toggle_night_mode
Hujjat 15.02.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini taʼminlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiisteʼmolchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yil 1-sentabrdan boshlab:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha auksion savdolari faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
elektron onlayn-auksionlar ularda Internet tarmogʻi orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va gʻolibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron onlayn-auksionlar oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma va lot toʻgʻrisidagi maʼlumot elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli operatorning veb-portalida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlarida auksion oʻtkazish boshlanishiga 15 kalendar kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtma berish va zakalat kiritish orqali amalga oshiriladi;
dastlabki elektron onlayn-auksion narxni oshirib borish tamoyili, takroriylari esa narxni tushirib borish tamoyili boʻyicha oʻtkaziladi;
mol-mulk elektron onlayn-auksionga baholash qiymati boʻyicha qoʻyiladi;
davlat ijrochilari elektron onlayn-auksionlarda sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Byuro huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatish;
fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qoʻyilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish;
mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Byuro Markazning muassisi (mulkdori) hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli operator hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etishga haqli.
Markaz faoliyatini moliyalashtirish elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish, elektron raqamli imzo kalitlarini berish xizmatlari uchun tushayotgan mablagʻlar, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, shuningdek, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar:
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Byuro bir oy muddatda:
Markazning Ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Markazni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlasin.
7. Markaz uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, dasturiy mahsulot va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Byuro Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi bilan birgalikda tele- va radiokanallarda, bosma nashrlarda, Internet tarmogʻida, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror normalarining mazmun-mohiyati elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va uni oʻtkazish natijalariga koʻra mol-mulkni realizatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratgan holda keng yoritilishini tashkil qilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyul,
PQ-3149-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qaroriga
1-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan axborot tizimi;
xabarnoma — internet tarmogʻida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlariga joylashtiriladigan, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkning kelgusida sotilishi haqidagi axborot;
lot — qarzdorning yoki uchinchi shaxsning elektron onlayn-auksionda sotiladigan mol-mulki yoki mulkiy huquqi;
eng past narx — mol-mulk undan past qiymatda sotilishi mumkin boʻlmagan lot narxi;
auksion obyekti — elektron onlayn-auksionda sotish uchun qoʻyilgan mol-mulk, shu jumladan, mulkiy huquq;
operator — “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
obyektning baholangan qiymati — elektron onlayn-auksion obyektining baholash haqidagi hisobotda yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi qarorida yoxud sud qarorida koʻrsatilgan qiymati;
takroriy auksion — narxni tushirib borish uslubida oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion;
boshlangʻich narx — mol-mulk elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan dastlabki narx;
E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi texnik uzilish — ishtirokchilardan biriga elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator xodimiga elektron onlayn-auksion oʻtkazilishiga xizmat koʻrsatishning texnik imkoniyatini taʼminlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar;
auksion ishtirokchisi — elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtma bergan va unda ishtirok etishga qoʻyilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
elektron onlayn-auksion — salohiyatli xaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda, mol-mulk Internet tarmogʻidagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagi toifadagi shaxslar elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etishga haqli emas:
sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmati, shuningdek, Milliy xavfsizlik xizmati organlarining xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
sotiladigan mol-mulkni koʻzdan kechirish yoki baholashni amalga oshirgan baholovchi tashkilotlarning mutaxassislari va xodimlari, shuningdek, operatorning xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
yer uchastkalari va yer uchastkalariga boʻlgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilinganda — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida joylashgan turar koʻchmas mulk sotilayotganda — Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mol-mulk elektron onlayn-auksionda sotish uchun operator tomonidan davlat ijrochisining buyurtmasi boʻyicha qoʻyiladi.
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi.
5. Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishda Byuro hamda uning hududiy boʻlinmalari Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan Reglamentda (keyingi oʻrinlarda Reglament deb yuritiladi) belgilangan tartibda operatorga koʻmaklashadilar va oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Mol-mulkni realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksionga qoʻyish
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mol-mulk elektron onlayn-auksionga davlat ijrochisi qabul qiladigan qarorga asosan qoʻyiladi.
Qarzdor va undiruvchini oʻtkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda xabardor qilmasdan hamda ularga baholash natijalari yuzasidan 10 kalendar kun davomida shikoyat qilish imkoniyatini bermasdan turib mol-mulk elektron onlayn-auksionga qoʻyilmaydi, davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno.
7. Mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun davlat ijrochisi Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan shaklda ijro ishi yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Buyurtmaga quyidagi hujjatlar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
ijro hujjatining nusxasi;
mol-mulkni xatlash bayonnomasining yoki mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi;
mol-mulkni baholash haqidagi hisobotning yoki baholash toʻgʻrisida davlat ijrochisi qarorining yoxud mol-mulkning baholangan narxi koʻrsatilgan sud qarorining nusxasi;
reglamentda nazarda tutilgan, mol-mulk turidan kelib chiqib uni tavsiflaydigan hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar buyurtmaga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron xat bilan davlat ijrochisiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar xatda koʻrsatiladi.
Davlat ijrochisi bir hafta muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni tuzatadi va elektron buyurtmani mazkur Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq qaytadan yuboradi
3-bob. Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish haqidagi axborotni joylashtirish
9. Operator belgilangan talablarga javob beradigan buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnomani oʻzining veb-portaliga joylashtiradi.
Bir vaqtning oʻzida savdoga qoʻyilgan auksion obyekti haqidagi maʼlumot Byuro va uning hududiy boshqarmalari veb-saytiga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnoma uni oʻtkazish kuniga kamida 15 kalendar kun qolganda operatorning veb-portaliga joylashtirilishi va veb-portalda auksion boshlangunga qadar turishi lozim.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Tegishli lot boʻyicha elektron onlayn-auksion boshlangandan keyin veb-portalda auksion boshlanganligi haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Auksion yakunlangandan keyin veb-portalda auksion yakunlanganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda yangilanadi.
11. Xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:
elektron onlayn-auksionni oʻtkazish sanasi, shu jumladan, uni boshlanish va yakunlash vaqti;
lot raqami va nomlanishi;
elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmalarni qabul qilishning oxirgi sanasi va vaqti;
auksion obyekti va uning joylashgan joyi (saqlash joyi) haqidagi maʼlumot;
auksion obyektining texnik tavsifi haqida batafsil maʼlumot;
elektron onlayn-auksionni oʻtkazish uslubi (narxni oshirib borish yoki tushirib borish);
auksion obyektining baholangan qiymati;
boshlangʻich narx;
eng past narx (takroriy auksion oʻtkazilganda);
mol-mulk qiymatidan foiz koʻrinishida va qatiy summada ifodalangan qadam bahosi;
auksion obyektini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) tartibi;
zakalat pulining mol-mulk qiymatidan foiz koʻrinishida va qatiy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank hisobvaragʻi rekvizitlari;
Byuro boʻlinmasining nomi, manzili va telefon raqami, mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qoʻyishga asos boʻlgan qarorni chiqargan davlat ijrochisining familiyasi, ismi va otasining ismi;
davlat ijrochisining qarori boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar.
12. Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab operator davlat ijrochilari bilan oʻzaro hamkorlikda salohiyatli xaridorlarga mol-mulkni oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) imkoniyatini taʼminlaydi.
13. Operatorning veb-portalida barcha xohlovchilarga xabarnoma va lot boʻyicha batafsil maʼlumot bilan erkin tanishish imkoniyati taʼminlanishi lozim. Shuningdek, operatorning veb-portalida, Byuro va uning hududiy boshqarmalarining veb-saytlarida elektron onlayn-auksion oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Operator ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda aholini elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
4-bob. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va elektron onlayn-auksionni oʻtkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Buyurtma qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin kelib tushgan buyurtmalar qabul qilinmaydi.
15. Buyurtmalar elektron koʻrinishda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtma elektron raqamli imzo bilan imzolanadi. Buyurtmada zakalat puli toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining rekvizitlari koʻrsatiladi.
Buyurtmachi buyurtmaga zakalat puli toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini ilova qilishi mumkin.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Bunda, toʻlov hujjatining toʻlov maqsadida zakalat puli toʻlanayotgan lot raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Bir nechta auksion obyektlari boʻyicha zakalat pulini toʻlash ularning har biri boʻyicha alohida toʻlov hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
16. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
17. Buyurtmachi buyurtma qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmani oʻzgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtma chaqirib olingan hollarda operator toʻlangan zakalat pulini buyurtma chaqirib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay ishtirokchiga qaytaradi. Zakalat puli buyurtmachining elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga bergan buyurtmasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga qaytariladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmachiga qaytarilgan zakalat puli buyurtmachi tomonidan bank hisobraqami rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli yoki boshqa sabablarga koʻra operatorning bank hisobraqamiga qayta kelib tushgan taqdirda, operator bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar soʻrovnomasini yuborib, ishtirokchini bu haqda xabardor qiladi. Mazkur holatda zakalat puli buyurtmachi oʻzining bankdagi hisobraqami rekvizitlarini aniq koʻrsatib murojaat qilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay buyurtmachiga qaytariladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ishtirok etish uchun buyurtma qabul qilingandan keyin u quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:
buyurtma belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilganligi, shuningdek elektron raqami imzoning buyurtma bergan shaxsga tegishliligi va asli ekanligi (shu jumladan amal qilishi toʻxtatilishi, bekor qilinishi);
zakalat pulining operatorga kelib tushishi, shuningdek zakalat kiritilganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjati rekvizitlari, unda yozilgan toʻlov maqsadida koʻrsatilgan lot raqamining buyurtmada koʻrsatilgan toʻlov hujjati rekvizitlari va lot raqamiga muvofiqligi.
mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarga mansub boʻlmagan shaxslar tomonidan buyurtmalar berilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
xabarnomada koʻrsatilgan buyurtma berish muddati tugaguniga qadar buyurtma berish.
Buyurtma dastur yordamida avtomatik tarzda tekshiriladi, tekshiruv natijasi va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachiga zudlik bilan xabar qilinadi, ushbu bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Agar, dastur yordamidagi tekshiruvlar natijalariga koʻra buyurtmaning barcha talablarga muvofiqligi, biroq operatorning bankdagi hisobraqamiga zakalat puli kelib tushmaganligi aniqlansa, operator bu haqda buyurtmachini zudlik bilan xabardor qiladi va buyurtma boʻyicha ikki ish kunidan kechiktirmay yakuniy qaror qabul qilinishi kerakligini maʼlum qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Buyurtma mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelgan taqdirda, operator zudlik bilan buyurtmachiga elektron onlayn-auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek elektron pochta orqali buyurtmachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Auksion ishtirokchilariga ular elektron onlayn-auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Buyurtma mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, operator zudlik bilan (buyurtma berilgan paytda zakalat puli operatorning bankdagi hisobraqamiga kelib tushmagan hollarda ikki ish kuni davomida) buyurtmachining elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmasini rad etadi va bu haqda unga elektron xat bilan bildirishnoma yuboradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Bunda, buyurtmachi xabarnomada koʻrsatilgan buyurtma qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.
21. Operator buyurtmalar va unga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini taʼminlaydi.
Buyurtmalarni qabul qilish davrida, shuningdek, elektron onlayn auksionni oʻtkazish davomida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarni (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa maʼlumotlarni) aks ettirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Narxni oshirib borish uslubida elektron onlayn-autsion oʻtkazish tartibi
22. Operatorning veb-portalida elektron onlayn-auksion xabarnomada koʻrsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
23. Elektron onlayn-auksion unda ishtirok etishga qoʻyilgan ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
24. Elektron onlayn-auksion ish kuni davomida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar oʻtkaziladi.
25. Auksion obyektining baholangan qiymatiga teng narx boshlangʻich narx etib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Auksion qadami:
birinchi toʻrtta qadamda — auksion obyekti baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida;
beshinchi va undan keyingi qadamlarda — auksion obyekti baholangan qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
Baholangan qiymati xabarnoma joylashtirish paytida eng kam oylik haqining ikki ming baravaridan yuqori boʻlgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, auksion qadami, istisno tariqasida, auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Elektron onlayn-auksion auksion ishtirokchilaridan lotni boshlangʻich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.
28. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
29. Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi boʻyicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, elektron onlayn-auksion auksion natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb topiladi.
