toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Taʼkidlash lozimki, respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash koʻlamini kengaytirish, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari spektorlarini koʻpaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirish imkonini berdi.
Shu bilan birga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan toʻlaqonli hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash, aholi va xoʻjalik subyektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlash vazifalari dolzarb boʻlib qolmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ichki valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida tijorat banklarining barqarorligi va moslashganligi boʻyicha ularni stress-testlardan oʻtkazish natijasida banklarning moliyaviy holati va valyuta pozitsiyalariga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir qator kamchiliklar aniqlandi, oʻz navbatida ularning oqibatlari banklarning likvidligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5177-sonli Farmoni, shuningdek, bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” ATBning avval xorijiy valyutada shakllantirilgan ustav kapitallarini belgilangan tartibda xorijiy valyutani sotish yoʻli orqali milliy valyutaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq, tijorat banklari tomonidan valyuta mablagʻlarini sotishdan olingan daromad (foyda) soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi va ularning aksiyadorlari ulushini oshirishda foydalaniladi.
3. Tijorat banklari:
xoʻjalik subyektlarining muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishi;
xoʻjalik subyektlarining bank kassalaridan olgan naqd puldan maqsadli foydalanishlari ustidan nazorat qilish kabi ularga xos boʻlmagan funksiyalardan ozod etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimli asosda quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va amalga oshirishni taʼminlasin:
tijorat banklari faoliyatiga umumeʼtirof etilgan zamonaviy normalar, standartlar va baholash koʻrsatkichlarini joriy etish, bank-moliya tizimi koʻrsatkichlarini xalqaro reyting baholash tashkilotlari hamda milliy mustaqil reyting baholash tizimiga muvofiq xolisona baholashni yanada takomillashtirish;
xalqaro bank nazorati tamoyillari talablari doirasida tijorat banklarining kapitallashuvi yetarliligi, likvidlik va barqarorligi boʻyicha talablarni bajarishni taʼminlash;
bank tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini, shu jumladan, tijorat banklarida tavakkalchilik-menejmenti tizimini, xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagi va ekspertlarini jalb etib, Bank nazorati boʻyicha bazel qoʻmitasi tavsiyanomalarini hisobga olgan holda takomillashtirish;
banklarning raqobatdoshligi darajasini oshirish hamda banklarni ilgʻor bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish;
bank-moliya xizmat koʻrsatish sohasida aholining moliyaviy savodxonligi hamda huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish;
aholining mamlakatimiz bank tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, mijozlarning bank tizimiga boʻlgan talablarini doimiy monitoring qilib borish, bank xizmatlari koʻrsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning ehtiyojlarini qanoatlantiradigan ilgʻor bank xizmatlari koʻrsatish.
5. Quyidagilar tijorat banklariga tavsiya etilsin:
2018-yilning 1-apreligacha banklarni ilgʻor amaliyot va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatdosh muassasasiga sifatli transformatsiya qilishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
bank tavakkalchiligi va uning vujudga kelishini barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraf etishda bank imkoniyatlarini oshirish uchun turli ssenariylarni qoʻllagan holda, har chorakda likvidlik pozitsiyalarining stress-testlarini olib borish;
banklar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan bank aktivlari tuzilmasi va kredit portfeli holatini yaxshilash, shuningdek, xorijiy valyutada berilgan, ishlamayotgan kreditlar ulushini kamaytirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish;
kreditlarni soʻndirish muddatlari va tasdiqlangan jadvallarga qatʼiy rioya qilishni, kreditlar boʻyicha qarzdorlarning muddati oʻtgan qarzdorliklarning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha barcha zarur chora- tadbirlarni koʻrish, bankning toʻlay olish qobiliyatidan kelib chiqib, kreditlar boʻyicha muddatlar va foizlar stavkalarini belgilash hamda zarar koʻrib ishlayotgan tashkilotlarni kreditlash amaliyotini tugatish;
bankning oqilona daromaddorligini hisobga olgan holda, bank xizmatlari jozibadorligini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish maqsadida tarif siyosatini maqbullashtirish;
bank-moliya faoliyati sohasidagi kadrlarni, ayniqsa tavakkalchilik-menejmenti masalalari uchun javobgarlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
6. Oʻzbekiston banklari uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda ilgʻor bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar kompleksi) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, vazirliklar va idoralar, tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2017-2018-yillarda maqsadli va hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida import oʻrnini bosish xarajatlari qismini toʻlash uchun konvertatsiyani xorijiy kredit liniyalari va mahalliy tijorat banklarining xorijiy valyutadagi kreditlariga almashtirish masalalari har bir qarzdor bilan ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — loyihalar tashabbuskorlari, masʼul ijrochi tashkilotlar rahbarlari bilan bir qatorda — investitsiya loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, har yili tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manzilli dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan kredit resurslaridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
9. Belgilansinki, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
tijorat banklari va ularning filiallari faoliyatiga aralashish, shu jumladan, kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiligini boshqarish, shuningdek, tasdiqlangan biznes-rejalarda nazarda tutilmagan xayriya va badal xarajatlarini amalga oshirish;
tijorat banklarining ijobiy hulosalarisiz, ularning resurslari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan loyihalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlariga kiritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tijorat banklarining faoliyatiga davlat organlarining maʼmuriy aralashuviga yoʻl qoʻymaslik qismi boʻyicha banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etish yuzasidan nazoratni kuchaytirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda xorijiy moliya institutlariga, chet el va mahalliy tijorat banklariga berilgan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar qismida tegishli mablagʻlar nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-sentabr,
PQ-3270-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga
1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda ilgʻor bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish
CHORA-TADBIRLARI KOMPLEKSI

