

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;05.01.2019
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3319296" id="onLBC-3319296">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22733"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3319325" id="-3319325">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3319327" id="-3319327">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3319328" id="-3319328">Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-3319579" id="-3319579">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-15]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3319329" id="-3319329"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4144116" id="-4144116">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-4138215?ONDATE=05.01.2019 00#-4142853">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319331" id="-3319331">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 527-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi)”gi <a href="/mact/-3275707">qaroriga</a> muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319334" id="-3319334">1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1605525#-1605563">yoʻriqnomaga</a> <a href="/mact/-3319296#-3319354">ilovaga </a>muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319335" id="-3319335">2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319338" id="-3319338">3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319341" id="-3319341">4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319343" id="-3319343">5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3319346" id="-3319346">Vazir R. DAVLETOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3319348" id="-3319348">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3319350" id="-3319350">2017-yil 22-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3319352" id="-3319352">250-mh-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3319354" id="-3319354"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3319357" id="-3319357">Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-son <a href="/mact/-3319296">buyrugʻiga<br /></a>ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3319359" id="-3319359">Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3319362" id="-3319362"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319365" id="-3319365">1. <a href="/mact/-1605525?ONDATE=01.06.2010 00#-1605897">3-bob</a> quyidagi mazmundagi 2<sup>2</sup>-paragraf bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319369" id="-3319369">“2<sup>2</sup>-§. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319371" id="-3319371">50<sup>9</sup>. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319389" id="-3319389">Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyxatning (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining (keyingi oʻrinlarda Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319391" id="-3319391">Bunda notarius:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319392" id="-3319392">Roʻyxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319393" id="-3319393">Roʻyxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319395" id="-3319395">50<sup>10</sup>. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319396" id="-3319396">Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportida Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319397" id="-3319397">Bunda notarius: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319399" id="-3319399">Roʻyxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319400" id="-3319400">Roʻyxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319402" id="-3319402">50<sup>11</sup>. Roʻyxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, yaʼni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — oʻqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319403" id="-3319403">Bunda ushbu maʼlumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali kelib tushgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319407" id="-3319407">50<sup>12</sup>. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319408" id="-3319408">respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319409" id="-3319409">yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319411" id="-3319411">Bunda yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, turar joyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtmagan mol-mulk tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319413" id="-3319413">50<sup>13</sup>. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319415" id="-3319415">respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun pul mablagʻlarini sotuvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu koʻchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi, bundan koʻchmas mulk toʻlov majburiyati kechiktirilgan holda sotib olingan hollar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319418" id="-3319418">yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankiga sotganligi haqidagi hamda ushbu xorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutadagi pul mablagʻlari sotuvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319421" id="-3319421">50<sup>14</sup>. Mazkur Yoʻriqnomaning 50<sup>13</sup>-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bitimlar taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimlarni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319422" id="-3319422">Bunda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq koʻchmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablagʻlari sotuvchining bank hisobvaragʻiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319424" id="-3319424">2. Quyidagi mazmundagi 57<sup>1</sup>-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319425" id="-3319425">“57<sup>1</sup>. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxslarga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 3-bob 3-paragrafida koʻrsatilgan qoidalarga ham amal qilinadi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319465" id="-3319465">3. <a href="/mact/-1605525?ONDATE=19.12.2016 00#-3080002">58</a>, <a href="/mact/-1605525?ONDATE=19.12.2016 00#-3080007">58<sup>1</sup></a>, <a href="/mact/-1605525?ONDATE=31.05.2012 00#-2016076">58<sup>2</sup></a>, <a href="/mact/-1605525?ONDATE=19.12.2016 00#-3080015">80<sup>1</sup></a>, <a href="/mact/-1605525?ONDATE=19.12.2016 00#-3080020">80<sup>2</sup></a>, <a href="/mact/-1605525?ONDATE=31.05.2012 00#-2016123">80<sup>3</sup>-bandlar</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319469" id="-3319469">4. <a href="/mact/-1605525?ONDATE=31.05.2012 00#-2015713">86</a>, <a href="/mact/-1605525?ONDATE=31.05.2012 00#-2015717">92</a> va <a href="/mact/-1605525?ONDATE=19.12.2016 00#-3080035">132<sup>1</sup>-bandlardagi</a> “Yoʻriqnomaning 57, 58, 58<sup>1</sup> va 58<sup>2</sup>-bandlari” degan soʻzlar “Yoʻriqnomaning 50<sup>9</sup>, 50<sup>10</sup>, 50<sup>11</sup> va 57-bandlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319470" id="-3319470">5. <a href="/mact/-1605525?ONDATE=31.12.2016 00#-3091047">Ilovada</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319471" id="-3319471">a) 4-bandning “Tuman (shahar) nomi” va “Davlat notarial idora nomi” ustunlaridagi “Jizzax tumani” va “Jizzax tuman”degan soʻzlar tegishlicha “Sharof Rashidov tumani” va “Sharof Rashidov tuman”degan soʻzlar bilan almashirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319472" id="-3319472">b) 5-bandda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319473" id="-3319473">“Davlat notarial idora nomi” ustunining 12-qatoridagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319475" id="-3319475">“Tuman (shahar) nomi” va “Davlat notarial idora nomi” ustunlari quyidagi mazmundagi 13-qator bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3319495" id="-3319495"><table style="BORDER-RIGHT: medium none; BORDER-TOP: medium none; BACKGROUND: white; BORDER-LEFT: medium none; BORDER-BOTTOM: medium none; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" border="1">
<tbody>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-d4d0c8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-d4d0c8" valign="top" width="3%">
<p>“</p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="46%">
<p>Shahrisabz shahri</p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="44%">
<p>Shahrisabz shahar 1-son DNI</p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-d4d0c8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-d4d0c8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-d4d0c8" valign="top" width="5%">
<p>”;</p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319487" id="-3319487">v) 12-bandda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319488" id="-3319488">“Davlat notarial idora nomi” ustunining 8-qatoridagi “2-son” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3319489" id="-3319489">“Tuman (shahar) nomi” va “Davlat notarial idora nomi” ustunlari quyidagi mazmundagi 9-qator bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3319493" id="-3319493"><table style="BORDER-RIGHT: medium none; BORDER-TOP: medium none; BACKGROUND: white; BORDER-LEFT: medium none; BORDER-BOTTOM: medium none; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" border="1">
<tbody>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-d4d0c8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-d4d0c8" valign="top" width="3%">
<p>“</p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="46%">
<p>Xiva shahri </p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="44%">
<p>Xiva shahar 2-son DNI</p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-d4d0c8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-d4d0c8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-d4d0c8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-d4d0c8" valign="top" width="5%">
<p>”.</p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3320791" id="-3320791">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 900-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