30. Agar lot narxini oshirish boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auksionni oʻtkazish vaqti yakunlangunga oʻn daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi oʻn daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn auksionni oʻtkazish vaqtini oʻn daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda elektron onlayn auksionni oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21-00 soatga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi boʻyicha taklifni soat 21-00 ga qadar oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb topiladi.
31. Elektron onlayn-auksionni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida sodir boʻlgan texnik uzilish hollarida, auksion oʻtkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilarini majburiy xabardor qilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
32. Elektron onlayn-auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlangʻich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar boʻyicha shakllangan narxlar);
auksion gʻolibining hamda oxirgidan oldin taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi yoki nomi.
33. Elektron onlayn-auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb topiladi:
elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun bironta auksion ishtirokchisi qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta ariza kelib tushmagan boʻlsa;
auksionda ishtirok etishga faqat bir nafar ishtirokchi qoʻyilgan boʻlib, u auksion obyektini mazkur Nizomning 36-bandida belgilangan tartibda sotib olishdan bosh tortgan boʻlsa;
auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri mol-mulkni auksion jarayonidan taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
agar auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgunga qadar operatorga auksion gʻolibi mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarga mansubligi maʼlum boʻlib qolsa;
mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan tartibda mol-mulkni sotib olish taklif etilgan auksion gʻolibi va oxiridan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan mol-mulk bahosi belgilangan muddatda toʻliq toʻlanmasa.
34. Elektron onlayn-auksion oʻtkazilmagan deb topilganda, bu haqdagi maʼlumot oʻtkazilmagan deb topish sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
35. Agar mazkur Nizomning 33-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha elektron onlayn-auksion oʻtkazilmagan deb topilganligi sababli mol-mulk realizatsiya qilinmagan hollarda mol-mulk mazkur Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan takroriy auksionga qoʻyiladi.
Agar mazkur Nizomning 33-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha elektron onlayn-auksion oʻtkazilmagan deb topilganligi sababli mol-mulk realizatsiya qilinmagan hollarda mol-mulk mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksionga qaytadan qoʻyiladi.
36. Agar buyurtmalarni qabul qilishning oxirgi vaqtiga qadar buyurtma faqat bir nafar ishtirokchi tomonidan berilgan boʻlsa, elektron onlayn-auksionni oʻtkazish kuni operator ushbu ishtirokchiga auksion obyektining baholangan qiymatini besh ish kuni ichida toʻlagan holda sotib olish haqidagi taklifni elektron xat bilan yuboradi.
Agar ishtirokchi mol-mulk qiymatini besh ish kuni davomida toʻliq toʻlasa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 50-51-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksion ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni davomida mol-mulkni sotib olish istagi yoʻqligi haqida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida mol-mulk bahosini toʻliq toʻlamasa, u auksion obyektini sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
6-bob. Takroriy elektron onlayn-auksion oʻtkazish tartibi
37. Takroriy auksion elektron onlayn-auksion oʻtkazilmagan deb topilgan kundan boshlab oʻn ikki ish kunidan kechiktirmasdan oʻtkaziladi hamda xabarnomada koʻrsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Takroriy auksion unda ishtirok etishga qoʻyilgan ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
39. Takroriy auksion ish kuni davomida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar oʻtkaziladi.
40. Auksion obyektining baholangan qiymati boshlangʻich narx etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Eng past narx auksion obyekti baholangan qiymatining 80 foizi miqdorida, mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk hisoblangan auksion obyekti boʻyicha esa — auksion obyekti baholangan qiymatining 90 foizi miqdorida belgilanadi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
41. Auksion qadami auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
42. Takroriy auksion lotni boshlangʻich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni auksion ishtirokchilaridan soʻrashdan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Agar lot narxi bir qadamga tushirilgandan keyin yigirma daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri lotni tushirilgan narxda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlamasa, lot narxi belgilangan qadamga yana tushiriladi, taklifni tasdiqlash uchun vaqt esa keyingi yigirma daqiqaga uzaytiriladi. Bunda, boshlangʻich narx belgilangan qadamga ishtirokchilardan biri lot narxi toʻgʻrisidagi taklifni tasdiqlaguniga qadar eng past narxgacha tushirib boriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Agar ishtirokchilarning biri taklif qilingan lot narxini tasdiqlasa, auksionning qolgan ishtirokchilariga uning boshlangʻich narxidan 2 foizga oshirilgan lot narxini tasdiqlash taklif etiladi. Bunda lot narxi haqidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti oʻn daqiqaga uzaytiriladi.
Oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn daqiqa mobaynida ishtirokchilardan birontasi tomonidan keyingi taklif tasdiqlanmasa, auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma avtomatik tarzda shakllantirilib elektron onlayn-auksion tugatiladi. Lot narxi toʻgʻrisidagi taklifni oxirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb tan olinadi.