T.r.

Chora tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

I. Tijorat banklarining kapitallashtirish va likvidlik darajasini oshirish, bank tavakkalchiliklarini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish

a) tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 320 million AQSH dollari va “Asaka” ATBning 108 million AQSH dollari miqdorida ilgari xorijiy valyutada shakllantirilgan ustav kapitalini milliy valyutaga oʻtkazib, keyinchalik xorijiy valyutani toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida talab va taklif kursi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilish.

Hukumat qarori loyihasi

2017-yil
IV chorak

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari

2.

Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq aksiyadorlik-tijorat banklari ham ustav kapitalini olingan foyda hisobiga aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan koʻpaytirishga haqlidirlar.

““Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi

2018-yil
I chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaziy bank,
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi

3.

Tijorat banklarining jami kapitalini, jumladan, aksiyalarni qoʻshimcha ravishda chiqarish hisobiga, 2017 — 2021-yillarda uning oʻsishini oʻrta hisobda 2 baravar taʼminlagan holda koʻpaytirish.

Tijorat banklari kengashlarining hamda aksiyadorlari umumiy yigʻilishlarining qarorlari

Qarorlar qabul qilish har yili
1-iyulgacha; amalga oshirish — 2017-2021-yillarda

tijorat banklari, Markaziy bank

4.

Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq banklarning taʼsischilari (aksiyadorlari) har yili moliyaviy natijalar asosida va stress-testlarning yakunlari boʻyicha bank nazorati xalqaro prinsiplarining talablari doirasida tijorat banklari kapitalining yetarligi, likvidligi va barqarorligini taʼminlashga oid taʼsirchan choralarni koʻradilar.

Tahlillar natijalari boʻyicha choralar koʻrish

Har yili

tijorat banklari, Markaziy bank

5.

Tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Markaziy bankning soʻrovnomasi boʻyicha Markaziy depozitariyning taqdim etishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish.

““Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish

2018-yil
II chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi.
Markaziy bank, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi

b) tijorat banklarining likvidlik darajasini saqlab turish

6.

2017 — 2021-yillar davrida aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning jalb etiladigan depozitlari hajmlarini kamida 2,1 baravar oshirish yoʻli bilan tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — III chorak 2017-yil; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

7.

