Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Rezident banklarga chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan boshqa rezident tijorat banklarida ochiladi.”.
3. 48-bandning
“b” kichik bandidagi “vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga, agar ularning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa,” degan soʻzlar “tijorat bankidagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.