toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2021
Hujjat 31.07.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining namunaviy shtat birliklarini;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida nutqi, eshitishi va koʻrishida yengil nuqsonlar boʻlgan bolalarga xizmat koʻrsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etiladi;
psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalaridan tashqari boshqa davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov saqlab qolinadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashning mazmuni va mohiyati yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoritsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari, taʼlim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi oʻrinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, oʻz-oʻziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, oʻqish va chet tillarni oʻrganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini taʼminlaydi.
3. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
4. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligida budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha taʼlim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadi va vazifalari
6. Quyidagilar davlat maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
taʼlim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish.
7. Quyidagilar davlat maktabgacha taʼlim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash;
bolalarda xalqimizning yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻularini shakllantirish;
bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlangʻich taʼlimni olishga tayyorlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, koʻrishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
3-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etish
8. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim mazmuni maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
9. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada boʻlish vaqti davlat maktabgacha taʼlim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha taʼlim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
10. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish davlat maktabgacha taʼlim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun masʼuldirlar.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
12. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
14. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sogʻliqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.
4-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish
15. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha taʼlim muassasasining muassislari boʻlishi mumkin.
16. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
17. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri:
davlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish hamda taʼlim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini taʼminlaydi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasi nomidan faoliyat koʻrsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mol-mulkini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarini mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga kiritadi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va multimediali vositalar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining moliya-xoʻjalik faoliyatiga javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha taʼlimning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat koʻrsatadi. Pedagogik kengash aʼzolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha taʼlim muassasasi ustavida belgilanadi.
5-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi
19. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadilar.
20. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan tashkil etilgan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) tomonidan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Qabul komissiyasi xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi huzurida besh kishidan iborat quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
qabul komissiyasi raisi — xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri;
qabul komissiyasi aʼzolari — davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri, metodisti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili.
qabul komissiyasi kotibi — xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining maktabgacha taʼlimi boʻlimi mutaxassisi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yoʻllanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarni xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Qabul komissiyasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish masalasida fuqarolar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma olish uchun ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb ataladi) tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berish toʻgʻrisida ariza;
bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasining nusxasi;
bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;
yashash joyidan maʼlumotnoma;
ota-onasining ish joyidan maʼlumotnoma (agar ishlasa).
Bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi va ota-onasi pasportining asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan koʻrilib, hujjatlar qabul qilinganidan soʻng egasiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Quyidagi bolalar:
I va II guruh nogironlari;
koʻp bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
chin yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos boʻladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan yetti kun muddatda koʻrib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
bolani ota-onalar tomonidan yozilgan arizada koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yoʻllanma berish toʻgʻrisida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻsh oʻrin boʻlmagan hollarda topshirilgan hujjatlarni navbatga qoʻyish toʻgʻrisida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada koʻrsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻsh oʻrin boʻlmagan hollarda, ota-onalarning xohishiga koʻra tegishli hududdagi boʻsh oʻrin (joy) mavjud boʻlgan boshqa davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma berish toʻgʻrisida.
Qabul komissiyasining qarori haqida uch kun muddatda ariza beruvchilarga maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Qabul komissiyasi kotibi quyidagi hujjatlarni yuritadi:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan beriladigan yoʻllanmalarni qayd qilish daftari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilganlarni qayd qilish daftari.
Daftarlar raqamlangan, tikilgan va tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri tomonidan imzolangan hamda muhrlangan boʻlishi shart. Ularning yuritilishi joriy yilning 2-sentabridan boshlanib, keyingi yilning 31-avgustida tugatiladi hamda 3 yil mobaynida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Berilgan paytdan boshlab 15 kun muddatda tegishli davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga taqdim etilmagan yoʻllanma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi mavjud boʻsh oʻrinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma maʼlumot kiritiladi.
Boʻsh oʻrinlar haqidagi maʼlumot davlat maktabgacha taʼlim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning toʻgʻriligi va oʻz muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Qabul komissiyasi tomonidan yoʻllanmalar davlat maktabgacha taʼlim muassasalaridagi boʻsh oʻrinlar haqidagi maʼlumotlarga asosan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanayotgan bolani boshqa davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga koʻchirish qabul komissiyasi tomonidan yangidan yoʻllanma berish orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining har bir guruhidagi bola soni meʼyori kamida 20 nafar boʻlishi, biroq 25 nafardan ortiq boʻlmasligi lozim.
33. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan oʻtgan bolalar bilan toʻldirish oʻquv yili oxiridan yangi oʻquv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan toʻldirilishi oʻrinlar boʻshashiga qarab amalga oshiriladi.
34. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida oʻquv yili har yili 2-sentabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1-iyunida tugallanadi va yangi oʻquv yili boshlangunga qadar sogʻlomlashtirish davri davom ettiriladi.
35. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha taʼlim muassasasi quvvatidan ortiq boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga koʻra xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan meʼyordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalar qabul qilinadi.
6-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qisqa muddatli guruhlarning tashkil etilishi va ularning faoliyat yuritish tartibi
36. Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida toʻrt soatli ish tartibi asosida davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida qisqa muddatli guruhlar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
37. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida quyidagi qisqa muddatli guruhlar faoliyat koʻrsatishi mumkin:
Rivojlantirish guruhi — soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq boʻlmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularni har tomonlama rivojlantirish, tengdoshlar va katta yoshli bolalar jamoasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi;
“Kelajakdagi oʻquvchi” guruhi — soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq boʻlmagan 5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi;
Integrallashgan guruh — soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq boʻlmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalarni jamiyatga moslashtirish, rivojlanishida ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalarga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, ularga taʼlim-tarbiya berish, ota-onalarni konsultativ-metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda sogʻlom bolalar bilan birgalikda uch nafardan ortiq boʻlmagan “ruhiy rivojlanishi sust” tashxisli bolalar ham yakka tartibdagi reja boʻyicha taʼlim oladi;
“Muammoli bola” guruhi — soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq boʻlmagan 4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar uchun ularga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam koʻrsatish, taʼlim jarayoniga jalb etish, ijtimoiy moslashtirish, bolalarni tarbiyalash va oʻqitishni tashkil etishda ota-onalarga yordam berish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda nogiron bolalar bilan birgalikda sogʻlom bolalar ham boʻlishi mumkin, nogiron bolalar (aqliy yetukligi saqlangan) soni 3 nafardan kam boʻlmasligi lozim.
Maktabgacha taʼlim muassasasida qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari ham tashkil etilishi mumkin.
Qisqa muddatli guruhlarda bemor va nogiron bolalar bilan ishlaganligi uchun tarbiyachi va tarbiyachining yordamchisiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
38. Quyidagilar qisqa muddatli guruhlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
39. Tarkibida qisqa muddatli guruh mavjud boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog xodimlari bolalar hayoti va sogʻligʻi uchun, qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish shakllari, metodlari va vositalari bolalarning yoshi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
40. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zarur moddiy-texnika sharoitlari muassis tomonidan taʼminlanadi.
41. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi qisqa muddatli guruhlar soni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda, aholining ehtiyojiga hamda taʼlim jarayonini taʼminlash uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab belgilanadi.
42. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish davlat maktabgacha taʼlim muassasasi va ota-onalar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etishda shtatlar jadvali, bolalarning kundalik faoliyatini tashkil etish tartibi, bolalar roʻyxati va taʼlim dasturlari ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
43. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish guruhiga koʻra bir xil yoshdagi hamda turli uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni qabul qilish mumkin.
44. Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qabul qilish xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan berilgan yoʻllanmalar va bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
45. Qisqa muddatli guruhlarni toʻldirishda tanlov asosida hamda test sinovi boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
46. Qisqa muddatli guruhlar tarbiyalanuvchilarining kuniga bir marta ovqatlantirilishi (ertalabki yoki tushki nonushta) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tuzilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi.
47. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda kadrlar taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida belgilanadi.
Qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,25 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
48. Qisqa muddatli guruhlarda bitta guruh hisobiga:
“Kelajakdagi oʻquvchi” guruhi uchun — 0,25 birlik oʻqituvchi-logoped;
Integrallashgan guruh uchun (15-20 nafar bolalar, shundan “ruhiy rivojlanishi sust” tashxisli — 3 — 5 nafar bolalar) — 0,25 birlik oʻqituvchi-defektolog;
“Muammoli bola” guruhi uchun (15 — 20 nafar bolalar, shundan 3 — 5 nafar nogiron bolalar) — 0,25 birlik oʻqituvchi-logoped yoki 0,25 birlik oʻqituvchi-defektolog qoʻshimcha shtat birliklari belgilanadi.
49. Qisqa muddatli guruhlarda taʼlim jarayoni shakli davlat maktabgacha taʼlim muassasasining taʼlim dasturlarida belgilanib, maktabgacha yoshdagi bolaning alohida, shaxsan yoʻnaltirilgan rivojlanishini taʼminlaydigan tez moslashuvchan shakl va pedagogik texnologiyani oʻz ichiga oladi.
50. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish bolalarning imkoniyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyatning har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
51. Qisqa muddatli guruhlarda belgilangan tartibda ota-onalar hisobidan, asosiy faoliyatdan tashqari, qoʻshimcha taʼlim xizmatlari tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
52. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining buyrugʻiga muvofiq oʻquv yili yakunida amalga oshiriladi.
7-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
53. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi aʼzolari taʼlim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
54. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha taʼlim muassasasining ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
55. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha taʼlim muassasasi ota-onalarni oʻz ustavi, kun tartibi, taʼlim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
56. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi bilan ota-onalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlishi vaqtini, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini oʻz ichiga oladi.
57. Ota-onalar:
oʻz bolalari uchun taʼlim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarga taʼlim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida oʻziga qulay boʻlgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
58. Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovini oʻz vaqtida toʻlash;
bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena koʻnikmalari shakllantirilishini qatʼiy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
59. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
60. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
61. Tegishli pedagogik maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar davlat maktabgacha taʼlim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
62. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha taʼlim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yoʻriqnomasi va tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasida belgilab qoʻyiladi.
63. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarishda oʻz ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
oʻz kasbiy shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
64. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlarini tatbiq etish;
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish boʻyicha oʻziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada taʼlim-tarbiya berish orqali maktabgacha taʼlim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
oʻzining kasbiy koʻnikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda oʻz malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
65. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida ustamalar, qoʻshimcha haq hamda boshqa toʻlovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yoʻnaltiriladigan mavjud mablagʻlar doirasida belgilaydi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
8-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasini moliyalashtirish va moddiy texnik taʼminoti
66. Muassis yoki u vakolat bergan organ davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning operativ boshqarish huquqida boʻladi. Muassasa oʻziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi boʻyicha oʻziga ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
67. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablagʻlarning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
68. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
69. Quyidagilar davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari;
shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat koʻrsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
70. Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovi miqdori va uni toʻlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Toʻlov banklar orqali tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
71. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga budjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻlarning jalb etilishi budjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
72. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida zarur moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud boʻlgan taqdirda, taʼlim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatiladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida pullik qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
9-bob. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining javobgarligi
73. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi:
mazkur Nizomda va oʻz ustavida nazarda tutilgan vazifa va funksiyalarning bajarilmaganligi;
taʼlim dasturlarining toʻliq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan taʼlim dasturlarining sifati;
taʼlim jarayonini tashkil etishning qoʻllanayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;
muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim jarayoni vaqtidagi hayoti va sogʻligʻi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
74. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasida uning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya dunyoviy xaraktyerga ega.
75. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi muassis tomonidan tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi mumkin.
76. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri)