Bank aktivlari boʻyicha ehtimol tutilgan yoʻqotishlarni qoplash uchun shakllantirilgan majburiy zaxiralar dipozitiga mablagʻlar oʻtkazish tartibini bekor qilish yoʻli bilan tijorat banklarining likvidligini yanada qoʻllab-quvvatlash.

Aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimol tutilgan yoʻqotishlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirish, shuningdek, tijorat banklarida ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish (14.07.2015-yildagi
2696-son bilan qayd etilgan)

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank

8.

Tijorat banklari tomonidan taʼminlanmagan korporativ obligatsiyalar chiqarilishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish boʻyicha takliflar kiritish.

Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emission qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatiga olish Qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish (30.08.2009-yildagi 2000-son bilan qayd etilgan)

2018-yil
II chorak

Markaziy bank, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

9.

Ipoteka qimmatli qogʻozlarini chiqarish, muomalaga kiritish va soʻndirishning qonunchilik bazasini yaratish.

“Ipoteka qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2019-yil
III chorak

Markaziy bank, Davlat raqobat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi,
Adliya vazirligi

v) bank tizimini institutsional rivojlantirishni davom ettirish, bank tavakkalchiliklarini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish

10.

№ 9-moliyaviy hisobotning Xalqaro standarti boʻyicha moliyaviy aktivlar tasnifi va bahosining yangi talablarini joriy etish yoʻli bilan tijorat banklarining moliyaviy hisobotini tayyorlash sifatini oshirish.

Bank kengashlarining qarori

2017-yil
IV chorak

Tijorat banklari, Markaziy bank

11.

Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari (YETTB, XMK)ning tavakkalchiliklarini taqsimlash Dasturini tatbiq etish.

Xalqaro moliya institutlari bilan bitimlarni imzolash

2018-yil
II chorak

Markaziy bank, tijorat banklari, lizing kompaniyalari

12.

Tijorat banklari likvidli pozitsiyalarini yagona metodologiya bilan doimiy asosda stress-testlardan oʻtkazib turgan holda, bankning moliyaviy holati yomonlashuviga taʼsir qiluvchi ?millarga barvaqt chora koʻrish va ularni belgilash metodikasi qoidalarini ishlab chiqish.

Markaziy bank boshqaruvi qarori

2018-yil
IV chorak

Markaziy bank, tijorat banklari

13.

Xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklarining texnikaviy koʻmagi va ekspertlarini jalb etish orqali, FSAP dasturidan foydalanib, Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tavsiyanomalarini hisobga olgan holda bank tavakkalchiligining boshqarish va baholash tizimini, shu jumladan tijorat banklarida tavakkalchilik-menejmenti tizimini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil
IV chorak

Markaziy bank

II. Ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash asosida koʻrsatilayotgan bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish va sifatini yaxshilash

a) mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini taklif etayotgan samarali bank faoliyatini amalga oshirish

14.

Aholining mamlakat bank sektoriga ishonchini yanada mustahkamlash, mijozlar talab-ehtiyojlarining doimiy monitoringni yuritish, bankning xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish, har bir mijozning ehtiyojini qondira oladigan ilgʻor bank xizmatlarini koʻrsatish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — doimiy

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

15.

Bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish va bankning ratsional foyda keltirishini hisobga olgan holda yangi mijozlarni jalb etish maqsadida taʼrif siyosatini optimallashtirish.

Tijorat banklari kengashlarining qarori

2017-yil IV chorak

tijorat banklari, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi

16.

Aholining bank-moliya xizmatlari sohasidagi moliyaviy savodxonligini va huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillarda

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

17.

Tijorat banklarining takliflarini hisobga olgan holda inkassatsiya xizmati tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning jadvallari va tariflarini maqbullashtirish.

Tariflarning yangi rejasini ishlab chiqish

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank

18.

Plastik kartalarning muomalada boʻlish muddatlarini 3 yildan
5 yilgacha uzaytirish, shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda naqdsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish.

Bitimga oʻzgartirishlar kiritish

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi,
Yagona umumrespublika protsessing markazi

19.

