

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;31.07.2018
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3188253" id="onLBC-3188253">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6913"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3188253" id="onLS-3188253">[<b>TSZ:</b><div id="LS3741"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3188313" id="-3188313">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3188318" id="-3188318">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3188319" id="-3188319">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3188320" id="-3188320"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-3865974" id="-3865974">Mazkur farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3646-son qarori)”gi <a href="/mact/-3842005?ONDATE=31.07.2018 00#-3859837">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188321" id="-3188321">Qayd etib oʻtilsinki, Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlar aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, uy-joy va ijtimoiy-maishiy qurilishni jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rekonstruksiya qilish hamda yangilash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188322" id="-3188322">Keyingi yillarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Qoʻqon, Urganch, Qarshi, Shahrisabz shaharlarining arxitektura qiyofasini butunlay oʻzgartirib yubordi. Tasdiqlangan bosh rejalar boʻyicha Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruksiya qilish yuqori surʼatlar bilan olib borilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188323" id="-3188323">Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturini amalga oshirish natijasida qishloq aholi punktlarining qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda, ijtimoiy-bozor infratuzilmasining rivojlangan tarmogʻi yaratildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188324" id="-3188324">Shu bilan birga shaharsozlik faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni, aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi obyektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini qoʻpol ravishda buzishning koʻpdan koʻpfaktlari aniqlandi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188325" id="-3188325">Aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida funksiya va vakolatlarning aniq chegaralab qoʻyilmaganligi shaharlar va boshqa aholi punktlarini reja asosida rivojlantirish hamda kompleks ravishda qurishga jiddiy zarar yetkazayotgan asossiz va shoshma-shosharlik bilan loyiha-rejalashtirish yechimlari qabul qilinishiga, shuningdek, shaharsozlik hujjatlari va qurilish sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188326" id="-3188326">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatining butun tizimini tubdan qayta tashkil etishni, shaharsozlikning normativ-huquqiy va institutsional bazasini yanada takomillashtirishni, shaharsozlik hujjatlari sifatini oshirishni taqozo etmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188327" id="-3188327">Moddiy-texnika bazasi yuqori darajada boʻlgan va oʻz faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan loyiha tashkilotlarining keng miqyosli hududiy tarmogʻi mavjud emasligi, ilgʻor xorijiy tajriba, arxitektura va dizayn sohasidagi yutuqlardan, shuningdek, innovatsion dasturiy yechimlardan yetarlicha foydalanilmasligi shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bularning hammasi qurilish sohasida davlat mablagʻlari va resurslaridan nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188328" id="-3188328">Arxitektura va shaharsozlik sohasini yanada rivojlantirish, shaharlar va aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish holatini yaxshilash, aholi punktlarini kompleks qurish boʻyicha qabul qilinayotgan qarorlar uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188329" id="-3188329">1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining, qoʻmita hududiy boʻlinmalari rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shahar va aholi punktlari bosh rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi ishlari qoniqarsiz deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188331" id="-3188331">2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188333" id="-3188333">belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan tizimli davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan texnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati oʻtkazilishini tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188336" id="-3188336">respublika hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188338" id="-3188338">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188339" id="-3188339">shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiya tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188340" id="-3188340">shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188342" id="-3188342">loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va masʼuliyatini oshirish, shaharsozlik, loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188344" id="-3188344">mehnat unumdorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188345" id="-3188345">bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narx belgilashning rolini oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188348" id="-3188348">kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtirish, tanlov (tender) hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188349" id="-3188349">arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash, loyiha-smeta hujjatlarini va qurilish faoliyatining ayrim turlarini ekspertizadan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188351" id="-3188351">arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash, respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188353" id="-3188353">3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi, shuningdek, qoʻmita hududiy boʻlinmalarining rahbarlari zimmasiga shahar aholi punktlarining bosh rejalari va mufassal rejalashtirish loyihalari, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqishni taʼminlash, ularni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini qoʻmitaga topshirish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188356" id="-3188356">4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi etib, arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari bilan, qayta tashkil qilinsin, uning eng muhim vazifasi etib, aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qatʼiy muvofiq ravishda kompleks qurilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga soʻzsiz rioya etishlari, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish, buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borish belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188357" id="-3188357">Quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188358" id="-3188358">Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasining boshligʻi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188359" id="-3188359">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188360" id="-3188360">5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika arxitektura shaharsozlik kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga<a href="/mact/-3188253#-3188521">*</a> muvofiq tasdiqlansin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188361" id="-3188361">shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188362" id="-3188362">shaharlar, shahar posyolkalari va arxitektura komplekslarining bosh rejalari loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish, ularning amalga oshirilishi, arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, muhim shaharsozlik normalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188363" id="-3188363">ilmiy asoslangan holda aholini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish va qurish, zamonaviy talablarni, milliy arxitektura-madaniy anʼanalarni, shahar hududlaridan samarali foydalanish, tabiiy muhitga ziyon yetkazmaydigan munosabatda boʻlishni hisobga olgan holda aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini uygʻun rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188367" id="-3188367">aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatdan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188368" id="-3188368">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (A.J.Ramatov) aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, kompleks ravishda qurish, ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmasini taʼminlash boʻyicha aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari bajarilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hamda vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitishni amaliyotga joriy etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188369" id="-3188369">6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzurida, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzurida 1a-ilovaga<a href="/mact/-3188253#-3188521">*</a> muvofiq namunaviy tarkibda hududiy arxitektura qurilish kengashlarini tuzish va ularning zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188371" id="-3188371">viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini hamda tumanlar (tuman guruhlari)ni rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, mufassal rejalashtirish loyihalarini hamda oʻz tasarrufidagi hududlarda boshqa shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188373" id="-3188373">binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188375" id="-3188375">aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisida davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188377" id="-3188377">bosh rejalarni, mufassal rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududlarda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha viloyat, tuman va shaharlar davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188379" id="-3188379">7. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188381" id="-3188381">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188383" id="-3188383">hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilmagan holda shaharlar va tumanlar markazlarining tasdiqlangan bosh rejalariga oʻzgartishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3188385" id="onLBC-3188385">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6915"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188385" id="-3188385">8. Moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188387" id="-3188387">belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalar va mufassal rejalashtirish loyihalari mavjud boʻlmaganida shahar va tuman markazlarida obyektlarni joylashtirish va qurish (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188389" id="-3188389">tasdiqlangan loyiha hujjatlari, davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasining qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan ekspertizasining ijobiy xulosasi va ruxsati mavjud boʻlmaganida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) qatʼiy taqiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188390" id="-3188390">Belgilansinki, istisno hollarda tasdiqlangan bosh rejalarga va mufassal rejalashtirish loyihalariga ega boʻlmagan shaharlar va tuman markazlarida maqsadli dasturlarda va Oʻzbekiston Respublikasining hukumat qarorlarida nazarda tutilgan uy-joy va ijtimoiy-fuqarolik ahamiyatidagi obyektlarni joylashtirish va qurish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188391" id="-3188391">9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188392" id="-3188392">ixtisoslashtirilgan oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarini 2-ilovaga<a href="/mact/-3188253#-3188521">*</a> muvofiq roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tarkibiga oʻtkazish, ularni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3188393" id="onLBC-3188393">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6566"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.04.00 Budjet tasnifi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3188393" id="onLS-3188393">[<b>TSZ:</b><div id="LS4112"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188393" id="-3188393">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3188394" id="onLBC-3188394">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6566"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.04.00 Budjet tasnifi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3188394" id="onLS-3188394">[<b>TSZ:</b><div id="LS4112"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188394" id="-3188394">10. Quyidagilar Jamgʻarma daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188395" id="-3188395">mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, loyiha-qidiruv