‎‎___-sonli YOʻLLANMA

____________________________ tumani (shahri) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi

‎‎______-sonli maktabgacha
‎taʼlim muassasasi mudiri _____________

_____________________________________________‎‎
‎20___ yil “___” __________
Bolaning F.I.O:‎ ____________________________________________________________________
Tugʻilgan yili va sanasi: ____________________________________________________________________
Otasi:‎ ____________________________________________________________________
Onasi:‎ ____________________________________________________________________
‎‎Ota-onasining ish joyi: ____________________________________________________________________
Yashash manzili: ____________________________________________________________________
Asos:‎ ____________________________________________________________________
Qabul komissiyasi raisi

__________

‎‎___________________________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)

Qabul komissiyasi kotibi

__________

‎‎___________________________________________

(imzo)‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎Qabul komissiyasi aʼzolari:

__________

‎‎___________________________________________

(imzo)‎‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

__________‎

‎‎___________________________________________

(imzo)‎‎

‎‎(F.I.O.)

__________

___________________________________________

(imzo)‎‎

‎‎(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qabul komissiyasining qaroriga asosan beriladigan yoʻllanmalarni qayd qilish
DAFTARI

T/r

Bolaning

F.I.O.

Bolaning

tugʻilgan

yili va

sanasi

Bolaning

yashash

manzili

Maktabgacha

taʼlim

muassasasi

raqami

Yoʻllanma

raqami

Asos

Ota-onaning

(ularning

oʻrnini bosuvchi

shaxslarning)

imzosi

1.

2.

3.

Keyingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilganlarni qayd qilish
DAFTARI

T/r

Navbatga qoʻyilgan

kun

Navbat raqami

Bolaning F.I.O.

Bolaning tugʻilgan yili va sanasi

Yoʻllanma berilgan

maktabgacha taʼlim

muassasasi raqami

Yoʻllanma

berilgan

yil va sana

1.

2.

3.

