1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-son “Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlarni toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
321-B-7-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
138-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
2017-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 23-sentabrdagi 321-V-7, 138, 2017-51-sonli qaroriga ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-banddagi “Vakolatli bank” degan soʻzlar “Xizmat koʻrsatuvchi bank” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“6. 23208 — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fondlar bilan boʻladigan kliring transaksiyalar.
7. 23210 — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fonddan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar.
8. 23218 — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fonddan ajratilgan maqsadli mablagʻlar.
9. 23220 — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fonddan olingan maqsadli mablagʻlar.
10. 23222 — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fondning maqsadli mablagʻlari.”;
b) 14-banddagi “(Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-yanvardagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizomga asosan ochilgan jamgʻarma depozit hisobvaraq)” degan soʻzlar “(Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ochilgan jamgʻarma depozit hisobvaraq)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 10/17/2342-7/0028-son)