1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar shakllantirishni davom ettirish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirish va bu boradagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2004-yil 1-oktabrdan boshlab deklaratsiyalash yoʻli bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash tizimi joriy etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
“Oʻzstandart” agentligi ikki oy muddatda Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
chetdan keltirilayotgan mahsulotlardan akkreditatsiya qilingan organlar va laboratoriyalar tomonidan sinov oʻtkazish uchun namuna olishning cheklangan normalarini belgilasinlar;
akkreditatsiya qilingan organlar va laboratoriyalar oʻrtasida sinovlarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sinovlar turlarini belgilasinlar;
oʻzlariga qarashli akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish xizmatlariga tariflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida (uning hududiy boʻlinmalarida) oldindan deklaratsiya qilsinlar.
4. “Oʻzstandart” agentligi oʻziga qarashli tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga tariflarni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan ikki hafta muddatda kelishib olsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini tekshirish faqat majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
“Oʻzstandart” agentligida “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning hamda Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning har bir turini ularda sertifikatlashtirishning tegishli normativ hujjatlarda belgilangan xavfsizlik koʻrsatkichlari koʻrsatilgan qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarning nomenklatura roʻyxati, ularning sifatini va xavfsizligini belgilovchi normativ hujjatlarni koʻrsatgan holda, nashr etilishini hamda bojxona, soliq va akkreditatsiya qilingan organlarga joʻnatilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzuridagi “EAN Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyatni “EAN Uzbekistan” uyushmasiga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ikki oy muddatda ushbu bandning bajarilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
8. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sertifikatlashtirish sohasidagi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni respublikadagi barcha tadbirkorlarga, shu jumladan Internet orqali yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
9. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirilishi shart boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini, sertifikatlashtirishni oʻtkazish, xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish tartibini tasdiqlash haqida” 1994-yil 12-avgustdagi 409-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 38-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 75-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi va ushbu qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar va mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-iyul,
318-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga 1-ILOVA
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish (keyingi oʻrinlarda matnda sertifikatlashtirish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Bir turdagi mahsulotlarning har bir turi boʻyicha sertifikatlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladigan sertifikatlashtirishning tegishli qoidalari bilan belgilanadi.
Sertifikatlashtirish davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik boʻyicha tavsifga taʼsir etmaydigan mahsulotning dizayni yoki tashqi tavsiflari oʻzgarishi zamonaviylashtirilgan mahsulotga qoʻshimcha sertifikatlashtirish oʻtkazilishiga olib kelmaydi. Mahsulot xavfsizligi boʻyicha majburiy tavsiflar standartlashtirish boʻyicha tegishli normativ hujjatlarda belgilanadi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishga tatbiq etiladi.
Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, shuningdek ularning muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasi bilan tasdiqlanishi mumkin boʻlgan mahsulotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3. Sertifikatlashtirishni amalga oshirish ilovaga muvofiq sxema boʻyicha, qoidaga koʻra, ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Birinchi bosqich bir vaqtning oʻzida, zaruriyatga koʻra, veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati organlarida rasmiylashtirilgan holda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida gigiyenik sertifikat rasmiylashtirilishini oʻz ichiga oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyekti:
gigiyenik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlariga (keyingi oʻrinlarda sertifikatlashtirish organlari deb ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga;
zarurat boʻlganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Ikkinchi bosqich — sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikati berishdir.
4. Sertifikatlashtirish organlari tadbirkorlik subyektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat sanitariya nazorati organlarida, davlat veterinariya nazorati va oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati organlarida, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida sertifikatlashtirishni oʻtkazish va barcha zarur xulosalarni olish yuzasidan agentlik xizmatlari koʻrsatishga haqlidir.
Bunda namunalar tanlab olinishi, shuningdek ular toʻgʻri tanlanganligi va ular tegishli davlat organlariga taqdim etilishi uchun sertifikatlash organlari javob beradilar.
Koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati ishlarning murakkabligi darajasiga, koʻp mehnat talab qilishi va oʻziga xosligiga qarab, barcha zarur hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha doirada belgilanadi.
6. Gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya va ekologiya sertifikatlari (xulosalar) sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarga normativ hujjatlarda tegishli ravishda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik normalar va talablar mavjud boʻlgan taqdirda rasmiylashtiriladi.
Arizaga ishlab chiqariladigan mahsulotga normativ hujjatning nusxasi ilova qilinadi (Davlatlararo standart — DS, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti — OʼzDSt, Texnik shartlar — TSh; ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnoma va retseptura).
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kelganlik toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan holda tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxalari;
ishlab chiqaruvchining kelib chiqish mamlakati sertifikati (tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisida ishonchli axborot mavjud boʻlmagan taqdirda) nusxalari taqdim etiladi.
