

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;01.08.2018
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3295646" id="-3295646">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3295647" id="-3295647">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3295648" id="-3295648">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va uning tizimidagi tarkibiy boʻlinmalar hamda respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3295649" id="-3295649"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-3855238" id="-3855238">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-3843065?ONDATE=01.08.2018 00#-3850909">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295650" id="-3295650">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PF-5030-son <a href="/mact/-3188253">Farmoni</a> hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-son <a href="/mact/-3207664">qarori</a> ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295651" id="-3295651">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295652" id="-3295652">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisida nizom <a href="/mact/-3295608#-3295783">1-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295653" id="-3295653">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisida nizom <a href="/mact/-3295608#-3296222">2-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295654" id="-3295654">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisida nizom <a href="/mact/-3295608#-3296467">3-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295656" id="-3295656">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizom <a href="/mact/-3295608#-3296671">4-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295658" id="-3295658">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom <a href="/mact/-3295608#-3297108">5-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295659" id="-3295659">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari toʻgʻrisida namunaviy nizom <a href="/mact/-3295608#-3297221">6-ilovaga</a> muvofiq; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295660" id="-3295660">Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlim (boshqarma)lari toʻgʻrisida namunaviy nizom <a href="/mact/-3295608#-3297575">7-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295754" id="-3295754">Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasi toʻgʻrisida namunaviy nizom hamda uning namunaviy tuzilmasi <a href="/mact/-3295608#-3297732">8</a> va <a href="/mact/-3295608#-3297778">8a-ilovalarga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295755" id="-3295755">Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi toʻgʻrisida namunaviy nizom <a href="/mact/-3295608#-3297786">9-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295756" id="-3295756">Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi toʻgʻrisida namunaviy nizom hamda uning namunaviy tuzilmasi <a href="/mact/-3295608#-3297861">10</a> va <a href="/mact/-3295608#-3297972">10a-ilovalarga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295759" id="-3295759">2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295761" id="-3295761">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari toʻgʻrisidagi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295763" id="-3295763">Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295764" id="-3295764">Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari toʻgʻrisidagi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295765" id="-3295765">Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295766" id="-3295766">3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/mact/-3295608#-3297985">11-ilovaga</a> muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295767" id="-3295767">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3295769" id="-3295769">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3295770" id="-3295770">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3295771" id="-3295771">2017-yil 1-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3295772" id="-3295772">571-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3295780" id="-3295780"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3295783" id="-3295783">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3295784" id="-3295784">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3295785" id="-3295785">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3295786" id="-3295786"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3295787" id="-3295787">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295788" id="-3295788">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davarxitektqurilish deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295791" id="-3295791">2. Davarxitektqurilish shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295793" id="-3295793">3. Davarxitektqurilishning markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi, Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi, Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan taʼminlash markazi, shuningdek Davarxitektqurilishning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar deb ataladi) Davarxitektqurilishning yagona tizimini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295794" id="-3295794">4. Davarxitektqurilish oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295795" id="-3295795">5. Davarxitektqurilish oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295796" id="-3295796">6. Davarxitektqurilishning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295797" id="-3295797">7. Davarxitektqurilish yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida hisob raqamlariga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3295800" id="-3295800">2-bob. Davarxitektqurilishning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295801" id="-3295801">8. Quyidagilar Davarxitektqurilishning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295803" id="-3295803">belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish hamda qoʻllashda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan tizimli davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan texnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati oʻtkazilishini tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295804" id="-3295804">respublika hududida aholini joylashtirishning bosh tarhini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295805" id="-3295805">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295807" id="-3295807">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295809" id="-3295809">shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295814" id="-3295814">loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni hamda loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va masʼuliyatini oshirish, shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295815" id="-3295815">mehnat unumdorligini oshirish, qurilish qiymatini pasaytirish va resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295824" id="-3295824">bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295829" id="-3295829">kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtirish, tanlov savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295831" id="-3295831">qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295834" id="-3295834">arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash, respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295836" id="-3295836">9. Davarxitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295849" id="-3295849"><em>a) belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan tizimli davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan texnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati oʻtkazilishini tekshirish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295871" id="-3295871">bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295872" id="-3295872">buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotining mualliflik nazoratini amalga oshirishga doir ishini tekshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295873" id="-3295873">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatining davlat standartlariga, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295874" id="-3295874">qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295881" id="-3295881">davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi boʻlgan, obyektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib turishni taʼminlaydi. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qoʻllash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295883" id="-3295883">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisida maʼmuriy bayonnomalarni tuzadi va yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarida aybdor boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295886" id="-3295886">qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari inson sogʻligʻi va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295887" id="-3295887">qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qoidalar buzilgan holda topshirilgan obyektlarni statistika hisobotidan chiqarish toʻgʻrisida statistika organlariga taqdimnoma kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295889" id="-3295889">shaharsozlik qonunchiligi, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlari buzilganligi aniqlangan hollarda ularni bartaraf etish toʻgʻrisida shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295890" id="-3295890">qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295893" id="-3295893">shaharsozlik hujjatlari masalalari boʻyicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295895" id="-3295895"><em>b) respublika hududida aholini joylashtirishning bosh tarhini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295897" id="-3295897">shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obyekti ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli boʻlgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295900" id="-3295900">turar joy, jamoat binolari va boshqa binolarning takror qoʻllaniladigan, namunaviy va tajriba loyihalari ishlab chiqilishini belgilangan tartibda tashkil etadi va tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295901" id="-3295901">texnik muhandislik izlanishlari sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlari davlat fondini shakllantiradi va yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295902" id="-3295902">shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295903" id="-3295903">umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295905" id="-3295905">shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295907" id="-3295907"><em>v) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295909" id="-3295909">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295910" id="-3295910">hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295912" id="-3295912">shaharsozlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295913" id="-3295913">oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295914" id="-3295914">Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295915" id="-3295915">aholini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295916" id="-3295916">oʻz vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295917" id="-3295917"><em>g) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalarini va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295918" id="-3295918">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295919" id="-3295919">yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295920" id="-3295920">pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295921" id="-3295921">shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-texnika va texnik kengashlar faoliyatini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295922" id="-3295922">kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtiradi hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295923" id="-3295923">loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295924" id="-3295924"><em>d) shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295925" id="-3295925">oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295926" id="-3295926">shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi, belgilangan tartibda ularning ishlab chiqilishi boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295927" id="-3295927">qurilish industriyasi tashkilotlari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini, shuningdek qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295928" id="-3295928">kapital qurilish sohasidagi normativ bazaning bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini tizimli ravishda tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295929" id="-3295929">qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295930" id="-3295930">texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295931" id="-3295931">oʻz vakolati doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295932" id="-3295932"><em>e) loyihalash ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va masʼuliyatini oshirish, shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295933" id="-3295933">loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295934" id="-3295934">loyihalash ishini va qurilish faoliyatini muvofiqlashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295935" id="-3295935">loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295937" id="-3295937">zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytiradi, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295938" id="-3295938">loyiha tashkilotlarining litsenziya talab va shartlariga rioya qilinganligi, moddiy-texnika bazasi va tegishli mutaxassislar bilan taʼminlanganligi, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini oʻrganadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295940" id="-3295940">zarur holatlarda, oʻrganish natijasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295942" id="-3295942">shaharsozlik hujjatlari bajarilishi boʻyicha mualliflik nazoratining roli va masʼuliyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295943" id="-3295943">shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295947" id="-3295947"><em>j) mehnat unumdorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295948" id="-3295948">qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295950" id="-3295950">manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295952" id="-3295952">qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295955" id="-3295955">qurilish-montaj ishlari texnologiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi va ularda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295958" id="-3295958">Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295960" id="-3295960"><em>z) bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295961" id="-3295961">bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295963" id="-3295963">qurilish qiymatini aniqlash usullarini ishlab chiqadi, moddiy-texnika resurslari sarfining smeta-normativ bazasini va normativ koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295965" id="-3295965">kapital qurilishda shartnomaviy joriy narxlar va tariflarni shakllantirish boʻyicha metodologik koʻrsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295968" id="-3295968">qurilishning texnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaxshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295971" id="-3295971">korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295973" id="-3295973">loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295975" id="-3295975"><em>i) kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtirish, tanlov savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295977" id="-3295977">kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295979" id="-3295979">namunaviy tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295982" id="-3295982">tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi va ularni ekspertizadan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295984" id="-3295984">tanlov savdolarini tashkil etadi va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295987" id="-3295987">tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan buyurtmachi hisobotlarini kelishadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295989" id="-3295989">pudrat