Tijorat banklari tomonidan mijozlar — jismoniy shaxslarni indentifikatsiya qilish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi (pasport maʼlumotlari) va Davlat soliq qoʻmitasi (STIR) axborot tizimlarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2018-yil

Markaziy bank,
IIV, DSQ,
tijorat banklari

20.

Kredit berish amalga oshiriladigan shartlar toʻgʻrisida, shu jumladan “kreditning toʻliq qiymati” iborasini kiritib, kreditni olish va unga xizmat koʻrsatish, (soʻndirish) bilan bogʻliq istisnosiz barcha toʻlovlar haqida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga batafsil axborot taqdim etish.

Tijorat banklarining kredit siyosatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil
I chorak

tijorat banklari, Markaziy bank

b) ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash

21.

Tayanch stansiyalar sonini, shu jumladan CDMA-450 texnologiyasini qoʻllagan holda koʻpaytirish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish obyektlarida, xususan olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida tarmoqlarni qoplash zonalarini kengaytirish, tayanch stansiyalarni elektr energiyaning muqobil manbalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish, shuningdek, onlayn toʻlov terminallarida foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan tarif rejalarini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2018-2021-yillarda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, mobil aloqa tarmoqlari operatorlari, Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

22.

Davlat xizmatlarini yetkazib beruvchilarning billing tizimlarini aholiga toʻlovlarni real vaqt rejimida elektron tarzda qabul qilish yoʻli bilan koʻrsatilayotgan xizmatlar, shu jumladan davlat bojlari va pasport-viza faoliyati, fuqarolik holati aktlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda notarial idoralarining qoʻshimcha hujjatlarini berish uchun qabul qilish orqali aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish uchun Markaziy bank hisob-kitoblari kliring tizimi bilan keng integratsiyalash.

Chora-tadbirlar kompleksi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2018-yil

Markaziy bank, tijorat banklari, IIV,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

23.

Ijtimoiy yoʻnaltirilgan, omonatlarni saqlovchi turli bank kredit mahsulotlarini, pul joʻnatmalari, shu jumladan ijtimoiy, oilaviy “ko-brending” plastik kartochkalarini chiqarish, ragʻbatlantiruvchi, diskont va bonusli loyihalarni amalga oshirish orqali toʻlov va pul mablagʻlarini jamgʻarishning qulay va ishonchli vositasi sifatida plastik kartochkalarni yanada ommalashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllagan holda bank hisobvaraqlariga masofaviy va kontaktsiz xizmat koʻrsatish (“bank-mijoz”, “internet-banking”, “mobil bank”, “SMS-banking”) tizimini yanada takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Tasdiqlash har yili
30-yanvargacha; amalga oshirish — jadval boʻyicha

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

25.

Yangi standartlashtirilgan bank mahsulotlari va xizmatlari, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy yechimlarning yutuqlar negizida faoliyat yuritayotgan avtomatlashtirilgan bank tizimlarini modernizatsiya qilish.

Texnik hujjat tayyorlash

2018-yil
II chorak

tijorat banklari, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, Markaziy bank

III. Tijorat banklari kredit portfelining yanada oʻsishini va sifati yaxshilanishini taʼminlash, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda, iqtisodiyotni kreditlashda ularning ishtirokini yanada kengaytirish

a) tijorat banklarining kredit portfeli sifatini yaxshilash

26.

Umumiy miqdori 7 220 mlrd. soʻm boʻlgan, soʻndirish muddati 2017-yil oxirida tugaydigan kreditlarni soʻndirish jadvallariga qatʼiy muvofiq ravishda undirib olish choralarini kuchaytirish, shu jumladan:

Oʻzmilliybankka — 979,5 mlrd. soʻm;

“Asaka” ATBga — 822,8 mlrd. soʻm;

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga — 671,1 mlrd. soʻm;

“Ipoteka-bank” ATBga — 589,9 mlrd. soʻm;

AT Xalq bankiga — 419,7 mlrd. soʻm;

“Agrobank” ATBga — 387,7 mlrd. soʻm;

“Qishloq qurilish bank” ATBga — 268,6 mlrd. soʻm;

“Mikrokreditbank” ATBga — 263,5 mlrd. soʻm;

“Turon bank” ATBga — 91,4 mlrd. soʻm.