tashkilotlarining bajarilayotgan loyiha-qidiruv ishlari hajmining 0,1 foiz miqdoridagi majburiy ajratmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188396" id="-3188396">shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun solingan jarimalardan tushgan mablagʻlar (sud xarajatlari chiqarib tashlangan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188397" id="-3188397">Oʻzbekiston Respublikasining rezident hamda norezident yuridik va jismoniy shaxslarining ixtiyoriy homiylik badallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188398" id="-3188398">xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda begʻaraz yordami va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188399" id="-3188399">11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188400" id="-3188400">a) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish va loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi qarorlari loyihalarini kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188401" id="-3188401">b) bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188404" id="-3188404">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188407" id="-3188407">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188408" id="-3188408">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188409" id="-3188409">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188410" id="-3188410">12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3-ilovaga<a href="/mact/-3188253#-3188521">*</a> muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3188521" id="-3188521">* 1 — 3-ilovalar<a href="/mact/3188255"> rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188411" id="-3188411">13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3188412" id="-3188412">14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-3188422" id="-3188422">Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 3-maydagi 87 (6781)-sonida eʼlon qilingan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3188413" id="-3188413">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3188414" id="-3188414">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3188415" id="-3188415">2017-yil 1-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3188416" id="-3188416">PF-5030-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3188417" id="-3188417"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3188418" id="-3188418">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3188253">Farmoniga<br /></a>ShARH</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3188419" id="-3188419"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3188420" id="-3188420"><p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span><span style="COLOR: black">Keyingi yillarda shahar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy meʼmoriy qiyofasini shakllantirish, uy-joy va ijtimoiy-maishiy qurilishni jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini yangilash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Qoʻqon, Urganch, Qarshi, Shahrisabz shaharlarining arxitektura-loyihalashtirish tizimini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruksiya qilish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.</span></span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi zamonaviy turar joylar barpo etilishi natijasida qishloq aholi punktlarining qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda. 2016-yil oxiridan boshlab aholining kam taʼminlangan qatlami uchun shaharlar va qishloq aholi punktlarida arzon uy-joylarni qurish ishlari yanada tezkor surʼatlarda davom ettirilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Shu bilan birga, tahlillar aholi punktlarida qurilish ishlarini olib borish va rekonstruksiya qilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davomida belgilangan tartib, qoida va meʼyorlar qoʻpol ravishda buzilayotgan holatlar mavjudligini koʻrsatmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida hududlarni rivojlantirishda shaharsozlik jarayonini boshqarish borasida vazifalar va vakolatlarning aniq chegaralari mavjud emasligi shaharlar hamda boshqa aholi punktlarini rejali rivojlantirish va kompleks qurish hamda izchil rivojlantirish borasida shoshilinch, baʼzida esa notoʻgʻri loyihaviy-rejali qarorlar chiqarilishiga sabab boʻlmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Zamonaviy loyihalashtirish usullarini, amaliy dasturiy mahsulotlarni, ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini hayotga tatbiq etish, zamon talablariga javob beradigan, murakkab hamda yuqori kategoriyali loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega istiqbolli yoshlarni jalb etish uchun yetarli qiziqishi boʻlmagan loyiha tashkilotlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Bugungi kunda shaharsozlik sohasiga oid asosiy masalalar va muhim muammolarni hal etish gʻoyat dolzarb vazifa ekani inobatga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi </span><a href="/mact/-3188253"><span style="COLOR: windowtext; TEXT-DECORATION: none; text-underline: none">Farmon</span></a> <span style="COLOR: black">hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Xususan, qabul qilingan Farmon, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining arxitektura va shaharsozlik sohasida yagona davlat va ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish jarayonidagi rolini oshirishga qaratilgan boʻlib, uning faoliyatidagi asosiy vazifalar va yoʻnalishlarni belgilab beradi. Jumladan:</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatiga oid meʼyoriy-huquqiy bazani muntazam ravishda takomillashtirib va yangilab borish;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">loyihalash ishlari va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, qurilishda ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor texnologiyalar jalb qilinishini tashkil etish;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kapital qurilishda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">arxitektura, loyihalash va qurilish sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlashni taʼminlash.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Farmonda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, jumladan, aholi punktlarini loyihalash va qurishda, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda, qurilish materiallari hamda mahsulotlarini ishlab chiqarishda, buyurtmachi tomonidan texnik nazorat hamda loyihalash tashkilotlari tomonidan mualliflik nazoratining olib borilishida shaharsozlik tartib-qoidalari va meʼyorlariga rioya et�sh boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatilishiga alohida eʼtibor qaratilgan.