Agar ishtirokchi tomonidan elektron onlayn-auksion oʻtkazilish vaqti tugashiga oʻn daqiqadan kam qolganda lot narxini boshlangʻich narxning 2 foizi miqdorida oshirish toʻgʻrisidagi taklif tasdiqlansa, auksion oʻtkazilish muddati oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn daqiqaga uzaytiriladi. Lot narxini boshlangʻich narxning 2 foizi miqdorida oshirish toʻgʻrisidagi har bir keyingi taklif elektron onlayn-auksion oʻtkazilish vaqtini oʻn daqiqaga uzaytiradi. Bunda elektron onlayn-auksion oʻtkazilish vaqti 3 soatdan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi va auksion soat 21-00 gacha tugallanishi kerak. Lot narxi toʻgʻrisidagi taklifni soat 21-00 ga qadar oxirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb tan olinadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
45. Takroriy auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlangʻich narxi;
Oldingi tahrirga qarang.
auksion natijalari boʻyicha lotning realizatsiya qilingan bahosi, auksion davomida lot narxini oshirish toʻgʻrisidagi taklif tasdiqlangan taqdirda — oxirgi va undan oldingi stavkalar (auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan oxirgi va undan oldingi qadamlar hisobga olingan narx);
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
auksion gʻolibining familiyasi, ismi va sharifi yoki nomi, auksion davomida lot narxini oshirish toʻgʻrisidagi taklif tasdiqlangan taqdirda — oxirgidan oldingi stavkani qilgan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomlanishi.
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
46. Takroriy auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb topiladi:
elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga ikki nafardan kam auksion ishtirokchisi qoʻyilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri mol-mulkni auksion jarayonidan taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
agar auksion gʻolibi mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarga mansubligi auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgunga qadar operatorga maʼlum boʻlib qolsa;
Oldingi tahrirga qarang.
auksion gʻolibi hamda oxirgidan oldingi stavkani qoʻygan va unga mazkur Nizomning 53-bandida belgilangan tartibda mol-mulkni sotib olish taklif etilgan ishtirokchi tomonidan belgilangan muddatda mol-mulk qiymati toʻliq toʻlanmasa.
(46-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
47. Takroriy auksion oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, operator mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qoʻyish haqida buyurtma bergan davlat ijrochisini bu haqda elektron xat bilan xabardor qiladi hamda mol-mulkni auksion savdosidan oladi, mazkur Nizomning 48-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
48. Davlat daromadiga (Davlat budjetiga) undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni realizatsiya qilishda, shuningdek, mazkur Nizomning 46-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra takroriy auksion oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, mol-mulk mazkur Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan takroriy auksionga qaytadan qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, baholangan qiymatning 50 foiziga yetguniga qadar har bir qaytadan oʻtkazilgan takroriy auksionda eng past narx 5 foizga kamaytiriladi, mazkur Nizomning 46-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra oʻtkazilmagan deb topilishi munosabati bilan qaytadan oʻtkazilgan takroriy auksionlar bundan mustasno.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Hisob-kitob qilish va auksion obyektiga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish tartibi
49. Auksion gʻolibi elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay auksionda sotilgan mol-mulkning qiymatini toʻliq toʻlashi va pul mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini operatorga joʻnatishi lozim.
Bunda, ushbu lot boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli mol-mulkning qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
50. Gʻolib tomonidan auksion obyekti qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng operator bir ish kunidan kechiktirmasdan:
elektron onlayn-auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar haqini ushlab qolgan holda mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni Byuro boʻlinmasining davlat ijrochisi buyurtmasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi;
maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni asosiy muhr bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibiga topshiradi (yoki auksion gʻolibining roziligiga koʻra pochta joʻnatmasi bilan yuboradi). Bayonnomaning bir nusxasi elektron onlayn-auksion natijalari haqida xabardor qilgan holda, belgilangan tartibda davlat ijrochisiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi operatorda qoladi.
51. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
elektron onlayn-auksionni oʻtkazish sanasi toʻgʻrisida;
mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qoʻyishga asos boʻlgan ijro hujjati va davlat ijrochisining qarori toʻgʻrisida;
auksion gʻolibi va auksionning boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisida;
auksion obyekti toʻgʻrisida, shu jumladan, uni tavsiflovchi maʼlumotlar (koʻchmas mol-mulkning umumiy va foydali maydoni, mulkiy huquq muddati va u boʻyicha majburiyatlar, avtotransport vositasining davlat roʻyxat raqami, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel, shassi va kuzov raqamlari va boshqa tavsiflar);
