2-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
huquqiy axborot — normativ-huquqiy hujjatlarning, ularga oid rasmiy sharhlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirishlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilik qoʻllanilishi masalalari boʻyicha qarorlarining matnlari, shuningdek sud amaliyotini umumlashtirish materiallari;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
huquqiy axborotdan foydalanish — huquqiy axborotni erkin olish va undan foydalanish imkoniyati;
huquqiy axborotni tarqatish — nomuayyan doiradagi shaxslarni huquqiy axborot bilan tanishtirishga qaratilgan harakatlar.
4-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashning asosiy prinsiplari
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashning asosiy prinsiplari huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni taʼminlashning oshkoraligi, ochiqligi, oʻz vaqtidaligi, huquqiy axborotni izlash va olish erkinligidan iboratdir.
5-modda. Huquqiy axborotdan foydalanish kafolatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Huquqiy axborotdan foydalanish davlat tomonidan kafolatlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi]
Fuqarolar huquqiy axborotni moneliksiz izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatini belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.03 Bank siri (shuningdek, 07.21.16.00 ga qarang);
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.04 Kasb siri]
Agar huquqiy axborot davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar jumlasiga belgilangan tartibda kiritilgan boʻlsa, ushbu axborotdan foydalanish cheklanadi.
LexUZ sharhi
Sharhlanayotgan moddada huquqiy axborotdan foydalanish, yaʼni, huquqiy axborotni moneliksiz izlash, olish va uni tarqatish kafolatlari mustahkamlangan, unda huquqiy axborot davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasa Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarga huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyati taʼminlanishi belgilanmoqda.
2-bob. Huquqiy axborotni tarqatishni amalga oshiruvchi va undan foydalanishni taʼminlovchi organlar hamda tashkilotlar
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, eʼlon qilish, oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali tarqatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining matnlarini hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni rasmiy eʼlon qilish va ijrochilarga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoʻllaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati”.
huquqiy axborotni oʻz vaqtida tarqatishga va undan foydalanishni taʼminlashga qaratilgan zarur tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
normativ-huquqiy hujjatlar majburiy tartibda yuboriladigan davlat organlari va tashkilotlarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinadi, zarur boʻlgan taqdirda esa boshqa ommaviy axborot vositalari orqali ham keng omma eʼtiboriga yetkaziladi.
7-modda. Vazirliklar hamda idoralarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida:
(7-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, eʼlon qilish, oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatadi;
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni yuborish va rasmiy eʼlon qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoʻllaydi;
markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi;
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikning oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(7-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etadi;
oʻz faoliyati sohasiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlariga koʻra oʻz faoliyati sohasiga doir huquqiy axborotni taqdim etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi haqida belgilangan tartibda tushuntirishlar beradi.
Vazirliklar va idoralar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
davlat organlaridan va tashkilotlardan ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) qogʻozda va elektron shaklda oladi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur boʻlgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini taʼminlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy eʼlon qilinishini amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va qonunchilikni tizimlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
(8-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini shakllantiradi hamda yuritadi, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlaydi;
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashning ishini tashkil etadi;
davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni, bu faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish hamda uni nazorat qilishni amalga oshiradi;
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etadi;
(8-modda ikkinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
huquqiy axborotning tarqatilishi holatini tizimli tarzda tahlildan oʻtkazadi hamda mazkur sohadagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
(8-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat organlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda jamiyatda huquqiy targʻibotni tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha namunaviy tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha namunaviy “Yoʻl xaritasi” (12.05.2018-y., roʻyxat raqami 3011).
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlariga huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqida har yili axborot taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, eʼlon qilish, oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatadi;
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlgan qarorlarning matnlarini va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uning hududiy organlari orqali yoʻllaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etadi;
huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlariga koʻra ularga huquqiy axborotni taqdim etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi haqida belgilangan tartibda tushuntirishlar beradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda axborot-kutubxona muassasalarining ishtiroki
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Axborot-kutubxona muassasalari:
oʻz faoliyatining yoʻnalishiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini taʼminlaydi;
axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborotni taqdim etadi.
Axborot-kutubxona muassasalari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda taʼlim muassasalarining ishtiroki
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek tarkibida taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan huquqiy axborot bilan taʼminlanadi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Taʼlim muassasalari:
oʻz faoliyatining yoʻnalishiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
taʼlim oluvchilarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini taʼminlaydi;
taʼlim oluvchilarning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborotni taqdim etadi.
Taʼlim muassasalari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning ishtiroki
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda ishtirok etadi;
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etadi;
oʻz faoliyatiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
fuqarolarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini taʼminlaydi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqiy axborotni tarqatishni amalga oshiruvchi hamda undan foydalanishni taʼminlovchi organlar va tashkilotlarga koʻmaklashish hamda zarur yordam koʻrsatish orqali huquqiy axborotni tarqatishda ishtirok etishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash tartibi
13-modda. Huquqiy axborotni tarqatish usullari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Huquqiy axborotni tarqatish usullari quyidagilardan iborat:
normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy eʼlon qilish;
huquqiy targʻibotni amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarga ularning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborot taqdim etish.
14-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni matnlarini yuborish yoʻli bilan tarqatish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan kundan eʼtiboran bir kun ichida va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qogʻozda va elektron shaklda quyidagi tartibda yuboriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
(14-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
(14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
vazirliklarning va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga.
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha elektron shaklda yoʻllash orqali amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari ular Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir kun ichida boshqa davlat organlariga yuboriladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini yuborish ularning matnlarini va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni bir kun ichida ushbu organlar tomonidan oʻz tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalariga, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoʻllash, shuningdek keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga berish uchun hududiy adliya organlariga yoʻllash orqali amalga oshiriladi.
15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy eʼlon qilish yoʻli bilan tarqatish
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida nazarda tutilgan nashrlar normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda nashr etiladi va ochiq obuna yoʻli bilan tarqatiladi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Rasmiy manbalarda eʼlon qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda ketma-ket joylashtiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”da ushbu hujjatlarning raqami va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasiga muvofiq xronologik tartibda ketma-ket joylashtiriladi.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Normativ-huquqiy hujjatning bir qismi rasmiy manbalarda eʼlon qilinganda normativ-huquqiy hujjatning nomidan keyin “Koʻchirma” degan yozuv joylashtiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda eʼlon qilingan normativ-huquqiy hujjat matni mazkur hujjatni qabul qilgan organ tomonidan rasmiy ravishda yoʻllangan normativ-huquqiy hujjatning matniga muvofiq boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Katta hajmli normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarga ilova tarzida eʼlon qilinishi mumkin.
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy eʼlon qilish yoʻli bilan tarqatish
Normativ-huquqiy hujjatlarni “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida nazarda tutilmagan manbalarda eʼlon qilish norasmiy eʼlon qilishdir.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy eʼlon qilish jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini davriy nashrlarda, veb-saytlarda, qonunchilikning elektron maʼlumot tizimlarida eʼlon qilish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarga doir risolalar, toʻplamlar va sharhlar eʼlon qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kodekslarni, qonunchilik hujjatlari toʻplamlarini nashr qilishda, shuningdek qonunchilikning elektron maʼlumot tizimlarini realizatsiya qilishda ular nashr qilinayotgan (realizatsiya qilinayotgan) sanadagi nazorat holatiga keltirilgan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Norasmiy nashrlarda, shu jumladan qonunchilikning elektron axborot tizimlarida normativ-huquqiy hujjatlarning boshqa tillardagi norasmiy tarjimalari eʼlon qilinishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning norasmiy tarjimalari norasmiy tarjima ekanligi haqidagi belgiga ega boʻlishi lozim.
(16-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish va undan foydalanishni normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasiga joylashtirish yoʻli bilan taʼminlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida rasmiy eʼlon qilish ular Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir kun ichida “Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy eʼlon qilish” boʻlimida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumlarining qonunchilik qoʻllanilishi masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ular imzolanganidan keyin bir kun ichida yuboradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari maʼlumot xususiyatiga ega boʻlib, hujjatning kelib tushishi va unga ishlov berilishiga qarab, biroq ular rasmiy eʼlon qilinganidan keyin uch kundan kechiktirmay yangilanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidan foydalanish bepul amalga oshiriladi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Sharhlanayotgan moddada Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish va undan foydalanishni normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasiga joylashtirish yoʻli bilan taʼminlashning huquqiy asosi belgilanmoqda. Maʼlumot oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi Lex.uz huquq va huquqiy axborotlashtirish sohasida davlatning asosiy huquqiy axborot resursi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini eʼlon qiladigan yagona rasmiy elektron manbadir. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi Lex.uz ushbu qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-sonli “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan faoliyat yuritib kelmoqda.
18-modda. Huquqiy axborotni davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga belgilangan tartibda majburiy tarzda joylashtirilishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga huquqiy axborot davlat tilida joylashtirilishi kerak. Rasmiy veb-saytning boshqa tillardagi shakllari ham boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilgan huquqiy axborot ishonchli boʻlishi va u ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan axborot bilan bir xil kuchga ega boʻlishi lozim.
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targʻibot yoʻli bilan tarqatish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targʻibot yoʻli bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari ham huquqiy targʻibotni amalga oshirishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi va (yoki) ishlab chiquvchi organlar ushbu hujjatlar qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddatda huquqiy targʻibot boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tadbirlar rejasi asosida ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak.
Huquqiy targʻibot quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va muloqotlar oʻtkazish;
ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalariga maqolalar va huquqiy-axborot materiallarini joylashtirish orqali;
sharhlar, risolalar, plakatlar, bukletlar va flayerlar tarqatish;
ijtimoiy reklamalar (videolavhalar, infografikalar va boshqalar) hamda targʻibotning qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa turlari orqali.
(19-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash hamda uning hududiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarga ularning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborot taqdim etish
Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz faoliyatiga taalluqli huquqiy axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Huquqiy axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan yoki rasmiy veb-saytlarga joylashtirilgan huquqiy axborot soʻralganda davlat organlari va tashkilotlar soʻrovga javobda soʻralayotgan axborot eʼlon qilingan rasmiy nashrning nomiga, chiqarilish sanasiga va soniga yoki soʻralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manziliga havola berishi mumkin.
Huquqiy axborotni elektron tarzda taqdim etish bepul amalga oshiriladi. Huquqiy axborotni qogʻozda taqdim qilganlik uchun tomonlarning kelishuviga koʻra haq olinishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Huquqiy axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovni qanoatlantirishni rad etish asoslangan boʻlishi lozim.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibini tushuntirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Jismoniy va yuridik shaxslarning soʻroviga koʻra davlat organlari va tashkilotlar oʻz faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibini tushuntiradi.
Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirishlar ushbu organlar va tashkilotlarning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari uchun majburiy kuchga ega.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zarurat boʻlganda qonunchilikning qoʻllanilish masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi.
Qonunchilikning qoʻllanilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarning tushuntirishlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan tegishli organlar va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
(21-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi boʻyicha tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan tushuntirishlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin.
22-modda. Davlat organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritishning majburiyligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Davlat organlarida ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobi majburiy tartibda yuritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash]
Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish yuridik xizmat xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik xizmat xodimi yoʻqligida ushbu vazifa davlat organi rahbari tomonidan boshqa shaxsning zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarining 5-bobi (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.), Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 14-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3311, 19.06.2021-y.) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalari.
23-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinganda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Agar normativ-huquqiy hujjat rasmiy nashrlarda eʼlon qilinganda uning matnida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, u holda nashrning eng yaqin sonida tegishli tuzatishlar eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Agar norasmiy nashrlarda normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilingan rasmiy manbadagiga qiyosan imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda noshir tomonidan respublika davriy nashrlarida (gazetalar, jurnallar va hokazolarda) yoki norasmiy nashrning keyingi sonida (chiqarilishida) tegishli tuzatishlar eʼlon qilinadi.
Agar qonunchilikning elektron maʼlumotlar bazalarida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular darhol bartaraf etilishi kerak.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
25-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Ushbu Qonunning ijro etilishini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismi 2017-yil 25-sentabrdan eʼtiboran amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 8-sentabrdagi 179 (6873)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-sentabr,
OʻRQ-443-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 944-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)