toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmonini bajarish hamda tijorat banklarining kichik biznesni, xususiy tadbirkorlarni rivojlantirishda faol qatnashishini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari, asosan uzoq va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
tijorat banklari kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan uzoq va borish qiyin boʻlgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlarda yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasi ilgari qabul qilingan qarorlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarorining 3-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 22-sentabrdagi 447-son qarori 1-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlari;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-avgustdagi 342-47-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-may,
195-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlik subyektlarining, dehqon va fermer xoʻjaliklarining iqtisodiyotining aniq sektori pirovard mahsulotidagi ulushini koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
2. Ushbu Nizom banklar tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, mikrofirmalarga, kichik korxonalarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan kredit berish tartibini tartibga soladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga, shuningdek kichik tadbirkorlikning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mikrokredit berish “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, shuningdek tijorat banklari tomonidan belgilanadigan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
4. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mikrokreditlar ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq belgilanadigan foiz stavkasi boʻyicha beriladi, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan beriladigan mikrokreditlar bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
5. Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berish, qaytarish, toʻlash, muddatli va maqsadli foydalanish shartlari bilan amalga oshiriladi.
Jamgʻarma mablagʻlari, asosan uzoq va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Koʻrsatib oʻtilgan subyektlarni tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish uchun mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda aniqlanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Jamgʻarma hisobidan kreditlar eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq boʻlmagan summada ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan uzoq va borish qiyin boʻlgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlarda yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
II. Tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma hisobidan kreditlar berish tartibi
(II-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
7. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar.
8. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirning oʻzini qoplashiga bogʻliq boʻladi, chunonchi:
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur boʻlgan aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga koʻra, 18 oygacha boʻlgan muddatga beriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan dehqon xoʻjaliklariga, qoidaga koʻra, kamida 2 yil muddatga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun kreditlar kichik tadbirkorlik barcha subyektlariga, shu jumladan yuridik shaxs boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklariga toʻlov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
9. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 18 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
10. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga moʻljallangan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun dehqon va fermer xoʻjaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan aylanma mablagʻlari uchun berilgan boshqa kreditlar boʻyicha ulardan foydalanish muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 18 oy etib belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
11. Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar boʻyicha kredit berish boʻyicha imtiyozli davrni belgilashi mumkin.
12. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz oluvchilarga kreditlar mahsulot yetishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishdan tashqari), ishlarni bajarish, xizmatlar (savdo sohasi va umumiy ovqatlanishdan tashqari) koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;
mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urugʻlik, mol va parrandalar sotib olish;
xomashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlari, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish boʻyicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kreditlarning ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olishga berilishi mumkin emas.
13. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash boʻyicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
14. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joy boʻyicha beriladi.
15. Zarar koʻrib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega boʻlgan qarz oluvchilarga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi kerak.
III. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlarni rasmiylashtirish tartibi
(III-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
16. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:
kredit buyurtmanomasi;
qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta koʻrsatilgan holdagi biznes-reja;
soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) 90 kundan ortiq vaqtdagi qarzlar boʻyicha solishtirish dalolatnomasi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-shakl), dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan kreditni qaytarishni taʼminlash shakllaridan bittasi.
17. Toʻlamaslik xavfini bartaraf etish uchun qarz oluvchi taʼminotga ega boʻlishi kerak, taʼminotga boʻlgan asosiy talab uning amalga oshiriluvchanligi hisoblanadi.
Qarz oluvchi bankka taʼminlashning quyidagi turlaridan bittasini taqdim etishga haqlidir:
mol-mulkni yoki qimmatli qogʻozni garov sifatida qoʻyish;
bank yoki sugʻurta tashkiloti kafolatnomasi;
uchinchi shaxslarning kafilligi;
sugʻurta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmasligi xavfini sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
18. Banklar oʻzlari bilan doimiy aloqaga, bank hisob raqamida doimiy pul oqimiga, yaxshi nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega boʻlgan qarz oluvchilarga, ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatib oʻtilgan qaytarish taʼminotini taqdim etmasdan, blankli (ishonchli) kreditlar berishga haqlidirlar.
19. Mol-mulkni garovga qoʻyish kreditning qaytarilishini taʼminlash shakllaridan biridir. “Garov toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq har qanday mol-mulk, shu jumladan buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho boyliklar, zargarlik buyumlari, erkin almashtiriladigan valyuta va shu kabilar garov predmeti boʻlishi mumkin, (muomaladan chiqarilgan buyumlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq garov predmeti boʻla olmaydigan boshqa mol-mulk va/yoki mulkiy huquqlar (talablar) bundan mustasno).
Kredit hisobiga sotib olinadigan qiymatning 80 foizi miqdoridagi mol-mulk ham ushbu kredit boʻyicha garov predmeti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
20. Kafolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq garantning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi.
21. Kafillik Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq qarzdor va kafil oʻrtasida bank-benefitsiar foydasiga yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Kredit paketini tahlil qilish chogʻida bank kredit bitishuvining har xil jihatlarini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbari nufuzini (oldingi ish joylari, layoqatliligi, ilgari olingan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlay olishi va shu kabilarni) baholaydi.
23. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kredit olish uchun ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatib oʻtilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holdagi buyurtmanoma bankka kelib tushgan kundan boshlab ushbu kredit boʻyicha bank xulosasini berishgacha boʻlgan muddat uch ish kunidan oshmasligi kerak.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Investitsiya loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun kredit olishga kredit buyurtmanomalarini banklar tomonidan koʻrib chiqish muddati tegishli ravishda uzaytirilishi, biroq koʻpi bilan ikki baravar uzaytirilishi mumkin.
24. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank boʻlimi rahbari yoki u vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari oʻz vakolati doirasida muddati va foiz stavkasi koʻrsatilgan holdagi ssuda hisob raqami ochish toʻgʻrisida buxgalteriyaga buyruq beradi.
25. Kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi, kredit shu kartochka boʻyicha nazorat qilib boriladi.
26. Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan kreditlar hisobiga moliyalash faqat barcha zarur loyiha-smeta hujjatlari va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq bankka taqdim etilgandan keyingina ochiladi.
IV. Kreditlarni berish va qaytarishni hisobga olish tartibi
27. Kreditlar alohida ssuda hisob raqami ochish va qarz oluvchining tovar-moddiy boyliklar uchun toʻlov topshiriqnomasini ushbu hisob raqamidan naqd pulsiz toʻlash yoʻli bilan beriladi.
28. Kredit xodimining farmoyishiga binoan alohida ssuda hisob raqamlari boʻyicha berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular, kredit berish muddatlariga koʻra, kredit toʻliq qaytarilgungacha koʻzda tutilmagan holatlar hisob raqamlarida hisobga olib boriladi.
Kreditni qaytarish muddatlari jadval holida taqdim etilishi mumkin, u kreditning pul oqimlari tushishi istiqbollariga koʻra bir necha bosqichda qaytarilishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchida pul boʻlmaganda kredit muddati oʻtgan ssudalar hisob raqami orqali undiriladi, uning boʻyicha muddatli majburiyatlar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan navbatli tartibda toʻlanadi. Bunda foizlar kredit qarzidan oldin toʻlanadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
29. Qarz oluvchilarga berilgan kreditlar, kredit berish muddatiga koʻra, tijorat bankining tegishli balans hisob raqamlarida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari hisob raqamlari rejasiga muvofiq hisobga olinadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
30. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring qarz oluvchining buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashishga yoʻnaltirilishi kerak.
31. Monitoring jarayonida mijozning xoʻjalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga (buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlar, muomala chiqishlari, foyda hajmlari, oʻz aylanma mablagʻlari mavjud boʻlishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablagʻlarning muomalada boʻlishi tahlil qilinadi. Bank, qarz oluvchining kredit ishidagi koʻrsatkichlarni turkumlagan holda, kreditga qodirlik boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Bankka berilgan garovning holati, kreditdan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli foydalanilishi joyida oʻrganiladi.
Bank qurilishni mablagʻ bilan taʼminlashga berilgan kreditlar boʻyicha, monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd etilgan muddat va shartlarda bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida oʻlchab chiqadi.
32. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik aniqlangan taqdirda bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda Qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga egadir.
33. Qarz oluvchi asosiy qarzni va uning boʻyicha foizlarni kredit shartnomasida qayd etilgan muddatda toʻlanmagan taqdirda bank, sudga murojaat qilmasdan, oʻz talablarini qoʻyilgan mol-mulk hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qondirishga haqlidir.
34. Tavakkalchiliklarning yoʻl qoʻyiladigan darajalarini aniqlash, shuningdek kreditlar boʻyicha yoʻqotish ehtimoli uchun zaxiralarni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
35. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlarga zaxiralarni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Aktivlar sifatini tasniflash, ular boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidan yaratiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga
3-ILOVA
Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish tartibini va bu Jamgʻarmaga banklar foydasidan ajratmalar normalarini belgilaydi.
II. Jamgʻarmani shakllantirish tartibi
(II-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
2. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar va mikrokreditlar berish uchun tashkil etadilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
III. Jamgʻarmaga ajratmalar
(III-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
4. Jamgʻarmaga ajratmalar har chorakda bankning biznes-rejasida nazarda tutilgan soliqlar toʻlangandan soʻng har chorakdagi sof foydaning prognoz summasidan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Chorak mobaynida amalda ajratilgan ajratmalar miqdori har chorak soliqlar toʻlangandan soʻng amalda olingan foydadan kelib chiqqan holda, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotga muvofiq qayta hisoblab chiqariladi.
Jamgʻarmaga ajratmalar normalari Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bank faoliyatining moliyaviy koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda har chorakda Bank Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(4-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
IV. Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlarni hisobga olish
(IV-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
5. Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar harakati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari hisob raqamlari rejasiga muvofiq tijorat bankining alohida balans hisob raqamida hisobga olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 25-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda; 8-son, 98-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda; 2006-y., 43-44-son, 430-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2011-y., 12-13-son, 116-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; 2017-y., 18-son, 326-modda)