiz) miqdorida taʼminlashlari shart.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qoʻshimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan kapital zaxirasining taʼminlanishini kafolatlash hisoblanadi.”.
“36. Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital boʻlishini hisobga olgan holda va Bazel 3 meʼyorlariga muvofiq K2 koeffitsiyenti 2017-yilning 1-yanvaridan 0,095 (9,5 foiz) va 2019-yilning 1-yanvaridan 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.”.
5. 37-bandning jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin: