1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga 2018/2019 o‘quv yilida qabul qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5139-son Farmoniga muvofiq:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tomonidan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlari asosida 2018/2019 o‘quv yilida Akademiyaga qabul qilish kvotalari shakllantirildi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
2. 2018/2019 o‘quv yiliga quyidagi qabul kvotalari belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
“Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha Akademiyada magistrlar tayyorlash uchun 60 kishi, shu jumladan, 1-ilovaga muvofiq, davlat grantlari bo‘yicha 24 kishi va to‘lov-kontrakt asosida – 36 kishi;
Akademiyada “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga ishlab chiqarishdan ajralgan holda 60 kishi, shu jumladan, 2-ilovaga muvofiq, davlat grantlari bo‘yicha 24 kishi va to‘lov-kontrakt asosida — 36 kishi;
“Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha Akademiyaga boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 60 kishi, shu jumladan, 3-ilovaga muvofiq, davlat grantlari bo‘yicha 24 kishi va to‘lov-kontrakt asosida — 36 kishi qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
3. Akademiya rektoriga nomzodlarning yakuniy bahosini hisobga olgan holda Akademiyaga qabul qilish parametrlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018/2019 o‘quv yili uchun Akademiya magistraturasiga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga davlat grantlari asosida qabul qilishning belgilangan kvotalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
7. Akademiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismoilov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-may,
PQ-3731-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga 1-ILOVA
2018/2019 o‘quv yilida “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida magistrlar tayyorlash bo‘yicha qabul
KVOTALARI
T/r
Nomi
Jami
Grant
Kontrakt
Davlat hokimiyati organlari
1.
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
23
8
15
Hududlar
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
4
2
2
3.
Andijon viloyati
2
1
1
4.
Buxoroviloyati
2
1
1
5.
Jizzax viloyati
2
1
1
6.
Qashqadaryo viloyati
3
1
2
7.
Navoiy viloyati
4
1
3
8.
Namangan viloyati
3
2
1
9.
Samarqand viloyati
2
1
1
10.
Sirdaryoviloyati
2
1
1
11.
Surxondaryoviloyati
3
1
2
12.
Toshkent viloyati
2
1
1
13.
Farg‘ona viloyati
3
1
2
14.
Xorazm viloyati
2
1
1
15.
Toshkent shahri
3
1
2
Hududlar bo‘yicha jami
37
16
21
Umumiy kvota
60
24
36
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga 2-ILOVA
2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha (ishlab chiqarishdan ajralgan holda) qayta tayyorlashga qabul
KVOTALARI
T/r
Nomi
Jami
Grant
Kontrakt
Davlat hokimiyati organlari
1.
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
19
6
13
Hududlar
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2
1
1
3.
Andijon viloyati
4
2
2
4.
Buxoro viloyati
2
1
1
5.
Jizzax viloyati
2
1
1
6.
Qashqadaryo viloyati
2
1
1
7.
Navoiy viloyati
5
2
3
8.
Namangan viloyati
4
2
2
9.
Samarqand viloyati
5
2
3
10.
Sirdaryo viloyati
2
1
1
11.
Surxondaryo viloyati
3
1
2
12.
Toshkent viloyati
1
0
1
13.
Farg‘ona viloyati
5
2
3
14.
Xorazm viloyati
2
1
1
15.
Toshkent shahri
2
1
1
Hududlar bo‘yicha jami
41
18
23
Umumiy kvota
60
24
36
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga 3-ILOVA
2018/2019 o‘quv yilida “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda) qayta tayyorlash bo‘yicha qabul
KVOTALARI
T/r
Nomi
Jami
Grant
Kontrakt
Davlat hokimiyati organlari
1.
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
24
8
16
Hududlar
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2
1
1
3.
Andijon viloyati
2
1
1
4.
Buxoro viloyati
2
1
1
5.
Jizzax viloyati
2
1
1
6.
Qashqadaryo viloyati
4
2
2
7.
Navoiy viloyati
7
2
5
8.
Namangan viloyati
2
1
1
9.
Samarqand viloyati
3
1
2
10.
Sirdaryo viloyati
1
1
-
11
Surxondaryo viloyati
3
1
2
12.
Toshkent viloyati
2
1
1
13.
Farg‘ona viloyati
2
1
1
14.
Xorazm viloyati
2
1
1
15.
Toshkent shahri
2
1
1
Hududlar bo‘yicha jami
36
16
20
Umumiy kvota
60
24
36
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5139-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) magistraturasiga, shuningdek, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Akademiya magistraturasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standratlariga muvofiq grant va to‘lov-kontrakt asosida, magistr darajasini va davlat namunasidagi diplomni topshirgan holda ikki yillik ta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Akademiya magistraturasiga davlat granti asosida o‘qishga faqat davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari xodimlari hisoblangan shaxslar qabul qilinadi.
3. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash grant va to‘lov-kontrakt asosida bir yilgacha davom etadigan dasturlar bo‘yicha, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda belgilangan namunadagi diplomni topshirish bilan amalga oshiriladi.
4. Tinglovchilarni magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish kvotalari Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
5. Akademiyada boshqaruv kadrlari malakasini oshirish har uch yilda bir oygacha davom etadigan, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, belgilangan namunadagi sertifikat berilib, qisqa muddatli dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. Boshqaruv kadrlari malakasini oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining buyurtmanomalari bo‘yicha Akademiya rektorining buyrug‘iga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
7. Akademiyaga kirish sinovlari nomzodning xohishiga ko‘ra davlat tili yoki rus tilida o‘tkaziladi.
2-bob. Tinglovchilarni qabul qilish tartibi
8. Magistraturaga qabul davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshga to‘lmagan, tayanch oliy ma’lumotga va kamida ikki yillik boshqaruv ishi tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tavsiya etilgan, tayanch oliy ma’lumotga va kamida ikki yillik boshqaruv ishi tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul nomzodlarni joylarda birlamchi tanlab olishni tashkil qilish va keyinchalik ular uchun Akademiyada test sinovlari va suhbatlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. Har yili yanvar oyida Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan ravishda, davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda hududlarning, iqtisodiyot tarmoqlari va tashkilotlarning boshqaruv kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlari o‘rganib chiqiladi.
Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy va istiqboldagi dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan boshqaruv kadrlarini tayyorlashga buyurtmanomalar asosida Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishib, magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilish kvotasi shakllantiriladi.
10. Nomzodlarni magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul tanlov asosida uch bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich — nomzodlarni bevosita davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, nodavlat notijorat tashkilotlarida boshqaruv lavozimlariga zaxirada turgan shaxslardan birlamchi saralab olish;
ikkinchi bosqich — nomzodlar tomonidan O‘zbekiston tarixini bilish hamda mantiqiy fikrlash saviyasini aniqlash nuqtai nazaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — DTM) tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tish;
uchinchi bosqich — nomzodlar tomonidan boshqaruv ko‘nikmalarini egallaganlik darajasi, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini baholash, shuningdek, ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatlar o‘tkazish.
11. Test sinovlari predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari hamda suhbatlarning mavzulari Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda kirish test sinovlari va suhbatlar boshlanishigacha kamida bir oy avval Akademiyaning rasmiy veb-saytida chop etiladi.
12. Kirish sinovlarini o‘tkazish sanasi to‘g‘risidagi xabar ularning boshlanishidan kamida yetti kun oldin Akademiyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
3-bob. Nomzodlarni magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga birlamchi saralab olish tartibi
13. Akademiyaga qabul qilishni tashkillashtirish uchun davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarida nomzodlarni birlamchi saralab olish bo‘yicha idoraviy komissiya (keyingi o‘rinlarda — idoraviy komissiya) tuziladi. Idoraviy komissiya talab-ehtiyojlarni o‘rganish asosida nomzodlarni Akademiyada o‘qish uchun taqdim etadi.
Akademiyada o‘qitish uchun nomzodlarni saralab olish sifati, maqsadli yo‘naltirilishi hamda talab etiladigan hujjatlarning o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari shaxsan javobgar bo‘ladilar.
14. Nomzodlar idoraviy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;
nomzodning keyingi 2 yil ichida egallab turgan lavozimi bo‘yicha o‘zining boshqaruvchilik mehnat faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti;
belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi;
belgilangan namunadagi qisqacha ma’lumotnoma;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
3,5 x 4,5 o‘lchamidagi 4 ta fotosurat;
№ 086 - U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Tadbirkorlik subyektlari hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga taqdim etadilar.
15. Idoraviy komissiya nomzodlarning hujjatlarini belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan oldindan o‘rganib chiqadi va nomzodlarni Akademiyaga birlamchi saralab olish bo‘yicha qabul qiladi.
4-bob. Magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish tartibi
16. Akademiyaning magistraturasiga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish, test sinovlari va suhbat o‘tkazish uchun Akademiya rektorining buyrug‘i bilan Akademiyaning tegishli o‘quv yili uchun qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Qabul komissiyasining joriy ishlarini mas’ul kotib va uning o‘rinbosarlari amalga oshiradi.
17. Idoraviy komissiyalar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
nomzodlarni Akademiyaga birlamchi saralab olish bo‘yicha idoraviy komissiyaning qarori;
nomzodning Akademiya rektori nomiga arizasi;
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘plami.
18. Nomzodlarning hujjatlari har yili 1-iyundan 20-iyungacha qabul qilinadi.
5-bob. Nomzodlarning test sinovlaridan o‘tish tartibi
19. Akademiyaga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish va tashkil qilish tartibi DTM tomonidan Akademiya bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
20. Test sinovlari uchun savollar DTM tomonidan kirish imtihonlari predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari asosida tuziladi.
21. Test sinovlari natijalarini baholash 100 balli tizim bo‘yicha amalga oshiriladi. Test sinovlarining natijalari vedomostlarga kiritiladi va ular DTM direktori tomonidan imzolanib, Akademiyaga taqdim etiladi.
22. Nomzodlarning test sinovlari natijalari bo‘yicha shikoyatlari natijalar e’lon qilingan sanadan keyin ikki ish kuni mobaynida DTMga taqdim etiladi.
Shikoyatni ko‘rib chiqish muddati nomzod tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab ikki ish kunidan oshmasligi lozim.
23. Test sinovlarining yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 35 foizini to‘plagan nomzodlar suhbatlashishdan o‘tishga qo‘yiladilar.
6-bob. Nomzodlarning suhbatdan o‘tish tartibi
24. Nomzodlar bilan suhbatlashish Akademiya rektorining buyrug‘i bilan vazirliklar, idoralarning vakillari hamda Akademiyaning professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkibda tuziladigan maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
25. Nomzodlar bilan suhbatlashish boshqaruv ko‘nikmalarini egallaganlik, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlari saviyasini baholash hamda ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan vaziyatlarga xos vazifalarni hal etish va shaxsiy muloqot shaklida o‘tkaziladi.
26. Suhbat o‘tkazish qoidalari va uning yakunlari bo‘yicha bilimlarni baholash mezonlari maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
27. Suhbatlashish natijalari 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi. Nomzodlar bilan suhbatlashish yakunlariga ko‘ra qabul komissiyasi tomonidan tegishli bayonnoma tuziladi.
28. Nomzodlarni Akademiyaga qabul qilish uchun tavsiyanoma to‘g‘risida qabul komissiyasining qarori tasdiqlangan kvotalardan kelib chiqqan holda suhbatlashish yakunlari bo‘yicha nomzodlar to‘plagan ballar asosida qabul qilinadi.
29. Suhbatlashish natijalari bo‘yicha nomzodlarning shikoyatlari ular e’lon qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Akademiyada rektorning buyrug‘i bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi, komissiya nomzod shikoyatni topshirgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida shikoyatni ko‘rib chiqadi.
30. Nomzodlarning kirish test sinovlari va suhbatlashishdan takroran o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7-bob. Nomzodlarni Akademiya tinglovchilari safiga qo‘shish tartibi
31. Nomzodlarni Akademiya tinglovchilari sirasiga qo‘shish qabul komissiyasining qarori asosida rektorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
32. To‘lov-kontrakt asosida Akademiya tinglovchilari safiga qo‘shilish uchun tavsiya etilgan tinglovchilar kontraktda belgilangan muddatlarda har yili to‘lovni amalga oshiradilar.
33. Akademiyaga to‘lov-kontrakt asosidagi tinglovchilarni o‘qishga qo‘yish ular kontrakt pulini to‘lagandan so‘ng rektorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
34. Mazkur Nizomning talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.