mulk huquqi va boshqa mulkiy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa shartlar toʻgʻrisida.
52. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻlib, mol-mulkni taqiqdan yechish, uni auksion gʻolibiga topshirish, shuningdek, gʻolib nomiga mulkni, mulk huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Agar elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra auksion gʻolibi besh ish kuni ichida auksionda sotilgan mol-mulk qiymatini toʻliq toʻlamasa va toʻlov faktini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasini taqdim etmasa, operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlangan auksion ishtirokchisiga elektron xat yuborib, mol-mulkning u tomonidan tasdiqlangan narxdagi qiymatini besh ish kuni ichida toʻlashni taklif qiladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
Auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtirish vaqtida operatorga auksion gʻolibi mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarga mansubligi maʼlum boʻlib qolgan taqdirda, oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlangan auksion ishtirokchisiga shu mazmundagi xat yuboriladi.
Agar oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlangan auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida mol-mulk qiymatini toʻliq toʻlasa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 50-51-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida mol-mulkni sotib olish istagi yoʻqligi toʻgʻrisida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddat ichida mol-mulk qiymatini toʻliq toʻlamasa, u auksion obyektini sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
8-bob. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari
54. Auksion yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb topilganidan soʻng zakalat puli quyidagi tarzda qaytariladi, mazkur Nizomning 55 va 56-bandlarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno:
oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab 12 ish kuni ichida;
narxni oshirib borish usulida oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksionga ishtirok etishga qoʻyilgan yagona ishtirokchiga — xabarnomada koʻrsatilgan auksion oʻtkazish kunidan boshlab 6 ish kuni ichida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb topilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida.
Bunda, zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot boʻyicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobvaragʻida qoldirilishi mumkin.
55. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 36, 49 va 53-bandlarida belgilangan tartibda toʻliq toʻlagan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va mol-mulk qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 49 va 53-bandlarida belgilangan tartibda toʻliq toʻlamagan auksion ishtiroklariga, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Elektron onlayn-auksionni toʻxtatish yoki bekor qilish tartibi va shartlari
57. Ijro ishi yuritish toʻxtatilganda, agar ijro harakatlarini toʻxtatish haqidagi davlat ijrochisining bildirishnomasi yoki sud qarori yoxud ijro hujjatini bergan boshqa organning qarori operatorga elektron onlayn-auksion oʻtkazish boshlangunga qadar yoki u oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng kelib tushgan taqdirda elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari toʻxtatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday holatda auksionni bekor qilinganligi haqidagi maʼlumot uni bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Bunda, auksion ishtirokchisining arizasiga asosan zakalat puli buyurtma berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida unga qaytariladi.
Ijro ishi yuritish tiklanganda, operator ijro ishi yuritishni tiklash toʻgʻrisida davlat ijrochisi yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsning bildirishnomasi yoki qarorini olgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni (shu jumladan, takroriy auksionni) oʻtkazish haqidagi xabarnomada tegishli axborotni joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Ijro hujjatini berishga asos boʻlgan qaror bekor boʻlganda, ijro ishi yuritish boshqa asoslar boʻyicha tugatilgan yoki tamomlanganda, agar tegishli bildirishnoma operatorga elektron onlayn-auksion oʻtkazish boshlangunga qadar yoki uning oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng kelib tushgan taqdirda, elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartibot-taomillari mol-mulkni auksion savdosidan olgan holda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday holatda auksion bekor qilinganligi va mol-mulk auksion savdolaridan olinganligi haqidagi maʼlumot bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Zakalat puli auksion bekor qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida auksion ishtirokchilariga qaytariladi.
59. Ijro ishi yuritishni toʻxtatish yoki tiklash, shuningdek, ijro ishi yuritishni tamomlash yoki tugatish haqida davlat ijrochisi tomonidan operatorni xabardor qilish tartibi reglamentda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Auksionni oʻtkazish paytida ijro ishi yuritishni toʻxtatish, tugatish va tamomlash haqidagi bildirishnoma operatorga kelib tushganligi munosabati bilan yuzaga kelgan va auksion obyekti bilan bogʻliq boʻlgan masalalar va nizolar sud tomonidan auksion gʻolibining qonuniy manfaatlarini hamda elektron onlayn-auksionda oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligini inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-bob. Yakuniy qoida
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga
‎ELEKTRON BUYURTMA
‎‎

1. ___________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxs uchun — toʻliq nomi, yuridik manzili, bank rekvizitlari; ‎‎

‎‎_____________________________________________________________________________
‎jismoniy shaxs uchun — F.I.Sh., yashash manzili)

‎‎(keyingi oʻrinlarda –ISHTIROKCHI)
‎‎Lot raqami: № _________
‎‎Lotning nomlanishi: ‎‎_______________________________________________
_______________________________________________
‎‎_______________________________________ ni sotish
‎‎boʻyicha elektron onlayn-auksion oʻtkazish haqidagi xabarnoma bilan tanishib, elektron onlayn-auksionda qatnashishga__________________________________________________________

(toʻlov hujjati rekvizitlari)‎‎

‎‎toʻlov hujjati boʻyicha zakalat pulini toʻlab, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlarni oʻtkazish qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) bilan tanishib, _____ yil “______” ____________ da soat ______ da __________ saytida boʻlib oʻtadigan elektron onlayn-auksionda qatnashish uchun mazkur buyurtmani qabul qilishingizni soʻraydi.
‎‎2. ISHTIROKCHI elektron onlayn-auksionda qatnashishga mazkur buyurtmani taqdim qilib, Qoidalardagi shartlarga roziligini tasdiqlaydi.
3. ISHTIROKCHI elektron onlayn-auksion gʻolibi deb topilgan taqdirda, auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan lotning auksionda shakllangan narxdagi qiymatini toʻliq toʻlash va toʻlov hujjati nusxasini taqdim etish majburiyatini oladi.‎‎
‎‎Shuningdek, agar ISHTIROKCHINING taklifi oxirgidan oldin boʻlib, gʻolib belgilangan muddatlarda auksion obyekti uchun toʻlovni amalga oshirmagan yoki auksionda ishtirok etish huquqi ega boʻlmagan taqdirda, ISHTIROKCHI besh ish kunidan kechiktirmasdan lotning qiymatini toʻlash va toʻlov hujjati nusxasini taqdim etish majburiyatini oladi.
4. ISHTIROKCHI sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmatlari hamda Milliy xavfsizlik xizmati organlarining xodimi emasligini, auksionga qoʻyilgan mulk baholanishi yoki koʻzdan kechirilishida ishtirok etmaganligini, xorijiy davlat fuqarosi emasligini (yer uchastkasi va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish boʻyicha oʻtkaziladigan auksionda qatnashish uchun buyurtma berishda), Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy pripiskada turishini (Toshkent shahar va Toshkent shahrida joylashgan turar joy koʻchmas mulkni auksionda realizatsiya qilish uchun buyurtma berishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) tasdiqlaydi.‎‎
‎‎ISHTIROKCHI mazkur maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmagan taqdirda, auksion natijalari haqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
‎‎5. ISHTIROKCHI elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan mol-mulk davlat ijrochisining buyurtmasiga asosan sotilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantirildi hamda davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan asoslar boʻyicha elektron onlayn-auksion toʻxtatilganligi yoki bekor qilinganligi yoxud mol-mulk (lot) yoki uning bir qismi elektron onlayn auksiondan olinganligi uchun ISHTIROKCHIGA yetkazilgan zarar uchun “E-IJRO AUKSION” YAESM operatori javob bermasligi bilan kelishadi.

