toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 75-bandiga muvofiq, fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
527-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 527-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandida:
a) “b” kichik bandning birinchi xatboshisi “, ushbu bandning “b1” va “b2” kichik bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi “b1” va “b2”kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

“b1) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorida koʻchmas mol-mulk sotib olinganda

shartnoma summasining
5 foizi miqdorida

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qiymati 150 ming AQSh dollardan kam boʻlmagan miqdorida yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni sotib olinganda

b2) ushbu bandning “b1” kichik bandiga muvofiq davlat boji toʻlab sotib olingan mol-mulkni xarid qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida oldi-

sotdi, almashtirish va hadya qilish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi”.

shartnoma summasining
10 foizi miqdorida

Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 708-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)