1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
OʻZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
BUYRUGʻI
“OʻZSTANDART” AGENTLIGIDA STANDARTLASHTIRISH BOʻYICHA NORMATIV HUJJATLAR TOIFALARINI TAYYORLASH VA ROʻYXATDAN OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 11-noyabrda 1422-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 3-iyundagi 18-sonli ““Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1422-4, 11.06.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash yuzasidan buyuraman:
1. “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.