‎‎6. “E-IJRO AUKSION” YAESM operatori tomonidan yuborilgan barcha xatlarni ISHTIROKCHI oʻzining _______________________________________________‎_______________ elektron
(elektron pochta manzili)

‎‎manzili orqali olishini rasman tasdiqlaydi.
‎‎7. Zakalat pulini qaytarish uchun ISHTIROKCHINING bank rekvizitlari:
‎‎Bank nomi ____________________________________________________________________
‎‎Bank MFOsi __________________________________________________________________
‎‎Bank hisob raqami № ___________________________________________________________
‎‎8. ISHTIROKCHINING STIRi:
‎‎№ ___________________________________________________________________________
Ilova: ‎
‎‎1. Elektron onlayn auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga ishtirokchi tomonidan zakalat puli oʻtkazilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi.
‎‎Toʻldirilgan sana _______________________
‎‎Ishtirokchining ERIsi __________________
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmani chaqirib olish haqida BILDIRISHNOMA

‎‎_____________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxs uchun — toʻliq nomi va yuridik manzili

‎‎_______________________________________________________________________ mazkur
‎jismoniy shaxs uchun — F.I.Sh, yashash manzili)

‎‎bildirishnoma bilan ___-sonli lot boʻyicha _________________________________________

‎‎(elektron onlayn-auksion oʻtkazish sanasi)

‎‎kuni oʻtkazish belgilangan elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga bergan buyurtmani chaqirib oladi.
‎‎Sana _________________________________
‎‎Ishtirokchining ERIsi __________________
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3149-son qaroriga
2-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
REJASI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni, shu jumladan, mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

MXX (R. Gulyamov), IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish va oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi operatori oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik Reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

4.

Majburiy ijro choralarini qoʻllash va qarzdorning mol-mulkini xatlashda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning likvidligini aniqlash qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

II. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK faoliyatini tashkil etish

5.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb yuritiladi) Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Markazni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Ustavni tasdiqlash va Markazni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)

6.

Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

7.

Markazni mebel, kompyuter texnikasi va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining kuzatuv kengashi (M. Azimov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

8.

Elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur tashkiliy, tashkiliy-texnik va dasturiy-apparat ishlarini oʻrnatilgan talablarga muvofiq amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

9.

Markazni elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish markazi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olish

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

III. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasini tashkil etish va mol-mulklarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish

10.

Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni va mulkiy huquqlarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Konsepsiya

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

11.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik topshiriq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

12.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun server va boshqa apparat jihozlari, sertifikatlangan dasturiy mahsulotlarni xarid qilish.

Asbob-uskunalarni xarid qilish

2017-yil

10-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya,

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Markaz

13.

Quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiquvchi tashkilotni tanlab olish;

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

5-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

14.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy kompleksini qabul qilish va tajriba tariqasida foydalanishga topshirish.

Qabul qilish dalolatnomasi

2017-yil

15-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

15.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini sanoatda foydalanishga joriy etish.

Foydalanishga topshirish dalolatnomasi

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

16.

Markazning veb-saytini ishlab chiqish hamda Byuro va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlariga elektron onlayn-auksionlarga qoʻyilgan mol-mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va ulardagi maʼlumotlarni yangilab borish imkonini yaratgan holda takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

17.

Aholini elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va mol-mulklarni sotib olish,shuningdek, elektron raqamli imzoni olish tartibi bilan keng tanishtirishni nazarda tutuvchi koʻrgazmaviy videoroliklar va boshqa video mahsulotlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, tele- va radiokanallarda joylashtirish va eʼlon qilish uchun tayyorlash.

Targʻibot materiallarini tayyorlash

2017-yil

20-avgustga qadar

MTRK (X. Mirzaxidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 727-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)