8. Ilgari sertifikatlanmagan (sinalmagan) maxsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalar yoki oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarining oziq-ovqat qoʻshimchalari qoʻllash bilan bogʻliq ishlab chiqarishni tashkil etishda yoki mahsulotlarni chetdan keltirishda davlat sanitariya nazoratining hududiy organi tegishli ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma berish 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Laboratoriya sinovlarini oʻtkazish xarajatlarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar boʻyicha, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq boʻlmagan summada toʻlov undiriladi.
9. Taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan keyin davlat sanitariya nazoratining hududiy organi tomonidan belgilangan tartibda joyning oʻziga borib laboratoriya sinovlari oʻtkazish va ishlab chiqarish obyektini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari tanlab olinadi. Mahsulotlarni gigiyenik koʻrsatkichlarni aniqlash uchun sinash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Agar mahsulot kelib chiqishiga koʻra hayvonot yoki oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan taqdirda, davlat sanitariya nazoratining hududiy organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan sanadan keyingi kundan kechikmay veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berish boʻyicha vakolatli organlarga murojaat qiladi.
Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi davlat veterinariya nazoratining tuman (shahar) organlari yoki oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati organlari tomonidan beriladi.
Davlat veterinariya nazorati organi 20 kungacha boʻlgan muddat bilan belgilangan tartibda ajratib qoʻyish-cheklash tadbirlari (karantin) belgilashi mumkin. Bunda veterinariya xulosasi berish tartiboti karantin muddati tamom boʻlgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi tayyorlash va berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar boʻyicha, biroq eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ortiq boʻlmagan summada toʻlov undiriladi.
11. Veterinariya va fitosanitariya xulosalari olinishi hisobga olingan holda gigiyenik sertifikatni rasmiylashtirish va berish muddati 14 ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Mahsulotlarni sinashning aniq muddati sinovlarning tegishli usullari uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab belgilanadi.
12. Gigiyenik sertifikat berish ishlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar boʻyicha, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq boʻlmagan summada toʻlov undiriladi.
13. Veterinariya va fitosanitariya xulosalari berish boʻyicha vakolatli organlarning xizmatlariga ariza beruvchi tomonidan haq toʻlash davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
15. Gigiyenik sertifikat ariza beruvchiga davlat sanitariya nazoratining hududiy organi rahbarining imzosi bilan beriladi, u ushbu organning muhri bilan tasdiqlanadi, unga sinovlar protokoli nusxalari ilova qilinadi.
Agar gigiyenik sertifikatlashtirish bilan bir vaqtda mahsulotning fitosanitariya yoki veterinariya normalari va qoidalariga muvofiqligi sinovdan oʻtkazilgan taqdirda, ariza beruvchiga tegishli xulosalar ham beriladi.
16. Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari hamda hujjatlar toʻliq turkumda taqdim etilmasligi gigiyenik sertifikat berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi, bu haqda davlat sanitariya nazoratining hududiy organi qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda maʼlum qiladi.
Ariza beruvchi gigiyenik sertifikat yoxud fitosanitariya va veterinariya xulosalari berishning rad etilishi yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
v) sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlar narxlari (tariflari) preyskuranti;
g) davlat vakolatli organida akkreditatsiya qilinganlikni tasdiqlovchi hujjat.
Sertifikatlashtirish organi koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar nusxalarini taqdim etganlik uchun nusxalarni tayyorlash xarajatlaridan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undirishga haqlidir.
19. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga normativ hujjat nusxasi;
mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot toʻgʻrisida axborot);
gigiyenik sertifikat nusxasi. Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat nusxasi, u mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi.
20. Sertifikatlashtirish maqsadida sertifikatlashtirish organlariga standartlash boʻyicha rasmiy, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar nusxalari taqdim etiladi, boshqa hollarda, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun, tasdiqlanmagan nusxalardan foydalanilishi mumkin.
21. Arizada nazarda tutilgan taqdirda, sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirish ishlarini gigiyenik sertifikat (veterinariya va fitosanitariya xulosalari) nusxalarini olish muddatini kechiktirgan holda boshlashi mumkin.
Bu holda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikatini faqat ariza beruvchi tomonidan ijobiy natijalarga ega boʻlgan hujjatlarning barcha zarur nusxalari taqdim etilgandan keyin berishga haqlidir.
22. Sertifikatlashtirish organi ariza berilgan kundan boshlab ikki kun muddatda joyiga borib sertifikatsiya sinovlarini oʻtkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab oladi va identifikatsiya qiladi.
Namunalar soni, tanlab olish tartibi, identifikatsiya qilish va saqlash qoidalari mahsulotga normativ hujjatlarda belgilanadi.
Ariza beruvchi oʻz mahsulotining tanlab olinishida va sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada maxfiylikni taʼminlash chora-tadbirlari koʻrilishi kerak.
Namunalarning saqlanishi, sifati va sinovlarining ishonchliligi uchun “Oʻzstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriya (markaz) javob beradi. Sinovlar protokollarini masʼul mutaxassislar imzolaydi va laboratoriya rahbari tasdiqlaydi.
24. Ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga akkreditatsiya qilingan laboratoriyalardagi mahsulot sinovlari boʻyicha qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Agar mahsulotni alohida parametrlari boʻyicha sinovlar turli sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan boʻlsa, u holda sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga barcha zarur protokollarning mavjudligi mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi.
Respublikada chetdan keltiriladigan, majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak boʻlgan mahsulotga normativ hujjat mavjud boʻlmaganda, sifat va xavfsizlik boʻyicha sertifikatsiya sinovlari mahsulotning ana shunday turlari talablariga muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Arizachi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga zarur normativ hujjat yoki texnik tasnifnomalar taqdim etilmagan taqdirda, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning ana shunday turlariga hujjatlar boʻyicha yoki gigiyenik sertifikat asosida, uni identifikatsiya qilgan holda amalga oshiriladi (oziq-ovqat mahsulotiga va oziq-ovqatga qoʻshiladigan mahsulot uchun).
25. Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari, shuningdek hujjatlarning toʻliq boʻlmagan komplektini taqdim etish muvofiqlik sertifikati berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu toʻgʻrida sertifikatlashtirish organi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabar qiladi.
Xulosa berishni rad etganlik yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
26. Sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.
Muvofiqlik sertifikati chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga, koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun esa — 3 yilga beriladi.
27. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish uchun sertifikatlashtirish organi ariza beruvchida mahsulotni koʻplab ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash maqsadida mahsulot ishlab chiqariladigan obyektlarni belgilangan tartibda tekshiradi. Tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, undan muvofiqlik sertifikati berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda foydalaniladi.
Oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi.
Tekshirishni oʻtkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga koʻra, sinovlar uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish oʻtkazilganligi uchun toʻlov amalda sarflangan vaqt boʻyicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar kalkulyatsiyasiga binoan undiriladi.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organi tomonidan sinovlar natijalari olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
28. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati bergan sertifikatlashtirish organi har yili kamida bir marta, mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati tekshiruvini oʻtkazadi.
Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanishi yoki toʻxtatib turilishi yoxud belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
29. Laboratoriya sinovlarini oʻtkazganlik, sertifikatni rasmiylashtirganlik va berganlik uchun toʻlov tartibi, litsenziya ajratmalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “Oʻzstandart” agentligining yoʻl-yoʻriq hujjatlarida belgilanadi.
IV. Chet el muvofiqlik sertifikatlarini eʼtirof etish
30. Sertifikatlashtirish organi eʼtirof etish toʻgʻrisida bitim tuzilgan MDH mamlakatlaridan va uzoq xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan mahsulotga sertifikatlarni eʼtirof etish huquqiga ega.
Eʼtirof etish tartiboti sertifikatlashtirish organining bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish tartibida, “Oʻzstandart” agentligining normativ hujjatlariga muvofiq belgilangan boʻlishi kerak.
Xalqaro tizimlar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan sertifikatlarni eʼtirof etish ushbu tizimlar va bitimlarda belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi.
31. Sertifikat talablarga muvofiq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan ana shunday talablardan qolishmaydigan mahsulot uchun eʼtirof etiladi.
Normativ hujjatlarda sertifikatlashtirish uchun shart boʻlgan yoki kontraktda belgilangan qoʻshimcha talablar mavjud boʻlgan taqdirda mahsulot ushbu talablarga muvofiqlik yuzasidan sinab koʻrilishi kerak.
32. Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikatsiyalash asosida sertifikatlashtirish organi chet el muvofiqlik sertifikatini eʼtirof etish (etmaslik) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Eksport qiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlashtirish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikatini eʼtirof etish uni import qiluvchi mamlakatning muvofiqlik sertifikatiga qayta rasmiylashtirish va Yagona davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
33. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra tasniflash Yevropa tovar raqamlanishi uyushmasi (GS1) tomonidan kodlashtirish borasida korxonaning roʻyxatdan oʻtkazish raqamini hamda ishlab chiqariladigan tovarning bir kun mobaynida beriladigan raqamli kodini olish uchun “GS1 Uzbekistan”ga murojaat qiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
“Oʻzstandart” agentligi tomonidan, belgilangan tartibga muvofiq shtrixli kodning original-maketi tayyorlanadi va beriladi.
34. Kod berish boʻyicha xizmatlar qiymati, shuningdek aʼzolik badallari miqdori “GS1 Uzbekistan” qatnashchilari tomonidan belgilanadi. Shtrixli kodning original-maketlarini tayyorlash va berish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiya qilingan tariflar boʻyicha belgilanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda—Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
(Ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda laboratoriya sinovlari oʻtkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va obyektni tekshiradi.
1a. Chorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma joʻnatadi.
1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab boʻlgan aniq qonun hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda yozma javob yuboradi.
Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolyatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar toʻxtatib turiladi.
1v. Oʻsimlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) oʻsimliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma joʻnatadi.
2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga gigiyenik xulosa beradi.
3,4. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun “GS1 Uzbekistan”ga murojaat qilishi mumkin.
(3,4 bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. (Ariza gigiyenik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin).
6. Sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organ 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda yozma rad javobini beradi.