Jami: ____________ta.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
2. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
2-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadi va vazifalari
4. Quyidagilar nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi oʻrinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
taʼlim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish.
5. Quyidagilar nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash;
bola shaxsini sogʻlom va yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, koʻrishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalarda xalqimizning yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻularini shakllantirish.
3-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etish
6. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining muassislari boʻlishi mumkin.
7. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
9. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim mazmuni maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa oʻz (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
10. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada boʻlish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
11. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning ovqatlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
12. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam koʻrsatish shtatdagi yoki sogʻliqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
13. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi taʼlimning uzluksizligini taʼminlash maqsadida shartnoma asosida oʻz faoliyatini umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
14. Maktabgacha taʼlimga qamrab olinmagan bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
15. Nodavlat taʼlim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
16. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar taʼminoti muassis tomonidan belgilanadi.
17. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish
18. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
19. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan meʼyordan ortiq boʻlmasligi kerak.
20. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 1-iyunida tugallanadi. Ushbu davr oraligʻida sogʻlomlashtirish davri davom ettiriladi.
5-bob. Taʼlim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
21. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi aʼzolari taʼlim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining ustavida belgilanadi.
22. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni oʻz ustavi, kun tartibi, taʼlim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
23. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi bilan ota-onalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada boʻlish vaqtini, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini oʻz ichiga oladi.
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz bolalari uchun taʼlim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarga taʼlim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida oʻziga qulay boʻlgan vaqtda bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
25. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
26. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida tegishli pedagogik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qoʻyilmaydi.
27. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni taʼminlaydi, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
29. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
30. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
oʻz kasbiy shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish.
31. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlarini tatbiq etish;
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish boʻyicha oʻziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada taʼlim-tarbiya berish orqali maktabgacha taʼlim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
oʻzining kasbiy koʻnikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda oʻz malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
6-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
32. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari davlat maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari va taʼlim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
35. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish va toʻxtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminoti
36. Muassis nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʻziga biriktirilgan mol-mulkni va oʻziga ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
37. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
38. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash muassislar tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
39. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida maktabgacha taʼlim muassasasining asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega boʻladi.
40. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.
41. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot oʻtashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga
3-ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligida budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi taʼlim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sogʻlomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab taʼlimiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga koʻmaklashish maqsadida tashkil etiladi.
5. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalarning taʼlim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni taʼminlash;
korreksion taʼlim-tarbiya jarayonini shaxsga yoʻnaltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi taʼlim-tarbiya muhitini yaratish;
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash.
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish
7. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining muassislari boʻlishi mumkin.
9. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda xalq taʼlimi hamda sogʻliqni saqlash hududiy organlari deb yuritiladi) tomonidan maʼlum hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga ehtiyojni birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari asosida tashkil etiladi.
Xalq taʼlimi hamda sogʻliqni saqlash hududiy organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish moʻljallanayotgan hududdagi oxirgi 5 yil davomida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida tegishli nuqsonlarning koʻpayganligini koʻrsatadigan rasmiy statistik maʼlumotlar, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilishi uchun munosib binoning mavjudligi, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi kabi asoslangan maʼlumotlar jamlanadi.
Xalq taʼlimi hamda sogʻliqni saqlash hududiy organlari tomonidan tegishli asoslash bilan kiritilgan taklif Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
10. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
11. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari ularning ixtisoslashuviga (yoʻnalishiga) koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
I tur: Nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi;
II tur: Eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi;
III tur: Koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi;
IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi;
V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi;
VI tur: Tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi.
12. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalarining muayyan turi boʻyicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun yetarli boʻlmagan hollarda quyidagi turlarni birlashtirish orqali koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilishi mumkin:
I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar;
II va III turlar;
IV va V turlar, IV va VI turlar;
V va VI turlar.
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etishda ularning har bir turi boʻyicha alohida guruhlarda korreksion taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish majburiy shart hisoblanadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
24 soatli;
12 soatli;
10, 5 soatli.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish
14. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tarkibi tasdiqlangan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasi asosida ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) roziligi bilan amalga oshiriladi.
15. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan xolislik, ochiqlik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillariga asoslangan holda qaror qabul qilinadi.
16. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya:
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni ularning ota-onalari ishtirokida koʻrikdan oʻtkazadi;
koʻrik davomida bola bilan bevosita muloqot qilish orqali davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bolaga jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni boʻyicha qoʻyilgan tashxisning ishonchliligini, ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganadi;
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni boʻyicha xulosa beradi;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlish muddatini belgilaydi;
sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni aniqlaydi va hisobini yuritadi.
17. Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya raisi, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimining maktabgacha taʼlim boʻyicha mutaxassisi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya kotibi hisoblanadi.
18. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tarkibiga oliy maxsus psixologik-pedagogik maʼlumotga hamda 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan psixonevrolog, pediatr, defektolog (logoped, surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog), nevrolog, psixolog hamda ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining turiga koʻra ortoped, oftalmolog, otolaringolog shifokorlar kiritiladi.
19. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tarkibi toq sondagi kamida 7 nafar aʼzodan iborat boʻladi.
20. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda, komissiya yigʻilishi qaror qabul qilish uchun vakolatli hisoblanadi. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya yigʻilishi rais tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
21. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning qarori uning aʼzolari tomonidan ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi, ularning ovozlari teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan 3 — 7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:
1. Nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:
a) alaliya;
b) bolalar afaziyasi;
v) rinolaliya;
g) dizartriya ;
d) duduqlanish;
2. Eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:
a) I — IV guruh karlik;
b) zaif eshituvchi bolalar;
3. Koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar:
a) koʻzi ojizlar;
b) zaif koʻruvchi bolalar;
4. Psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar:
a) psixik rivojlanishining orqada qolishi;
b) psixik-nutqiy rivojlanishining orqada qolishi;
v) bolalar autizmi;
5. Aqliy rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar:
a) aqliy rivojlanishda orqada qolishning yengil darajasi;
b) aqliy rivojlanishda orqada qolishning oʻrta darajasi;
6. Tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsonlar boʻlgan bolalar:
a) ortopedik jarohatlarning asoratlari;
b) idiopatik oʻzgarishlar (boʻyin, koʻkrak, umurtqa);
v) skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz;
g) koʻkrak qafasi deformatsiyasining ogʻir shakllari — girdobsimon koʻkrak qafasi, botiq koʻkrak qafasi, etikdoʻz koʻkrak qafasi, koʻkrak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (koʻkrak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operatsiyalar bundan mustasno);
d) oyoqlar deformatsiyasining ogʻir shakllari — “X” simon, “O” simon qiyshayishi;
e) tos-chanoq boʻgʻimining tugʻma nuqsonlari asoratlari (tos-chanoq boʻgʻimi sohasidagi ortopedik operatsiyalardan keyingi holat);
j) tugʻma maymoqlik, tugʻma maymoqlikning operatsiyadan keyingi holati (nevrologik status asosida);
z) tayanch-harakatlanish aʼzolari rivojlanish anomaliyalari (nevrologik status asosida);
i) boʻgʻinlar rekurvatsiyasi;
k) xondrodistrofiya;
l) DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar;
m) gemioparez, monoparez, plegiyalar.
23. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga bolaning ota-onasi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ota-onalarning arizasi;
ota va onaning pasporti nusxalari (ikki nusxa);
ota-onaning ish joyidan maʼlumotnoma (agar ishlasa);
bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (ikki nusxa);
bola umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnagan boʻlsa, uning jismoniy yoki psixik rivojlanishiga berilgan, muassasa mudir(as)ining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma asli va nusxasi;
bolaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasi bosh vrachi tomonidan imzolangan va muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan quyidagilarni oʻz ichiga olgan mufassal tibbiy xulosa:
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻgʻrisidagi xulosasi;
psixonevrologning bolaning nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishiga tibbiy xulosasi (shifr bilan) va tavsifi;
logopedning xulosasi va logopatiya boʻyicha toʻliq tavsifi;
nevrologning toʻliq koʻrigi va xulosasi;
otolaringologning quloq, tomoq, burun aʼzolarining holatiga tibbiy xulosasi va tavsifi (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun audiogramma maʼlumotlari);
