toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini taʼminlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiisteʼmolchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha auksion savdolari faqatgina “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar shaklida oʻtkaziladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
elektron onlayn-auksionlar ularda Internet tarmogʻi orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va gʻolibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron onlayn-auksionlar oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma va lot toʻgʻrisidagi maʼlumot elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli operatorning veb-portalida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlarida auksion oʻtkazish boshlanishiga 30 kalendar kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtma berish va zakalat kiritish orqali amalga oshiriladi;
dastlabki elektron onlayn-auksion narxni oshirib borish tamoyili, takroriylari esa narxni tushirib borish tamoyili boʻyicha oʻtkaziladi;
mol-mulk elektron onlayn-auksionga baholash qiymati boʻyicha qoʻyiladi;
davlat ijrochilari elektron onlayn-auksionlarda sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Byuro huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatish;
fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qoʻyilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish;
mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda “E-AUKSION” elektron savdo platformasida mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli operator hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Byuro bir oy muddatda:
Markazning Ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Markazni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlasin.
7. Markaz uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, dasturiy mahsulot va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Byuro Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi bilan birgalikda tele- va radiokanallarda, bosma nashrlarda, Internet tarmogʻida, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror normalarining mazmun-mohiyati elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va uni oʻtkazish natijalariga koʻra mol-mulkni realizatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratgan holda keng yoritilishini tashkil qilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyul,
PQ-3149-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan axborot tizimi;
operator — “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
elektron onlayn-auksion — salohiyatli xaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda, mol-mulk Internet tarmogʻidagi “E-AUKSION” elektron savdo platformasida sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
3. Quyidagi toifadagi shaxslar elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etishga haqli emas:
Oldingi tahrirga qarang.
sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmati, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati organlarining xodimlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotiladigan mol-mulkni koʻzdan kechirish yoki baholashni amalga oshirgan baholovchi tashkilotlarning mutaxassislari va xodimlari, shuningdek, operatorning xodimlari. Bunda, javobgarlik ishtirok etgan shaxs zimmasiga yuklanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
yer uchastkalari va yer uchastkalariga boʻlgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilinganda — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
4. Mol-mulk elektron onlayn-auksionda sotish uchun operator tomonidan davlat ijrochisining buyurtmasi boʻyicha qoʻyiladi.
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni auksionga chiqarish va auksion natijasi boʻyicha uni gʻolibga topshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Mol-mulkni realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun materiallarni tayyorlash
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
6. Mol-mulk elektron onlayn-auksionga davlat ijrochisi qabul qiladigan qarorga asosan qoʻyiladi.
Qarzdor va undiruvchini oʻtkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda xabardor qilmasdan hamda ularga baholash natijalari yuzasidan 10 kalendar kun davomida shikoyat qilish imkoniyatini bermasdan turib mol-mulk elektron onlayn-auksionga qoʻyilmaydi, davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno.
7. Mol-mulkni elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun davlat ijrochisi Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan shaklda ijro ishi yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Buyurtmaga quyidagi hujjatlar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
ijro hujjatining nusxasi;
mol-mulkni xatlash bayonnomasining yoki mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi;
mol-mulkni baholash haqidagi hisobotning yoki baholash toʻgʻrisida davlat ijrochisi qarorining yoxud mol-mulkning baholangan narxi koʻrsatilgan sud qarorining nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulk turidan kelib chiqib uni tavsiflaydigan hujjatlar;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkka oid taqiqlar (jarimalar) toʻgʻrisida maʼlumot;
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 63-moddasida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
8. Agar buyurtmaga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron xat bilan davlat ijrochisiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar xatda koʻrsatiladi.
Davlat ijrochisi bir hafta muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni tuzatadi va elektron buyurtmani mazkur Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq qaytadan yuboradi
Oldingi tahrirga qarang.
(3 — 8-boblar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
9-bob. Elektron onlayn-auksionni toʻxtatish yoki bekor qilish tartibi va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
57. Ijro ishi yuritish toʻxtatilganda, agar ijro harakatlarini toʻxtatish haqidagi davlat ijrochisining soʻrov xati yoki sud qarori yoxud ijro hujjatini bergan boshqa organning qarori operatorga elektron onlayn-auksion oʻtkazish boshlangunga qadar yoki u oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng kelib tushgan taqdirda elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari toʻxtatilishi mumkin.
(57-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Bunday holatda auksionni bekor qilinganligi haqidagi maʼlumot uni bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Bunda, auksion ishtirokchisining arizasiga asosan zakalat puli buyurtma berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida unga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish tiklanganda, operator ijro ishi yuritishni tiklash toʻgʻrisida davlat ijrochisi yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsning soʻrov xati yoki qarorini olgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni (shu jumladan, takroriy auksionni) oʻtkazish haqidagi xabarnomada tegishli axborotni joylashtiradi.
(57-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Ijro hujjatini berishga asos boʻlgan qaror bekor boʻlganda, ijro ishi yuritish boshqa asoslar boʻyicha tugatilgan yoki tamomlanganda, agar tegishli soʻrov xati operatorga elektron onlayn-auksion oʻtkaziladigan kun soat 09:50 gacha (GMT+5) yoki u oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali kelib tushgan taqdirda, elektron onlayn-auksionni tashkil etish tartib-taomillari mol-mulkni auksion savdosidan olgan holda toʻxtatiladi.
(58-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Bunday holatda auksion bekor qilinganligi va mol-mulk auksion savdolaridan olinganligi haqidagi maʼlumot bekor qilish sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan holda operatorning veb-portalida aks ettiriladi.
Zakalat puli auksion bekor qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida auksion ishtirokchilariga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Ijro ishi yuritishni toʻxtatish yoki tiklash, shuningdek, ijro ishi yuritishni tamomlash yoki tugatish haqida davlat ijrochisi tomonidan operatorni xabardor qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Auksionni oʻtkazish paytida ijro ishi yuritishni toʻxtatish, tugatish va tamomlash haqidagi soʻrov xati operatorga kelib tushganligi munosabati bilan yuzaga kelgan va auksion obyekti bilan bogʻliq boʻlgan masalalar va nizolar sud tomonidan auksion gʻolibining qonuniy manfaatlarini hamda elektron onlayn-auksionda oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligini inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
10-bob. Yakuniy qoida
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1982-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3149-son qaroriga
2-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
REJASI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni, shu jumladan, mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Oliy sud (K. Kamilov),

MXX (R. Gulyamov), IIV (A. Azizov),

Adliya vazirligi (M. Ikramov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish va oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi operatori oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik Reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

4.

Majburiy ijro choralarini qoʻllash va qarzdorning mol-mulkini xatlashda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning likvidligini aniqlash qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2017-yil

15 avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev)

II. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK faoliyatini tashkil etish

5.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb yuritiladi) Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Markazni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Ustavni tasdiqlash va Markazni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)

6.

Markazni uning faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

7.

Markazni mebel, kompyuter texnikasi va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

15-avgustga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining kuzatuv kengashi (M. Azimov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

8.

Elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur tashkiliy, tashkiliy-texnik va dasturiy-apparat ishlarini oʻrnatilgan talablarga muvofiq amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

9.

Markazni elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish markazi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olish

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

III. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasini tashkil etish va mol-mulklarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish

10.

Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni va mulkiy huquqlarni elektron onlayn-auksionlarda sotish tizimini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Konsepsiya

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

11.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik topshiriq

2017-yil

1-avgustga qadar

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Markaz

12.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun server va boshqa apparat jihozlari, sertifikatlangan dasturiy mahsulotlarni xarid qilish.

Asbob-uskunalarni xarid qilish

2017-yil

10-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya,

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Markaz

13.

Quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiquvchi tashkilotni tanlab olish;

“E-IJRO AUKSION” amaliy dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2017-yil

5-avgustga qadar

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017-yildagi F–759-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Maxsus komissiya,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

14.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy kompleksini qabul qilish va tajriba tariqasida foydalanishga topshirish.

Qabul qilish dalolatnomasi

2017-yil

15-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

15.

“E-IJRO AUKSION” dasturiy-apparat kompleksini sanoatda foydalanishga joriy etish.

Foydalanishga topshirish dalolatnomasi

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

16.

Markazning veb-saytini ishlab chiqish hamda Byuro va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlariga elektron onlayn-auksionlarga qoʻyilgan mol-mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va ulardagi maʼlumotlarni yangilab borish imkonini yaratgan holda takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2017-yil

20-avgustga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro

(B. Kudratxodjayev), Markaz

17.

Aholini elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish va mol-mulklarni sotib olish,shuningdek, elektron raqamli imzoni olish tartibi bilan keng tanishtirishni nazarda tutuvchi koʻrgazmaviy videoroliklar va boshqa video mahsulotlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, tele- va radiokanallarda joylashtirish va eʼlon qilish uchun tayyorlash.

Targʻibot materiallarini tayyorlash

2017-yil

20-avgustga qadar

MTRK (X. Mirzaxidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Kudratxodjayev), Markaz

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 727-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)