shartnomalarida majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295990" id="-3295990">tanlov savdolari natijalari boʻyicha obyektlar qurilishining joriy narxlardagi shartnomaviy qiymatini shakllantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295996" id="-3295996"><em>k) arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va qurilish faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3295999" id="-3295999">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296017" id="-3296017">litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot bilan toʻldirib boriladigan markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296020" id="-3296020"><em>l) arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash, respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296037" id="-3296037">arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296039" id="-3296039">arxitektura va shaharsozlik yoʻnalishidagi taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296042" id="-3296042">tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda oʻquv jarayonining amaliy mashgʻulotlarini tashkil etishda hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296046" id="-3296046">shaharsozlik faoliyatining rivojlanish tendensiyalarini va xorijiy tajribani hisobga olgan holda yangi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlashda oʻquv-uslubiy hujjatlar, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatadi, shuningdek malaka talablarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296048" id="-3296048">oʻquv jarayonlarida shaharsozlik faoliyati boʻyicha, shu jumladan yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etgan holda taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar sifat tarkibini oshirish, sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296050" id="-3296050">tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaxassisliklarga boʻlgan talabni oʻrganadi, shuningdek yangi zamonaviy mutaxassisliklar boʻyicha takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296054" id="-3296054">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga shaharsozlik faoliyati sohasida, tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli talabalari va oʻquvchilari uchun Davarxitektqurilishning stipendiyalarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296056" id="-3296056">kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida quruvchilik kasblari boʻyicha respublika miqyosida kasb mahorati koʻrik-tanlovlarini, zamonaviy hamda milliy arxitektura loyihalari mualliflari tanlovlarini tashkil qiladi va gʻoliblarni ragʻbatlantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296058" id="-3296058">tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli pedagog-mutaxassislarini taklif qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296062" id="-3296062">talabalarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida koʻchma darslar tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296065" id="-3296065">tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchi kurs talabalarining tayyor kadr sifatida yetishib chiqishini taʼminlash hamda amaliyot darslari samaradorligini oshirish maqsadida ularni ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash bazasi sifatida loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga koʻmaklashadi, ularga tajribali mutaxassislarni biriktiradi va ularni ijtimoiy muhofaza qilish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296067" id="-3296067">tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida yetakchi loyiha tashkilotlari, yirik qurilish tashkilotlari va shaharsozlik faoliyati sohasidagi boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislari maʼruzalarini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296068" id="-3296068">kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi, kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish tashkilotlari bazasida oʻtkazishni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296070" id="-3296070">qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296072" id="-3296072">Davarxitektqurilish qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296075" id="-3296075">10. Davarxitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining tizimidagi tarkibiy va hududiy boʻlinmalari orqali hal qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296079" id="-3296079">3-bob. Davarxitektqurilishning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296087" id="-3296087">11. Davarxitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296092" id="-3296092">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296095" id="-3296095">oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296098" id="-3296098">shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni aniqlash va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296101" id="-3296101">shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaxshi ilmiy-texnik ishlanmalarni hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296103" id="-3296103">kapital qurilish sohasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha ishlab chiqilgan tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar uchun oʻtkaziladigan tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishning belgilangan tartibotlariga rioya etilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296106" id="-3296106">moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilishda tanlov savdolari natijalari toʻgʻrisida buyurtmachilarning hisobotlarini kelishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296109" id="-3296109">moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296111" id="-3296111">tekshiruvni amalga oshirish jarayonida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha, zaruriyat boʻlsa, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etish majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296112" id="-3296112">shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296113" id="-3296113">qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296114" id="-3296114">Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish, shaharsozlik faoliyati sohasida xalqaro shartnomalar tuzish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296116" id="-3296116">Davarxitektqurilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296117" id="-3296117">12. Davarxitektqurilish oʻz vakolati doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296120" id="-3296120">Davarxitektqurilish zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296122" id="-3296122">13. Davarxitektqurilish oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296128" id="-3296128">4-bob. Davarxitektqurilish faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296131" id="-3296131">14. Davarxitektqurilishga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296133" id="-3296133">Davarxitektqurilish raisining Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296140" id="-3296140">15. Davarxitektqurilish raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296143" id="-3296143">Davarxitektqurilish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Davarxitektqurilishga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296145" id="-3296145">oʻzining oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davarxitektqurilish tizimidagi rahbarlarning vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296146" id="-3296146">Davarxitektqurilishning markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296147" id="-3296147">Davarxitektqurilish va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tuzilmalariga cheklangan umumiy shtatlar soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296149" id="-3296149">oʻz vakolati doirasida Davarxitektqurilish tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar, shuningdek shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini tasdiqlash boʻyicha qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296150" id="-3296150">Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296152" id="-3296152">davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davarxitektqurilish nomidan vakillik qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296153" id="-3296153">Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti prorektorlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, ularning rektorlarini tayinlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296154" id="-3296154">oʻz vakolati doirasida xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296158" id="-3296158">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296165" id="-3296165">16. Davarxitektqurilishda rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek Davarxitektqurilish faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshqarma boshliqlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296166" id="-3296166">Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Davarxitektqurilish raisining taqdimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296167" id="-3296167">17. Hayʼat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296168" id="-3296168">ushbu Nizomda belgilangan Davarxitektqurilish faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296169" id="-3296169">Davarxitektqurilishning markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296171" id="-3296171">Davarxitektqurilish nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296173" id="-3296173">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Davarxitektqurilish rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296174" id="-3296174">Hayʼat Davarxitektqurilish vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296176" id="-3296176">Hayʼat majlisiga Davarxitektqurilish vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296177" id="-3296177">Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296179" id="-3296179">Hayʼat qarorlari Davarxitektqurilishning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296181" id="-3296181">Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296182" id="-3296182">18. Davarxitektqurilishda shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish yoʻllarini koʻrib chiqish va izlash uchun ilmiy-texnika kengashi va texnik kengashi tuziladi. Ilmiy-texnik kengashga va texnik kengashga Davarxitektqurilish raisining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi. Kengashlarning tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Davarxitektqurilish raisi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296184" id="-3296184">Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari ilmiy-texnika kengash va texnik kengashda ishlashga jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296186" id="-3296186">19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish Davarxitektqurilish raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari Davarxitektqurilishning tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda berilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296189" id="-3296189">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish Davarxitektqurilish raisining, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, shuningdek tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish boʻlimlarining boshliqlari Davarxitektqurilish raisining buyrugʻi bilan, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296191" id="-3296191">Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi buyruqni Davarxitektqurilish raisi qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296192" id="-3296192">20. Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar oʻz faoliyatini Davarxitektqurilish raisi tomonidan tasdiqlangan nizom (ustav)larga muvofiq amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296194" id="-3296194">21. Davarxitektqurilishning markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (boʻlim)lari taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296198" id="-3296198">22. Davarxitektqurilish markaziy apparatining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining shtat jadvali va xarajatlar smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296199" id="-3296199">Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari Davarxitektqurilish bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296202" id="-3296202">23. Davarxitektqurilish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296204" id="-3296204">Davarxitektqurilishda Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296205" id="-3296205">Jamgʻarma mablagʻlari budjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari hamda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296207" id="-3296207">Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davarxitektqurilish hayʼatining qarori bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296216" id="-3296216">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296217" id="-3296217">24. Davarxitektqurilishni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3296220" id="-3296220"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3296222" id="-3296222">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3296223" id="-3296223">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3296225" id="-3296225">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3296226" id="-3296226"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296228" id="-3296228">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296230" id="-3296230">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296232" id="-3296232">Kengash davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek loyiha-qidiruv tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi, uning qismlari, shu jumladan aholi punktlari va aholi punktlararo hududlarini shaharsozlik jihatdan rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296233" id="-3296233">2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296235" id="-3296235">3. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PF-5030-son Farmonining <a href="/mact/-3188253#-3188521">1-ilovasi</a> bilan tasdiqlangan tarkibda oʻz faoliyatini yuritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296241" id="-3296241">4. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va oʻz ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida olib boradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296243" id="-3296243">2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296244" id="-3296244">5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296247" id="-3296247">shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296248" id="-3296248">shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish, ularning amalga oshirilishi, arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, muhim shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296250" id="-3296250">ilmiy asoslangan holda aholini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish va qurish, zamonaviy talablarni, milliy arxitektura-madaniy anʼanalarni, shahar hududlaridan samarali foydalanish, tabiiy muhitga ziyon yetkazmaydigan munosabatda boʻlishni hisobga olgan holda aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini uygʻun rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296253" id="-3296253">aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni hamda tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296255" id="-3296255">6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296257" id="-3296257">shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari shakllantirilishini, koʻrib chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296259" id="-3296259">shaharsozlik va arxitektura sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni muhokama qilish va kelishish ishlarini tashkil etadi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296262" id="-3296262">respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini koʻrib chiqadi va kelishadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296263" id="-3296263">shaharlar, shahar posyolkalarining va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini koʻrib chiqadi, kelishadi hamda tasdiqlash uchun tavsiya etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296265" id="-3296265">belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shu jumladan shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asoslangan oʻzgartirishlar kiritilishiga rozilik beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296273" id="-3296273">alohida holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida va maqsadli dasturlarda koʻzda tutilgan turar joy va ijtimoiy-fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan obyektlarni tasdiqlangan bosh rejalarga ega boʻlmagan shaharlarda, tuman markazlarida joylashtirishga va qurishga rozilik beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296353" id="-3296353">shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalari amalga oshirilishida arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, shuningdek muhim shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296354" id="-3296354">aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, kompleks ravishda qurish, ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmasini taʼminlash boʻyicha aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari bajarilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining hamda vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296355" id="-3296355">Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini koʻrib chiqadi va ularni tasdiqlash, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan takliflar va tavsiyalarni vakolatli organlarga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296356" id="-3296356">umumdavlat ahamiyatiga molik alohida, shu jumladan tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini oʻrnatish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296357" id="-3296357">mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash ishlarini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296359" id="-3296359">hududni rivojlantirishga doir loyiha yechimlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296360" id="-3296360">aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini rivojlantirish, kompleks qurish va yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296361" id="-3296361">eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini va qismlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296362" id="-3296362">3-bob. Kengashning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296363" id="-3296363">7. Kengash quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296365" id="-3296365">ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296367" id="-3296367">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni talab qilib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296369" id="-3296369">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sohasida olib borilgan ishlarni oʻrganish, shuningdek ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296371" id="-3296371">Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296373" id="-3296373">8. Kengash ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296374" id="-3296374">4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296376" id="-3296376">9. Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari raislik qiladi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296380" id="-3296380">Kengash majlisining kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296382" id="-3296382">Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296384" id="-3296384">Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296386" id="-3296386">Kengashga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Kengash aʼzolarining faoliyatini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296387" id="-3296387">Kengash aʼzolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296389" id="-3296389">Kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibini oʻzgartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296391" id="-3296391">Kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296392" id="-3296392">10. Kengash aʼzolari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296394" id="-3296394">Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296395" id="-3296395">shaharsozlikning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296396" id="-3296396">Kengashda muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha xulosalar beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296397" id="-3296397">Kengash aʼzolari Kengashdagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296399" id="-3296399">11. Kengash majlisining oʻtkazilish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida Kengash aʼzolari majlis oʻtkazish kunidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296401" id="-3296401">12. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari boshqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296403" id="-3296403">Kengash, agar majlisda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296405" id="-3296405">13. Kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga koʻra davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296407" id="-3296407">5-bob. Kengashning ishchi organi va kotibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296409" id="-3296409">14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296410" id="-3296410">15. Ishchi organ:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296413" id="-3296413">Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296415" id="-3296415">navbatdagi davr uchun Kengashning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296416" id="-3296416">Kengashning majlisiga zarur boʻlgan materiallarning tayyorlanishini taʼminlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar va ekspert xulosalarini oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296418" id="-3296418">Kengash majlisi kun tartibi masalasi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishini va majlis oʻtkazilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296420" id="-3296420">tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi hamda Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296422" id="-3296422">16. Kengash kotibi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296424" id="-3296424">Kengash majlisiga zarur boʻlgan hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organning ishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296426" id="-3296426">Kengash raisi bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar roʻyxatini kelishadi, Kengash aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296427" id="-3296427">kun tartibidagi masalalar boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonlarning Kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296452" id="-3296452">Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijasini koʻrib chiqish uchun Kengash majlisiga taqdim etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296453" id="-3296453">6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296454" id="-3296454">17. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296455" id="-3296455">Kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296456" id="-3296456">18. Kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Kengashning alohida masalalar boʻyicha Kengash aʼzolari bilan kelishilgan qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296457" id="-3296457">19. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni ishchi organ rahbari va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3775441" id="-3775441"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3775442" id="-3775442">20. Kengash bayonining asl nusxasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3775445" id="-3775445">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli <a href="/mact/-3758146?ONDATE=01.06.2018 00#-3759355">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296459" id="-3296459">21. Kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296460" id="-3296460">22. Kengashning ishchi organi va kotibi Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadilar va koʻrib chiqadilar, zaruriyat boʻlganda Kengash raisiga tegishli axborotlar va takliflar kiritadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296461" id="-3296461">Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini vakolati doirasida oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296462" id="-3296462">23. Kengashning ish tartibi uning Reglamentida belgilanadi. Reglament Kengash tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296463" id="-3296463">7-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296464" id="-3296464">24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3296466" id="-3296466"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3296467" id="-3296467">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3296469" id="-3296469">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3296470" id="-3296470">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3296471" id="-3296471"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296472" id="-3296472">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296473" id="-3296473">1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296474" id="-3296474">2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296475" id="-3296475">3. Kengash Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy arxitektura organlari deb ataladi) arxitektura, shaharsozlik va hududlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha kollegial organi hisoblanadi hamda shaharsozlik va loyiha hujjatlarini kelishish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish jarayonida ularning kasbiy asoslanganligi, shaffofligi va ochiqligini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296476" id="-3296476">4. Kengashning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PF-5030-son Farmonining <a href="/mact/-3188253#-3188391">1a-ilovasiga</a> muvofiq shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296477" id="-3296477">5. Kengash oʻz faoliyatida Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hisobot beradi va oʻz ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, bepul asosda amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296478" id="-3296478">2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296479" id="-3296479">6. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296480" id="-3296480">Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanlar (tuman guruhlari) ni rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda oʻz tasarrufidagi hududlarda boshqa shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296481" id="-3296481">binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296482" id="-3296482">aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisida davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296483" id="-3296483">bosh rejalarni, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududlarda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha viloyat, tuman va shaharlar davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296484" id="-3296484">7. Kengash oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296485" id="-3296485">oʻz hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarni koʻrib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun vakolatli organlari tomonidan tasdiqlashga tavsiya qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296486" id="-3296486">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini, shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi, ularni koʻrib chiqadi va maʼqullaydi, ularning amalga oshirilishida bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296487" id="-3296487">Kengash belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shu jumladan shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asoslangan oʻzgartirishlar kiritilishiga oʻz vakolati doirasida rozilik beradi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan esa takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296488" id="-3296488">binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish, turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlarini saqlab qolish nuqtai-nazaridan kelib chiqib koʻrib chiqadi, maʼqullaydi yoki qayta ishlash uchun tavsiya beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296489" id="-3296489">aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisida, shu jumladan arxitektura va shaharsozlik komplekslari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini koʻrib chiqadi hamda asoslangan takliflar boʻyicha vakolatli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296490" id="-3296490">bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida aholi punktlarini qurish va qismlarini rekonstruksiya qilish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va yangilash boʻyicha takliflarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296491" id="-3296491">zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini va qismlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296492" id="-3296492">hududiy ahamiyatga molik alohida, shu jumladan tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini oʻrnatish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296493" id="-3296493">3-bob. Kengashning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296494" id="-3296494">8. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296495" id="-3296495">vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296496" id="-3296496">mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va tashkilotlardan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni soʻrab olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296497" id="-3296497">shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman va shahar hokimlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296567" id="-3296567">Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296568" id="-3296568">9. Kengash ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296569" id="-3296569">4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296571" id="-3296571">10. Kengashga hududiy arxitektura organi rahbari raislik qiladi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296572" id="-3296572">Kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296573" id="-3296573">Kengash majlisining kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296574" id="-3296574">Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296575" id="-3296575">Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296588" id="-3296588">Kengash aʼzolarining zimmasiga yuklangan vazifalarini bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296590" id="-3296590">Kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296591" id="-3296591">Hududiy arxitektura organi rahbarining birinchi oʻrinbosari — bosh arxitektor Kengash raisining oʻrinbosari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296593" id="-3296593">11. Kengash aʼzolari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296595" id="-3296595">Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296597" id="-3296597">shaharsozlik sohasidagi dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296598" id="-3296598">Kengash muhokama qiladigan masalalar boʻyicha xulosalar beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296600" id="-3296600">Kengash aʼzolari Kengashdagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296602" id="-3296602">12. Kengash majlislari har haftada bir marotaba oʻtkaziladi. Kengash majlisini oʻtkazish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida Kengash aʼzolari majlisni oʻtkazish kunidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296604" id="-3296604">13. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari boshqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296605" id="-3296605">Kengash majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi. Majlisni oʻtkazish uchun kvorum boʻlmaganda Kengash yangi majlis oʻtkazish sanasini eʼlon qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296607" id="-3296607">14. Kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga koʻra davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296609" id="-3296609">5-bob. Kengashning ishchi organi va kotibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296610" id="-3296610">15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296612" id="-3296612">Ishchi organ:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296614" id="-3296614">Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296615" id="-3296615">navbatdagi davr uchun Kengashning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296617" id="-3296617">Kengashning majlisiga zarur boʻlgan materiallarning tayyorlanishini taʼminlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallarni oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296619" id="-3296619">kun tartibi masalasi boʻyicha Kengash majlisi oʻtkazilishini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296621" id="-3296621">16. Kengashning masʼul kotibi vazifasini bajarish hududiy arxitektura organining Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻlimi boshligʻi zimmasiga yuklanadi va uning vakolatiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296623" id="-3296623">Kengash majlisiga zarur boʻlgan hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlash, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organning ishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296625" id="-3296625">Kengash raisi bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar roʻyxatini kelishish, Kengash aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296627" id="-3296627">kun tartibidagi masalalar boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil qilish, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtirish va tasdiqlangan bayonlarning Kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296629" id="-3296629">Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib borish va uning natijasini koʻrib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296631" id="-3296631">6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296633" id="-3296633">17. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296635" id="-3296635">Kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296636" id="-3296636">18. Kengash aʼzosi yigʻilishda ishtirok etmagan boʻlsa loyiha (loyihalar) Kengash aʼzosi vakili boʻlgan tashkilot bilan kelishilgan deb hisoblanadi (uzrli sabablarga koʻra holatlar bundan mustasno). Bunday holatlarda ushbu tashkilot vakolatidagi masalalar boʻyicha masʼuliyat vakili ishtirok etmagan tashkilotga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296640" id="-3296640">19. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Kengash aʼzolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296641" id="-3296641">Bayonda koʻrib chiqilgan loyiha (masala)ni, asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda, kelishish, kelishishni rad etish yoki uni qayta ishlash uchun qaytarish toʻgʻrisida aniq xulosa aks ettirilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296643" id="-3296643">Kengash aʼzolari muhokama etilgan loyiha (masala) xususida bayonga oʻzining alohida fikrini kiritishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296644" id="-3296644">Kengash bayonining asl nusxasi hududiy arxitektura organida 5 yil davomida saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296646" id="-3296646">Kengash bayoni (bayondan koʻchirma) yoʻqolgan yoki buzilgan holatlarda loyiha tashkilotning murojaatiga koʻra uch kun muddatda unga bayon nusxasi (dublikati) beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296649" id="-3296649">20. Kengashning loyihani kelishish toʻgʻrisidagi ijobiy qarori (bayoni) loyiha (shaharsozlik) hujjatlarining keyingi bosqichlarini loyihalash va loyihalarni davlat ekspertizasiga taqdim etish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296652" id="-3296652">21. Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296655" id="-3296655">22. Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296656" id="-3296656">23. Kengashning ish tartibi uning Reglamentida belgilanadi. Reglament Kengash tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296660" id="-3296660">7-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296666" id="-3296666">24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3296669" id="-3296669"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3296671" id="-3296671">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3296674" id="-3296674">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3296676" id="-3296676">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3296678" id="-3296678"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296681" id="-3296681">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296683" id="-3296683">1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296685" id="-3296685">2. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi markaziy apparatining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296687" id="-3296687">2-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296693" id="-3296693">3. Inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296696" id="-3296696">aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qatʼiy muvofiq ravishda kompleks qurilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga soʻzsiz rioya etish, qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296698" id="-3296698">buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borilishi yuzasidan monitoring oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296702" id="-3296702">4. Inspeksiya oʻziga yuklangan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296704" id="-3296704">aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qatʼiy muvofiq ravishda kompleks qurilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296707" id="-3296707">yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etishlari yuzasidan davlat nazoratni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296709" id="-3296709">loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296714" id="-3296714">buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borilishi yuzasidan monitoring oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296716" id="-3296716">Arxitektura-qurilish nazorati hududiy davlat inspeksiyalari tomonidan har chorakda bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni umumlashtiradi va monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296718" id="-3296718">Arxitektura-qurilish nazorati hududiy davlat inspeksiyalarining inspektorlarini qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazadi va ularning natijalariga koʻra sertifikatlar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296721" id="-3296721">qonun hujjatlariga muvofiq qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3296725" id="-3296725">Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantiradi va har yili yangilanadigan yagona elektron maʼlumotlar bazasini yuritadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3296730" id="-3296730">3-bob. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297070" id="-3297070">5. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297072" id="-3297072">moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, barcha qurilishlarda, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlarida ruxsat berilgan hujjatlar mavjudligi va shaharsozlik norma hamda qoida talablariga rioya etilayotganligi borasida, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiya bilan kelishmagan holda, hech bir toʻsiqlarsiz qisqa muddatli (subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) inspektorlik tekshiruvlari oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297074" id="-3297074">tekshiruvni amalga oshirish jarayonida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha, zaruriyat boʻlsa, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297076" id="-3297076">loyiha-pudrat tashkilotlari va buyurtmachi tashkilotlardan qoʻllanadigan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan loyiha, texnologik, ijro hujjatlarini va boshqa materiallarni olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297078" id="-3297078">davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi boʻlgan, obyektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib turadi. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qoʻllash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297079" id="-3297079">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalar tuzadi va yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarida aybdor boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297081" id="-3297081">qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari inson sogʻligʻi va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297082" id="-3297082">buyurtmachilar, pudratchilar va loyiha tashkilotiga shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan (ularning buyruqlari bilan tayinlangan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297084" id="-3297084">6. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297085" id="-3297085">4-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297088" id="-3297088">7. Inspeksiyani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari — Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi boshqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297089" id="-3297089">Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297094" id="-3297094">8. Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297097" id="-3297097">9. Inspeksiya boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297098" id="-3297098">Inspeksiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297099" id="-3297099">qurilish ishlari sifati yuzasidan tizimli monitoring va nazoratni, shuningdek oʻz vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297101" id="-3297101">Arxitektura-qurilish nazorati hududiy davlat inspeksiyalarining faoliyatini tashkil etadi, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297102" id="-3297102">Arxitektura-qurilish nazorati hududiy davlat inspeksiyalari rahbarlarining lavozim yoʻriqnomalarini va funksional vazifalarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297103" id="-3297103">Arxitektura-qurilish nazorati hududiy davlat inspeksiyalarning shtat jadvallari va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297104" id="-3297104">Inspeksiya boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297105" id="-3297105">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297106" id="-3297106">10. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297107" id="-3297107"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297108" id="-3297108">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />5-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297109" id="-3297109">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297110" id="-3297110">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297111" id="-3297111"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297112" id="-3297112">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297113" id="-3297113">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297114" id="-3297114">2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297116" id="-3297116">3. Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etilib, jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligida ochiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining maxsus budjetdan tashqari hisob raqamida toʻplanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297117" id="-3297117">2-bob. Jamgʻarmaning maqsadi va asosiy vazifalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297120" id="-3297120">4. Ushbu Nizomda belgilangan manbalar hisobidan mablagʻlari va daromadlarini toʻplash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davarxitektqurilish deb ataladi) tarkibidagi taʼlim muassasalarini oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashga, oʻquv jarayonlariga oʻqitishning ilgʻor shakllari va uslublarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishga, professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va talabalar uchun malaka oshirish va xalqaro tajriba almashinuvini tashkil qilishga, iqtidorli talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish Jamgʻarmani tashkil etilishining maqsadi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297122" id="-3297122">5. Mablagʻlar toʻplanishini taʼminlash va quyidagilarni moliyalashtirish Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297125" id="-3297125">oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297127" id="-3297127">oʻquv jarayonlariga oʻqitishning ilgʻor shakllari va uslublarni, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297129" id="-3297129">professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashinuvini tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297135" id="-3297135">iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga tajriba oshirishga yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297137" id="-3297137">taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik va moddiy bazasini rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297139" id="-3297139">xorijiy taʼlim muassasalari va soha institutlarining yetakchi mutaxassislarini, ishlab chiqarish sohasidagi tajribali mutaxassislarni dars berishga jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297141" id="-3297141">iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiyalar taʼsis etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297143" id="-3297143">taʼlim muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297146" id="-3297146">3-bob. Jamgʻarmani boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297149" id="-3297149">6. Jamgʻarmani boshqarish Davarxitektqurilishning hayʼati tomonidan tashkil etiladigan Jamgʻarma kengashi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297152" id="-3297152">7. Quyidagilar Jamgʻarma kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297155" id="-3297155">Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297157" id="-3297157">chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297158" id="-3297158">Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297159" id="-3297159">Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash va unga xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297160" id="-3297160">Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297161" id="-3297161">8. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish monitoringini olib borish Davarxitektqurilishning Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va Jamgʻarmani boshqarish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297162" id="-3297162">Boʻlim Jamgʻarma mablagʻlari shakllanishi va sarflanishi monitoringini yuritadi. Boʻlim faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Boʻlim xodimlariga Davarxitektqurilishning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297163" id="-3297163">9. Quyidagilar boʻlimning vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297165" id="-3297165">Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297166" id="-3297166">Jamgʻarma mablagʻlari tushumlarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297167" id="-3297167">soʻrovlarni umumlashtirish hamda ularni Jamgʻarma kengashida koʻrib chiqish uchun kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297168" id="-3297168">Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni joriy nazorat qilish, hisobini yuritish va monitoringini olib borish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297171" id="-3297171">Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini joylarda oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297173" id="-3297173">Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har chorakda kamida bir marta Jamgʻarma kengashiga taqdim etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297175" id="-3297175">10. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Davarxitektqurilishning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297177" id="-3297177">4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297178" id="-3297178">11. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297179" id="-3297179">tashkiliy-huquqiy mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, loyiha-qidiruv tashkilotlarining bajarilayotgan loyiha-qidiruv ishlari hajmining 0,1 foiz miqdoridagi majburiy ajratmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297180" id="-3297180">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solingan jarimalardan tushgan mablagʻlar (sud xarajatlari chiqarib tashlangan holda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297181" id="-3297181">yuridik va jismoniy shaxslarining ixtiyoriy homiylik xayriyalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297182" id="-3297182">xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda begʻaraz yordami va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297183" id="-3297183">12. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297184" id="-3297184">13. Jamgʻarmaga ajratmalarning oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi uchun masʼuliyat Davarxitektqurilish tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297185" id="-3297185">14. Jamgʻarmaning oʻtgan yilda ishlatilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va joriy yilda ushbu Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297186" id="-3297186">5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297191" id="-3297191">15. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297192" id="-3297192">yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297193" id="-3297193">oʻquv binolari va talabalar yashash joylarining moddiy holatini yaxshilash, shu jumladan zarur holatlarda, ularni qisman joriy taʼmirlashni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297194" id="-3297194">zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297195" id="-3297195">taʼlim muassasalarida ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boshqa oʻquv-uslubiy, ilmiy loyihalar hamda tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297196" id="-3297196">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga binoan oʻtkaziladigan sport-sogʻlomlashtirish ishlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297201" id="-3297201">16. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda (yil choraklari, manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha) tuziladi hamda Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297202" id="-3297202">17. Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan holda, Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297203" id="-3297203">18. Jamgʻarma mablagʻlarining taqsimlovchisi Jamgʻarma kengashi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297207" id="-3297207">6-bob. Hisob, hisobot va nazorat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297208" id="-3297208">19. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti Davarxitektqurilishning budjetdan tashqari mablagʻlaridan boʻlak holda alohida yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297209" id="-3297209">20. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Davarxitektqurilishning hayʼati yigʻilishida koʻrib chiqiladi hamda har yili 15-martgacha Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297211" id="-3297211">21. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297215" id="-3297215">7-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297217" id="-3297217">22. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297220" id="-3297220"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297221" id="-3297221">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />6-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297233" id="-3297233">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297237" id="-3297237">NAMUNAVIY NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297239" id="-3297239"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297242" id="-3297242">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297247" id="-3297247">1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297249" id="-3297249">2. Bosh boshqarma respublikada arxitektura va shaharsozlikni boshqarish organlarining yagona tizimidagi hududiy boʻgʻin (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) hisoblanadi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Davarxitektqurilish deb ataladi) boʻysunadi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlariga hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297251" id="-3297251">3. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga, shuningdek Qoʻmitaning buyruqlari va qarorlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297253" id="-3297253">4. Bosh boshqarma oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297254" id="-3297254">5. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalarida hisob raqamlariga ega boʻladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297257" id="-3297257">2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297260" id="-3297260">6. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297262" id="-3297262">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297266" id="-3297266">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297274" id="-3297274">oʻz vakolati doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringini va davlat shaharsozlik kadastrini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297315" id="-3297315">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297318" id="-3297318">mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297319" id="-3297319">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297320" id="-3297320">bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297322" id="-3297322">loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297324" id="-3297324">shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297325" id="-3297325">arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297327" id="-3297327">7. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297329" id="-3297329"><em>a) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297330" id="-3297330">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatining davlat standartlariga, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297332" id="-3297332">bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297333" id="-3297333">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalarni tuzadi va yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarida aybdor boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297334" id="-3297334">qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining inson sogʻligʻi va hayotiga ziyon yetkazishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297335" id="-3297335">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlari buzilganligi aniqlangan holatlarda ularni bartaraf etish toʻgʻrisida shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297336" id="-3297336">qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297337" id="-3297337">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297339" id="-3297339"><em>b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297340" id="-3297340">hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297341" id="-3297341">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash ishlarini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297342" id="-3297342">umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297343" id="-3297343">aholi punktlarining bosh rejalarida va batafsil rejalashtirish loyihalarida koʻzda tutilmagan obyektlarni joylashtirishda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (muallif) bilan kelishish ishlarini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297344" id="-3297344">tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati obyektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishini yoki rekonstruksiyasini, shuningdek hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART-1 va ART-2) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi — shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297345" id="-3297345"><em>v) oʻz vakolati doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringi va davlat shaharsozlik kadastrini olib borish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297346" id="-3297346">shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297347" id="-3297347">Davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297349" id="-3297349">yer ajratish va imorat qurishga oid, shuningdek yer osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297350" id="-3297350">yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saqlashga doir yagona texnik arxivni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297351" id="-3297351"><em>g) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297352" id="-3297352">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297354" id="-3297354">hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297355" id="-3297355">oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297356" id="-3297356">aholini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297357" id="-3297357">tegishli hududni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297358" id="-3297358">Davarxitektqurilish bilan kelishgan holda qurilish qoidalarini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297359" id="-3297359">shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi texnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda viloyatdagi korxona va tashkilotlarga yaqindan yordam beradi, xorijiy hamkorlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297360" id="-3297360"><em>d) mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297361" id="-3297361">mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297362" id="-3297362">tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish obyektlarini joylashtirish, barcha turdagi qurilish obyektlari uchun yer tanlash va ajratish toʻgʻrisida mahalliy davlat organlarining qarorlari asosida ajratilgan yer maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297363" id="-3297363">tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organiga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297365" id="-3297365">madaniy meros obyektlarining muhofaza hududlarini aniqlash chora-tadbirlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297366" id="-3297366">kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi va Davarxitektqurilishga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297368" id="-3297368">mahalliy davlat hokimiyati organiga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297370" id="-3297370"><em>e) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297372" id="-3297372">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297378" id="-3297378">yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297380" id="-3297380">tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297382" id="-3297382">binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297385" id="-3297385">tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish pasportini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297406" id="-3297406"><em>j) bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297413" id="-3297413">manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297417" id="-3297417">qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297419" id="-3297419">qurilishning texnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaxshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297421" id="-3297421"><em>z) loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297422" id="-3297422">shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarning reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297424" id="-3297424">shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar faoliyati samaradorligini oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297425" id="-3297425">kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtiradi hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297426" id="-3297426">qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini, shuningdek qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297427" id="-3297427">qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297431" id="-3297431"><em>i) shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297433" id="-3297433">shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297435" id="-3297435">tanlov savdolarini tashkil etishda va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilganligi nazorat qilinishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297437" id="-3297437">pudrat shartnomalaridagi majburiyatlar bajarilishi monitoringi olib borilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297439" id="-3297439">tanlov savdolari natijalari boʻyicha obyektlar qurilishining joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati shakllantirilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297442" id="-3297442"><em>k) arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini muntazam oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297443" id="-3297443">sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297446" id="-3297446">oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari boʻyicha belgilangan tartibda Davarxitektqurilishga takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaxassisliklarga boʻlgan talabni oʻrganadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297447" id="-3297447">talabalarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida koʻchma darslar tashkil etishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297450" id="-3297450">oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash bazasi sifatida ularni loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga koʻmaklashadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297451" id="-3297451">shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar mutaxassislarining malakasini muntazam oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297453" id="-3297453">Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297455" id="-3297455">3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297457" id="-3297457">8. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297459" id="-3297459">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297461" id="-3297461">oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297462" id="-3297462">oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297463" id="-3297463">shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida muhim muammolarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297464" id="-3297464">shaharsozlik, ekologik talablarga va arxitektura organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga (ART-1 va ART-2) javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297465" id="-3297465">shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297467" id="-3297467">moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar va obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297473" id="-3297473">shaharsozlik faoliyati sohasida eng yaxshi loyihaning ilmiy-texnik ishlanmalarini hamda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish va tanlov komissiyalarini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297474" id="-3297474">oʻz faoliyatida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297508" id="-3297508">Davarxitektqurilishga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzgan holda ishlayotgan shaharsozlik faoliyati subyektlarining qurilish sohasidagi hamda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297509" id="-3297509">Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297511" id="-3297511">9. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297512" id="-3297512">4-bob. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297514" id="-3297514">10. Bosh boshqarmaga Davarxitektqurilishning tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda berilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297516" id="-3297516">Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297518" id="-3297518">Bosh boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari tegishli ravishda bosh arxitektor hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297519" id="-3297519">Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasining boshligʻi Bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297520" id="-3297520">Bosh boshqarma boshligʻi lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik Kengashining aʼzosi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297521" id="-3297521">Bosh boshqarma huzurida doimiy idoralararo organ — Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297522" id="-3297522">Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297523" id="-3297523">Kengashning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PF-5030-son Farmonining <a href="/mact/-3188253#-3188521">1a-ilovasiga </a>muvofiq shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297525" id="-3297525">Bosh boshqarma taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297526" id="-3297526">Bosh boshqarmaning shtat jadvali va xarajatlar smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297528" id="-3297528">11. Bosh boshqarma boshligʻi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297529" id="-3297529">Bosh boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297530" id="-3297530">Bosh boshqarma tarkibiga kiruvchi davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasi, davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi hamda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga bevosita rahbarlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297531" id="-3297531">oʻzining oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297532" id="-3297532">Bosh boshqarmaning va Arxitektura-rejalashtirish byurosining shtat jadvalini va smeta xarajatlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297533" id="-3297533">oʻz vakolati doirasida Bosh boshqarma tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297537" id="-3297537">Bosh boshqarma xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga, lavozimlar yoʻriqnomasi talablariga hamda xizmatga oid hujjatlar bilan ishlash tartibiga rioya qilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297538" id="-3297538">davlat organlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlarda va sudda, boshqa tashkilotlarda Bosh boshqarma nomidan vakillik qiladi va Bosh boshqarma manfaatini himoya qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297539" id="-3297539">Bosh boshqarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297541" id="-3297541">Bosh boshqarmaning mulkini boshqaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297543" id="-3297543">Bosh boshqarma tarkibiy boʻlinmalari nizomlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297545" id="-3297545">qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisob-kitobi va statistika hisoboti tashkil qilinishiga javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297547" id="-3297547">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297551" id="-3297551">12. Bosh boshqarma tarkibiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297553" id="-3297553">Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297555" id="-3297555">Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297557" id="-3297557">Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297559" id="-3297559">shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297560" id="-3297560">tumanlar arxitektura va qurilish boʻlimlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297561" id="-3297561">Bosh boshqarma huzuridagi Arxitektura-rejalashtirish byurosi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297563" id="-3297563">13. Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari, shuningdek tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish boʻlimlarining boshliqlari Davarxitektqurilish raisining buyrugʻi bilan, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297564" id="-3297564">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297565" id="-3297565">14. Bosh boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297572" id="-3297572"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297575" id="-3297575">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />7-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297583" id="-3297583">Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlim (boshqarma)lari toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297587" id="-3297587">NAMUNAVIY NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297589" id="-3297589"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297590" id="-3297590">I-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297591" id="-3297591">1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi)ning (keyingi oʻrinlarda Arxitektura boʻlimi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297593" id="-3297593">2. Arxitektura boʻlimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining buyruqlari va qarorlariga hamda ushbu Nizomga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining buyruqlariga amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297594" id="-3297594">3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Arxitektura boʻlimlari boʻladi, ular oʻz faoliyatida bevosita tegishliligi boʻyicha Bosh boshqarmalarga boʻysunadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297597" id="-3297597">2-bob. Arxitektura boʻlimining asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297598" id="-3297598">4. Quyidagilar Arxitektura boʻlimining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297601" id="-3297601">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297602" id="-3297602">tuman hududini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297604" id="-3297604">oʻz vakolati doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297606" id="-3297606">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297607" id="-3297607">mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297609" id="-3297609">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297611" id="-3297611">loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297614" id="-3297614">5. Arxitektura boʻlimi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297615" id="-3297615"><em>a) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297617" id="-3297617">bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va davlat standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297618" id="-3297618">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyati sohasida huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297620" id="-3297620">yoʻl qoʻyilgan qonunchilik va qoida buzilishi holatlarida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan chora koʻrish uchun mahalliy davlat organlariga va Bosh boshqarmaga materiallarni kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297622" id="-3297622">qonunchilik va qoida buzilishi holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297623" id="-3297623"><em>b) tuman hududini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etish sohasida:</em> </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297625" id="-3297625">aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash yuzasidan takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297626" id="-3297626">aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish choralarini koʻradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297627" id="-3297627">tegishli hududda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi arxitektura va qurilish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297685" id="-3297685"><em>v) oʻz vakolati doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringini olib boradi;</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297686" id="-3297686">shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297687" id="-3297687">davlat shaharsozlik kadastri maʼlumotlarini Bosh boshqarmaga kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297688" id="-3297688">yer ajratish va shaharsozlik obyektlari qurilishiga oid, shuningdek yer osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297689" id="-3297689"><em>g) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297690" id="-3297690">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlanishida qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297691" id="-3297691">hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297692" id="-3297692">oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy dasturlarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297693" id="-3297693">tegishli hududni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlangʻich maʼlumotlarni jamlashda koʻmaklashadi va bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297694" id="-3297694">aholini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib boradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297695" id="-3297695"><em>d) mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297696" id="-3297696">tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida tuman (shahar) hududida yerlardan samarali foydalanish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organiga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297697" id="-3297697">barcha turdagi qurilish obyektlari uchun yer tanlash va ajratish toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida ajratilgan yer maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297698" id="-3297698"><em>e) shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297699" id="-3297699">yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297700" id="-3297700">tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297701" id="-3297701"><em>j) loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297702" id="-3297702">loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297703" id="-3297703">loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishda koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297704" id="-3297704">qurilish industriyasi korxonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini, shuningdek qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantirishda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297705" id="-3297705">qurilish sohasida yangi texnika, texnologiya va mexanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297706" id="-3297706">Arxitektura boʻlimi qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297707" id="-3297707">3-bob. Arxitektura boʻlimining huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297708" id="-3297708">6. Arxitektura boʻlimi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297709" id="-3297709">tuman (shahar) hokimining shaharsozlik masalalari boʻyicha qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda kelishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297710" id="-3297710">shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297711" id="-3297711">oʻzboshimchalik bilan imorat qurishda, shaharsozlik intizomini, qurilish va arxitektura sohasidagi amalda boʻlgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarni hamda hududlarida mazkur huquq buzilishlarini sodir etgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlarini belgilangan tartibda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297712" id="-3297712">fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda, belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297713" id="-3297713">Arxitektura boʻlimi qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297714" id="-3297714">7. Arxitektura boʻlimi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297715" id="-3297715">4-bob. Arxitektura boʻlimining faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297716" id="-3297716">8. Arxitektura boʻlimi boshligʻi tuman (shahar) bosh arxitektori hisoblanadi hamda boʻlimga rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297717" id="-3297717">Arxitektura boʻlimi boshligʻini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan, tegishli ravishda Bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297718" id="-3297718">Egallab turgan lavozimiga koʻra Arxitektura boʻlimi boshligʻi Bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi aʼzosi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297719" id="-3297719">9. Arxitektura boʻlimining xodimlarini ishga qabul qilish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297720" id="-3297720">10. Arxitektura boʻlimi boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297721" id="-3297721">mazkur Nizomga muvofiq boʻlimga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297722" id="-3297722">boʻlim xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan ozod etish yuzasidan Bosh boshqarma rahbariga taklif kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297723" id="-3297723">faoliyat va alohida yoʻnalishlar boʻyicha boʻlim xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297724" id="-3297724">barcha tashkilotlarda boʻlim faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha boʻlim nomidan vakillik qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297725" id="-3297725">shaharsozlik hujjatlarini, shu jumladan alohida binolar va inshootlar qurilishi uchun loyihalarni ishlab chiqishda muallif sifatida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297726" id="-3297726">qurilishi (qayta qurilishi) tugallangan shaharsozlik obyektlarini foydalanishga qabul qilishda belgilangan tartibda qatnashadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297727" id="-3297727">11. Arxitektura boʻlimi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297728" id="-3297728">12. Arxitektura boʻlimining faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Bosh boshqarma tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297729" id="-3297729">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297730" id="-3297730">13. Arxitektura boʻlimini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297731" id="-3297731"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297732" id="-3297732">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />8-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297733" id="-3297733">Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297734" id="-3297734">NAMUNAVIY NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297735" id="-3297735"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297736" id="-3297736">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297737" id="-3297737">1. Ushbu Nizom Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Hududiy boshqarma deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297738" id="-3297738">2. Hududiy boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davarxitektqurilish deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, oʻz faoliyatida Davarxitektqurilishga, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga boʻysunadi va hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297739" id="-3297739">3. Hududiy boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga hamda Davarxitektqurilishning qarorlari va buyruqlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297740" id="-3297740">4. Hududiy boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297741" id="-3297741">2-bob. Hududiy boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297742" id="-3297742">5. Quyidagilar Hududiy boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297743" id="-3297743">markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan shaharsozlik hujjatlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga obyektlar qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini va texnik-iqtisodiy hisoblarining mustahkamlikka, yongʻin va portlash xavfsizligi hamda shaharsozlik, ijtimoiy, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yoqilgʻi-energetika, xomashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi, loyiha yechimlarining amaldagi normativlar va standartlarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda davlat ekspertizasi tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297744" id="-3297744">arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlari darajasini oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297745" id="-3297745">loyihalashtirish ishlarini va qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish hamda loyihalashtirish va shaharsozlik sohasidagi ilgʻor tajribani oʻrganish va ommalashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297746" id="-3297746">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi shaharsozlik hujjatlariga oid kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297747" id="-3297747">6. Hududiy boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297748" id="-3297748">mulkchilik shakllaridan va moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, texnik-iqtisodiy asoslarni va texnik-iqtisodiy hisoblarni, korxonalar, binolar, inshootlar, muhandislik tarmoqlari va yoʻl qurilishi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga doir loyihalashtirish hujjatlarini, qishloq aholi yashash joylari va shahar tipidagi aholi yashash joylarining loyihalashtirish-rejalashtirish hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297749" id="-3297749">ekspertiza natijalarini umumlashtiradi, ular toʻgʻrisida Davarxitektqurilishning Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasini xabardor qiladi, shaharsozlik hujjatlarini va ekspertizani takomillashtirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297750" id="-3297750">shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari yuzasidan xulosalar beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297751" id="-3297751">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda (qayta ishlab chiqishda), ularni ekspertizadan oʻtkazishda hamda investitsiya faoliyatining texnik va iqtisodiy masalalari boʻyicha maslahatlar berishda shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297752" id="-3297752">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi shaharsozlik hujjatlariga oid kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297753" id="-3297753">3-bob. Hududiy boshqarmaning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297754" id="-3297754">7. Hududiy boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297755" id="-3297755">davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun manfaatdor tashkilotlarni, oliy taʼlim massalarini, shuningdek olimlar va mutaxassislarni (shtatdan tashqari ekspertlarni) shartnoma asosida jalb etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297756" id="-3297756">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun shaharsozlik hujjatlarini qayta ishlashga yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297757" id="-3297757">shaharsozlik faoliyati subyektlaridan davlat ekspertizasini oʻtkazishga doir qoʻshimcha hujjatlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297758" id="-3297758">shaharsozlik faoliyati subyektlaridan davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297759" id="-3297759">zarur holatlarda, ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlarini texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqi uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida Davarxitektqurilishga takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297760" id="-3297760">shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha qurilish normalari va qoidalariga, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalarga rioya qilinishi monitoringini olib borish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297761" id="-3297761">8. Hududiy boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297762" id="-3297762">4-bob. Hududiy boshqarma faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297763" id="-3297763">9. Hududiy boshqarmaga Davarxitektqurilish raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297764" id="-3297764">Hududiy boshqarma boshligʻi davlat bosh eksperti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297765" id="-3297765">10. Hududiy boshqarma boshligʻi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297766" id="-3297766">Hududiy boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi va Hududiy boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297768" id="-3297768">Davarxitektqurilish bilan kelishilgan holda shtat jadvallarini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297769" id="-3297769">oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297770" id="-3297770">Hududiy boshqarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297771" id="-3297771">belgilangan tartibda Hududiy boshqarma mablagʻlari va mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar tuzadi, banklarda hisob raqamlar ochadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297772" id="-3297772">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297773" id="-3297773">11. Hududiy boshqarma faoliyatini moliyalashtirish Hududiy boshqarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297774" id="-3297774">12. Hududiy boshqarma har oyda Davarxitektqurilishning hisob raqamiga oʻz daromadlarining 10 foizi miqdorida mablagʻ oʻtkazadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297775" id="-3297775">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297776" id="-3297776">13. Hududiy boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297777" id="-3297777"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297778" id="-3297778">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga </a><br />8a-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297779" id="-3297779">Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297780" id="-3297780">NAMUNAVIY TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297781" id="-3297781"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3299784" id="-3299784"><img src="/files/3299811" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3297784" id="-3297784">Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 9, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 3, ekspert-mutaxassislar — 6.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297785" id="-3297785"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297786" id="-3297786">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />9-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297787" id="-3297787">Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297788" id="-3297788">NAMUNAVIY NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297789" id="-3297789"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297791" id="-3297791">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297792" id="-3297792">1. Ushbu Nizom Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Hududiy inspeksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297793" id="-3297793">2. Hududiy inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davarxitektqurilish deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, oʻz faoliyatida Davarxitektqurilishga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga hisobot beradi va boʻysunadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297794" id="-3297794">3. Hududiy inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga hamda Davarxitektqurilishning buyruqlari va qarorlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297795" id="-3297795">4. Hududiy inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297797" id="-3297797">2-bob. Hududiy inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297798" id="-3297798">5. Quyidagilar Hududiy inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297800" id="-3297800">aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qatʼiy muvofiq ravishda kompleks qurilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga soʻzsiz rioya etishlari, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297801" id="-3297801">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachining texnik nazoratini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297802" id="-3297802">yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida, loyiha hujjatlarida qabul qilingan texnik yechimlar, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar, qurilish-montaj ishlarining barcha bosqichlarida ularni amalga oshirish texnologiyasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297803" id="-3297803">qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat bergan holda qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297804" id="-3297804">qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishlarida majburiy ravishda qatnashish, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297805" id="-3297805">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil etish sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish va unda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297806" id="-3297806">qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297807" id="-3297807">6. Hududiy inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi nazorat funksiyalarini bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297808" id="-3297808">aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qatʼiy muvofiq ravishda kompleks qurilishini shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297810" id="-3297810">yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297811" id="-3297811">loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297812" id="-3297812">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachining texnik nazorati va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazorati oʻtkazilishini tekshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297813" id="-3297813">Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297814" id="-3297814">qurilish obyektida ijro hujjatlari yuritilishini, shaharsozlik faoliyati subyektlarida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish va qurilish sohasidagi faoliyatni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalarning mavjudligini nazorat qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297815" id="-3297815">qurilish obyektida normativ-texnik va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan sinovlar, suratga olishlar va oʻlchashlar oʻtkazilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297816" id="-3297816">qonun hujjatlariga muvofiq murakkablilik (xavflilik) darajasiga koʻra obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297817" id="-3297817">binolar, inshootlar, ularning qismlari va konstruktiv elementlarining avariya holatlarini va avariyalari sabablarini tekshirish boʻyicha texnika komissiyalarining ishlarida qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297818" id="-3297818">shartnoma asosida mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini ularni tiklash yoki rekonstruksiya qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi va tegishli xulosalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297819" id="-3297819">qurilish mahsulotlarining sifatini taʼminlash, shaharsozlikka oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilish masalalari boʻyicha davlat boshqa vakolatli organlari, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297820" id="-3297820">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan tashkilotlarning arxitektura-shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun hamda qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida Davarxitektqurilishga takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297821" id="-3297821">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297822" id="-3297822">qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari inson sogʻligʻi va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297823" id="-3297823">nazorat natijalarini tahlil qiladi, xalqaro tajribani oʻrganadi, qurilish sifatini yaxshilash va qurilish materiallaridan oqilona foydalanish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297824" id="-3297824">“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda sifatga oid xalqaro talablarga muvofiq qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297825" id="-3297825">har chorakda bajarilgan ishlar yuzasidan Davarxitektqurilish huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasiga hisobotlarni taqdim etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297826" id="-3297826">3-bob. Hududiy inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297827" id="-3297827">7. Hududiy inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297828" id="-3297828">moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, barcha qurilishlarda, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlarida ruxsat berilgan hujjatlar mavjudligi va shaharsozlik norma hamda qoida talablariga rioya etilayotganligi borasida, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiya bilan kelishmagan holda, hech bir toʻsiqlarsiz qisqa muddatli (subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) inspektorlik tekshiruvlari oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297829" id="-3297829">tekshiruvni amalga oshirish jarayonida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha, zaruriyat boʻlsa, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297830" id="-3297830">Hududiy inspeksiyada roʻyxatdan oʻtkazilgan obyektlarda toʻsqinliksiz boʻlish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297831" id="-3297831">shaharsozlik faoliyati subyektlaridan loyiha, texnologiya va ijro hujjatlarini hamda qoʻllanilayotgan materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297832" id="-3297832">obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarga konstruksiyalar, uzellar va detallarning ayrim elementlarini ochishni, tagzamindagi tuproqni sinashni va qayta yopib qoʻyishni, qoʻllanilgan qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalarini, muhandislik tizimlarini sinab koʻrishni topshirish, zarurat boʻlganda, tegishli xulosa tayyorlash uchun ekspertlarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining mutaxassislarini jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297833" id="-3297833">oʻz funksional vazifalari doirasida tashkilotlarning obyektlar qurilishi sifatini nazorat qiluvchi texnik nazorat xizmatlari hamda sinov qurilish laboratoriyalari ishlarini nazoratdan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297834" id="-3297834">davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi boʻlgan, obyektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib turish. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qoʻllash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish holatlari mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297835" id="-3297835">shaharsozlik faoliyati subyektlarining shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan (ularning buyruqlari bilan tayinlangan) mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297836" id="-3297836">loyiha boʻyicha bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliqligi, qurilish obyektlarining texnik holati haqida ekspert xulosalari berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297837" id="-3297837">qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qoidalar buzilgan holda topshirilgan obyektlarni statistika hisobotidan chiqarish toʻgʻrisida statistika organlariga taqdimnoma kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297838" id="-3297838">8. Hududiy inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297839" id="-3297839">4-bob. Hududiy inspeksiya faoliyatini tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297840" id="-3297840">9. Hududiy inspeksiyaga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan Davarxitektqurilish raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297841" id="-3297841">10. Hududiy inspeksiya boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297842" id="-3297842">Hududiy inspeksiyaning shtat jadvalini Davarxitektqurilish bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297843" id="-3297843">xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini va funksional vazifalarini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297844" id="-3297844">Hududiy inspeksiya xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297845" id="-3297845">11. Hududiy inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari Davarxitektqurilish raisi bilan kelishgan holda Hududiy inspeksiya boshligʻining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297846" id="-3297846">12. Hududiy inspeksiya inspektorlari oʻz funksional faoliyatini Davarxitektqurilish tomonidan har uch yilda oʻtkaziladigan attestatsiya natijalariga koʻra beriladigan sertifikatlar asosida amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297847" id="-3297847">13. Hududiy inspeksiyalar faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297848" id="-3297848">a) Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining (qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297849" id="-3297849">0,08 foizi miqdorida — yangi qurilish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297850" id="-3297850">0,05 foizi miqdorida — mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297851" id="-3297851">b) boshqa obyektlar boʻyicha — loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297852" id="-3297852">0,01 foizi miqdorida — murakkablikning I toifasidagi obyektlar boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297853" id="-3297853">0,02 foizi miqdorida — murakkablikning II toifasidagi obyektlar boʻyicha; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297854" id="-3297854">0,03 foizi miqdorida — murakkablikning III toifasidagi obyektlar boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297855" id="-3297855">v) qurilish materiallarini sertifikatlashtirish, mavjud binolar va inshootlarni tiklash yoki rekonstruksiya qilish yuzasidan ularning texnik holatini tekshirish boʻyicha shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek laboratoriya xizmatlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297856" id="-3297856">14. Qurilish