1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.01 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish Haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2600-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 14-iyundagi 2022-20-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3373, 28.06.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 17-iyundagi 2014-25-son qarori (roʻyxat raqami 2600, 2014-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
2017-46-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-46-son qaroriga ILOVA
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Bunda, jismoniy shaxsning pasport maʼlumotlari asosida ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxsni roʻyxatga olish varaqasi toʻldiriladi hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi tomonidan ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimiga taqdim etiladi. Oʻz navbatida, ushbu masʼul xodim tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.”.
“8. Jismoniy shaxsning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq solish obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq toʻlovchi — jismoniy shaxsning soliqlarini hisobga qoʻyish varaqasi toʻldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimiga taqdim etiladi va mazkur maʼlumotlar Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish dasturiy majmuasiga kiritiladi.”.
“9. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan soliq toʻlovchi — yuridik shaxslarni tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish uchun soliq toʻlovchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Soliq toʻlovchi — yuridik shaxsni roʻyxatga olish varaqasi toʻldiriladi hamda ushbu davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi va kameral nazorat boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi tomonidan qabul qilib olinadi.
Soliq toʻlovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda Soliq toʻlovchi — yuridik shaxsni roʻyxatga olish varaqasi toʻldirilgandan keyin tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar soliq maʼmuriyatchiligi va kameral nazorat boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimi uni ushbu davlat soliq inspeksiyasining tahlil va prognozlash boʻlimi (tuzilmasi) masʼul xodimiga taqdim etadi. Oʻz navbatida, ushbu masʼul xodim tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.”.
4. 5 va 8-ilovalardagi “KTUT kodi” degan soʻzlar “IFUT kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1018-modda)