oftalmologning koʻrish organi boʻyicha tibbiy xulosasi va tavsifi (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun batafsil tibbiy xulosa);
ortoped vrachning tibbiy xulosasi (tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun batafsil tibbiy xulosa);
yashash joyidan maʼlumotnoma.
24. Bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida tor mutaxassislar ulardagi nuqsonlarga xulosa berishlari uchun qoʻshimcha ravishda rentgen, UTT, EEG, MSKT, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va audiogramma xulosalari kabi asoslangan hujjatlarga asoslanishlari shart.
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya koʻrigida bolaga berilgan tibbiy xulosa yuzasidan tortishuvlar vujudga kelganda, bola qoʻshimcha tibbiy koʻrikka yuboriladi.
25. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya koʻrigidan oʻtayotgan bolaning ota-onasi pasporti boʻyicha propiska qilingan manzildan boshqa joyda yashayotgan taqdirda, tibbiy xulosa bolaning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasida rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
26. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yuborilayotgan bolaga yashash joyidagi shifokorlar (tor mutaxassislar) tomonidan qoʻyilgan tashxis davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokorining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan va roʻyxatga olingan boʻlishi shart.
27. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar va tibbiy xulosaning haqiqiyligiga uni imzolagan shifokor (tor mutaxassis) va bosh shifokor shaxsan javobgar hisoblanadi.
28. Bolalar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya koʻrigidan tegishli hujjatlar qabul qilib olinganidan boshlab bir oy muddatda oʻtkaziladi.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida boʻsh oʻrin boʻlmagan hollarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan topshirilgan hujjatlarni tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
30. Bolada aniqlangan jismoniy va psixik nuqsonlar va ularning patologik holatlariga muvofiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi (keyingi oʻrinlarda xulosa deb yuritiladi) boladagi nuqsonning ogʻirlik darajasiga koʻra 6 oy, 1 yil yoki 2 yil muddatga beriladi.
Shu muddat ichida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan qayta tibbiy koʻrik oʻtkazilib xulosa berilishi mumkin.
31. Bolani qayta koʻrikdan oʻtkazish muddatlari tibbiy xulosaning tasdiqlanishi, boladagi jismoniy va psixik nuqsonlarning ogʻirlik darajasi, oʻz-oʻziga xizmat qila olishi, ijtimoiy moslashuv dinamikasi, taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishi, atrofdagilarga jismoniy yoki psixologik tahdid solmasligi, korreksion taʼlim-tarbiya jarayoni natijaviylik davrining bashorat qilinadigan dinamikasiga qarab belgilanadi.
32. Xulosada bolaning davolash-profilaktika muassasasi tomonidan dispanser nazoratiga olinganligi boʻyicha qayd, tibbiy xulosa bergan davolash-profilaktika muassasasi maʼlumotlari asoslovchi hisoblanadi.
Shuningdek, xulosada bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va ota-onasining pasporti maʼlumotlari, bolaga qoʻyilgan tashxis, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida korreksiya olib borish muddati, taʼlim tili hamda toʻlov turi koʻrsatiladi.
33. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga xulosa ota-onalarga bir hafta muddatda topshiriladi.
34. Xulosa berilgan kundan boshlab 7 kun muddat ichida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga topshirilishi lozim.
35. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga topshirilgan hujjatlar ikki nusxada: ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida hamda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyada maxsus seyflarda saqlanib, uning hisob-kitobi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi mudir(as)i, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya kotibi tomonidan olib boriladi.
Hujjatlarning saqlanish muddati 5 yil.
36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi mudir(as)i bolani muassasaga xulosa asosida qabul qilinishi hamda oʻz muddatida qayta koʻrikka yuborilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga quyidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar qabul qilinmaydi:
organik, epileptik, shizofrenik aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning chuqur shakllari;
sistematik kuzatuv va davoga muhtoj talvasa paroksizmlari;
enurez va enkopress kasalliklar;
yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish tizimining surunkali kasalliklarining qoʻzgʻalish va dekompensatsiya bosqichi;
ensefolopatik jarohatdan keyingi sudorogalar;
sil kasalliklariga chalingan bolalar.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida korreksion taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalarida korreksion taʼlim-tarbiya mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
39. Taʼlim-tarbiya jarayoni maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq holda belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, korreksion pedagogik dasturlar va uslublardan foydalanilgan holda olib boriladi.
40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi oʻz (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
41. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlim-tarbiya olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Taʼlim-tarbiya jarayonida tashxisning qoʻyilishiga maxsus yondashuv;
taʼlim-tarbiyaning nuqsonlarni korreksiya qilishga yoʻnaltirilganligi;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda individual yondashuvni amalga oshirish.
42. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida korreksion taʼlim-tarbiya berish jarayoni bolalarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
43. Nuqsonlarni korreksiya qilish va ular bilan bogʻliq bola rivojlanishining oʻziga xosliklarini bartaraf etish kun tartibi va taʼlim jarayonida amalga oshiriladi.
44. Guruh va korreksion taʼlim xonalari zarur maxsus jihozlar bilan taʼminlanadi.
45. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida mashgʻulotlar butun guruh, kichik guruhlarda va yakka tartibda olib boriladi.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari guruhlarining tarbiyalanuvchilar bilan toʻldirilishi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq meʼyorlarga koʻra belgilanadi.
47. Qoʻshimcha guruhlarni ochish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimiga koʻra amalga oshiriladi.
48. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar sogʻligʻi va intellekti, jismoniy, psixik yoki aqliy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maktab taʼlimiga yoʻnaltiriladi.
49. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim-tarbiya jarayoni korreksion pedagogika, shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining faoliyat sohasi boʻyicha tegishli malaka oshirish kurslaridan oʻtgan pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
50. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan taʼminlash muassasa shtatidagi psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida davolash-sogʻlomlashtirish jarayonini tashkil etish
51. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan davolash-sogʻlomlashtirish, reabilitatsiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish, tibbiy xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari shtatidagi tibbiyot xodimlari hamda mazkur muassasalarga biriktirilgan sogʻliqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarni tegishli tibbiy xulosalari asosida qabul qilinishi, ularning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
52. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarni davolash-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasallik va unga hamroh xastaliklar xurujining oldini olishga va salomatligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.
53. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining tibbiyot xodimlari:
bolalarning sogʻligʻi va rivojlanish xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda yondashishga pedagoglarga koʻmaklashadilar;
bolalarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash boʻyicha kerakli koʻrsatmalar beradilar;
ota-onalarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maxsus) tartibga amal qilish boʻyicha tavsiyalar beradilar.
54. Tibbiy sogʻlomlashtirish muolajalari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashgʻulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida har bir bolaga rivojlanishidagi nuqsoni boʻyicha alohida tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada boʻlish muddati tugagach, ota-onalarga undan koʻchirma beriladi.
56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida fizioterapiya yordamida davolash, massaj, jismoniy mashqlar va chiniqtirish ishlari olib boriladi.
57. Davolash-jismoniy tarbiya mashqlari davolash-jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis tomonidan oʻtkaziladi.
58. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida barcha sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarining toʻgʻri tashkil etilishi va olib borilishi ustidan nazorat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi joylashgan hududdagi sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
59. Sogʻliqni saqlash organlari ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi tibbiyot xodimlari shtatlarini toʻldirishda, ularning malakasini oshirishda hamda davolash-sogʻlomlashtirish ishlarining zamonaviy uslublarini ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida keng joriy qilishda, ularga maslahat yordami berish uchun malakali mutaxassislarni jalb etishda masʼul hisoblanadi.
5-bob. Taʼlim-tarbiya jarayonining qatnashchilari
60. Bolalar, ota-onalar, pedagoglar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining taʼlim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
61. Bolalarning ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovi miqdori va toʻlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Toʻlov belgilangan tartibda banklarda ochilgan hisob raqamlariga toʻlanadi.
62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi bilan ota-onalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnomada bolalarni muassasaga qabul qilish va kun davomida paydo boʻladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilab qoʻyiladi.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi pedagog xodimlari va tarbiyalanuvchilarining huquq va majburiyatlari ushbu muassasaning ustavida belgilanadi.
64. Tegishli soha boʻyicha maʼlumotga, kasb tayyorgarligiga, yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining pedagog-tarbiyachilari bola shaxsini shakllantirish, undagi nuqsonlarni korreksiyalash, nuqsonlar bilan bogʻliq boʻlgan bilish faoliyatidagi oʻziga xosliklarini meʼyorga keltirish, bu toifa bolalarning bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib boradilar.
66. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining pedagoglari bola rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida defektolog va tegishli shifokorlarning ishlarini davom ettiradi, bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanish xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda individual yondashuvni amalga oshiradi, oʻz guruhidagi bolalarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining tibbiyot xodimlari muassasa maʼmuriyati bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va bolalarning psixofiziologik holatini mustahkamlash, dispanserizatsiya, profilaktika va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiyena tadbirlari oʻtkazilishi, bolalarni chiniqtirish, ularning sogʻlom ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar.
68. Ota-onalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining taʼlim-tarbiya faoliyati, oʻz bolalariga berilayotgan taʼlim va koʻrsatilayotgan tibbiy-korreksion yordam bilan tanishish huquqiga egadir.
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarish
69. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir bevosita rahbarlik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga muvofiq tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
70. Mudir:
ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
boʻysunuvidagi masʼul xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, taʼlim-tarbiya va korreksion ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari bilan bogʻliq alohida masalalarni hal etishga doir takliflarni vakolatli organlarga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
pedagoglar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida pedagogik, metodik va tibbiy-psixologik-pedagogik kengashlar tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasaning mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
72. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat koʻrsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Badal toʻlovi undirilmaydigan bolalarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
73. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladigan va tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
74. Shtat jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
75. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishning oʻrtacha sutkalik ratsional normalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoida
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish oʻquv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa taʼlim muassasalariga koʻchirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan ota-onalar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari guruhlarining tarbiyalanuvchilar bilan toʻldirilish
MEʼYORLARI