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilindi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻz lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, hududiy inspeksiyalar boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining oʻrinbosarlari hisoblanishlari belgilab qoʻyilgan.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari inspektorlariga quyidagi huquq berilmoqda, yaʼni:</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar bilan kelishilmagan holda, moliyaviy manbalarning turidan qatʼiy nazar, barcha qurilish obyektlarida, jumladan, shaxsiy uy-joy qurilish obyektlarida ruxsat beruvchi hujjatlarning mavjudligini aniqlash hamda shaharsozlik meʼyorlari va qoidalari talablarining bajarilishini taʼminlash maqsadida qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlarini amalga oshirish.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni tegishli tartibga keltirish va mazkur qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash boʻyicha muhim chora-tadbirlardan biri — tasdiqlanmagan bosh rejalarsiz va mukammal rejalashtirilmagan loyih�larsiz shahar va tuman markazlarida har qanday koʻrinishdagi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, loyihalarsiz va qonunchilik meʼyorlarida koʻzda tutilgan boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ushbu Farmonga muvofiq taqiqlanadi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, shuningdek, respublikaning oʻn toʻrtta hududida bittadan arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar kolleji Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimiga oʻtkazilgani qabul qilingan Farmondagi muhim yangiliklardan biridir.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Bunday yoshlarni tarmoqqa jalb etish, soha kadrlarini tayyorlash sifatini tubdan oshirish, fan, nazariya va amaliyotning, shuningdek, oʻquv jarayonini loyihalashtirish va qurilish amaliyoti bilan uzviyligini taʼminlash, oʻquv muassasalari bitiruvchilarini kafolatli ish bilan taʼminlashga qaratilgandir.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Mazkur vazifalarni hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzurida asosiy faoliyati oʻquv jarayonlariga mahalliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari, loyiha-qurilish firma va kompaniyalaridan malakali mutaxassislarni jalb etish orqali oʻquv jarayonlari sifatini oshirishga qaratilgan taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiluvchi jamgʻarma tashkil etilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Ushbu Farmon bilan shaharlar qiyofasini shakllantirishda arxitektura-shaharsozlikning muhim oʻrin egallashi inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi va uning vazifalari belgilab berildi. Ushbu vazifalar qatoridan aholi punktlari infratuzilmasini rivojlantirish va kompleks qurilishlarning bosh rejalarga mosligi taʼminlanganini inobatga olgan holda, davlat va xoʻjalik yurituvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitish ham oʻrin olgan.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatidagi ana shu muhim va ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qaror bilan:</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining markaziy apparati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi tashkiliy tuzilmalari;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari, shuningdek, tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlandi;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">hududiy boʻlinmalarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga toʻgʻridan toʻgʻri boʻysundirilishi va hisobdorligi, shuningdek, hududiy boʻlinmalar rahbarlarini tayinlash va ozod etishning yangi tartibi joriy etilishi belgilandi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Yuklatilgan vazifalarni bajarishni taʼminlash maqsadida Qoʻmita tuzilmasida yangi vazifa va faoliyat yoʻnalishlariga ega quyidagi boshqarma va boʻlimlar tashkil etiladi:</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">loyihalashda texnik meʼyorlashtirish, qurilishda yangi loyihaviy yechimlar, texnologiyalar va materiallarni joriy etish boshqarmasi;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">litsenziyalash, loyihalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalash xizmati bozorini rivojlantirish boshqarmasi;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar boshqarmasi;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va Jamgʻarmani boshqarish boʻlimi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Qoʻmitaning hududiy boʻlimlari faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish maqsadida davlat arxitektura-qurilish �azorati hududiy inspeksiyalari, davlat ekspertizasi boshqarmalari hamda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga qayta boʻysundirildi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Umumiy hisobda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimidagi xodimlar soni 466 nafarga yetkazilib, ularning 386 nafarini tuman hamda shahar arxitektura va qurilish boʻlimlaridagi xodimlar tashkil etadi. Bu bilan shahar hamda tuman arxitektura va qurilish boʻlimlari shtat birliklari uch nafarga yetkazildi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qaror bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida meʼyoriy-huquqiy va meʼyoriy-texnik bazani takomillashtirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq choralar koʻrishni koʻzda tutadi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni va qarori ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimi faoliyatini samarali boshqarish imkonini beradi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 35.4pt"><span style="COLOR: black">Aholi uchun qulay turmush tarzini yaratish, shuningdek, rivojlangan ishlab chiqarish, ijtimoiy, muhandislik-transport infratuzilmasiga ega obod aholi punktlarini barpo etish olib borilayotgan shaharsozlik siyosatining muhim natijasi boʻlib qoladi, albatta.</span></p>
<p></p></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3195074" id="-3195074">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 18-son, 311-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