Soʻndirish jadvallariga muvofiq

Jadvalga muvofiq 2017-yil oxirigacha

tijorat banklari

27.

Quyidagi yoʻllar bilan aktivlar sifatini yaxshilash:

750,4 mlrd. soʻmlik muammoli kreditlarni undirib olish, shu jumladan 2017-yilda 290 mlrd. soʻmlik kreditlarni, shulardan:

Oʻzmilliybank boʻyicha — 162,6 mlrd. soʻm (2017-yilda — 88,5 mlrd. soʻm), AT Xalq banki boʻyicha — 110 mlrd. soʻm (2017-yilda — 25,6 mlrd. soʻm), “Mikrokreditbank” ATB boʻyicha — 103,8 mlrd. soʻm (2017-yilda — 10,4 mlrd. sum),

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boʻyicha — 76,6 mlrd. soʻm (2017-yilda — 23,4 mlrd. sum),

“Asaka” ATB — 72,7 mlrd. soʻm (2017-yilda — 27,8 mlrd. soʻm);

ilgari berilgan kreditlar boʻyicha balansga qabul qilingan 232,7 mlrd. soʻmlik, shu jumladan, 2017-yilda 134 mlrd. soʻmlik, shulardan:

“Asaka” ATB boʻyicha — 132 mlrd. soʻmlik (2017-yilda — 94 mlrd. soʻmlik); Oʻzmilliybank boʻyicha— 34 mlrd. soʻmlik (2017-yilda — 1,7 mlrd. soʻmlik);

“Kapitalbank” ATB boʻyicha -17 mlrd. soʻmlik (2017-yilda — 3 mlrd. soʻmlik);

“Qishloq qurilish bank” ATB boʻyicha — 15 mlrd. soʻmlik (2017-yilda — 13 mlrd. soʻmlik); AT Xalq banki boʻyicha — 8 mlrd. soʻmlik (2017-yilda — 5,4 mlrd. soʻmlik);

“Mikrokreditbank” ATB boʻyicha — 6 mlrd. soʻmlik (2017-yilda — 4,3 mlrd. soʻmlik) mol-mulkni realizatsiya qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

Jadvallarga muvofiq 2017-2018-yillarda

tijorat banklari, Markaziy bank

28.

Muammoli aktivlarni undirib olish masalalari bilan shugʻullanuvchi tijorat banklari tarkibiy boʻlinmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish orqali banklar aktivlar sifatini oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish.

Banklar kengashlari va boshqaruvlarining qarorlari

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil
IV chorak, amalga oshirish — muntazam

tijorat banklari, Markaziy bank

29.

Banklar aktivlari tarkibini yaxshilashga va ishlamayotgan kreditlar, xususan xorijiy valyutada berilgan kreditlar ulushini kamaytirishga kompleks yondashishni kengaytirish hamda tavakkalchiliklarni va garovning bozor qiymatini sinchiklab b?holash asosida qaytarilishi, toʻlanishi shart boʻlgan va shosh?linchlik tamoyillariga qatʼiy rioya etilishini, har bir kredit holatini tizimli monitoring qilish. Kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va zarar koʻrib ishlaydigan korxonalar va tashkilotlarni kreditlash amaliyotiga barham berish choralarini koʻrish.

Tijorat banklarining kredit siyosatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

Ishlab chiqish va tasdiqlash — har yili
I chorak; amalga oshirish — muntazam

tijorat banklari, Markaziy bank

30.

Tijorat banklari tomonidan banklarni ilgʻor amaliyot va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatdosh muassasa etib, sifatli transformatsiya qilishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.