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasining turi va tarbiyalanuvchilarning toifasi

Guruhlarning tarbiyalanuvchilar bilan toʻldirilishi

tarbiyalanuvchilarning minimal soni

tarbiyalanuvchilarning maksimal soni

1-tur:

Nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun

15

18

2-tur:

Eshitishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar

I- IV guruh karlik

8

10

Zaif eshituvchi bolalar

10

12

3-tur:

Koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar

Koʻzi ojizlar

8

10

Zaif koʻruvchilar

10

12

4-tur:

Psixik rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar(psixik rivojlanishi orqada qolgan, psixik-nutqiy rivojlanishi orqada qolgan, autistlar)

10

12

5-tur

Aqliy rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar

Yengil darajadagi aqli zaif bolalar

8

12

Oʻrta darajadagi aqli zaiflar

6

10

6-tur:

Tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun

Ortopedik jarohatlarning asoratlari, idiopatik oʻzgarishlar (boʻyin, koʻkrak, umurtqa), skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz, koʻkrak qafasining deformatsiyasining ogʻir shakllari — girdobsimon koʻkrak qafasi, botiq koʻkrak qafasi, etikdoʻz koʻkrak qafasi, koʻkrak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (koʻkrak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operatsiyalar bundan mustasno), oyoqlar deformatsiyasining ogʻir shakllari — “X” simon, “O” simon qiyshayishi, tos-chanoq boʻgʻimining tugʻma nuqsonlarining asoratlari, tos-chanoq boʻgʻimi sohasidagi ortopedik operatsiyalaridan keyingi holat), tugʻma maymoqlik, tugʻma maymoqlikning operatsiyadan keyingi holati (nevrologik status asosida), tayanch-harakatlanish aʼzolari rivojlanish anomaliyalari (nevrologik status asosida), boʻgʻinlar rekurvatsiyasi, xondrodistrofiya

