

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;04.10.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3090103" id="onLBC-3090103">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22708"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;</span></div><div id="LBC7307"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika taʼminoti va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3090103" id="onLS-3090103">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3090120" id="-3090120">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3090121" id="-3090121">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3090122" id="-3090122">2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3090123" id="-3090123"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7139208" id="-7139208"><em>Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-7128182?ONDATE=04.10.2024 00#-7129515">Farmoniga </a><em>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090125" id="-3090125">Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090127" id="-3090127">1. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan dastur (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090128" id="-3090128">maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga<a href="/mact/-3090103#-3090296">*</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090129" id="-3090129">2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga<a href="/mact/-3090103#-3090296">*</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090131" id="-3090131">2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4-ilovaga<a href="/mact/-3090103?ONDATE=09.01.2017 00#-3090296">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090133" id="-3090133">2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090135" id="-3090135">ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090136" id="-3090136">maktabgacha taʼlim sifatini oshirish, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090137" id="-3090137">maktabgacha taʼlim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash boʻyicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090138" id="-3090138">zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090139" id="-3090139">2200 ta maktabgacha taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va multimediali vositalar bilan taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090140" id="-3090140">3. Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan dasturning bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga<a href="/mact/-3090103#-3090296">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3090296" id="-3090296">* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090141" id="-3090141">Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul boʻlgan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi hamda asosiy parametrlarga erishilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090142" id="-3090142">Respublika komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasi boʻyicha maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatiga tasdiqlangan asosiy parametrlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090143" id="-3090143">4. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4690622" id="-4690622"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4690624" id="-4690624">maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek oʻyin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini oʻrash maqsadlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4690629" id="-4690629">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli <a href="/mact/-4673445?ONDATE=01.01.2020 00#-4677016">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090145" id="-3090145">maktabgacha taʼlim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090146" id="-3090146">maktabgacha taʼlim muassasalarini jihozlash uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090147" id="-3090147">xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4690632" id="-4690632"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4690636" id="-4690636">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarning taʼlim sohasiga har yilgi ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4690641" id="-4690641">(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli <a href="/mact/-4673445?ONDATE=01.01.2020 00#-4677016">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090150" id="-3090150">5. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090152" id="-3090152">maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090153" id="-3090153">maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090155" id="-3090155">maktabgacha taʼlim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3090156" id="-3090156"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3866821" id="-3866821"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3866824" id="-3866824">6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3866826" id="-3866826">(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli <a href="/mact/-3842005?ONDATE=31.07.2018 00#-3859008">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090157" id="-3090157">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmasi asosida “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3865937" id="-3865937"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3865940" id="-3865940">Dastur doirasida maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3865941" id="-3865941">(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli <a href="/mact/-3842005?ONDATE=31.07.2018 00#-3859008">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090159" id="-3090159">buyurtmachilar bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qoʻyiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090160" id="-3090160">7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090162" id="-3090162">ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, tasdiqlangan maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning asosiy parametrlari samarali va sifatli bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090165" id="-3090165">har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishning manzilli roʻyxatini shakllantirishda yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash hamda ularni zaruriy jihoz va inventarlar bilan taʼminlashning moliyalashtirish hajmini aniqlagan holda, maktabgacha taʼlim muassasalarining aniq soni va roʻyxatini belgilash choralarini koʻrsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3090166" id="-3090166"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3865133" id="-3865133"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3865136" id="-3865136">8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirishda shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3865141" id="-3865141">(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli <a href="/mact/-3842005?ONDATE=31.07.2018 00#-3859008">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090168" id="-3090168">maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash manzilli roʻyxatiga kiritilgan obyektlar boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻz vaqtida oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090169" id="-3090169">maktabgacha taʼlim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qatʼiy rioya qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090171" id="-3090171">9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3090172" id="-3090172">10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3090174" id="-3090174">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3090177" id="-3090177">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3090179" id="-3090179">2016-yil 29-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3090180" id="-3090180">PQ-2707-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3092415" id="-3092415">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 11-modda, 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son) </div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