materiallarini sertifikatlashtirish, mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish boʻyicha bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning, shuningdek laboratoriya xizmatlari va Hududiy inspeksiya tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar boshqa turlarining qiymatini aniqlash metodikasi Davarxitektqurilish tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297857" id="-3297857">15. Hududiy inspeksiyaning shartnoma asosida tushadigan daromadlarining 10 foizi har oyda Davarxitektqurilishga oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297858" id="-3297858">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297859" id="-3297859">16. Hududiy inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297860" id="-3297860"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297861" id="-3297861">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />10-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297862" id="-3297862">Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297864" id="-3297864">NAMUNAVIY NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297865" id="-3297865"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297867" id="-3297867">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297869" id="-3297869">1. Ushbu Nizom qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlarining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297870" id="-3297870">2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davarxitektqurilish deb ataladi) tarkibiga kiradi, oʻz faoliyatida Davarxitektqurilishga, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga boʻysunadi va hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297874" id="-3297874">3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a> va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, ushbu Nizomga, hamda Davarxitektqurilishning qarorlari va buyruqlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297876" id="-3297876">4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, bankda hisob raqamiga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297878" id="-3297878">2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297881" id="-3297881">5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297885" id="-3297885">tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, shartnoma asosida qurilishda tanlov savdolarini tashkilotchi sifatida tashkil etish va oʻtkazish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297887" id="-3297887">tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297888" id="-3297888">tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, shartnomalar tuzish, tanlov savdolari shartlari va investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvalining bajarilishi, shuningdek markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtirilayotgan qurilishi tugallangan obyektning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi monitoringini olib borish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297893" id="-3297893">shartnomaviy joriy narxni aniqlash boʻyicha metodologik tavsiyalarni, narxlarni shakllantirishni yanada takomillashtirish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297894" id="-3297894">mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari narxlarini shakllantirish, tahlil qilish, ularni qayta ishlash va umumlashtirib Davarxitektqurilishning Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markaziga muntazam ravishda taqdim etib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297896" id="-3297896">narxlarni shakllantirish boʻyicha yangi smeta normativlarini yaratish uchun boshlangʻich axborotlarni toʻplash va dastlabki tahlil qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297897" id="-3297897">qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish boʻyicha shaharsozlik faoliyati subyektlariga konsalting xizmatlari koʻrsatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297898" id="-3297898">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297899" id="-3297899">6. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297901" id="-3297901">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar bilan birgalikda qurilishda tanlov savdolarini oʻtkazish tartibotini belgilaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297902" id="-3297902">Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizom shartlari va talablariga rioya qilgan holda tanlov savdolari predmetiga qoʻyiladigan tanlov hujjatlarini ishlab chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297903" id="-3297903">shartnoma asosida qurilishda tanlov savdolarini tashkilotchi sifatida tashkil etadi va oʻtkazadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297904" id="-3297904">tanlov savdolarini tashkil etadi va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297905" id="-3297905">arizalar va ofertalar qabul qilinishini tashkil etadi, ularning hisobga olinishini, saqlanishini va maxfiyligini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297906" id="-3297906">tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Davarxitektqurilishga taqdim etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297908" id="-3297908">tanlov hujjatlarida belgilangan shakl boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berish uchun materiallarni tayyorlaydi va/yoki potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborilishini taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297909" id="-3297909">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachi tomonidan jalb qilinadigan mustaqil ekspertlar yoki konsultantlar ishini tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297911" id="-3297911">ofertalar ochilgandan keyin ularni buyurtmachiga beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297912" id="-3297912">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachiga tanlov savdolari yakunlari boʻyicha buyurtmachi hisobotini tuzishda koʻmaklashadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297913" id="-3297913">shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachi va obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchi tomonidan taqdim etiladigan axborotlarni tahlil qilish yoʻli bilan shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi hamda tanlov savdolari va tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringi natijalari toʻgʻrisida Davarxitektqurilishga oylik hisobotni taqdim etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297914" id="-3297914">seminarlar oʻtkazadi, kadrlarni tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan tasdiqlangan tartibotini, tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar shartlaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishi monitoringini amaliyotda qoʻllash boʻyicha oʻqitadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297916" id="-3297916">kapital qurilishda iqtisodiy va tashkiliy islohotlar amalga oshirilishi, qurilish materiallari, alohida va maxsus ishlar narxlarining, qurilish mexanizmlarini ishlatish va qurilish yuklarini tashish, tayyor qurilish mahsuloti xarajatlari oʻzgarishi monitoringini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297918" id="-3297918">oʻz vakolatlari doirasida investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan qarorlar tayyorlaydi va belgilangan tartibda Davarxitektqurilishga yoki tegishli organlarga kiritadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297920" id="-3297920">Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297921" id="-3297921">3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297923" id="-3297923">7. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297926" id="-3297926">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan va boshqa tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297928" id="-3297928">qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297930" id="-3297930">tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar shartlaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish maqsadida qurilishning borishini oʻrganish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297932" id="-3297932">qonun hujjatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachiga xizmatlarni sotib olishni toʻxtatish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297934" id="-3297934">shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297936" id="-3297936">Oʻzbekiston Respublikasining loyihalashtirish, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarini, olimlar va mutaxassislarni ular mehnatiga qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlagan holda, belgilangan tartibda ishga jalb qilish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297942" id="-3297942">8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297944" id="-3297944">4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297945" id="-3297945">9. Markazga Davarxitektqurilish raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297946" id="-3297946">10. Markaz direktori: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297947" id="-3297947">Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297948" id="-3297948">Davarxitektqurilish bilan kelishgan holda Markazning shtat jadvalini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297949" id="-3297949">Markaz faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha barcha organlarda va tashkilotlarda Markaz nomidan vakillik qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297950" id="-3297950">Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297951" id="-3297951">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297952" id="-3297952">11. Markaz oʻzining xoʻjalik faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297953" id="-3297953">12. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297955" id="-3297955">shartnoma asosida tanlov hujjatlarini ishlab chiqqanlik, qurilishda tanlov savdolarini tashkil etganlik va oʻtkazganlik; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297956" id="-3297956">narxlarni shakllantirish, shartnoma asosida savdo mavzuining dastlabki qiymatini aniqlash masalalari boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatganlik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297957" id="-3297957">qurilish sohasida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan xizmatlarning boshqa turlarini amalga oshirganlik uchun olinadigan daromadlar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297960" id="-3297960">13. Markaz har oyda Davarxitektqurilishning hisob raqamiga oʻz daromadlarining 10 foizi miqdorida mablagʻ oʻtkazadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3297969" id="-3297969">5-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297970" id="-3297970">14. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297971" id="-3297971"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297972" id="-3297972">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />10a-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297973" id="-3297973">Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297975" id="-3297975">NAMUNAVIY TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297977" id="-3297977"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3297978" id="-3297978"><img src="/files/3299870" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3297982" id="-3297982">Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 13.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297984" id="-3297984"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3297985" id="-3297985">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son <a href="/mact/-3295608">qaroriga</a> <br />11-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3297986" id="-3297986">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3297988" id="-3297988">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3297989" id="-3297989"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297991" id="-3297991">1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-277776">2</a> va <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-277796">5-bandlari</a>, shuningdek qarorga <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-277943">4</a>, <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-278151">5</a>, <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-278158">5a</a>, <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-278172">5b</a>, <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-278182">6</a> va <a href="/mact/-247333?ONDATE=02.12.2003 00#-278353">6b</a>-ilovalari. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297993" id="-3297993">2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning <a href="/mact/-811493?ONDATE=08.09.2005 00#-811805">51-bandi.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297994" id="-3297994">3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-7-son, 33-modda) 6-ilovaning <a href="/mact/-973491?ONDATE=06.02.2006 00#-997039">4-bandi.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297995" id="-3297995">4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning <a href="/mact/-1004770?ONDATE=22.05.2006 00#-1008589">38-bandi.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297996" id="-3297996">5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ–847-son qarori)” 2008-yil 10-iyundagi 120-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 27-modda) ilovaning <a href="/mact/-1361374?ONDATE=10.06.2008 00#-1361466">2-bandi.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297998" id="-3297998">6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari hamda shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 11-noyabrdagi 294-son <a href="/mact/-1542832">qarori.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3297999" id="-3297999">7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qarori)” 2010-yil 13-maydagi 90-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 20-modda) ilovaning <a href="/mact/-1624726?ONDATE=13.05.2010 00#-1624747">3</a> va <a href="/mact/-1624726?ONDATE=13.05.2010 00#-1624751">5-bandlari</a>. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3298001" id="-3298001">8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning <a href="/mact/-1636723?ONDATE=05.06.2010 00#-1637148">28-bandi. </a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3298003" id="-3298003">9. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 67-modda) <a href="/mact/-1840108?ONDATE=29.07.2011 00#-1840163">1-bandi</a>, <a href="/mact/-1840108?ONDATE=29.07.2011 00#-1840211">2-ilovasi</a>, shuningdek 4-ilovaning <a href="/mact/-1840108?ONDATE=29.07.2011 00#-1843276">2-bandi</a>.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3823290" id="edi-3823290"><a href="/mact/-3295608?ONDATE=07.08.2017 10#-3298004">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3823290" id="-3823290">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli <a href="/mact/-3804166?ONDATE=03.07.2018 01#-3810699">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3298005" id="-3298005">11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ–398-son qonunlari) 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning <a href="/mact/-2939512?ONDATE=02.05.2016 00#-2939867">64-bandi.</a></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3298007" id="-3298007">12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ–2137-son qarori) 2014-yil 30-apreldagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 40-modda) ilovaning <a href="/mact/-2379217?ONDATE=01.07.2014 00#-2379250">2-bandi.</a> </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3298009" id="-3298009">13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ–396-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” 2016-yil 28-apreldagi 129-son qaroriga 1-ilovaning <a href="/mact/-2945879?ONDATE=10.05.2016 00#-2945907">2</a>, <a href="/mact/-2945879?ONDATE=10.05.2016 00#-2945911">3</a> va <a href="/mact/-2945879?ONDATE=10.05.2016 00#-2945923">5-bandlari</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3298011" id="-3298011">14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori) 2016-yil 23-maydagi 166-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 41-modda) ilovaning <a href="/mact/-2967269?ONDATE=30.05.2016 00#-2967288">1-bandi.</a></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3299720" id="-3299720">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