Tijorat banklari strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash

2018-yil
I chorak

tijorat banklari, Markaziy bank

31.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining, xalqaro moliya institutlarining qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalari boʻyicha banklarning daromadlaridan budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy ajratmalarni toʻlash mexanizmini, Moliya vazirligining qishloq joylarda uy-joylar qurilishi uchun maqsadli liniyalari hamda boshqa markazlashtirilgan manbalarini jalb etilgan resurslar boʻyicha foiz xarajatlarini chiqarib tashlab, hisob-kitob qilganda banklar daromadlarini baza sifatida qabul qilgan holda ular mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil
I chorak

Moliya vazirligi, DSQ,
Markaziy bank, tijorat banklari

b) biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish

32.

Doing Business hisobotida “Kreditlar olish” indikatori boʻyicha respublika reytingini yaxshilash maqsadida eng yaxshi xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda kredit axborotini taʼminlash va ayirboshlash boʻyicha bitimlar sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish. Xususan: kreditorlar talablarini qondirishning navbatma-navbatligi va ustuvorligini qayta koʻrib chiqish;

mahsulotga va garov mulkidan olingan daromadga garov huquqining avtomatik tarzda joriy etilishi;
taʼminlov huquqi (garov)ni yaratish, shu jumladan garovga qoʻyilgan mulkning va kreditorlarning garov bilan taʼminlanadigan talablari va hokazolarni umumiy (batafsil boʻlmagan) tavsifi tartibotlarini soddalashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasi

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, DSQ,
Bosh prokuratura, Oliy sud, SSP

33.

Bankni roʻyxatga olish va litsenziyalash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, shuningdek, xalqaro amaliyotni oʻrganishni hisobga olgan holda bankni roʻyxatga olish va litsenziya berishga davlat boji yigʻimi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2017-yil
IV chorak

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, SSP

34.

Inkassatsiya tizimi, kassa operatsiyalarining izchilligini tartibga solish va kassa intizomi buzilishining oldini olish boʻyicha ishlarni kuchaytirish nazarda tutilayotgan tijorat banklari tomonidan kassa ishlarini yuritish va tegishli xizmatlarni koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish.

“Tijorat banklarida kassa ishi, inkassatsiya va boyliklarni tashish ishlarini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma”ning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash” (27.06.2008-yil 1831-son bilan qayd etilgan)

2018-yil
I chorak

Markaziy bank

35.

Xorijiy tajribadan kelib chiqib, pul mablagʻlari yetishmay qolganda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan toʻlovlarning navbatiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha tijorat banklariga xos boʻlmagan funksiyalardan ularni bosqichma-bosqich ozod qilish mexanizmini ishlab chiqish.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil
I chorak

DSQ,
Moliya vazirligi, Markaziy bank

v) xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish

36.

Xorijiy banklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uzoq muddatli biznes-munosabatlar oʻrnatish, ularga respublikamizda qoʻshma va shuʼba banklari barpo etishda koʻmaklashish.

Chora-tadbirlar rejasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot vazirligi

37.

Kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirishni koʻpaytirish uchun ularni keng jalb etish va kredit liniyalarini oʻzlashtirish maqsadida xalqaro moliya-kredit institutlari, xorijiy banklari bilan hamkorlikni kengaytirish.

Chora-tadbirlar dasturi va jadvali

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak;
amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi

38.

Kredit portfeli sifatini har tomonlama tahlil qilish, tijorat banklari faoliyati tavakkalchiliklarini baholash, bank sektorining moliyaviy barqarorligi va samaradorligi koʻrsatkichlarini oshirish uchun Jahon bankining texnik koʻmagini jalb etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
IV chorak

Markaziy bank, tijorat banklari

IV. Nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmining yanada oʻsishi, sifati yaxshilanishini va moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash

39.