15

18

DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar

8

10

Gemioparez, monoparez, plegiyalar

10

12

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga
4-ILOVA
Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining (keyingi oʻrinlarda tarbiyalanuvchilar deb yuritiladi) sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi maktabgacha taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha taʼlim muassasalarining oshxonalarida (keyingi oʻrinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
2-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi va vazifalari
3. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni isteʼmol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi.
4. Quyidagilar maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishini tashkil etish;
tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
tarbiyalanuvchilarda ovqatlanish bilan bogʻliq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;
tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish koʻnikmalarini shakllantirish;
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etish.
3-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar
5. Quyidagilar maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishni bevosita maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirish;
tarbiyalanuvchilar uchun sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni ularning xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirish.
Tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish uchun tegishli tuman (shahar) hokimlari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari mudirlari hamda taʼlim muassasalari rahbarlari masʼul hisoblanadi.
4-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish
6. Oshxonalarda sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq ravishda tuzilgan, mazkur Nizomning 1-ilovasidagi taomnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan berilgan namunaviy taomnomalar asosida tarbiyalanuvchilar uchun oʻn kunlik taxminiy taomnomalar oldindan tuziladi;
taomnoma joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, keyingi ish kuni uchun soat 16.00 ga qadar hamshira tomonidan maktabgacha taʼlim muassasasi oshpazi va ombor mudiri yoki omborchi ishtirokida tuziladi;
taomnoma asosida keyingi kun uchun oziq-ovqat mahsulotlari ombor mudiri yoki omborchi tomonidan hamshira yoki navbatchi tarbiyachi ishtirokida ish kuni tamom boʻlguniga qadar oshxonaga beriladi;
taomnoma bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik oʻrtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda, ikki nusxada tuziladi;
joriy kunda ertalab soat 9.00 ga qadar maktabgacha taʼlim muassasasiga kelgan tarbiyalanuvchilar soni taomnomada nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar sonidan 5 foiz va undan yuqori miqdorda farq qilgan taqdirda, guruh tarbiyachilarining tarbiyalanuvchilar soni toʻgʻrisidagi bildirishnomalari asosida taomnomaga oʻzgartirish kiritiladi;
taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida toʻgʻri tuzilganligi hamshira va maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi;
taomnomaning bitta nusxasi hamshiraga, ikkinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi;
kunlik tayyorlanadigan taom turlari va bir tarbiyalanuvchi uchun taom miqdori maxsus ovqat tarqatish joyiga yozib qoʻyiladi;
tarbiyalanuvchilar uchun taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi;
taomnoma oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ketma-ketlikda yozish orqali shakllantiriladi, bunda oziq-ovqat mahsulotlari turlari non bilan boshlanib, tuz bilan tugatiladi.
7. Kunlik taomnomalar tuzishda bir nafar tarbiyalanuvchiga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik miqdori maktabgacha taʼlim muassasasining xarajatlar smetasida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdoriga muvofiq boʻlishi talab etiladi.
8. Maktabgacha taʼlim muassasasidagi qisqa muddatli guruhlar uchun taomnoma alohida tuziladi va tasdiqlanadi.
9. Maktabgacha taʼlim muassasasi uchun har oʻn kunlik taomnomalar blankalari oldindan raqamlanadi, maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri va hisobchisi tomonidan imzolanadi, muhrlanadi va alohida daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Maktabgacha taʼlim muassasasida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha brakeraj komissiyasi (keyingi oʻrinlarda brakeraj komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Brakeraj komissiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maktabgacha taʼlim muassasasi mudirining buyrugʻi har oʻquv-tarbiya yili uchun alohida qabul qilinadi.
11. Maktabgacha taʼlim muassasasi hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi boʻlib, uning tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, muassasa kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) vakillari aʼzo sifatida kiritiladi.
12. Brakeraj komissiyasi oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda oʻrganib boradi. Oʻrganish natijalari alohida yuritiladigan, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi brakeraj daftarida qayd etiladi.
13. Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda toʻldirilib, har kuni hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Brakeraj daftarining yuritilishi brakeraj komissiyasi aʼzolari tomonidan monitoring qilib boriladi.
14. Brakeraj daftari tikilgan, nomerlangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi shart.
15. Brakeraj daftarining birinchi sahifasida brakeraj komissiyasini tasdiqlash haqidagi buyruqdan koʻchirma boʻlishi, daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
16. Maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchilarning xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash maqsadida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari yuritiladi.
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqti, muassasaga qabul qilingan vaqti va oxirgi ishlatish muddati haqidagi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim. Daftarning birinchi sahifasida tez buziluvchi mahsulotlarning saqlanish muddatlari haqidagi jadval koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
17. Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarining yuritilishi uchun maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri va hamshirasi bevosita masʼul hisoblanadi.
18. Oshxonada tayyor boʻlgan taom tarbiyalanuvchilarga tarqatilishidan 15-20 daqiqa oldin maktabgacha taʼlim muassasasi hamshirasi tomonidan kunlik sinama olinadi.
19. Olingan sinama toza idishga solinib, idishning ustki qismiga taomning nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda muzlatgich yoki boshqa sinama sifatiga taʼsir qilmaydigan sharoitda toʻliq bir sutka saqlanadi.
20. Maktabgacha taʼlim muassasasiga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj komissiyasi aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin muassasa ombor mudiri tomonidan omborxonaga qabul qilib olinadi.
21. Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishda brakeraj komissiyasi aʼzolari tomonidan mahsulotlarning sifatini kafolatlovchi hujjatlar (sertifikat, markirovka) mavjudligi, shartnomada belgilangan narxi va mahsulotning tavsifiga muvofiqligi koʻrib chiqiladi.
22. Qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanadi va sarflanadi.
23. Omborxonaga keltirilgan va kunlik taomnoma asosida oshxonaga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftariga yozib qoʻyiladi.
Daftarning yuritilishi uchun ombor mudiri bevosita masʼul hisoblanadi.
24. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida omborxonaga keltirilgan va oshxonaga topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari nomma-nom yozib boriladi. Bunda har bir oziq-ovqat mahsuloti uchun alohida varaq yuritiladi.
Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining qoldigʻi har kuni belgilab boriladi.
25. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
26. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga nisbatan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi oyma-oy tahlil qilib boriladi hamda choraklik tahlil natijalari chorak yakunlanganidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga topshiriladi.
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga topshiriladi.
5-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning kunlik ovqatlantirish narxlarini belgilash
27. Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishi hududiy tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobga olingan holda tashkil qilinadi.
Maktabgacha taʼlim muassasasining xarajatlar smetasida choraklar kesimida koʻrsatilgan mablagʻni muassasaning bir chorak mobaynidagi ish kunlariga boʻlish orqali muassasada bir kunda sarflanadigan mablagʻ miqdori chiqariladi va ushbu mablagʻ doirasida taomnoma qiymati belgilanadi.
28. Tarbiyalanuvchining maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari ham tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etishga qoʻshimcha ravishda yoʻnaltiriladi. Bunda har bir tarbiyalanuvchiga taomnoma asosida beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori belgilangan kunlik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi talab etiladi.
29. Maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki muassasaning budjetidan tashqari mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan taqdirda, tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan normalardan oshmasligi lozim.
6-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish
30. Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining mazkur muassasada ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri bilan xodim oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida amalga oshiriladi.
31. Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari taomnoma boʻyicha tushlik uchun beriladigan birinchi taom, choy va non hisobidan ovqatlanadilar.
32. Taomnomada haqiqatda ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori va qiymati koʻrsatiladi.
33. Joriy oyda xodimlarning maktabgacha taʼlim muassasasi hisobidan ovqatlanishi uchun bir oylik toʻlov miqdori oldingi oyda tuzilgan taomnoma boʻyicha xodimlarga sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining haqiqatda ovqatlangan xodimlar oʻrtacha soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
34. Xodimlarning maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatlanganligi uchun toʻlovlar joriy oyning 10-sanasidan kechiktirmay banklarga toʻlanadi hamda toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi maktabgacha taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.
Xodimlarning maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatlanganligi uchun toʻlangan mablagʻlar maktabgacha taʼlim muassasalarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida ulardan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
35. Xodimlarning maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatlanganligi uchun toʻlovlar miqdorini hisoblashda xodimning faqat ishda boʻlgan kunlari eʼtiborga olinadi.
Xodimning ishda boʻlmagan kunlari uchun undirilgan toʻlovlar keyingi oy uchun toʻlov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.
36. Xodimlarning maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatlanganligi uchun amalga oshirgan toʻlovlari toʻliq oziq-ovqat xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
7-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishda ishtirok etadigan xodimlarning vazifalari
37. Maktabgacha taʼlim muassasasining mudiri:
tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga hamda ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash ishlariga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
tarbiyalanuvchining maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari va davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
maktabgacha taʼlim muassasasi hisobchisi bilan birgalikda bir nafar tarbiyalanuvchiga kunlik ovqatlanish narxlarini belgilash, taomnoma blankalarini raqamlash, muhrlash, omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlari hisobini olib borish, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishi va tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari vaqtida va toʻliq toʻlab borilishini taʼminlaydi;
ota-onalar yigʻilishlarida tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishi uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisida har chorakda bir marta hisobot berib boradi;
har yarim yilda kamida bir marta ota-onalar oʻrtasida tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish darajasini baholash maqsadida soʻrovnomalar oʻtkazadi va uning natijalarini muhokama qilib boradi;
maktabgacha taʼlim muassasasidagi brakeraj komissiyasining tarkibini tasdiqlaydi, zarur hollarda tarkibga oʻzgartirishlar kiritadi, brakeraj komissiyasining ishini muvofiqlashtiradi.
38. Maktabgacha taʼlim muassasasi hamshirasi:
taomnomalarning xilma-xilligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan tuzilishi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini nazorat qiladi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish qoidalariga amal qilinishini hamda isteʼmolga berilishini, tayyorlangan taomlar sifatini, mahsulotlarning taomlarni tayyorlashda toʻgʻri taqsimlanishini, taom vaznini va sifatini, oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan meʼyorlar asosida sarflanishini taʼminlaydi;
tarbiyalanuvchilarning tasdiqlangan muassasa rejimiga asosan ovqatlantirilishini tashkil etadi;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari boʻyicha taʼminlanishi yuzasidan har oʻn kunlik hisobotini yuritadi;
yigʻma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi;
tayyor taomlardan sinama olish, organoleptik (hid bilish, taʼm bilish, koʻrish) usul asosida baholash va jurnalga qayd etish hamda taomlardan olingan sinamalarni talab etilgan darajada saqlanishini taʼminlaydi;
ombor mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzadi;
har uch yilda bir marta maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha malaka oshiradi.
39. Maktabgacha taʼlim muassasasi oshpazi:
maktabgacha taʼlim muassasasidagi taomnoma asosida taomlarni tayyorlash texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
tarbiyalanuvchilarning yoshlariga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga boʻladi va tarqatadi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida toʻgʻri sarflanishini taʼminlaydi;
taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining xarakteristikasi va biologik qiymatini oʻrganadi hamda ularni organoleptik usul orqali sifat koʻrsatkichlarini farqlaydi;
issiqlik ishlov beruvchi, vazn oʻlchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qiladi;
har uch yilda bir marta maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha malaka oshiradi.
40. Maktabgacha taʼlim muassasasi ombor mudiri (omborchi):
oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishni tashkil etadi, omborxonaga joylashtiradi va ularni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qiladi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining omborxonadagi qoldiq miqdoridan kelib chiqib yetkazib beruvchilarga buyurtmalar shakllantirishda ishtirok etadi;
kunlik taomnomada belgilangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini oshxonaga beradi;
yetkazib beruvchilar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yuk xatiga mosligini tekshiradi, ularning vaznini oʻlchaydi va sifatini koʻzdan kechiradi;
omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining hisobini yuritadi, mahsulotlarni sifat xarakteristikasiga, foydalanish muddatlariga amal qilgan holda saqlaydi;
omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarini yuritadi;
har uch yilda bir marta maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha malaka oshiradi.
8-bob. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish
41. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari hamda taʼlim muassasalari vakolatlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, jumladan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilib borish;
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga oshxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish;
monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yigʻilishlarda prokuratura, moliya, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib borish;
oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish.
42. Hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
Olib borilgan nazorat ishlari har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yigʻilishlarda muhokama etiladi va tegishli tadbirlar belgilanadi.
9-bob. Yakuniy qoida
43. Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishga masʼul xodimlarning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan oʻquv dastur va reja asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

