1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish va davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning barcha tashkiliy boʻgʻinlari va bosqichlarida moliyalashtirishning uzviy va samarali yagona tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, agrosanoat majmuasi tovar ishlab chiqaruvchilari texnika parkini zamonaviy, yuqori samarali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish texnikasi bilan tubdan yangilash va jihozlash maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
5. Jamgʻarma, toʻlov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini bir hafta muddatda belgilangan tartibda kiritsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyun,
PF-5095-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoni ilovasining 2-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-sonli Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-martdagi PF-4786-sonli Farmoni.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoni ilovasining 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 575-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)