2017-yil 1-oktabrdan boshlab yangidan tashkil etilayotgan:

a) mikrokredit tashkilotlari ustav jamgʻarmasining minimal miqdoriga nisbatan qoʻyiladigan talablar — 2.0 mlrd. soʻm miqdorida;

b) lombardlar uchun — 500 mln. soʻm miqdorida oʻrnatiladi.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga (13.04.2010-yil 2093-son bilan qayd etilgan) va lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (10.12.2003-yil 1291-son bilan qayd etilgan) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

III chorak 2017-yil

Markaziy bank, Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi, Lombardlar assotsiatsiyasi

40.

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar ustav jamgʻarmalarining minimal miqdorini 2019-yil 1-yanvarga qadar oʻrnatilgan minimal talablar darajasiga yetkazish.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga (13.04.2010-yil 2093-son bilan qayd etilgan) va lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (10.12.2003-yil 1291-son bilan qayd etilgan) oʻzgartish va qoʻ?imchalar kiritish

amalga oshirish — 2017-2018-yil

Markaziy bank, Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi, Lombardlar assotsiatsiyasi

42.

Mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha toʻlovlarning asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik mexanizmlarini tatbiq etgan holda moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni koʻrish

“Mikromoliyalashtirish toʻgʻrisida” va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil
II chorak

Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

43.

Yetakchi taʼlim muassasalarida, xorijiy banklar va chet mamlakatlarning markazlarida, shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etiladigan moliya-bank faoliyatining eng dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha kurs va seminarlarda bank xodimlarining malakasi muntazam oshirilishi, tayyorlanishi va qayta tayyorlanishini taʼminlash.

Oʻqitish, stajirovkalarni tashkil etish va oʻtkazishning reja-jadvallari

Ishlab chiqish va tasdiqlash — har yili 1-martgacha; amalga oshirish — jadval boʻyicha

Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, Markaziy bank, tijorat banklari

44.

Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishni yaxshilash masalalari boʻyicha mikrokredit tashkilotlari, lombardlar rahbarlari va xodimlari uchun mavzuda oid treninglar va seminarlar tashkillashtirish.

Dastur tayyorlash

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2017-yil IV chorak; amalga oshirish — 2017 — 2021-yillar

Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi, Lombardlar assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, Markaziy bank

45.

CFA, ASSA va boshqa xalqaro sertifikatlarni olish uchun bank xodimlarining oʻqishini, shu jumladan yetakchi xorijiy oʻquv yurtlarida oʻqishlarini tashkil etish.

Oʻqitish, stajirovkalarni tashkil etish va oʻtkazishning reja-jadvallari

2018-yil
I chorak

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Oliy taʼlim vazirligi

46.

Bank sohasida yangi avlod darsliklari, qoʻllanmalari va metodologik adabiyotlarni, shuningdek, unifikatsiyalashtirilgan oʻquv dasturlarini shakllantirish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida mustahkam munosabatlar oʻrnatish.

Banklar assotsiatsiyasi aʼzolari qarori va harakatlar dasturi

2018-yil
I chorak

Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, XTV, tijorat banklari

47.

Bank xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishning bozor usullari tizimini yanada takomillashtirish, bunda professional oʻsishni ragʻbatlantirish va taʼminlash, banklarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, nomoddiy ragʻbatlantirish usullari tizimini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Bank kengashlari qarori

2018-yil
I chorak

Tijorat banklari, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi

48.

Banklarda va nobank kredit tashkilotlarida ISO 9001:2015 standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish va tegishli sertifikat olish.

Tegishli shartnoma tuzish

2018-yil
II chorak

Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar va ularning assotsiatsiyalari, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, Markaziy bank

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qarorining 4-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonatlarini jalb etish boʻyicha respublikaning tijorat banklari oʻrtasida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida” 2008-yil 31-oktabrdagi PQ-991-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qarori 10-bandining birinchi xatboshi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining Moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son qarori ilovasining 1- va 10-bandlari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridlarini maqsadli moliyalashtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi PQ-3096-son qarori 3-ilovasi 5-bandining yettinchi xatboshi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklari va ularning investitsiyaviy boʻlinmalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-oktabrdagi F-3075-son farmoyishi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004; 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son; 23.07.2019-y., 07/19/4400/3468-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)