TASDIQLAYMAN
‎_______-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudir(as)i ____________________________ (F.I.O.)
‎____________________ M.Oʻ.
‎(imzo)

‎‎TAOMNOMA
‎(20___ yil ____________ ______________ uchun)

‎‎‎‎(sana)‎

(oy)‎

‎‎__________-guruh
‎Tarbiyalanuvchilar soni ________ nafar
Ovqatning nomlanishi

Bir nafar tarbiyalanuvchi uchun ovqat hajmi

Non‎‎

Choy

...‎

...‎

...

...‎‎ ...‎‎ ...‎‎ ...‎‎ ...‎‎ ...

Tomat

Tuz‎

Nonushta

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Tushlik

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Ikkinchi tushlik

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎

*Kechki ovqat

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

1 nafar tarbiyalanuvchi uchun

‎‎ ‎‎ ‎‎

Jami mahsulot miqdori

‎‎ ‎‎ ‎‎

Mahsulot narxi

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Sarflangan mablagʻ miqdori

‎‎ ‎‎
Jami sarflangan mablagʻ miqdori _______________
Bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflangan mablagʻ miqdori ____________________
Izoh: 12 va 24 soatli ish tartibi joriy etilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
‎‎Hamshira __________ ‎‎Ombor mudiri ____________ Oshpaz _______________
‎‎(imzo)

(imzo)

(imzo)

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifati haqida maʼlumotlarni qayd etish
BRAKERAJ DAFTARI

Tayyor ovqatning nomlanishi

Baholanishi

Sinama olingan vaqti

Tibbiyot xodimi ruxsati

Imzo

taomnomaning bajarilishi

sifati

ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinganligi

20___ yil ____ ____________

Nonushta


Tushlik


Ikkinchi tushlik


Kechki ovqat



20___ yil ____ ____________

Nonushta


Tushlik


Ikkinchi tushlik


Kechki ovqat


Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
DAFTARI

Taʼminotchi yuridik shaxsning nomlanishi

Yuk xati raqami, mahsulotning kelgan vaqti va sanasi

Sifati tez buziluvchi mahsulotlar va ularning miqdori

Sifati haqida maʼlumot

Ishlatish muddatining oxirgi sanasi va vaqti

Imzo

1.

2.

3.

4.

5.

...

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
DAFTARI

(goʻsht)‎

Sana

Ishonchnoma raqami

Yuk xati raqami‎

Narxi‎

Kirim‎

Chiqim‎

Qoldiq‎

(sut)‎

Sana ‎

Ishonchnoma raqami ‎

Yuk xati raqami‎ ‎

Narxi‎ ‎

Kirim‎

Chiqim‎ ‎

Qoldiq‎ ‎

(Yogʻ)‎

Sana ‎ ‎

Ishonchnoma raqami ‎ ‎

Yuk xati raqami‎ ‎

Narxi‎ ‎ ‎

‎Kirim‎

Chiqim‎ ‎

Qoldiq‎

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga qarashli boʻlmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmogʻini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 24-iyundagi 313-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek 7, 8 va 10-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 60-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-iyundagi 117-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 32-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 12-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 732-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, 31.03.2018-y., 09/18/244/0959-son; 14.05.2019-y., 09/19/391/3120-son, 26.07.2019-y., 09/19/626/3481-son)